"EVRIKA" O'QUV MARKAZI
Open in Telegram
Navoiy viloyati Qiziltepa tumani "EVRIKA" o'quv markazining rasmiy kanali 💡 Yuqori darajadagi oliy ta'lim dargohlarida talaba bo'lmoqchimisiz ? Unda biz bilan hamkorlikda bo'ling Admin - @Muhammad_Mirsaidov
Show more887
Subscribers
-224 hours
+37 days
-1330 days
Posts Archive
#Iqtibos
Haqiqat havoga o'xshaydi. Rangini ko'rmaysiz. Ovozini eshitmaysiz. Hidini bilmaysiz... Ammo bir lahza havosiz qolsangiz, bo'g'ilib ketasiz. Kitob ham shunday. Yolg'onga duch kelgan kitobxon bo'g'ilib ketadi.
📚 Daftar hoshiyasidagi bitiklar
Biz bilan birga bo‘ling
Bizni kuzatishda davom eting:👇👇
https://t.me/qiziltepaziyosi
Эркин Бозоровдан яна бир шедевр!
"Таълим фидойилари туринг дунё тургунча"
Айрим ота-оналарга жойини кўрсатиб қўядиган шунақа ёши улуғ устозлар бор бўлишсин!))
⚡️ Diqqat ! Diqqat!
“ Evrika” o’quv markazida navbatdagi Blok test 6-aprel 8:00 da bo’ladi. Blok testga kechga qolib kelgan, kurs to’lovlaridan qarzdorligi bor o’quvchilar kiritilmaydi.
⌛ Blokka qatnashuvchilar ro’yxati 3-aprelgacha shakllanadi
Murojaat uchun raqamlar :
+998995259536 -ustoz Narziyeva
⚡️ Diqqat ! Diqqat!
Bolajonlar uchun Bahorga mental arifmetika darslariga start berildi.
Mental arifmetika darslari 1-apreldan boshlanadi.
⌛Guruhlar to'lmasidan darslarga yoziling...
Murojaat uchun raqamlar :
+998995259536 -ustoz Narziyeva
Diqqat!
“Evrika” o’quv markazida 1-apreldan 2-sinfdan 7-sinfgacha bo’lgan o’quvchilar uchun matematika fanidan bahorgi mashg’ulot darslari boshlanadi. Darslar haftaning shanba-yakshanba kunlari bo’ladi. Shoshiling, farzandingiz kelajagi uchun qayg’urish -sizning vazifangiz!
Darslarni malakali , o’z fanining fidoiy ustozi Z. Ortiqova olib boradi
Uyg‘on xayolparast, harakatsiz orzular orzuligicha qolaveradi!
Biz bilan birga bo‘ling
Bizni kuzatishda davom eting:👇👇
https://t.me/qiziltepaziyosi
#KUN_IQTIBOSI
Odamgarchilikka intilish insonni barcha yomonliklardan qaytaradi.
🇺🇿Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati
Navai.uzedu.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#KUN_IQTIBOSI
O‘qimay qo‘ygan odamlar, fikrlamay ham qo‘yadi.
✍Deni Didro.
🇺🇿Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati
Navai.uzedu.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
***
Китоб ўқиш мен учун овқат ейиш, сув ичиш, ухлаш, ишлашдек заруратга айланган.
Озод Шарафиддинов
1 март ~ ОЗОД ШАРАФИДДИНОВ таваллуд топган кун!
Nega aynan 8-mart?
Dunyoda ko’plab maxsus kunlar mavjud. Har bir maxsus kunning qabul qilinishiga biron voqea sabab bo’lishi mumkin. 8-Mart xalqaro xotin-qizlar bayramining qutlanishiga sabab bo’lgan voqea esa, afsuski fojiadan iborat.
1857-yilning 8-mart kuni Amerikaning Nyu York shahrida 40 ming to’quv ishchisi mehnat sharoitining yaxshilanishini talab qilgan holda tekstil fabrikasida ish tashlash e’lon qiladi.
Fabrika boshqaruvchilari afsuski, bunga zolimlarcha qarshilik ko’rsatadilar. Buning boshqa fabrikalarga ham ta’sir ko’rsatishini oldini olish uchun ish tashlash e’lon qilgan ayollarni fabrika binosiga qamab qo’yadilar.
Lekin, o’sha payt noma’lum sabablarga ko’ra, fabrika binosida yong’in sodir bo’ladi. Afsuski, ayol ishchilardan juda ozchiligi bu fojiadan tirik qolishga muvaffaq bo’ladi. Fabrikadagi yong’indan qocha olmagan 129 ishchi ayol esa, jon beradi.
Bu voqea nafaqat mamlakatda balki, butun dunyoda katta shov-shuvga sabab bo’ladi. İshchi ayollarning janoza marosimiga 100 mingdan ziyod aholi qatnashadi.
