Computer_simulations_Uz
Open in Telegram
Ushbu kanal talabalarda kompyuterda modellashtirish ko’nikmalarini hosil qilish va kelajakda sohada yetuk kadrlar tayyorlashni maqsad qilgan.
Show more550
Subscribers
-124 hours
-17 days
-830 days
Posts Archive
Kuni kecha hamkasblarim Akmal Asrorov va Nodir Ali Normuhammadlar tomonidan tashkil qilingan "Tafakkur" podcastida suhbatlashdik. 🤝
Suhbat davomida bugungi kunning dolzarb mavzulari, ilm-fandagi yangiliklar va sohamizdagi muhim tendensiyalar haqida fikr almashdik. Bunday sifatli va intellektual loyihalar yosh mutaxassislar uchun bilim maydoni bo‘lib xizmat qiladi.
Taklif va mazmunli muloqot uchun tashkilotchilarga katta rahmat. Podcast barcha tinglovchilar uchun foydali bo‘ladi deb umid qilaman! https://www.youtube.com/watch?v=m3Du4tw4fUw
📢 Yangi ilmiy natijalar! 🔬✨
Xi’an Jiaotong Universiteti (Prof. Dingxin Liu guruhi) olimlari bilan hamkorlikda tayyorlagan maqolamiz Journal of Physics D: Applied Physics jurnalida (Q1, IF = 3.2) chop etildi 📘🧪. Unda plazma texnologiyasi va grafen oksidi (GO) nanozarralarining saraton hujayralariga qarshi birgalikdagi samarali ta’sirini isbotladik. Ushbu usul onkologik kasalliklarni davolashda mutlaqo yangi va xavfsiz strategiya yaratishga xizmat qiladi.⚡️🧬. Link: https://iopscience.iop.org/.../10.1088/1361-6463/ae383b/meta
Shuningdek, Sambalpur Universiteti (Dr. Showkat Mir guruhi) olimlari bilan hamkorlikdagi tadqiqotimiz European Biophysics Journal (Q2, IF = 2.4) da e’lon qilindi 📊🧠. Mazkur ishda KRas onkogen mutatsiyalari uchun inhibitorlar samaradorligi molekulyar darajada tahlil qilinib, mutatsiyaga xos terapiya zarurligi asoslab berildi 🧩💊.
Link: https://link.springer.com/article/10.1007/s00249-026-01817-8
Next Month! Processes MDPI Webinar | Non-Thermal Plasma and Its Environmental Applications⚡️
MDPI and Processes MDPI are pleased to welcome you to a webinar exploring how non-thermal plasma technology is transforming environmental remediation and sustainable agriculture.
This session will highlight how non-thermal plasma, through the generation of reactive oxygen and nitrogen species, offers powerful, innovative, chemical-free solutions to urgent global challenges such as water pollution treatment and food security. Our distinguished speakers will present research on plasma-based degradation of persistent pollutants in wastewater and the use of plasma-activated water to enhance seed germination and crop productivity.
🗓 Date: 16 February 2026
🕙 Time: 10:00 am CET | 5:00 pm CST (Asia)
Free registration: https://us02web.zoom.us/webinar/register/7317683890235/WN_Khe-gvNmQoiicAXFbyRveA#/registration
Learn more: https://sciforum.net/event/Processes-18?subscribe§ion=#event_speakers
Register for free and attend live to receive a certificate of attendance. We look forward to your participation in this discussion on plasma science and environmental sustainability. 🌍
Dear colleagues,
Our GEC-IOPS (International Online Plasma Seminar) presentation is scheduled as follows
Date & Time: Jan. 29, 2026 at 1:00 pm UTC
Title: Kinetic modeling: moving beyond room-temperature plasma-chemical reaction mechanisms
Speaker: Ramses Snoeckx, Empa, Switzerland
Category: Tutorial/Review
Join Zoom Meeting https://us06web.zoom.us/j/85983237756?pwd=w5gqUQQqbGzJfLh7vAyJZdE4w2wDFx.1
Meeting ID: 859 8323 7756
New Passcode: GEC-IOPS-5
✨ Olim uchun mehnatining mevasini ko‘rishdan ko‘ra katta quvonch bo'lmasa kerak?
