en
Feedback
Subut

Subut

Open in Telegram
1 014
Subscribers
No data24 hours
No data7 days
No data30 days
Posts Archive
Subut
1 014
Birgina qor oʻzgarmadi. Uning sofligi oʻsha-oʻsha. U dillarga quvonch hadya etadi, qalbdagi mehr-u muhabbatni ziyoda qiladi. Qorga qaraysan-u, bahr-u diling yayraydi. Dunyoga qaytadan tugʻilasan. Senga ham uning pokligi oʻta boshlaydi. Qor... Uni menga suyukli qilgan ham udir. Lahzalarni tarix zarvaraqlariga muhrlagan ham sensan. Ha, qachondir sen erib, yerga inasan, bizning izlar esa yuvilib ketadi. Ammo sen yana tashrif buyurasan-ku, toʻgʻrimi? Yana xotiralarimiz sen-la jonlandi. Yana tiriladi ular. Vaqtlar oʻtgach senda qolgan izlarimizdan boychechaklar unadi. Xotiralar bizni yana oʻsha, ha, ana oʻsha manzillarga beixtiyor eltadi. Balki, u paytlarda ikki kishi emas, mitti qalblilarimiz bilan borarmiz seni koʻrgani. Ularni ham xursand qilasan-a, qorjon? Ularga ham bizga bergan taftingni berasan-a? Sen sovuq emassan, qorjon. Axir, mana necha soatdirki, bizni bagʻringga olding. Sira sovuq qotmadik. Seni sovuq deganlarning oʻzi sovuq. Ha, biz — odamlar sovuq boʻlib ketdik. Yuzimiz sovuq, qalbimiz sovuq, vujudimiz va ruhimiz-da sovuq. Sen esa bizga namuna boʻla oladigan taftsan. Qorjon, sen Xudoga yaqinsan, Unga aytgin: uni menga, meni unga xayrli qilsin. Bu senga omonat, qorjon. Omonatimni avaylab asra. Menda faqat shugina bor. Va uning koʻlami butun koinotga tatiydi. Ha, omonatim «U»dir. Qorjon, bizdan xafa boʻlma, xoʻpmi? Ustingda bizlarni oʻz bolangdek opichlading, xursand qilding. Biz esa bolalaring kabi ozroq shoʻxlik qildik. Onamizsan-ku, bizdan ranjimagin. Va bizning oʻlkada koʻproq qol. Seni sogʻinganimni bugun his qildim. Anglab yetdim hammasini. Seni yaxshi koʻramiz! 20.02.2024» Orada maktublar almashdik. Maktublaring men uchun juda qadrli hali ularni koʻp-koʻp oʻqiyman ularni. Farzandlarimizga ham oʻqib beraman. Yana bir muhim voqea: «Birga kitob taxlaganimiz yodingdami? Juda oʻzgacha lahzalar edi. Qalblarimiz oshno boʻlgan kitoblar bizga havas ila boqib, haqqimizga koʻp-koʻp duolar qilishgandi goʻyo. U farahbaxsh lahzalarni qalbimizning eng tubida — begonalar topa olmaydigan xavfsiz yerda asraymiz, xoʻpmi? Oʻsha kuni men senga hammasini aytganman. Pichirlab... Entikib... Ming hayajonda... Yigʻlab... Baʼzan jimliklar ichra sukunatdan jumlalar hosil qildim. Sen esa ularni-da osonlikcha his eta olding. Butun vujuding bilan meni tinglading. Oʻsha sukunatdagi jumlalarimni koʻzlaringda yosh ila oʻqiding. Oʻsha kuni kitoblarim koʻzimga boshqacha koʻrinib ketgandi. Xuddi ularni birinchi marotaba koʻrayotgandek ichimda ulkan hayajon mavjlari toʻlgʻondi. U mavjlar yuragim joylashgan yerga dam-badam urilar, yuragim esa koʻkrak qafasimga sigʻmay ketardi. Sen bilan ularni rosa tomosha qildik. Koʻzlarimizdan esa shoshqator koʻzyoshlar tinay demasdi. Butun olamni hoʻl qilib yubordi ular. Goʻyo jamiyki gʻuborlarini yuvib yubordi yoshlaring. Keyin atrofga musaffolik indi. Ha, ha, endilikda biz yerda emasdik. Biz qanot chiqardik-da uchdik samoga. Bizni qarshi oldi pagʻa bulutlar. Bizga butun olamning havasi kelardi. Yana chin muhabbat olam uzra yoyilishiga ularda umid uygʻondi. Yoʻqolib borayotgan iliqlik, samimiyatni qaytaruvchi xaloskorlar deb bilishdi bizni. Biz oxirgi najotdek edik. Odam va Havodan butun insoniyat tarqalgani kabi bizdan ham mehr-muhabbatni tarqatish kutilayotgan edi. Va bular haqida ham senga aytib berdim. Biz dunyoga unda yoʻqolib borayotgan haroratni qaytaramiz, — dedim. Odamlar orasida yoʻqolib borayotgan muhabbat biz sababli yana qaytadan yer uzra ildiz otadi. Bir-birlariga boʻlgan ishonch yana qaytadi. Tillarida, dillarida ming yillardan beri ishlatilmagan qaynoq, ha, ruh-u badaningga oʻt qoʻyuvchi oʻsha soʻzlar yana soʻzlanadi. Yonimda boʻl, buni eplaymiz.» Uydagilar sizlarnikiga borishida rosa asabiylashganman. Chunki kun kech boʻlib qolgandi. Hammasi birdan boʻlib ketgandi. Jahl qilib eshikni mushtlagandim oʻshanda. Qoʻlim shishib ketgandi.

