NAMANGAN VILOYATI FVB | RASMIY KANAL
Open in Telegram
"O'z vaqtida ogohlantirish, qutqarish va yordam berish" "Своевременно предупредить, спасти и помочь" @namanganfvb_bot
Show more4 032
Subscribers
-824 hours
-557 days
-21430 days
Posts Archive
"Bir tanish-bilish..."dan boshlanadigan holatlar.
Korrupsiya — xalqqa xiyonat, bu — millat kelajagiga xiyonat!
Hurmatli fuqarolar! Eslatib o‘tamiz, Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari tomonidan korrupsiya holatlariga duch kelsangiz, zudlik bilan "1109" qisqa raqamiga murojaat qiling.
—
"Бир таниш-билиш..."дан бошланадиган ҳолатлар.
Коррупция — халққа хиёнат, бу — миллат келажагига хиёнат!
Ҳурматли фуқаролар! Эслатиб ўтамиз, Фавқулодда вазиятлар вазирлиги ходимлари томонидан коррупция ҳолатларига дуч келсангиз, зудлик билан "1109" қисқа рақамига мурожаат қилинг.
➡️Boshqa yangiliklar
📱Fvv.uz | 📱Facebook | 📱Telegram | 📱Youtube |📱instagram | 📱X.com
#Ijtimoiy_tarmoqlardan
Aynan shunday holatlar uchun har bir transport vositasida birlamchi o‘t o‘chirish vositasi bo‘lishi kerak.
—
#Из_социальных_сетей
Именно для таких случаев в каждом транспортном средстве должен быть в наличии огнетушитель.
➡️Boshqa yangiliklar
📱Fvv.uz | 📱Facebook | 📱Telegram | 📱Youtube |📱 instagram | 📱X
+6
ПАХТА-2026: ЁНҒИН ХАВФСИЗЛИГИ — АСОСИЙ ЭЪТИБОРДА
ПАХТА-2026 мавсумини беталафот ва хавфсиз ўтказиш мақсадида Поп тумани Фавқулодда вазиятлар бўлими томонидан пахта қабул қилиш масканлари ҳамда ғарамларида кенг кўламли профилактик-тушунтириш ишлари олиб борилмоқда.
Асосий эътибор — пахта ғарамларида ёнғин хавфини барвақт аниқлаш ва унинг олдини олишга қаратилмоқда.
Ўрганишлар жараёнида аниқланган камчиликларни зудлик билан бартараф этиш бўйича масъулларга аниқ топшириқлар берилди.
Мақсад — мавсумни талефатларсиз ўтказиш, ҳосил ва инсон хавфсизлигини ишончли таъминлаш.
✍️@sputnikpop
#Yongʻindan_ogohlik_umummilliy_kompaniyasi_oyligi
Is gazi hayot uchun xavfli! Xonani xavfsiz isitishning asosiy qoidalari bilan tanishing!
——————-
Угарный газ смертельно опасен! Ознакомьтесь с основными правилами безопасного обогрева помещений!
➡️Boshqa yangiliklar
📱Fvv.uz | 📱Facebook | 📱Telegram | 📱Youtube |📱 instagram | 📱X
ТАЛАБАЛАР ЁТОҚХОНАСИДА МАХСУС-ТАКТИК ЎҚУВ МАШҚИ ЎТКАЗИЛДИ
7 сентябрь куни ўқув йили бошланиши муносабати билан Наманган вилояти Фавқулодда вазиятлар бошқармаси томонидан Наманган шаҳридаги Наманган педагогика институти талабалар ётоқхонасида махсус-тактик ўқув машқи ўтказилди.
Машқдан кўзланган асосий мақсад — талабалар ётоқхонасида ёнғин ва бошқа фавқулодда вазиятларнинг олдини олиш, ёнғин хавфсизлигини таъминлаш, фавқулодда ҳолат юзага келганда қутқарув бўлинмалари ҳамда Фуқаро муҳофазаси давлат тизими (ФВДТ) тузилмаларининг ҳамкорликдаги ҳаракатларини мувофиқлаштириш, воқеа жойига тезкор етиб бориш ва одамларни хавфсиз эвакуация қилишни амалда синаб кўришдан иборат бўлди.
Ўқув машқи давомида фавқулодда вазиятлар бўлинмалари ва ҳамкор ташкилотларнинг тезкор ҳаракатлари, ёнғинни тарқалишини чеклашда махсус техникалардан самарали фойдаланиш, куч ва воситаларни тўғри бошқариш ҳамда қутқарув ишларини мувофиқлаштириш бўйича амалий кўникмалар мустаҳкамланди.
Машқ якунида талабаларга ёнғин ёки бошқа фавқулодда вазиятлар содир бўлганда тўғри ҳаракат қилиш, эвакуация қоидаларига риоя этиш ва хавфсизлик чораларини таъминлаш бўйича қўшимча йўриқнома берилди.
-------------------------------------------
TALABALAR YOTOQXONASIDA MAXSUS-TAKTIK OʻQUV MASHQI OʻTKAZILDI
7-sentyabr kuni oʻquv yili boshlanishi munosabati bilan Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan Namangan shahridagi Namangan pedagogika instituti talabalar yotoqxonasida maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi.