Yillab davom etgan tadqiqotlar, yuzlab tajribalar va olingan natijalar nihoyat o‘z tasdig‘ini topib, nufuzli jurnallarda "Accepted" (qabul qilindi) degan xabarni olish – har bir tadqiqotchi uchun o‘zgacha hissiyotdir. Buni faqat kechani kunduzga ulab, ilm yo‘lida zahmat chekkanlar yaxshi tushunadi. 📖🔬
Xalqaro hamkorliklarimiz o‘z mevasini berishda davom etmoqda:
1️⃣ Journal of Physics D: Applied Physics (Q1; IF-3.2) – Xitoyning Xi'an Jiaotong universiteti olimlari bilan hamkorlikdagi ishimiz qabul qilindi. 2️⃣ Particle & Particle Systems Characterization (Q2; IF-3.0) – Iroqning Mustansiriyah universiteti olimlari bilan birgalikdagi izlanishlarimiz ham muvaffaqiyatli yakunlandi.
Maqolalar chop etilgandan so‘ng, ilmiy natijalar haqida batafsil ma’lumot beraman. Hamkorlarimizga va bu yo‘lda bizni qo‘llab-quvvatlaganlarga minnatdorchilik bildiramiz! 🤝
🇳🇱 Hollandiya: Kichik hudud, ulkan iqtisodiyot va ilm-fan cho‘qqisi!
G‘arbiy Yevropaning eng rivojlangan davlatlaridan biri bo‘lgan Hollandiya hududi jihatidan O‘zbekistondan qariyb 11 barobarga kichik? Ammo uning iqtisodiy salohiyati hayratlanarli!
💰 YaIM (2025): 1.32 trillion dollar.
📐 Hudud: O‘zbekistondan 11 marta kichik, ammo samaradorlik bo‘yicha dunyoda yetakchi.
🎓 Ana shu iqtisodiyotning drayveri bo‘lgan ilm-fan maskanlaridan biri — Eindhoven Texnika Universiteti (Technical University of Eindhoven) haqida qisqa video.
🏛 Universitetning nufuzi:
🌍 Reyting: QS-140; THE-192 o‘rinda turadi.
💶 Budjet: Yillik budjeti 350 million dollar, bunga qo‘shimcha ravishda industriya bilan hamkorlikdan yana 100 million dollar daromad keladi. Bu universitet nafaqat ilm maskani, balki ulkan innovatsiya markazidir!
Universitet kampusining go‘zal manzaralari va aynan "Yumshoq moddalar va biologik fizika (Soft Matter and Biological Physics)" guruhi binosi bo‘ylab qisqa sayr. Bu yerda zamonaviy fizika va biologiyaning eng so‘nggi yutuqlari tadqiq qilinadi.
✨ TU Eindhoven — Hollandiyadagi eng boy va nufuzli universitetlardan biri bo‘lib, u yerda yaratilgan sharoitlar ilm-fanning kelajagini belgilab beradi. https://www.youtube.com/watch?v=vKFe5zQ2LUA&pp=0gcJCU8KAYcqIYzv
[Uz]🔬🤝 MAHALLIY ILMIY HAMKORLIK!
📅 Kuni kecha institutimiz jamoasi bilan O' zR FA Polimerlar kimyosi va fizikasi institutiga hamkorlik doirasida uchrashuv bo'lib o'tdi.
Uchrashuv davomida institutimiz faoliyati, xalqaro hamkorliklari hamda sovuq atmosferik plazmasi texnologiyalarining fizik asoslari va ularning biofanlarda qo‘llanilishlari haqida ma’ruza qildim. Dr Sirajul Haq “From Green Synthesis to Functional Nanocomposites: Advanced Materials for Environmental and Biomedical Applications” mavzusida olingan natijalarini taqsimot qildi.
