en
Feedback
Computer_simulations_Uz

Computer_simulations_Uz

Open in Telegram

Ushbu kanal talabalarda kompyuterda modellashtirish ko’nikmalarini hosil qilish va kelajakda sohada yetuk kadrlar tayyorlashni maqsad qilgan.

Show more
550
Subscribers
No data24 hours
-17 days
-730 days
Posts Archive
photo content
+1

🎉 Tabriklaymiz, Muhammadalı! 🇺🇿🎓🌍 Shogirdim Muhammadali Prezident stipendiyasi sohibi bo‘lgani munosabati bilan taqdirlandi. Ilmiy safarda bo‘lganim sababli taqdirlash marosimida ishtirok eta olmadim, ammo bugun tashakkurnomani ustozimiz, O‘zMU Fizika fakulteti dekani Gofurjon Eshonqulovdan qabul qilib oldim. Sizga katta rahmat! 📚 Muhammadali Singapur Milliy Universiteti (NUS) PhD dasturiga qabul qilindi. Bu oliy ta’lim muassasasi dunyo reytingida yuqori o‘rinlarni egallaydi: 🔹 QS – 8-o‘rin 🔹 THE – 17-o‘rin 🎓 Butun jamoamiz nomidan chin dildan tabriklaymiz va ilmiy faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz! Yana bir iste’dodli yosh olim xalqaro ilmiy maydonga chiqmoqda — bu yurtimiz uchun faxr! 🇺🇿🌏

photo content

photo content
+4

+4
photo_2025-04-29_11-29-22.jpg1.63 KB

🚀 Ilmiy guruhimizdan yana bir quvonchli yangilik! PhD talabam Akbar Qodirov o‘tgan yili yutib olgan grant doirasida bir oylik stajirovka uchun Malayziyadagi Sunway Universitetiga jo'nab ketdi. Akbar kompyuter simulyatsiyasi yordamida turli xil ion suyuqliklarda zararli gazlarning yutilishini o‘rganmoqda. Bu tadqiqotlar atmosferadagi zararli gazlarni samarali tutib qolish uchun nihoyatda muhim bo‘lib, ekologik muammolarga yechim bo‘lishi mumkin. Bu yo‘nalish guruhimiz uchun yangi bo‘lib, dastlabki natijalar (Fluid Phase Equilibria jurnalida chop etilgan) shuni ko‘rsatdiki, ba’zi gazlar yuza interfeysida, boshqalari esa ion suyuqlikning ichki qismida yig'iladi. Bunday xususiyati membrana asosidagi ajratish texnologiyalarida ishlatish imkonini beradi. 2023-yilda Isfahonda bo‘lib o‘tgan Mustafa Award marosimida Prof. Mohamed Kheireddine Aroua bilan tanishganman. U CO₂ yutilishi, membrana orqali ajratish va biodizel ishlab chiqarish bo‘yicha yetakchi mutaxassislardan biridir. Hamkorlik qilishga kelishib olgan edik — oradan ikki yil o‘tib ushbu guruhda tashrif amalga oshirilmoqda. 🔬 Akbar stajirovka davomida eksperimental tadqiqotlar olib boradi va o‘z simulyatsiya ishlariga tajriba natijalarini qo‘shadi. Men Prof. Arouaga yordami uchun, hamda Innovatsion rivojlanish agentligi xodimlariga moliyaviy qo'llab quvvatlagani uchun o‘z minnatdorchiligimni bildiraman. Bunday tashriflar — talabalar uchun ilmiy networking shakllantirish va xalqaro hamkorlikni rivojlantirishda juda muhim rol o'ynaydi. Umid qilamizki, ion suyuqliklar kelajakda atrof-muhitni himoya qilish texnologiyalarida keng qo‘llaniladi.