Subut
1 014
«Uch mingta soʻz» Esingdami: «Agar unashtirilsak, sen haqingda koʻpgina yozaman, kamida uch mingta soʻzdan iborat boʻladi», — degandim. Sen biroz quv ohangda: «Uch mingtagina soʻz bilan meni tasvirlamoqchimisiz? Ha, mayli, boʻladi. Lekin bittalab sanayman», — deganding jilmayib. Bugun oʻsha vaʼdamning ustidan chiqmoqchiman. Aslida, bu soʻzlar seni toʻla-toʻkis tasvirlay olmaydi. Shunday boʻlsa ham, sening shaxsiyatingda ibrat olgulik fazilatlar borki, ularni xolisona vasf etmoqchiman. Zero, sen men uchun ibrat maktabisan. 2023-yil moddiy tomonlama qiynalib qoldim. Qarzlar, kreditlar har tomondan meni tang ahvolga solib qoʻydi. Halovatim yoʻqoldi. Qayerga bormay, nima qilmay, oʻy-xayollar bostirib kelaverardi. Oʻzimcha, qandaydir yechimlar izlayverdim, izlayverdim. Oxiri oʻzimning qimmatli kitoblarimni sotishga qaror qildim. Toʻgʻri, bu men uchun oson boʻlmadi. Necha yillardan beri yigʻib, avaylab-asrab keladiganim — bu kitoblarni sotish xuddi bir qismimni yulib olgan bilan barobar edi. Lekin na chora? Baʼzan shunday boʻladiki, qurbon qilish eng oxirgi chora boʻladi. Menda ham shunday boʻldi. Ikkita maktabda, bir oʻquv markazda ishlasam ham, moliyaviy ahvolimni oʻnglay olmadim. Xullas, 2023-yilning kuzidan boshlab kitob sota boshladim. Kanalimda bu haqda eʼlon qilganimda buni yaxshi qabul qilishdi va tez orada kitoblar jadallik bilan sotila boshladi. Men sotilgan kitoblar oʻrniga ulgurji narxda yana kitob olib kelardim. Chunki pul aylanmasi toʻxtab qolmasligi kerak edi. Bu faoliyat menga juda yoqib qolgandi. Har kuni shahar boʻylab kitob tarqataman, baʼzan boshqa viloyatlarga-da pochta orqali buyurtmalarni chiqaraman. Men bu qarorimdan hech qachon afuslanmayman. Buning ikki sababi bor: birinchisi shuki, seni mana shu faoliyatim sababli topdim, ikkinchi sabab koʻpdan koʻp kitobga oshno qalblar bilan tanishdim. Hatto ulardan turli hadyalar oldim. Oʻsha kezlarda mendan bir necha marotaba kitob olganding. Bizning munosabatimiz juda rasmiy edi oʻsha paytlarda. Tarmoqda ham maʼlum chegarada yozishganmiz. Keyin kutilmaganda sening qoʻlingni soʻradim. Tavakkul qildim. Ich-ichimdan mening yarmim, ruhdoshim, qalbdoshim ekaningga ishondim. Oʻshanda shunday deganim kechagidek yodimda: «Menga turmushga chiqqan boʻlarmidingiz?». Sen: «Rostdan (hazil yo shunchaki boʻlmasa) shunday boʻlsa, oʻylab koʻrishim mumkin», — deganding. Umidlanib, yarim yoʻlda qolib ketishdan yoki bu shunchaki taqdir hazili boʻlib chiqishidan rosa qoʻrqqanding, chamamda. Umidlarning poymol boʻlishi nimaligini sen ham, men ham teran anglardik. Va bu sen uchun juda qimmatga tushishini keyinchalik munosabatlarimiz iliqlasha boshlaganda aytib berganding. Men yana soʻradim: «Menga turmushga chiqasizmi?» Bu savolim bilan seni qiyin ahvolga solib qoʻygandim. Chunki meni faqatgina ijtimoiy tarmoq orqali bilarding, xolos. Shu sabab biroz vaqt soʻrading. Bir necha kundan soʻng «ha» javobini olganimda rosa quvongandim. Mana shu «ha»dan keyin bizning misli koʻrilmagan sarguzashtlarimiz boshlandi. Ilk uchrashuvimizni eslayman. Kafeda miriqib suhbat qurgandik. Oʻshanda menga ishonchingni berding. Men ham senga tamoman ishondim. Oʻsha kezlarda Salohiddin Alining «Moʻyna Mantoli Madonna» asarini zoʻr ishtiyoq bilan oʻqib chiqqandim. Asar bosh qahramoni — Raufni tom maʼnoda oʻzimga mengzagandim. Va bu haqda yozgandim. Keyin bu asarni sen oʻqishingni, meni shu asardan topishingni istadim. Sen bir kunda oʻqib chiqding. Rosa taʼsirlanganding. Ikkinchi uchrashuviz biroz qiziqarli boʻlgandi. Bu haqida qachondir yozaman. Hozir yozishni lozim topmadim. Sen bilan koʻp farahli onlarim oʻtgan. Ularning eng qadrlilaridan biri: ilk qor yogʻganda qorboʻron oʻynaganimiz. Kel yana oʻsha lahzalarda biroz yashaymiz: «Qor... U poklik ramzi. Yuraklarga allanechuk titroq soluvchi musaffolik. U bolaligimdan yagona meros. Ha, koʻp narsalar, odamlar, boringki, joylar turli oʻzgarishlarga uchradi. Oʻzlariga boshqa nom, boshqa xususiyatlar yuqtirdi. Va oxirida kasallandi.