💬 Ilmiy muloqotlar natijasida tomonlar o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi va quyidagi 4 ta asosiy ilmiy yo‘nalishda qo‘shma tadqiqotlar olib borishga kelishib olindi:
1️⃣ Suvni tozalash va antibakterial qo‘llanilishlar uchun nanokompozit materiallar
2️⃣ Polimer materiallarni notermal plazma yordamida qayta ishlash va funksionallashtirish
3️⃣ Uglerod asosidagi nanostrukturalar sintezi va tadqiqoti
4️⃣ DFT va molekulyar dinamika kabi kompyuter simulyatsiyalari orqali nanostrukturalarda kechadigan reaksiyalarni chuqur o‘rganish
🧪 Shuningdek, institut Direktori Prof.Abdumutalib Atakhanov institut laboratoriyalari, zamonaviy uskunalar hamda olib borilayotgan fundamental va amaliy tadqiqotlar bilan yaqindan tanishtirdilar.
📌 Ushbu hamkorlik ilmiy salohiyatni birlashtirish, innovatsion materiallar yaratish va amaliy yechimlarga yo‘naltirilgan ilmiy izlanishlarni rivojlantirish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.
[En] 🔬🤝 LOCAL SCIENTIFIC COLLABORATION!
📅 On January 13, a collaborative meeting was held between our institute’s team and the Institute of Polymer Chemistry and Physics of the Academy of Sciences of the Republic of Uzbekistan.
During the meeting, I delivered a presentation on our institute’s activities, international collaborations, and the physical foundations of cold atmospheric plasma technologies, as well as their applications in the biosciences. Dr. Sirajul Haq presented his results under the topic “From Green Synthesis to Functional Nanocomposites: Advanced Materials for Environmental and Biomedical Applications.”
💬 As a result of the scientific discussions, a Memorandum of Understanding (MoU) was signed between the parties, and agreements were reached to conduct joint research in the following four key scientific areas:
1️⃣ Nanocomposite materials for water treatment and antibacterial applications
2️⃣ Polymer processing and functionalization using non-thermal plasma
3️⃣ Synthesis and investigation of carbon-based nanostructures
4️⃣ Advanced computer simulations, including DFT and molecular dynamics, to gain deeper insight into reactions occurring on nanostructures
🧪 In addition, Institute Director Prof. Abdumutalib Atakhanov familiarized himself with the institute’s laboratories, modern equipment, and ongoing fundamental and applied research activities.
📌 This collaboration represents an important step toward integrating scientific expertise, developing innovative materials, and advancing research focused on practical solutions.
🦠⚡️ Havodagi viruslarga qarshi plazma texnologiyasi!
“Air-fed cold atmospheric plasma device as a safe and effective anti-SARS-CoV-2 air filter” — nomli maqolamiz Nature nashryotining Scientific Reports jurnalida chop etildi. Sovuq atmosferik plazma (SAP) yordamida havodagi SARS-CoV-2 virusini bevosita zararsizlantirish mumkinligini aniqlandi.
🤝 Ushbu tadqiqot Xitoyning yetakchi ilmiy markazlaridan biri — Shenzhen Institutes of Advanced Technology olimlari bilan xalqaro hamkorlikda amalga oshirildi.
🔬 Tadqiqot doirasida havoni filtrlab plazma orqali qayta aylantiradigan SAP qurilmasi ishlab chiqildi. Plazma muhitida hosil bo‘ladigan reaktiv kislorod va azot zarralari (RONS) virus tuzilmasini jiddiy zararladi, SARS-CoV-2 ning “spike” oqsillari yo‘qolishiga va virus ichki tuzilmasining o‘zgarishiga olib kelishi aniqlandi.
⚙️ Plazma razryadi va taqsimot barqaror ekanligi tajribalar hamda kompyuter modellash orqali tasdiqlandi.
🐀 Eng muhimi, qurilmaning kundalik foydalanishdagi xavfsizligi ham tekshirildi. 4 hafta davom etgan hayvonlar (kalamushlar) ustidagi tajribalar bo‘yicha jiddiy toksik ta’sirlar yo‘qligini ko‘rsatdi.
