en
Feedback
Computer_simulations_Uz

Computer_simulations_Uz

Open in Telegram

Ushbu kanal talabalarda kompyuterda modellashtirish ko’nikmalarini hosil qilish va kelajakda sohada yetuk kadrlar tayyorlashni maqsad qilgan.

Show more
550
Subscribers
-124 hours
-17 days
-830 days
Posts Archive
🌱 Sirdaryolik fermerlar bioo‘g‘itni sinovdan o‘tkazmoqda! Rasmlarda bioo‘g‘it qo‘llashdan oldingi holat va atigi 2 kun o‘tgach kuzatilgan o‘zgarishlar yaqqol ko‘rinib turibdi. O‘simliklarning rangi to‘qroq, rivojlanishi tezroq va umumiy holati ancha yaxshilangani seziladi. ✅ Bioo‘g‘itning asosiy afzalliklari: - o‘simlikni kompleks himoya qiladi; - tuproq unumdorligini yaxshilashga xizmat qiladi; - havodagi azotni o‘zlashtirishga yordam beradi; - o‘simlikdagi xlorofill miqdorini oshiradi; - ildiz va vegetativ o‘sishni faollashtiradi; - turli kasalliklar va stress omillariga chidamlilikni kuchaytiradi; natijada hosildorlik va mahsulot sifati oshishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. 🌾 Bugungi kunda qishloq xo‘jaligida bioo‘g‘itlardan foydalanish nafaqat hosildorlikni oshirish, balki tuproq sifatini saqlash, kimyoviy yuklamani kamaytirish va ekologik barqaror dehqonchilikni rivojlantirishda ham muhim ahamiyatga ega. 📌 Amaliy natijalar shuni ko‘rsatadiki, bioo‘g‘itlar qisqa muddat ichida ham o‘simlik holatiga sezilarli ijobiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. [EN] 🌱 Farmers in Syrdarya region are testing biofertilizers in the field! The difference is clearly visible in the images: the condition before biofertilizer application and just 2 days after treatment. The crop appears greener, more vigorous, and more uniform, indicating a rapid positive response. ✅ Key benefits of biofertilizers: - provide comprehensive support and protection for plants; - improve soil fertility and biological activity; - help plants utilize atmospheric nitrogen more efficiently; - increase chlorophyll content; - stimulate root development and vegetative growth; - enhance tolerance to diseases and environmental stress; ultimately contribute to higher yield and better crop quality. 🌾 Today, the use of biofertilizers is becoming increasingly important not only for boosting productivity, but also for reducing chemical inputs, preserving soil health and promoting more sustainable agricultural practices. 📌 Field observations like these show that biofertilizers can produce noticeable positive effects on crop performance even within a short period of time. #Biofertilizer #SustainableAgriculture #FieldTrial #Syrdarya #CropHealth #SoilFertility #AgroInnovation #YieldImprovement

MIT engineers design proteins by their motion, not just their shape | MIT News | Massachusetts Institute of Technology https://share.google/O0o0dA83qedh33ZQn