Subut
1 014
Shu bugun tugataman shu ikkisini.
Shu bugun tugataman shu ikkisini.

Subut
1 014
Baʼzan shunchaki vaqt oʻtkazish uchun yashaymiz.

Subut
1 014
«Dunyoning ishlari» qiziq-da. «To seni topgunimcha» nelarni boshimdan oʻtkazmadim, deysan. Bilasan, «Kitob oʻgʻrisi»man. Va xonam — «Yarim tun kutubxonasi». Sen — mening «Kitob oʻqib beruvchi»msan. «Oʻtkan kunlar» mobaynida seni tez-tez sogʻinyapman, «Sevgim — sevgilim». Bu «Jarayon» naqadar ogʻriqli, bilsang edi. Bilki, «Kelmasang ham kutaman». Yaʼni «Baʼzilar olisdan sevarlar». Bizning «Muhabbatnoma» oʻzgacha. © Behzod Sherzod oʻgʻli @subut

Subut
1 014
Ushbu toʻplamdan: 14. «Urush va tinchlik», 1-qism; Mavjud: 3 dona Narx: 70.000 16. «Anna Karenina», 1-qism; Mavjud: 1 dona Na
Ushbu toʻplamdan: 14. «Urush va tinchlik», 1-qism; Mavjud: 3 dona Narx: 70.000 16. «Anna Karenina», 1-qism; Mavjud: 1 dona Narx: 60.000 19. «Asosiy qahramonlarim — haqiqat»; Mavjud: 2 dona Narx: 50.000 — shu asarlar sotiladi. Izoh: hammasini bir joyda olsangiz, narxi biroz kelishtirib beriladi. Murojaat: @ruh_zor

Subut
1 014
tashqarida yomgʻir, uyda jimjitlik – oʻzingni «yemoqqa» qulay bir fursat.

Subut
1 014
Uxlay olmayapman.

Subut
1 014
Uxlamaganlar, + qoldiramiz.

Subut
1 014
Uyqu yoʻq.

Subut
1 014
Qaysi kitoblarni mutolaa qilyapsiz?
Qaysi kitoblarni mutolaa qilyapsiz?

Subut
1 014
Shunday xalqlar ham bor ediki, ular uzun soqol qo‘ya bilish odatini uzoq vaqt davomida erkinlik deb bilgan edi. Sharl Lui Monteske: «Qonunlar ruhi haqida» @subut

Subut
1 014
Ilk qadamlar... 🌱 @subut

Subut
1 014
Ota — qahramon. @subut

Subut
1 014

Subut
1 014
Aytgin, meni sogʻinmadingmi? @subut

Subut
1 014
Rain (A Very Sad Piano Song) - Michael Ortega.m4a5.74 MB

Subut
1 014
Koʻp gapirgim kelyapti, ammo qoʻlimdan kelmayapti. Na olib qola olaman, na chiqara olaman...

Subut
1 014
«Avval yaxshilik qilishardi, aytishmasdi. Keyin bir zamon keldi, ham yaxshilik qiladigan, ham uni aytadigan boʻlishdi. Hozir esa aytadilar-u, birovning bir yaxshilik qilganini koʻrmaysan».