💡 Ushbu natijalar sovuq plazma texnologiyasini:
🏥 tibbiyot muassasalarida,
🏢 yopiq binolarda,
🚉 jamoat joylarida
havoni tozalash va infeksiyalarning oldini olish uchun istiqbolli yechim sifatida ko‘rsatadi. https://www.nature.com/articles/s41598-026-36088-y
Materials design for the future with AI assistance | Nature Reviews Methods Primers https://share.google/EMILjnN8sbVbOKzJK
🌊 Dengiz suvida eriydigan plastik — xayol emas, haqiqat! 🇯🇵
Plastik chiqindilar okeanlarni nobud qilayotgan bir paytda, Yaponiya olimlari dunyoni hayratda qoldirgan kashfiyotga qo‘l urishdi.
🧪 RIKEN instituti va Tokio universiteti tadqiqotchilari sho‘r suvda atigi 1 soat ichida butunlay erib ketadigan yangi turdagi plastik yaratishdi!
✨ Bu materialning ajoyib xususiyatlari:
To‘liq parchalanish: Suvda eriganidan so‘ng, u bakteriyalar uchun "oziq" bo‘ladigan moddalarga aylanadi.
Hech qanday zarar yo‘q: Mikroplastiklar yoki zararli gazlar hosil bo‘lmaydi.
Tezkor natija: Tuproqda 200 soat (taxminan 8 kun) ichida yo‘q bo‘lib ketadi.
Xavfsiz: Zaharli emas va hatto olovga chidamli.
Hozirda yirik qadoqlash kompaniyalari ushbu texnologiyaga katta qiziqish bildirmoqda. Agar bu material ommalashsa, biz plastik paketlar va butilkalar muammosidan butunlay qutulishimiz mumkin! https://www.youtube.com/shorts/HdsGu-qpKwQ
✈️🔬 Eindhoven Texnika Universitetiga Ilmiy safar va Shahardagi Infratuzilmalar
Aprel oyida ilmiy safar bilan Hollandiyada, aniqrog‘i Eindhoven Texnika universitetida bo‘ldim. Tashrif davomida nafaqat ilmiy muhit, balki shahar infratuzilmasi bilan ham yaqindan tanishish imkoniyati bo‘ldi.
🚲 Eindhovendagi velosiped infratuzilmasi alohida e’tiborga loyiq. Velosiped yo‘llari juda puxta rejalashtirilgan, xavfsiz va qulay. Shahar bo‘ylab harakatlanishda velosiped yo'llari avtomobil yo'llaridan kam emasligi seziladi.
⚽️ Shuningdek, Philips stadioni va 🚉 markaziy temir yo‘l vokzalida ham zamonaviylik va funksionallik uyg‘unligi yaqqol seziladi.
🗺 Xaritalarga qarasangiz ham ko‘rish mumkin: Hollandiya, Belgiya va Germaniyaning g‘arbiy hududlarida velosiped yo‘llari juda keng rivojlangan. Bu nafaqat ekologiya, balki sog‘lom turmush tarzi va shahar madaniyatining muhim qismi ekanini yana bir bor ko‘rsatadi.
https://www.youtube.com/watch?v=Pqd3KW-ZUzU
+3
📚🔬 Olim doimo yangiliklar bilan birga bo‘lishi kerak!
Olim o‘z sohasida olib borilayotgan tadqiqotlarni sinchiklab va muntazam kuzatib borishi zarur. Agar kunlik ilmiy maqola o‘qish odatga aylanmasa, yangi g‘oyalar va muhim natijalardan orqada qolish ehtimoli katta.
🌍 Sohadagi eng so‘nggi o‘zgarishlardan o‘z vaqtida xabardor bo‘lishning samarali yo‘llaridan biri — nufuzli ilmiy nashrlarda taqrizchi sifatida faoliyat yuritishdir. Taqriz berish jarayoni nafaqat ilmiy hamjamiyat rivojiga hissa qo‘shish, balki yangi bilimlar olish, tanqidiy fikrlashni rivojlantirish uchun ham katta imkoniyat yaratadi.