Oradan ko’p vaqt o’tishiga qaramasdan, bu voqea aslo unutilmaydi.
1910-yili Daniyada o’tkazilgan ayollar yig’ilishida masala takror o’rtaga tashlanadi.
1857-yilning 8-mart kuni fabrika yong’inida hayotdan ko’z yumgan ishchi ayollar xotirasi uchun 8-mart xalqaro xotin-qizlar kuni sifatida xotirlanishi haqidagi taklif bir ovozdan qabul qilinadi.
1- va 2-Jahon urushi yillarida ba’zi davlatlarda xotin-qizlar kunining nishonlanishi man qilingan.
Bu fojia o’z mamlakatida sodir bo’lishiga qaramasdan, Amerika ham ushbu kunni 1960-yil oxirlarida xotin-qizlar kuni deb qabul qilgan.
BMT Umumiy kengashi 1977-yilning 16-dekabr kungi yig’ilishida 8-martning Xalqaro xotin-qizlar kuni sifatida qutlanishini qabul qilgan. Bu esa, xotin-qizlar kuniga bo’lgan e’tiborni yanada kuchaytirdi.
Ayollar jamiyatni tashkil qilgan eng muhim xalqalardan biridir. Jamiyatda ayolning roli bor ekan, u jamiyatda madaniyat bor demakdir. U jamiyat ilg’or demakdir, unumdor demakdir.
Ayol huquqini inson huquqidan ajratish mumkin emas.
Ayollarning talablari natijasida boshlangan kurashda butun dunyoda, qolaversa O‘zbekistonda ayollarning huquqini ta’minlash va sharoitlarini yaxshilash uchun katta masofa bosib o’tildi. Lekin, bu yetarli emas. Statistik ma’lumotlarga ko’ra, dunyoda har 3 ayoldan biri hayotida oila ichi zo’ravonlik va haqoratlarga duch kelmoqda. Ayollarga nisbatan kuch ishlatish dunyoda keng tarqalgan, lekin ularga berilgan jazolar qoniqarli emas.
Butun dunyoda 15 yoshdan 45 yoshgacha bo’lgan ayollar turli kasalliklar va avtohalokatlar natijasida emas, balki erkaklar tomonidan qo’llangan zo’ravonlik natijasida nobud bo’lmoqda yoki majruh bo’lib qolmoqda.
BMT tomonidan olib borilgan tadqiqotga ko’ra, dunyodagi mehnatning 66%i ayollar tomonidan amalga oshiriladi. Bunga qaramasdan ayollar dunyodagi jami daromadning faqatgina 10%iga ega xolos. Dunyodagi butun mol-mulkning faqatgina 1%i ayollarga tegishli.
Dunyoda sodir bo’layotgan urushlarning eng katta jabrlanuvchisi ham ayollardir. Vatangado bo’lib, boshpanasiz, ko’chishga majburlanib, nomusidan xavotir olib, ham ona ham ota vazifasini zimmasiga olib, qo’rquv va qiyinchilikda yashashga majbur bo’lmoqdalar.
8-Mart xalqaro xotin-qizlar kuni butun dunyoda ayollarning muammolariga takror razm solish va ularga bo’lgan e’tiborni yanada kuchaytirish jihatidan muhim kun hisoblanadi.
Ushbu kun munosabati bilan butun dunyodagi mo’tabar onaxonlarni, opa-singillarni va butun ayollarni 8-Mart xalqaro xotin-qizlar bayrami bilan chin yurakdan muborakbod etamiz.
Йўловчи ташиш поездида неча ёшдан ошган болалар учун чипталар катталар сифатида сотиб олинади?
KUN HIKMATI:
Kitoblar bizning eng so‘nggi do‘stlarimizdir, ular bizni aldamaydi, hamisha yonimizda turadi va keksayganimizda ham malomat qilmaydi.
Fage
_______
КУН ҲИКМАТИ:
Китоблар бизнинг энг сўнгги дўстларимиздир, улар бизни алдамайди, ҳамиша ёнимизда туради ва кексайганимизда ҳам маломат қилмайди.
Фагэ
KUN HIKMATI:
Kitoblar bizning eng so‘nggi do‘stlarimizdir, ular bizni aldamaydi, hamisha yonimizda turadi va keksayganimizda ham malomat qilmaydi.
Fage
_______
КУН ҲИКМАТИ:
Китоблар бизнинг энг сўнгги дўстларимиздир, улар бизни алдамайди, ҳамиша ёнимизда туради ва кексайганимизда ҳам маломат қилмайди.
Фагэ
#KUN_IQTIBOSI
Har doim qiyin yo‘lni tanlang - chunki u yerda raqobatni uchratmaysiz.
✍Sharl de Gol
🇺🇿Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati
Navai.uzedu.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
