cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

SMART EDUCATION CENTER

Sifatli taʼlim Smart bilan Matematika kurslari Chet tillarini o'qitish (rus tili ingliz tili) Mental arifmetika Kompyuter kurslari Robototexnika Ixtisoslashgan maktablarga tayyorlov Mo'ljal: Bek to'yxonasi🏢 ☎️Qabulxona:⤵️ +998941862614 +998943293730

Show more
Advertising posts
589
Subscribers
-324 hours
-87 days
+9730 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

❓Testdan keyin abituriyent nimalarni tanlaydi? #abituriyent ✅ Joriy yilda ilk marta testgacha faqat fanlar majmuasi tanlanadigan bo'ldi. Qolgan muhim jihatlar testdan keyin tanlanadi. Xo'sh, testdan keyin abituriyent nimalarni tanlaydi? 1️⃣ Birinchidan: beshtagacha yo'nalish tanlaydi. Bunda test topshirgan fanlar majmuasiga to'g'ri keladigan ISTALGAN yo'nalishlarni va ISTALGAN OTMlarni tanlashi mumkin. Ko'pchilik ro'yxatdan o'tish chog'ida tanlagan yo'nalishini o'zgartirsa bo'ladimi, deb so'ramoqda. Bu haqda avval ham aytgandik, UzBMB saytida fanlar majmuasini emas, yo'nalishni tanlaydigan qilishgani uchun ko'pchilik chalg'ib qoldi. Lekin siz tanlagan yo'nalish hech narsani anglatmaydi, shunchaki osonroq bo'lishi uchun misol sifatida qo'yilgandi xolos. Bu haqda batafsil mana bu postda tushuntirganman: https://t.me/xushnudbek/24239 Xullas, siz ro'yxatdan o'tishda qaysi yo'nalishni tanlaganingiz muhim emas, testdan keyin fanlaringizga mos keladigan ISTALGAN beshtagacha yo'nalishni tanlay olasiz. 2️⃣ Ikkinchidan, ta'lim shaklini tanlaydi. Bunda kvotada ajratilgan joyga qarab, kunduzgi, sirtqi, kechki yoki masofaviy shaklni tanlash mumkin. Yoki beshta yo'nalish ichida aralashtirib tanlasa ham bo'ladi. Masalan, 1 va 2-yo'nalishga kunduzgi, 3-ga sirtqi, 4-ga kechki va 5-ga masofaviy qilib. Qaysi yo'nalishda sirtqi, kechki, masofaviy bor-yoki yo'qligini kvotalar chiqqach bilib olishingiz mumkin. Lekin hozircha kvotalar tasdiqlanmadi. 3️⃣ Uchinchidan, tanlov ustuvorligini tanlaydi. Bunda tanlov ustuvorligini yoki davlat grantiga, yoki yo'nalishga qaratish mumkin. Masalan, kimdir "menga qaysi beshta yo'nalishdan biriga kirishimning farqi yo'q, asosiysi davlat grantiga kirishim kerak", desa, unda ustuvorlikni grantga beradi. Kimdir esa aksincha "men birinchi tanlagan yo'nalishimga kirishim shart, kontraktga kirsam ham roziman" desa unda ustuvorlikni yo'nalishga beradi. Bu haqda batafsil mana bu postda tushuntirganman: https://t.me/xushnudbek/19940 ❗️XULOSA: Demak, abituriyentlar 14-25-iyul kunlari testga kirib chiqadi. Necha ball olganini ertasi kuni bilib olishadi. Barcha testlar tugagach, yuqoridagi uchta masalani tanlash uchun 15 kun vaqt beriladi. 15 kun o'tgach, umumiy mandat shakllantirish boshlanadi. Qoida tariqasida, yakuniy mandat 1 hafta ichida chiqishi kerak. Demak, 20-avgust atrofida mandat chiqishi mumkin (agar avvalgi yillardagidek tasdiqlashni cho'zib yuborishmasa). Oliygohlarning mandati chiqib bo'lgach, o'qishga kira olmagan abituriyentlarga kollej va texnikumlarni tanlash uchun imkoniyat beriladi. Bunga 10 kun vaqt ajratiladi. 👉 @xushnudbek 👈
Show all...
⚡️Elementar matematikaning asosiy formulalar to'plamini yuklab oling! Kitobcha elementar matematikaning barcha asosiy formulalari va qoidalarini o‘z ichiga olgan bo‘lib, umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari, akademik litsey va kasb – hunar kollejlari talabalari, Oliy o‘quv yurtlariga kiruvchi abiturientlar va matematika o‘qituvchilari uchun mo‘ljallangan. Saqlab oling va tarqatib qo'ying! 🎓@Bilimbor - Bilim bor joyda buyuklik bo'ladi
Show all...
Formula kitobcha.pdf5.54 MB
👍 1