Mashqdan koʻzlangan asosiy maqsad — talabalar yotoqxonasida yongʻin va boshqa favqulodda vaziyatlarning oldini olish, yongʻin xavfsizligini taʼminlash, favqulodda holat yuzaga kelganda qutqaruv boʻlinmalari hamda Fuqaro muhofazasi davlat tizimi (FVDT) tuzilmalarining hamkorlikdagi harakatlarini muvofiqlashtirish, voqea joyiga tezkor yetib borish va odamlarni xavfsiz evakuatsiya qilishni amalda sinab koʻrishdan iborat boʻldi.
Oʻquv mashqi davomida favqulodda vaziyatlar boʻlinmalari va hamkor tashkilotlarning tezkor harakatlari, yongʻinni tarqalishini cheklashda maxsus texnikalardan samarali foydalanish, kuch va vositalarni toʻgʻri boshqarish hamda qutqaruv ishlarini muvofiqlashtirish boʻyicha amaliy koʻnikmalar mustahkamlandi.
Mashq yakunida talabalarga yongʻin yoki boshqa favqulodda vaziyatlar sodir boʻlganda toʻgʻri harakat qilish, evakuatsiya qoidalariga rioya etish va xavfsizlik choralarini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha yoʻriqnoma berildi.
Namangan viloyati FVB Axborot xizmati.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating. Fvb.uz | Telegram | Facebook | YouTube | Instagram
Hurmatli fuqarolar!
Yurtimizda 1-sentabrdan 30-sentabrgacha “Yongʻindan ogohlik umummilliy kompaniyasi oyligi” o‘tkazilmoqda.
Ushbu tadbirlarda faol ishtirok etishingizni so‘raymiz.
—
Ҳурматли фуқаролар!
Юртимизда 1 сентябрдан 30 сентябргача “Ёнғиндан огоҳлик умуммиллий компанияси ойлиги” ўтказилмоқда.
Ушбу тадбирларда фаол иштирок этишингизни сўраймиз.
➡️Boshqa yangiliklar
📱Fvv.uz | 📱Facebook | 📱Telegram | 📱Youtube |📱instagram | 📱X.com
ЧОРТОҚ ТУМАНИДА ФАВҚУЛОДДА ВАЗИЯТЛАРНИНГ ОЛДИНИ ОЛИШ БОРАСИДАГИ ИШЛАР ЎРГАНИЛДИ
Наманган вилояти Фавқулодда вазиятлар бошқармаси бошлиғи подполковник Элёр Ахмадалиев томонидан Чортоқ туманида фавқулодда вазиятлар ва ёнғинларнинг олдини олиш борасида амалга оширилаётган ишлар ҳолати ўрганилди.
Хусусан, Чортоқ сув омборининг техник ҳолати ва мустаҳкамлиги, Дамариқ МФЙдаги "Маҳалла муҳофазаси" хонасининг фаолияти ҳамда "НАМАНГАН ТЎҚИМАЧИ КЛУСТЕР" МЧЖга қарашли пахта қабул қилиш масканининг "Пахта-2026" мавсумига тайёргарлиги кўздан кечирилди.
Масъулларга аниқланган камчиликларни бартараф этиш, ёнғин хавфсизлиги талабларига риоя қилиш ва мавсумни хавфсиз ўтказиш юзасидан тегишли вазифалар белгилаб берилди.
-----------------------------------
CHORTOQ TUMANIDA FAVQULODDA VAZIYATLARNING OLDINI OLISH BORASIDAGI ISHLAR OʻRGANILDI
Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshligʻi podpolkovnik Elyor Axmadaliyev tomonidan Chortoq tumanida favqulodda vaziyatlar va yongʻinlarning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar holati oʻrganildi.
Xususan, Chortoq suv omborining texnik holati va mustahkamligi, Damariq MFYdagi "Mahalla muhofazasi" xonasining faoliyati hamda "NAMANGAN TOʻQIMACHI CLUSTER" MCHJga qarashli paxta qabul qilish maskanining "Paxta-2026" mavsumiga tayyorgarligi koʻzdan kechirildi.
Masʼullarga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, yongʻin xavfsizligi talablariga rioya qilish va mavsumni xavfsiz oʻtkazish yuzasidan tegishli vazifalar belgilab berildi.
Namangan viloyati FVB Axborot xizmati.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating. Fvb.uz | Telegram | Facebook | YouTube | Instagram
#Yongʻindan_ogohlik_umummilliy_kompaniyasi_oyligi
Paxta qabul qilish va qayta ishlash korxonalarida texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qiling.
—
Пахта қабул қилиш ва қайта ишлаш корхоналарида техника хавфсизлиги қоидаларига риоя қилинг.
➡️Boshqa yangiliklar
📱Fvv.uz | 📱Facebook | 📱Telegram | 📱Youtube |📱 instagram | 📱X
#FVV_Qahramonlari
Sarvar Husanboyevich Mamadaliyev — Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi maxsus qutqaruv otryadida yo'riqchi qutqaruvchi.