🇺🇿 Bugun O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti Prof. Shahlo Turdikulova bilan samarali uchrashuv bo'ldi 🤝 Uchrashuv davomida 390-sonli qaror Fanlar akademiyasini rivojlantirishda muhim va ijobiy qadam bo‘lganini alohida ta’kidlab o'tdim. Hozirda Fanlar akademiyasi tizimidagi bir qator yetakchi institutlar bilan hamkorlikda ilmiy tadqiqotlarni boshlab yuborganmiz: 🔬 Umumiy va noorganik kimyo instituti (Prof. Aziz Ibragimov) 🌱 Genetika va O‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti (Prof. Faxriddin Ne'matulloh va Prof. Baxtiyor Abdug'afur) ⚙️ Materialshunoslik instituti (Prof. Odilxo‘ja Parpiev va Dr. Shavkat Mamatkulov) 🧬 Bioorganik kimyo instituti (Akademik Baxtiyor Ibragimov, Dr. Sharafitdin Mirzaakhmedov) ☢️ Yadro fizikasi instituti (Akademik Ilhom Sadikov va Dr. Diyor Tadjibaev) ⚡️ Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti (Dr. Umedjon Khalilov va Dr. Muhammad Adilov) 🚀 Ilg‘or texnologiyalar markazi (Dr. Artyom Baev) 🦠Microbiologiya instituti (Dr. Nodira Azimova) Ilg‘or texnologiyalar markazida 2 ta amaliy loyiha muvaffaqiyatli yakunlandi va ushbu loyihalar doirasida 13 dan ortiq xalqaro maqolalar chop etildi 📊 Plazma tibbiyoti so‘nggi 10 yillikda eng tez rivojlanayotgan yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Shu bois, ushbu yo‘nalishni markazda alohida laboratoriya shaklida rivojlantirishga kelishib oldik. Rejalarimiz katta: ✔️ Plazma yordamida saratonni davolash ✔️ Surunkali yaralarni davolash ✔️ Antibiotiklarga chidamli bakteriyalarga qarshi kurash Yaqin orada mikrobiologlar bilan birgalikda amaliy tajribalarni boshlaymiz 🧪 Ushbu hamkorliklar allaqachon o‘z natijasini bera boshladi. Mavjud muammolarga amaliy yechim topish uchun kuchlarimizni birlashtirmoqdamiz. Qo‘llab-quvvatlaganingiz uchun katta rahmat! 🙏 🇬🇧 Today, I had a productive meeting with the Vice President of the Academy of Sciences of Uzbekistan, Prof. Shahlo Turdikulova 🤝 During the meeting, I emphasized that Resolution No. 390 represents an important and positive step toward strengthening the Academy of Sciences. We have already initiated several collaborative research projects with leading institutes within the Academy system: 🔬 Institute of General and Inorganic Chemistry (Prof. Aziz Ibragimov) 🌱 Institute of Genetics and Experimental Plant Biology (Prof. Faxriddin Kushanov and Prof. Bakhtiyor Rasulov) ⚙️ Institute of Materials Science (Prof. Odilxo‘ja Parpiev, Dr. Shavkat Mamatkulov) 🧬 Institute of Bioorganic Chemistry (Academician Bakhtiyor Ibragimov, Dr. Sharafitdin Mirzaakhmedov) ☢️ Institute of Nuclear Physics (Academician Ilhom Sadikov, Dr. Diyor Tadjbaev) ⚡️ Institute of Ion-Plasma and Laser Technologies (Dr. Umedjon Khalilov, Dr. Muhammad Adilov) 🚀 Center for Advanced Technologies (Dr. Artyom Baev) 🦠 Institute of Microbiology (Dr. Nodira Azimova) At the Center for Advanced Technologies, two applied projects have already been successfully completed, resulting in more than 13 international publications 📊 Plasma medicine has become one of the fastest-growing fields over the past decade. We agreed to further develop this direction by establishing a dedicated laboratory at the Center for Advanced Technologies - CAT Ilg'or texnologiyalar markazi - ITM. Our future plans include: ✔️ Plasma-based cancer therapy ✔️ Treatment of chronic wounds ✔️ Combating antibiotic-resistant bacteria We will soon begin experimental studies in collaboration with microbiologists 🧪 These collaborations are already yielding promising results. We are joining forces to develop practical solutions to existing challenges. Thank you for your continued support! 🙏

s44286-026-00361-8.pdf1.66 MB

An end-to-end framework for reactivity in heterogeneous catalysis | Nature Chemical Engineering https://share.google/Ebq3cERhWmBFPldMF

