cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

NamDU_Filologiya

Namangan davlat universiteti Filologiya fakultetining telegramdagi rasmiy kanali! Fakultet yangiliklarni kanalimizda kuzatib boring! Murojaat uchun: @NamduFilologiyafakultetibot hamda @Alxamdulillax0594 📘O‘zbek tili 📕Rus tili

Show more
Advertising posts
872
Subscribers
-424 hours
-97 days
-3330 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Photo unavailableShow in Telegram
#TABRIK 💐👏Bugun Namangan davlat universiteti filologiya fakulteti o'zbek tilshunosligi kafedrasi dotsenti Darveshov Ibroxim O'rmonovichning tavallud topgan kunlari. Shu munosabat bilan ustozni chin dildan muborakbod etamiz. Shuningdek, ustozga mustahkam sog'lik-salomatlik, uzoq umr tilaymiz. Hamda ustozning hayotlari bir umr abadiy, baxtli va farovon lahzalar og'ushida boʻlishiga, hayot yoʻllaridagi barcha ezgu istaklari amalga oshishiga va hayotning hamma jabhalarida hozirgidek kuchli va betakror boʻlishlariga tilakdoshmiz. 🕊Bizni kuzatishda davom eting... 🌐https://t.me/Filologiya5
Show all...
🎉 9 5👏 1
Photo unavailableShow in Telegram
😬🫨🫨😓🥱 ❕❕❕ 👫 Iqtidorli talabalar va magistrlar uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi va nomli davlat stipendiyalari tanlovlari uchun hujjatlar qabuli boshlanishiga qisqa fursat qoldi 🇺🇿 O'zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi hamda  nomli davlat stipendiyalarining OTM bosqichida talabgorlar hujjatlarini quyidagi mezonlar asosida tayyorlab turishlari tavsiya etiladi:
1. Hemis tizimidan baholash qaydnomasi (transkript) 2. Dekanat tavsiyanomasi 3. Ilmiy rahbarining xulosasi 4. Ilmiy ishlar ro'yxati tasdiqlangan holatda 5. Qo‘shimcha yutuqlar ro‘yxati tasdiqlangan holatda (turli tanlov va olimpiadalarda erishilgan yutuqlar) 6. Ilmiy -ijodiy ishlarning elektron nusxalari 7. Erishgan qo'shimcha yutuqlarni tasdiqlovchi hujjatlar (agar mavjud bo'lsa) 8. Pasport kopiyasi 9. Ma’lumotnoma (obyektivka)
📥 Hujjatlarni qabul qilishga tez fursatlarda start beriladi...
🔻 Talabgorlarga tavsiyalar va savollariga javob berish maqsadida Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo'limi tomonidan "OVOZLI CHAT" ham tashkil etiladi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
Veb-sayt|Facebook|Instagram|YouTube
Show all...
👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
🟥🟥🟥 🟩🟩🟩 👍 Namangan davlat universiteti Yoshlarni maʼnaviy yuksalishga koʻmaklashish departamenti  Isteʼdodli talabalar bilan ishlash sektori tomonidan Yangi Oʻzbekiston Konstitutsiyasi mazmun-mohiyatini  talaba-yoshlarga keng targʻib etish, ularning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yanada rivojlantirish, shuningdek, isteʼdodli talabalarni aniqlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32 yilligiga bagʻishlangan "Biz Konstitutsiya va qonunlar bilimdonimiz" shiori ostida universitet talabalari oʻrtasida tanlov oʻtkazilishini maʼlum qilgan edik.
👫 Tanlovda talaba-yoshlar Yangilangan Konstitutsiya bo'yicha tuzilgan 25 ta testga onlayn javob berishadi;
O'tkazilish vaqti: 11-iyun soat 20:00 🔝Test yechish uchun onlayn manzil ✈️ +998934093449 ✈️ https://t.me/NamDU_istedodlari
📣 Eslatma: Har bir yo'nalish bo'yicha g'oliblar diplom va esdalik sovg'alar bilan taqdirlanadilar
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
Veb-sayt|Facebook|Instagram|YouTube
Show all...
👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
📌 Namangan viloyatida joylashgan davlat oliy ta’lim muassasalarining eng faol prorektori kim? Soʻrovnoma 13-iyun soat 23:59 gacha davom etadi. O'zingiz munosib deb bilgan nomzodga ovoz bering! 🔊Ovoz berish! Yaqinlarga ulashing⤵️ https://t.me/OTM_Minbari
Show all...
2817 - NamDU Narimon Dexkanov
2215 - NamDPI Alisher Isoqboyev
1871 - NamMQI Odiljon Jakbarov
1023 - NamMTI Ma’rufjon Qayumov
612 - NamDCHTI Xayrullo Nishonov
232 - NamTSI Abdurashid Jo’raboyev