✅qutqaruvchi kasbida 15 yildan buyon xizmat qilib kelmoqda;
✅xizmat yillari davomida 2 ming 500 dan ortiq qutqaruv operatsiyalarida ishtirok etgan;
✅Sarvar Mamadaliyev xizmat faoliyati davomida juda ko‘plab insonlarni hayotini saqlab qolgan. Yorqin misol sifatida U 2021-yilning yoz faslida Kosonsoy tumanida sodir boʼlgan halokatli sel oqibatlarini bartaraf etishda qatnashgan. Hamkasblarining ta’kidlashicha, har qanday qutqaruv amaliyotida Sarvar fidoyilik ko‘rsatadi;
✅ikki nafar farzandning otasi;
✅yosh qutqaruvchilar S.Mamadaliyevni o‘z ustozlari deb bilishadi, chunki u har doim tajribasini baham ko‘radi va zarur professional maslahatlar beradi.
✅Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan S.Mamadaliyev Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan "Qutqaruv ishlaridagi jasorati uchun" koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi.
—
Сарвар Ҳусанбоевич Мамадалиев — Наманган вилояти Фавқулодда вазиятлар бошқармаси махсус қутқарув отрядида йўриқчи қутқарувчи.
✅қутқарувчи касбида 15 йилдан буён хизмат қилиб келмоқда;
✅хизмат йиллари давомида 2 минг 500 дан ортиқ қутқарув операцияларида иштирок этган;
✅Сарвар Мамадалиев хизмат фаолияти давомида жуда кўплаб инсонларни ҳаётини сақлаб қолган. Ёрқин мисол сифатида У 2021-йилнинг ёз фаслида Косонсой туманида содир бўлган ҳалокатли сел оқибатларини бартараф этишда қатнашган. Ҳамкасбларининг таъкидлашича, ҳар қандай қутқарув амалиётида Сарвар фидойилик кўрсатади;
✅икки нафар фарзанднинг отаси;
✅ёш қутқарувчилар С.Мамадалиевни ўз устозлари деб билишади, чунки у ҳар доим тажрибасини баҳам кўради ва зарур профессионал маслаҳатлар беради.
✅ Мустақиллигимизнинг 35 йиллиги муносабати билан С.Мамадалиев Фавқулодда вазиятлар вазирлиги томонидан "Қутқарув ишларидаги жасорати учун" кўкрак нишони билан тақдирланди.
➡️Boshqa yangiliklar
📱Fvv.uz | 📱Facebook | 📱Telegram | 📱Youtube |📱 instagram | 📱X
#Ijtimoiy_tarmoqlardan
Gaz ballonlaridan foydalanishda hamda ularni saqlashda texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qiling. Mazkur hodisa xorijiy davlatlardan birida sodir bo‘lgan.
—
#Из_социальных_сетей
Соблюдайте технику безопасности при использовании и хранении газовых баллонов. Данный инцидент произошёл в одной из зарубежных стран.
➡️Boshqa yangiliklar
📱Fvv.uz | 📱Facebook | 📱Telegram | 📱Youtube |📱 instagram | 📱X
KUZ-QISH MAVSUMINI BETALOFAT O‘TKAZISH BO‘YICHA YIG‘ILISH
Bugun, 7-sentyabr kuni Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida Paxta-2026 yig‘im-terim mavsumini xavfsiz o‘tkazish, talabalar turar joylarida yong‘in xavfsizligini ta’minlash hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ilishda boshqarma boshlig‘i podpolkovnik Elyor Axmadaliyev tomonidan mas’ullarga quyidagi vazifalar yuklatildi:
🔹 paxta yig‘im-terimi davrida yong‘in xavfsizligi talablariga rioya etilishini ta’minlash;
🔹 talabalar turar joylarida elektr, gaz va isitish tizimlarining texnik holatini nazorat qilish;
🔹 kuz-qish mavsumida yong‘in va is gazidan zaharlanish holatlarining oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlarni kuchaytirish;
🔹 favqulodda vaziyatlarda tezkor harakatlanish uchun kuch va vositalarning doimiy shayligini ta’minlash;
🔹 aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish va belgilangan vazifalar ijrosini nazoratga olish.
Yig‘ilish yakunida mavsumni xavfsiz o‘tkazish bo‘yicha mas’ullarga aniq vazifalar belgilab berildi.
Namangan viloyati FVB Axborot xizmati.
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating. Fvb.uz | Telegram | Facebook | YouTube | Instagram
☄️Is gazi hayot uchun xavfli!
Hurmatli fuqarolar, xonalarni isitish uchun faqat sertifikatlangan isitish moslamalaridan foydalaning⚠️
———
☄️Угарный газ опасен для жизни!
Уважаемые граждане, для обогрева помещений используйте только сертифицированные обогревательные приборы⚠️
➡️Boshqa yangiliklar
📱Fvv.uz | 📱Facebook | 📱Telegram | 📱Youtube |📱 instagram | 📱X