⏳ Ishlar ko‘pligiga qaramay, vaqt topib 2025 yil davomida 12 ta ilmiy maqolaga taqriz berdim. Ilm-fanda o‘sish uzluksiz o‘rganish bilan chambarchas bog‘liq. Ilmiy rivojlanish — bu doimiy izlanish, o‘qish va tahlil qilishdir.
📍 Ilmiy hamkorlik va yuqori texnologiyalar sari muhim qadam
Dallasdagi Texas universiteti professori, nanomateriallar sohasi bo‘yicha dunyoga mashhur mutaxassis Prof. Anvar Zakhidov ilmiy jamoasi hamda Materialshunoslik instituti direktori Prof. Odilkhuja Parpiev va laboratoriya mudiri Dr. Shavkat Mamatkulov bilan samarali uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
🔬 Prof. Zakhidov nanomateriallar va uglerod nanostrukturalari bo‘yicha yetakchi olimlardan biri hisoblanadi. 2024-yilda institutimiz hamda O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Materialshunoslik instituti bilan hamkorlikda “Ilg‘or materiallar” qo‘shma laboratoriyasi tashkil etilgan edi. Bugungi kunda ushbu laboratoriyada MXene, funksional va nanokompozit materiallar sintezi faol olib borilmoqda.
🧪 Uchrashuv davomida Prof. Zakhidov zichligi atigi 0.5 kg/m³ bo‘lgan uglerod nanostrukturali aerogel sintez qilinganini ta’kidlab, tayyor namunalarni namoyish etdilar.
🌐 Aerogellarning amaliy ahamiyati nihoyatda yuqori, xususan:
🔋 Energiya saqlash tizimlari (batareya va superkondensatorlar),
🌡 Issiqlik izolyatsiyasi (aviatsiya va kosmik texnika),
🌊 Suv va gaz tozalash texnologiyalari,
🧠 Sensorlar va elektronika sohalarida keng qo‘llaniladi.
💬 Shuningdek, 3-o‘lchamli nanokompozit materiallar sintezi bo‘yicha ham fikr almashildi. Ushbu materiallar asosida yaratiladigan yangi avlod batareyalarining sig‘imini 10 baravargacha oshirish imkoniyati mavjudligi alohida qayd etildi.
🇺🇿 Prezidentimiz Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasida:
“Bundan buyon har bir dollar investitsiya, eng avvalo, ilg‘or texnologiyalar transferi, bozori aniq va yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarishga xizmat qilishi kerak”
— deb ta’kidlaganlar.
🔗 Aynan shu maqsad yo‘lida Dallasdagi Texas universiteti, Materialshunoslik instituti va institutimiz olimlari bilan hamkorlikda yuqori funksional nanomateriallar ishlab chiqarish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar amalga oshirilmoqda.
📊 Aniq misol: 1 kg misdan qo‘shilgan qiymat yaratish zanjiri:
🔹 Oddiy mis (xomashyo)
💰 ~10–13 $/kg | 📏
🔹 Mis kukuni (sanoat)
💰 20–40 $/kg | 📏 mikrometr (µm)
🔹 Antibakterial qoplama (CuO nano)
💰 1 000 – 4 000 $/kg | 📏 50–500 nm
🔹 Katalizator (Cu nanozarralar)
💰 2 000 – 8 000 $/kg | 📏 20–50 nm
🔹 Fotokatalizator (CuO / Cu₂O)
💰 2 500 – 12 000 $/kg | 📏 10–50 nm
🔹 O‘tkazuvchan siyoh/ (Cu nano)
💰 3 000 – 10 000 $/kg | 📏 50–200 nm
🔹 Sensor materiallari (Cu / CuO nano)
💰 5 000 – 15 000 $/kg | 📏 10–50 nm
📈 Xulosa:
➡️ 1 kg mis, agar ilmiy asosda funksionallashsa, uning qiymati 100–1000 barobar oshadi.
💡 Xomashyo emas — ilm, texnologiya va innovatsiya boylik yaratadi.
