en
Feedback
Qarshi davlat texnika universiteti

Qarshi davlat texnika universiteti

Open in Telegram

🏛 Qarshi davlat texnika universiteti kanali Qarshi davlat texnika universiteti www.kstu.uz 📫 180100, Qashqadaryo vil. Qarshi sh. Mustaqillik ko‘chasi 225-uy

Show more
6 971
Subscribers
No data24 hours
-857 days
-25730 days
Posts Archive
#Tashabbus 🇺🇿 2026-YIL – “MAHALLANI RIVOJLANTIRISH VA JAMIYATNI YUKSALTIRISH YILI” Maʼlumki, Prezidentimizning yangi yilni
+2
#Tashabbus 🇺🇿 2026-YIL – “MAHALLANI RIVOJLANTIRISH VA JAMIYATNI YUKSALTIRISH YILI” Maʼlumki, Prezidentimizning yangi yilni mamlakatimizda “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” deb nomlash haqidagi taklifi yakdillik bilan maʼqullandi. Mazkur tashabbus mahalla institutini mustahkamlash, ijtimoiy faollik va hamjihatlikni kuchaytirishga xizmat qiladi. Shu munosabat bilan Shahrisabz oziq-ovqat muhandisligi fakultetida yil nomlanishiga bagʻishlangan targʻibot banneri oʻrnatildi. Bizni birga kuzatib boring: 👇 🌐 Website | 🗳 Facebook | 📱 Instagram | 💻 YouTube QarDTU axborot xizmati ✍️

#Sport_salomatlik_garovi #Rektor_kubogi 7-8-yanvar kunlari universitet professor-oʻqituvchilari va ishchi-xodimlari oʻrtasida
#Sport_salomatlik_garovi #Rektor_kubogi
7-8-yanvar kunlari universitet professor-oʻqituvchilari va ishchi-xodimlari oʻrtasida “Sport – salomatlik garovi” shiori ostida “Rektor kubogi” sport musobaqalari oʻtkaziladi.
Qishki taʼtil kunlaridan unumli foydalanish, sogʻlom turmush tarzini keng targʻib etish, jismoniy tarbiya va sportning ommaviylashgan turlarini rivojlantirish maqsadida tashkil etiladigan mazkur spartakiadada mini futbol, shaxmat, shashka, voleybol va stol tennisi boʻyicha gʻolib va sovrindorlar aniqlanadi.
Bellashuvlarning oʻtkazilish vaqti: ♟ Shaxmat. 2025-yil 7-yanvar. 🫓 Shashka. 2025-yil 7-yanvar. ⚽️ Mini-futbol. 2025-yil 7-yanvar. 🏐 Voleybol. 2025-yil 8-yanvar. 🏓 Stol tennisi. 2025-yil 8-yanvar.
👉 Musobaqa nizomi Eslatma: Har bir jamoa oʻzining sport formasi bilan qatnashishi talab etiladi. Musobaqalar belgilangan kunida, soat 9:00 da boshlanadi. Bizni birga kuzatib boring: 👇 🌐 Website | 🗳 Facebook | 📱 Instagram | 💻 YouTube QarDTU axborot xizmati ✍️

Assalomu alaykum! Boshlangan yangi kuningiz xayrli, omadli, quvonchli va barakali boʻlsin!
Koʻpincha nazarga ilmagan bugunimiz yorqin oʻtmishimiz boʻlib qoladi. Vilgelm Fisher ✍️
Bizni birga kuzatib boring: 👇 🌐 Website | 🗳 Facebook | 📱 Instagram | 💻 YouTube QarDTU axborot xizmati ✍️

Assalomu alaykum! Boshlangan yangi kuningiz xayrli va barakali boʻlsin!
Tabiat tabiiy boʻlganligi sababli ham bizga yoqadi, oʻziga qiziqtiradi va ilhomlantiradi. Vilgelm Gumboldt✍️
Bizni birga kuzatib boring: 👇 🌐 Website | 🗳 Facebook | 📱 Instagram | 💻 YouTube QarDTU axborot xizmati ✍️

#2025_OAVda_biz
📺 Qashqadaryo televideniyesi orqali namoyish etilgan “Sarhisob” koʻrsatuvida yurtimizda xotin-qizlarning ilm olishlari, hunar o‘rganishlari uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida so‘z yuritildi.
🎤 Koʻrsatuvda QarDTU tayanch doktoranti, “Kelajak bunyodkori” medali sohibasi Sitora Hodiyevaning ham mulohazalari berilgan. Bizni birga kuzatib boring: 👇 🌐 Website | 🗳 Facebook | 📱 Instagram | 💻 YouTube QarDTU axborot xizmati ✍️