❗️Test sinovlari 14-25-iyul kunlari bo’lib o’tadi #abituriyent Avvalroq, test sinovlari 28-iyulga qadar (15 kun) o’tkazilishi aytilgan edi. Ammo kutilganidan kamroq abituriyentlar hujjat topshirgani uchun test sinovlari 12 kunda tugaydigan bo’ldi. Oxirgi test sinovi 25-iyulda o’tkaziladi. Demak, mandat ham vaqtliroq chiqadi. Joriy yilda ham test sinovlari 2 smenada o’tkaziladi. 1-smena: soat 08:00 da; 2-smena: soat 15:00 da boshlanadi. 🏃‍➡️Abituriyentlardan test sinovlari boshlanishidan kamida 1 yarim soat oldin belgilangan hududga yetib kelishlari talab etiladi. Demak, 1-smena soat 06:30 da, 2-smena soat 13:30 da test o’tadigan joyga kelishi kerak. 📋 Abituriyentlar test sinoviga 2 ta hujjat olib borishlari lozim: 1️⃣ pasport yoki ID-karta; 2️⃣ abituriyent ruxsatnomasi. Boshqa hech qanaqa hujjat shart emas. Shuningdek, 🖊ruchka va 🥤suvni ichkarida o’zlari berishadi. Hisob-kitob talab qilinadigan fanlarda esa qoralama uchun savollar kitobining o’zida ochiq hududlar tashlab ketilgan bo’ladi (alohida bo’sh qog’oz berishmas ekan). ❗️Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, kechikib kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi! 👉 @xushnudbek 👈
Show all...
👍 3
Photo unavailableShow in Telegram
❗️2024-YIL JAVOBLAR VARAQASI (TITUL) ❌ Esingizda bo'lsin, bo'yaganda doiradan tashqariga chiqmang; ❌ Doira ichini to'liq bo'yalmasligi ham xato; ❌ Xato qilib belgilagan doirani "teshish" mumkin emas; ❌ Skaner teshilgan javobni baribir xato deb hisoblaydi ❌ Bitta testga javob sifatida birdaniga ikki yoki undan ortiq doirani bo'yash mumkin emas. Bu ham xato va buning uchun hech qanday ball berilmaydi. ❌ Eng yomoni, xato qilganingiz uchun sizga yangi titul berilmaydi!
✅ Telegram kanalimiz. https://t.me/Biologiya_Kimyo_Sardor_Murodov ✅ Telegram guruhimiz. https://t.me/Biologiya_Kimyo_Sardor_MurodovS ✅ You Tube kanalimiz. http://www.youtube.com/@Kimyo_va_Biologiya
Show all...
👍 1
Ona tili va adabiyotdan 22talik test natijasi: Ĝ. Rayhona 19 O. Bonu 19 Sh. Muhabbat 18 X. Iroda 18 S. Sitora 18 B. Sevinch 11
Show all...
00:37
Video unavailableShow in Telegram
🔥 Videoni tarqating: Imtihondagi hayajondan endi umuman qo‘rqmang! Muhammadali Eshonqulovdan abituriyentlarga imtihonda umuman hayajonlanmaslik uchun ajoyib layfhak! ❗️100% sinalgan usul! Endi aslo hayajonlanmaysiz, Inshaalloh! Agar sizga yoqqan bo‘lsa, videoni barcha imtihonga kiradigan abituriyentlar tanishlaringizga yuboring. Ushbu videoni barcha ko‘rishi lozim. Hechkim hayajon sabab bilganlarini xato qilib qo‘ymasin! 🎓@Bilimbor - Bilim bor joyda buyuklik bo'ladi
Show all...
video_2022-07-31_17-52-06.mp47.19 MB
👍 3
Photo unavailableShow in Telegram
Bugungi matematika darsimizda 1-2-sinflar o'rtasida o'tkazilgan test natijalari
Show all...
#Qabul2024 Kimda imtihon qachon bo'ladi? Imtihon sanalar bo'yicha taqsimoti: 👉 14-Iyul - Huquq+Ingliz tili, Matematika+Fizika, Chet tili+Ona tili,  Biologiya+Kimyo (Avvalgi yil bitiruvchilari), Matematika+Ingliz tili, Tarix+Ona tili 👉 15- Iyul - Matematika+Ingliz tili, Huquq+Ingliz tili, Tarix+Ingliz tili, Matematika+Fizika, Tarix+Ona tili, Tarix+Geografiya, Geografiya+Matematika 👉 16-Iyul - Biologiya+Kimyo, Biologiya+Ona tili, 👉 17-Iyul - Biologiya+Kimyo (ru Joriy yilgi bitiruvchilar), Biologiya+Ona tili, 👉 18-iyul - Biologiya+Ona tili, Matematika+Fizika, Biologiya+Kimyo, 👉 19-Iyul - Matematika+Fizika, Matematika+Ingliz tili, Biologiya+Kimyo 👉 20-Iyul - Matematika+Ingliz tili, Biologiya+Kimyo, Matematika+Fizika 👉 21- Iyul - Ona tili+Ingliz tili, Ingliz tili+Ona tili, Matematika+Ingliz tili 👉 22- Iyul - Ingliz tili+Ona tili, Matematika+Ingliz tili, 👉 23- Iyul - Ingliz tili+Ona tili, Matematika+Fizika, Rus tili+Ona tili, Ona tili+Matematika 👉 24- Iyul - Ingliz tili+Ona tili, Matematika+Fizika 👉 25- Iyul - Ingliz tili+Ona tili, Matematika+Fizika Ro'yxat yangilanmoqda Imtihonlarlar sanalari quidagicha belgilangan: Til, Viloyatlar kesimida, Avvalgi hamda joriy bitiruvchilar
Show all...
👍 6
#Qabul2024 #Abituriyent2024 ⚡️ Abituriyentlarga ruxsatnomalarni berish boshlandi ✅ 2024-2025-o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga “Abituriyent ruxsatnomasi”ni berish boshlandi. 👨🏻‍💻 Abituriyentlar test sinovlarida ishtirok etish uchun “Abituriyent ruxsatnomasi”ni my.uzbmb.uz saytiga shaxsiy identifikatsiya raqami hamda pasport seriyasi va raqamini kiritgan holda olishlari mumkin. 📋 Abituriyentlar test sinoviga pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelishlari lozim. ❗️ Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, kechikib kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi! Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Show all...
👍 2
Choose a Different Plan

Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.