photo content

[UZ] Professor Muhammad Saiful Islam Khan institutimizga tashrif buyurdi! 🎉 U Markaziy Osiyo Universitetining Tibbiyot fakultetida ishlaydi va asosiy qiziqishi plazma qurilmalari va ularning tibbiyotdagi qo‘llanilishi. ⚡️💉 Birgalikda hamkorlik masalalarini muhokama qildik. 🤝 Bizning guruhimiz plazmaning saratonni davolashdagi molekulyar mexanizmlarini yaxshiroq tushunish uchun kompyuter simulyatsiyalari 🧬🔬, shuningdek, plazma qishloq xo‘jaligi 🌱 va chiqindi suvlarni tozalash bo‘yicha amaliy tadqiqotlar bilan shug‘ullanadi 💧. Professor Khanning amaliy tajribasi bizning fundamental tadqiqotlarimiz bilan ajoyib tarzda mos keladi! Uzoq va samarali suhbatdan keyin laboratoriyalarimizni ko‘rsatdik. 🏢🔍 Birgalikda tadqiqot olib borish va natijalarimizni nashr etishga kelishib oldik. 📑 Bu hamkorligimizning birinchi qadami! 🚀 Tez orada natijalarimizni siz bilan baham ko‘ramiz. 📣 [EN] Prof. Muhammad Saiful Islam Khan has visited our institute! 🎉 He works at the Central Asian University, School of Medicine, and his expertise lies in plasma devices and their medical applications. ⚡️💉 Our team had an incredible opportunity to discuss potential collaboration with him. 🤝 Our group focuses on computer simulations to understand the molecular-level mechanisms of plasma in cancer treatment 🧬🔬, alongside applied research in plasma agriculture 🌱 and wastewater treatment 💧. Prof. Khan’s work complements ours perfectly—his applied expertise paired with our fundamental research opens up amazing possibilities! We had a long, fruitful discussion and gave him a tour of our labs. 🏢🔍 Together, we’ve agreed to conduct joint research and publish our findings. 📑 This marks the beginning of a promising partnership! 🚀 Stay tuned—we’ll share our results soon. 📣 #Collaboration #Research #PlasmaScience #CancerTreatment

Unlocking the secrets of salt crystal formation at the nanoscale https://phys.org/news/2025-04-secrets-salt-crystal-formation-nanoscale.html

photo content
+5

📍 Belgiya va Niderlandiya chegarasida! 🇧🇪➕🇳🇱 Hozir ajoyib joyda turibman — bir oyog‘im Belgiyada, ikkinchisi esa Niderlandiyada! Bu yerda chegaralar oddiy chiziq bilan belgilangan, hatto binolar, do‘konlar va uylarning ichidan ham o‘tgan. Shunday do‘konlar borki, kiraverish eshigi Belgiya tomonida, kassasi esa Niderlandiyada joylashgan! Har bir qadam bilan davlat o‘zgarayotgandek tuyuladi! Bunday geografik noan’anaviylik turizm uchun ham, tarixiy va madaniy o‘rganishlar uchun ham juda qiziqarli. 🗺️ Baarle-Hertog va Baarle-Nassau — dunyodagi eng murakkab chegaralardan biri, ammo shu bilan birga eng tinch va hamkorlikdagi chegaralardan ham biridir. 🌍🤝

photo content
+9

photo content

📍 Eindhoven Texnologiyalar Universitetida Ilmiy Safarda 🇳🇱🔬 Hozirda Eindhoven Technical University (TU/e) da ilmiy safardaman. Bu universitet yillik 350 million dollarlik byudjetga ega, yana 100 millionga yaqin mablag' sanoat bilan hamkorlik orqali keladi 💼💡. 🌍 TU/e muhandislik yo‘nalishida dunyo reytingida 85-o‘rinda, umumiy reytingda esa yuqori o‘rinlarni egallagan: ▪️ QS: 136, ▪️ THE: 185. So‘nggi 12 yil ichida kampus juda o‘zgarib, kengaygan, talabalar soni esa muhandislarga bo‘lgan ehtiyoj ortgani uchun yildan-yilga oshmoqda. 👨‍🔬 Menga ilmiy rahbarlik qilgan Prof. Paul van der Schoot — "Theory of Polymers and Soft Matter" yo‘nalishida dunyoga tanilgan olimlardan biri. Science (IF-47), Nature Nanotechnology (IF-38), JACS (IF-14.5) kabi nufuzli jurnallarda maqolalari chop etgan. U bilan uzoq suhbatlashdik, birga tushlik va kechki ovqat paytida ilmiy va turli mavzularda fikr almashdik. Har ikkalamiz bu uchrashuvdan xursand bo‘ldik. 📢 TU/e dagi guruhga plazma yordamida saraton terapiyasi bo‘yicha olib borgan tadqiqotlarimiz va Institutimizdagi faoliyat haqida ma’ruza qildim. Qiziqarli savol-javoblar bo‘ldi. 🇺🇿 So‘ng ishtirokchilarni Kokand holva bilan mehmon qildim — hammaga juda yoqdi 😊 🔧 Shuningdek, Ana Sobota — plazma reaktorlarini dizayni va amaliyoti bilan shug‘ullanadi. U bilan hamkorlik haqida kelishib oldik. 🔍 Umuman olganda, safar juda konstruktiv va ilhomlantiruvchi ruhda o‘tmoqda. 🌐🤝

photo content
+1

photo content
+1