#Yangi_yil_shukuhi Shahrisabz oziq-ovqat muhandisligi fakultetida bayram nafasi! Bizni birga kuzatib boring: 👇 🌐 Website | 🗳 Facebook | 📱 Instagram | 💻 YouTube QarDTU axborot xizmati ✍️

Repost from Yoshlar.edu.uz
❗️Sessiyalar 12-yanvardan boshlanadi! 🔷 Oliy ta’lim vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipovning buyrug‘iga ko‘ra, 2025/2026-o‘quv yili kuzgi semestri o‘quv jarayoni va fanlardan o‘tkaziladigan nazoratlar belgilangan grafik asosida 2026-yil 12-yanvardan boshlab tashkil etiladi. 🔺Talabalarga kuzgi semestr yakuni bo‘yicha o‘tkaziladigan yakuniy nazorat ishlari bilan bog‘liq barcha ma’lumotlar yetkaziladi. Imtihonlarni talab darajasida tashkil etish va shaffofligini ta’minlash bilan bog‘liq chora-tadbirlar amalga oshiriladi. ✅Talabalar uchun qishki ta’til sanasi 10-yanvargacha davom etadi.
Bizni kuzating:
📱Instagram | 📺YouTube | 🕊Telegram

#Yangi_yil_shukuhi Irrigatsiya muhandisligi fakultetida Yangi yil nafasi! Bizni birga kuzatib boring: 👇 🌐 Website | 🗳 Facebook | 📱 Instagram | 💻 YouTube QarDTU axborot xizmati ✍️

#Bayram_arafasida 8-sonli talabalar turar joyida Kinematografiya agentligi tomonidan suratga olingan “Uyga qaytish” badiiy fi
+7
#Bayram_arafasida
8-sonli talabalar turar joyida Kinematografiya agentligi tomonidan suratga olingan “Uyga qaytish” badiiy filmi namoyish etildi va bayram yadbiri bo‘lib o‘tdi.
Ushbu film talabalarda Vatanga muhabbat, oila qadri va hayotiy masʼuliyat tuygʻulari yanada mustahkamlanishiga xizmat qiladi. Tadbir doirasida xulqi va oʻqishdagi yutuqlari bilan namuna koʻrsatgan faol talabalarning ota-onalari nomiga tashakkurnomalar taqdim etildi. Faol talabalarimiz va ularning ota-onalariga samimiy minnatdorchilik bildiramiz! Bizni birga kuzatib boring: 👇 🌐 Website | 🗳 Facebook | 📱 Instagram | 💻 YouTube QarDTU axborot xizmati ✍️

#Bayram_shukuhi Iqtisodiyot va boshqaruv fakultetida Yangi yil tarovati! Bizni birga kuzatib boring: 👇 🌐 Website | 🗳 Facebook | 📱 Instagram | 💻 YouTube QarDTU axborot xizmati ✍️

#Iqtibos Hozirgi vaqtda yangi texnologiyalar, raqamlashtirish va sunʼiy intellekt taʼsirida dunyoda ish oʻrinlarining soni, s
#Iqtibos Hozirgi vaqtda yangi texnologiyalar, raqamlashtirish va sunʼiy intellekt taʼsirida dunyoda ish oʻrinlarining soni, shakli va mazmuni keskin oʻzgarmoqda. Yaqin besh yilda mavjud kasblarning 30 foizi toʻliq avtomatlashtiriladi, 50 foizi boʻyicha esa yangi malakalar talab qilinadi. Bu jarayonlar bizni ham chetlab oʻtayotgani yoʻq. Sanoatda – avtomatlashgan liniyalar, agrar sohada – aqlli texnologiyalar, transportda – intellektual boshqaruv kundalik hodisaga aylanib bormoqda. Endi mamlakatimizning mehnat bozori mutlaqo yangi arxitektura asosida – kasb, malaka, texnologiya va taʼlimni birlashtiradigan yagona mexanizm sifatida ishlashi zarur. Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va Oʻzbekiston xalqiga Murojaatnomasidan Murojaatnomaning toʻliq shakli ushbu havolada. Bizni birga kuzatib boring: 👇 🌐 Website | 🗳 Facebook | 📱 Instagram | 💻 YouTube QarDTU axborot xizmati ✍️

Assalomu alaykum! Boshlangan yangi kuningiz xayrli va barakali boʻlsin!
Bizning dunyomiz – bizning oʻy-qarashlarimizning aksidir: ongni oʻzgartirmay turib, bu olamni oʻzgartirish imkonsiz. Albert Eynshteyn ✍️
Bizni birga kuzatib boring: 👇 🌐 Website | 🗳 Facebook | 📱 Instagram | 💻 YouTube QarDTU axborot xizmati ✍️