Ilmiy hamkorlikning yangi bosqichi: Mikrobiologiya va Plazma fizik-kimyosi uyg‘unligi 🔬⚡️ Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti professori Baxtiyor Abdug'afur bilan hamkorlikda yangi va istiqbolli tadqiqotlarimizni boshladik. 🤝 Ushbu izlanishlar doirasida Baxtiyor aka tomonidan taqdim etilgan Azotobacter shtammlarini past haroratli (sovuq) atmosferik plazma yordamida turli vaqt oralig‘ida ishlov bermoqdamiz. 🧬✨ Biz avvalgi qishloq xo‘jaligi loyihalarimizda plazma bilan ishlov berish urug‘larning potensialini har tomonlama oshirganiga va hosildorlikda ijobiy natijalar berganiga guvoh bo‘lgan edik. 📈🌱 Endigi navbat — mikroorganizmlarga! 🦠 Asosiy ilmiy savolimiz: "Plazma bilan berilgan yengil stress bakteriyalarning tabiatiga qanday ta’sir ko‘rsatadi? Balki bu ularning samaradorligini yanada oshirar?" 🤔 Nasib bo‘lsa, ushbu tadqiqotlar orqali fundamental savollarga birgalikda javob topamiz 🔬 https://youtu.be/M_1-uGODETE?si=gzIvRjHdRWSApk-m #Science #Biotechnology #PlasmaPhysics #Agriculture #Research #Uzbekistan #Collaboration #Azotobacter

🇺🇿📢 Ramazon oyining barakasi! Ushbu muborak oyda 2-maqolamiz Wiley nashriyotining ChemistrySelect (IF-2.0) jurnalida chop etildi! 🎉📚 👏 PhD talabalarimiz Makhfuza Jumayeva, Rustam Hasanov, Suxrob Ibodullaev, Shakhzod Tojievni chin qalbdan tabriklayman — bu haqiqiy jamoaviy muvaffaqiyat! 🤝 🔬 Tadqiqotda Cu₂O nanozarralari elektrokimyoviy usulda sintez qilinib, ularning xossalari XRD, DLS va UV–Vis orqali o‘rganildi. 🌱 Eng muhim natijalar: ✨ 99.45% samaradorlik bilan 160 daqiqada metil oranj parchalanishi 🦠 Kuchli antibakterial va nematotsid faollik 🧪 Reaktiv molekulyar dinamika orqali mexanizmlar ochib berildi 💡 Eng muhim jihatlardan biri — ushbu tadqiqot orqali oddiy mis asosidagi materialni yuqori qo‘shilgan qiymatga ega nanomaterialga aylantirish imkoniyati ko‘rsatildi. Bu esa ilm-fan va iqtisodiy qiymat zanjiri nuqtai nazaridan juda muhim! 🚀 🌍 Natijalar Cu₂O nanozarralari atrof-muhitni tozalash uchun samarali fotokatalizator ekanligini tasdiqlaydi. 🇬🇧📢 Blessings of the holy month of Ramadan! We are pleased to share that our second paper this month has been published in ChemistrySelect (Wiley)! 🎉📚 👏 Congratulations to our PhD students Makhfuza Jumayeva, Rustam Hasanov, Suxrob Ibodullaev, Shakhzod Tojiev — this was a truly excellent team effort! 🤝 🔬 In this study, Cu₂O nanoparticles were synthesized via an electrochemical method and characterized using XRD, DLS, and UV–Vis techniques. 🌱 Key highlights: ✨ 99.45% degradation of methyl orange within 160 minutes 🦠 Strong antibacterial and nematocidal activity 🧪 Mechanistic insights revealed through reactive molecular dynamics simulations 💡 Importantly, this work demonstrates how copper (cuprum) can be transformed into a high value-added functional nanomaterial, highlighting its potential in both scientific innovation and economic value creation. 🚀 🌍 These findings confirm that Cu₂O nanoparticles are highly promising photocatalysts for environmental remediation. #ChemistrySelect #Wiley #Nanotechnology #Cu2ONanoparticles #Photocatalysis #EnvironmentalScience #ValueAddedMaterials #ResearchTeam #GreenTechnology