🟩🟩🟩🟩 O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev "Muborak Qurbon hayitini nishonlash to‘g‘risida"gi qarorni imzoladi. Qarorga ko‘ra, 2024-yilda Qurbon hayitining birinchi kuni 16-iyun – yakshanbaga to‘g‘ri kelishi munosabati bilan yurtimizda 16-iyun Qurbon hayiti bayrami sifatida nishonlanadi. Qurbon hayitining birinchi kuni dam olish kuniga to‘g‘ri kelishi munosabati bilan ushbu dam olish kuni 17-iyun – dushanba kuniga ko‘chiriladi, 18-iyun – seshanba kuni barcha xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni bo‘ladi. ✈️ Bizni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring: 🚀Telegram|📷Instagram|🔵Facebook
Show all...
Ассалому алайкум хурматли декан уринбосарлари. Шартнома асосида стипендияли укийдиган, шартнома пулини тулик тулаган талабаларга стипендияни накдини беряпти
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
👍 2
Namangan davlat universiteti filologiya fakulteti rus adabiyoti kafedrasi o'qituvchilari E.Akramova va G.Abdullayevalar tomonidan jahon adabiyotining taniqli namoyandasi, buyuk rus shoiri va yozuvchisi A.S.Pushkin tavalludining 225 yilligi munosabati bilan ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda filologiya fakulteti 2-kurs talabalari, shuningdek, boshqa oliy o'quv yurti talabalari, jumladan, Toshkent xalqaro kimyo universiteti, Biznes va fan universiteti talabalari ham ishtirok etishdi. Tadbir davomida A.S.Pushkin hayot yo'li va ijodiga doir qiziqarli ma'lumotlar berish bilan birga talabalar tomonidan adibning "Yevgeniy Onegin" she'riy romani, "Barishnya-krestyanka" kabi asarlaridan sahna ko'rinishlari namoyish etildi. Shuningdek, xalqaro konkursda qatnashib faxrli o'rin sohibi bo'lgan talabalar taqdirlandilar. Ushbu tadbir yuqori saviyada tashkil etilib, barchada A.S.Pushkin ijodiga nisbatan katta qiziqish uyg'otdi.
Show all...
👍 4🔥 1🤩 1
Photo unavailableShow in Telegram
✅✅✅✅✅✅ 🤝 Talaba-yoshlarda milliy an'ana va qadriyatlarimizni asrab-avaylashga bo'lgan daxldorlik hissini yanada kuchaytirish maqsadida "Milliy qadriyatlar" chellenjiga start beramiz. 🙂 Chellenjimiz 4 ta nominatsiyani o'z ichiga qamrab oladi: 📹 "Eng yaxshi videorolik" nominatsiyasi; 📸 "Eng yaxshi olingan fotosurat" nominatsiyasi ✍️ "Eng yaxshi chizilgan rasm" nominatsiyasi; 📝 "Eng yaxshi yozilgan she'r" nominatsiyasi. 🏆 Har bir yo'nalish bo'yicha kelib tushgan ijodiy ishlar komissiya tomonidan ko'rib chiqiladi va g'olib deb topilgan 3 tadan o'rin sohiblariga diplom hamda esdalik sovg'alari topshiriladi. ✈️ Tanlov uchun materiallarni quyidagi manzilga yuborishingizni so'raymiz: @Liderman_2001
⏰ Ijodiy ishlarni qabul qilishning so'ngi kuni 15-iyun soat 16:00 ga qadar.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating
Veb-sayt|Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
Show all...
Repost from N/a
​​#Kun_tarixi 📅 Bugun, 6-iyun – ulugʻ rus adibi Aleksandr Pushkin tug‘ilgan kun. 🔹 Aleksandr Sergeyevich Pushkin (1799-yil 6-iyun Moskva — 1837-yil 10-fevral Sankt-Peterburg) — ulugʻ rus adibi, yangi rus adabiyotining asoschisi, dramaturg va nasr yozuvchi. 📜 Uning amakisi Vasiliy Lvovich oʻsha davrning koʻzga koʻringan shoirlardan boʻlib Pushkinlarnikiga taniqli shoirlar tez-tez mehmon boʻlib kelardi. Bu muhit Pushkinda sheʼriyatga havas uygʻotdi. 1811-1817-yillarda u Sarskoe selodagi litseyda taʼlim olgan. Pushkinning dastlabki sheʼri matbuotda 1814-yildayoq bosilgan edi. 1833-yil dekabrida Nikolay I Pushkinni kamer-yunker qilib tayinlagan. 📃 Pushkinning dastlabki she’rlari 1913-yilda matbuot yuzini ko‘rdi. U litseyda o‘qib yurgan kezlarida 120 ga yaqin she’r va 2 doston (tugallanmagan) yozadi. Uning litseyda oʻqib yurgan paytlaridayoq “Shoir doʻstimga” (1814), “Mening doʻstlarimga vasiyatim” (1815), “Mening epitadiyam” (1815), “Mening Aristorximga” (1815), “Hijron”, “Ayriliq” nomli she’rlari odamlarning diqqat-e’tiborini oziga tortgan edi. 🖇 Pushkin janubga surgun qilingan paytlarida litseyda o‘qib yurgan chog‘laridan boshlab qoʻyilgan “Ruslan va Lyudmila” poemasini yozib tugatdi. ✔️ 1837-yilda yosh fransuz ofitseri Jorj Dantes bilan duelda Pushkin ogʻir yaralanib, vafot etadi.
Show all...

👍 1