+9
#Sarhisob Qarshi shahridagi Maʼnaviyat maskanida Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Qashqadaryo viloyati boʻlimi tomonidan OAV vakillari va blogerlar ishtirokida brifing tashkil etildi. Unda Markaz viloyat boʻlimi rahbari, senator Komila Karomova 2025-yilda amalga oshirilgan ishlar xususida hisobot berdi. Brifingda boʻlim tomonidan 2025-yilda koʻplab maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, festivallar, ijtimoiy loyihalar, kitob taqdimotlari oʻtkazilgani, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalar orqali aholi maʼnaviyatini yuksaltirishga asosiy eʼtibor qaratilgani taʼkidlandi. Tadbirda yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektor Abror Murtazayev ishtirok etdi. Yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish borasida hamkorlikda amalga oshirilayotgan muhim loyihalar haqida soʻz yuritdi. Brifingda maʼnaviy-maʼrifiy yoʻnalishdagi loyihalar 2026-yilda yangi shakl va mazmunda, raqamli targʻibotni yanada kuchaytirgan holda davom ettirilishi taʼkidlandi. QarDTU axborot xizmati ✍️

#Jarayon Bugun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis va Oʻzbekiston xalqiga Murojaatnoma yoʻllad
+3
#Jarayon
Bugun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis va Oʻzbekiston xalqiga Murojaatnoma yoʻlladi. Unda joriy yilda amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi, 2026-yildagi muhim ustuvor masalalar belgilab berildi.
Shahrisabz oziq-ovqat muhandisligi fakulteti jamoasi mazkur Murojaatnomani toʻgʻridan-toʻgʻri kuzatdilar. Unda keltirilgan muhim maʼlumotlardan voqif boʻldilar. Mazkur murojaat fakultet jamoasi uchun kelgusi faoliyatni aniq maqsadlar, tizimli yondashuv va natijadorlik asosida rejalashtirishda muhim dasturilamal boʻlib xizmat qiladi. Zero, har bir vazifa – masʼuliyat, har bir islohot – imkoniyat. Bizni birga kuzatib boring: 👇 🌐 Website | 🗳 Facebook | 📱 Instagram | 💻 YouTube QarDTU axborot xizmati ✍️

2026-yil korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha favqulodda ishlash yili bo‘ladi Facebook|Instagram|X

“Bugun sizlarga, sizlar orqali butun el-yurtimizga murojaat qilib aytmoqchiman. Bugun tarixning o‘zi, hayotning o‘zi zimmamiz
“Bugun sizlarga, sizlar orqali butun el-yurtimizga murojaat qilib aytmoqchiman. Bugun tarixning o‘zi, hayotning o‘zi zimmamizga buyuk bir mas’uliyatni yuklamoqda. Jonajon Vatanimiz bugun yangicha siyosiy-huquqiy, ijtimoiy, ma’naviy munosabatlar asosida yashab, mehnat qilayotgan, mustaqil fikrlaydigan, ozod va erkin insonlar diyoriga aylanmoqda. Bir bo‘lsak, yagona xalq, yagona millat bo‘lib harakat qilsak, ko‘zlagan ulkan maqsadlarimizga albatta yetamiz! Men bu yo‘lda mard va olijanob xalqimizga ishonaman! O‘zbekistonning beqiyos kuchi va imkoniyatlariga, aziz yoshlarimizning azm-u shijoatiga ishonaman! Fursatdan foydalanib, el-yurt manfaati, Vatan taqdirini o‘ylab, muqaddas zaminimizning asl farzandlari, fidoyi posbonlari bo‘lib, o‘zini ayamasdan, sidqidildan mehnat qilayotgan siz, azizlarga, bunyodkor xalqimizga chin dildan minnatdorchilik bildiraman,
– dedi Prezidentimiz Murojaatnoma yakunida. Facebook|Instagram|X

“Erishilgan ulkan natijalar, yangi ustuvor vazifalar “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini qayta ko‘rib chiqishni taqozo etmoqd
“Erishilgan ulkan natijalar, yangi ustuvor vazifalar “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini qayta ko‘rib chiqishni taqozo etmoqda. Yurtimizning kelgusi besh yillik taraqqiyotiga daxldor bo‘lgan ushbu hujjat keng jamoatchilik muhokamasidan o‘tkazilib, aholimizning fikr-mulohazalari asosida takomillashtiriladi. Parlament vakillarini ham bu jarayonda o‘z takliflari bilan faol ishtirok etishga chaqiraman”,
– dedi Prezidentimiz. Kelgusi yilda ma’naviyat sohasi yanada rivojlantirilib, ijtimoiy-madaniy hayotimizdagi muhim sanalar keng nishonlanishi ta’kidlandi. Jumladan, barcha yutuq va g‘alabalarimizning poydevori bo‘lgan Vatanimiz mustaqilligining shonli 35 yilligi katta bayram sifatida o‘tkaziladi. Sohibqiron Amir Temur, Mir Alisher Navoiy bobolarimizning qutlug‘ tavallud ayyomlariga tayyorgarlikni hozirdan boshlash kerakligi qayd etildi. Facebook|Instagram|X

#Jarayon Bugun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis va Oʻzbekiston xalqiga Murojaatnoma yoʻllad
+3
#Jarayon
Bugun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis va Oʻzbekiston xalqiga Murojaatnoma yoʻlladi. Unda joriy yilda amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi, 2026-yildagi muhim ustuvor masalalar belgilab berildi.
Shahrisabz oziq-ovqat muhandisligi fakulteti jamoasi mazkur Murojaatnomani toʻgʻridan-toʻgʻri kuzatdilar. Unda keltirilgan muhim maʼlumotlardan voqif boʻldilar. Mazkur murojaat fakultet jamoasi uchun kelgusi faoliyatni aniq maqsadlar, tizimli yondashuv va natijadorlik asosida rejalashtirishda muhim dasturilamal boʻlib xizmat qiladi. Zero, har bir vazifa – masʼuliyat, har bir islohot – imkoniyat. Bizni birga kuzatib boring: 👇 🌐 Website | 🗳 Facebook | 📱 Instagram | 💻 YouTube QarDTU axborot xizmati ✍️

Repost from Edu.uz
Tibbiyot tizimida ham kasbiy ta’limni rivojlantirish uchun Angliyaning “Pirson” kompaniyasi bilan har bir hududdagi bittadan
Tibbiyot tizimida ham kasbiy ta’limni rivojlantirish uchun Angliyaning “Pirson” kompaniyasi bilan har bir hududdagi bittadan texnikumda xalqaro standart asosida hamshiralar tayyorlash boshlandi. Endi ana shu texnikumlarga Germaniya, Shveytsariya, AQSH, Yaponiya kabi davlatlarning ta’lim dasturlari ham joriy etiladi. Shu asosda xalqaro talablarga javob beradigan, xorijiy tillarni biladigan hamshiralar tarkibi shakllantiriladi. Keng ko‘lamli islohotlar sog‘liqni saqlash tizimini raqamlashtirish bo‘yicha ham jadal davom ettiriladi. Tibbiyot muassasalarini yagona yondashuv asosida tashkil etish uchun “master reja” ishlab chiqiladi. Bundan tashqari, infarkt, insult, onkologik, nefrologik kabi yuqumli bo‘lmagan kasalliklar hamda transplantatsiya, vaksinatsiya, ona-bola salomatligi yo‘nalishlariga 3,5 trillion so‘m ajratiladi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Repost from Edu.uz
Yaqinda texnikumlarga zamonaviy qiyofa va yangicha muhit olib kirish bo‘yicha besh yillik dastur tasdiqlandi. “Mening niyatim
Yaqinda texnikumlarga zamonaviy qiyofa va yangicha muhit olib kirish bo‘yicha besh yillik dastur tasdiqlandi.
“Mening niyatim – yoshlarimiz talab yuqori bo‘lgan kasblar bo‘yicha dunyoda raqobatdosh bo‘lsin, kerak bo‘lsa, boshqalardan bir pog‘ona ustun tursin. Ushbu maqsadga erishish yo‘lida kasbiy ta’limning eng muhim bo‘g‘ini bo‘lgan texnikumlarni yangi sifat bosqichiga olib chiqamiz,
– dedi Prezidentimiz. Buning uchun 2026-yildan boshlab har yili kamida 100 tadan texnikum to‘liq ta’mirlanib, texnologik va talab yuqori bo‘lgan kasblarga mos holda jihozlab boriladi. Germaniya, Shveytsariya, Buyuk Britaniya, Xitoy, Koreya kabi davlatlarning ilg‘or ta’lim dasturlari joriy qilingan texnikumlar soni 100 taga yetkaziladi. 2026-yilda 7 ta viloyatda, 2027-yilda esa qolgan hududlarda Ilg‘or kasbiy mahorat texnikumi va “Kasblar shaharchasi” faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Ilg‘or kasbiy mahorat texnikumlari hududdagi boshqa texnikumlar uchun metodik va amaliyot bazasi sifatida faoliyat yuritsa, “Kasblar shaharchasi” maktab o‘quvchilarini qurilish, servis, qishloq xo‘jaligi, sanoat, transport, “yashil” energetika kabi sohalardagi zamonaviy kasblarga yo‘naltirishga xizmat qiladi.
Bizni kuzating
Facebook | Instagram | YouTube | Telegram