[Uz] Xitoyning Xi'an Jiaotong universiteti olimlari bilan hamkorlikdagi navbatdagi ilmiy maqolamiz IEEE Transactions on Radiation and Plasma Medical Sciences (Q1, IF-3.5) jurnalida chop etildi! 📝✨ Tadqiqotimiz saraton kasalligiga qarshi kurashda mutlaqo yangi strategiyani taklif etadi: Plazma bilan faollashtirilgan gidrogel (PAH) va mis metal-organik karkas (CuMOF) nanomateriallari kombinatsiyasi. 🔬💊 Asosiy natijalar: 🧪 Sinergetik effekt: Plazma bilan ishlov berilgan gidrogel va mis asosidagi nanomaterial birgalikda qo'llanilganda, saraton hujayralarini yo'q qilish quvvati keskin oshdi. 🧬 Oksidativ stress: Bu usul melanoma (B16F10) hujayralarida kuchli oksidlanishni keltirib chiqarib, ularni o'limga (apoptoz) olib keladi. 🛡 Xavfsizlik: In vivo (tirik organizmdagi) sinovlar ushbu usulning yuqori samaradorligini va shu bilan birga biologik xavfsizligini isbotladi. Ushbu izlanishlarimiz saratonga qarshi kurashda yangi uslub sifatida qo'llanilishi mumkin! 🚀🌟 [En] Happy to announce that our latest collaborative research with scientists from Xi'an Jiaotong University (China) has been published in the IEEE Transactions on Radiation and Plasma Medical Sciences (Q1, IF-3.5)! 📝✨ Our study introduces a promising strategy for cancer therapy by combining Plasma-Activated Hydrogel (PAH) with Copper Metal-Organic Frameworks (CuMOF). 🔬💊 Key Highlights: 🧪 Synergistic Efficacy: The combination of plasma-activated Pluronic F127 hydrogel and CuMOF shows significantly enhanced anticancer effects compared to individual treatments. 🧬 Cell Death Mechanism: The treatment induces intense oxidative stress, leading to high apoptosis rates in B16F10 melanoma cells. 🛡 Excellent Biosafety: In vivo results confirm that this synergistic approach effectively inhibits tumor growth while maintaining a high safety profile. This research marks a significant step forward in developing next-generation cancer therapies! 🚀🌟 #Research #CancerTherapy #Innovation #AcademicCollaboration #PlasmaPhysics #Biotechnology #ScienceNews https://ieeexplore.ieee.org/abstract/document/11419650

Why simulating an entire cell cycle took years, multiple GPUs and six days per run https://share.google/GGycYcvC3f5thtgU2

Graphene-based 'artificial skin' brings human-like touch closer to robots https://share.google/QO3suM8i2nOfLHQKa

Dear colleagues, Our GEC-IOPS (International Online Plasma Seminar) presentation is scheduled as follows Date & Time: March 12, 2026 at 1:00 pm UTC Title: Cold Atmospheric Plasma in Cancer Therapy: Physics-Driven Effects on Retinoblastoma and Oral Squamous Cell Carcinoma Speaker: Ghazaleh Tahmasebi, Friedrich Schiller University Jena Title: Efficient backward x-ray emission in a finite-length plasma irradiated by a laser pulse of picosecond duration Speaker: I-Lin Yeh, Deutsches Elektronen-Synchrotron DESY ​Category: Research Highlight ​ Join Zoom Meeting https://us06web.zoom.us/j/85983237756?pwd=w5gqUQQqbGzJfLh7vAyJZdE4w2wDFx.1​ Meeting ID: 859 8323 7756 New Passcode: GEC-IOPS-5

photo content

Dear colleagues, Our GEC-IOPS (International Online Plasma Seminar) presentation is scheduled as follows Date & Time: Feb. 26, 2026 at 1:00 pm UTC ​ Title: The Si-Cl2-Ar+ Atomic Layer Etching Window: Fundamental Insights from Molecular Dynamics Simulations Speaker: Joseph R. Vella, Tokyo Electron (TEL) US Category: Tutorial/Review ​Join Zoom Meeting https://us06web.zoom.us/j/85983237756?pwd=w5gqUQQqbGzJfLh7vAyJZdE4w2wDFx.1​ Meeting ID: 859 8323 7756 New Passcode: GEC-IOPS-5

+6

[Uz] 🌾🔬 “Grom” navi bilan plazma texnologiyasi tajribamiz Universitetning dala tajriba maydonidan olingan dastlabki analiz natijalari shuni ko‘rsatdiki, plazma bilan ishlov berilgan urug‘larning rivojlanish darajasi nazorat guruhga nisbatan ancha yuqori. 📊 O‘rtacha tuplash (tillering) ko‘rsatkichlarini solishtirdik: Nazorat guruhi: 2–4 ta Plazma bilan ishlov berilgan: 6–8 ta Shuningdek: Unib chiqish darajasi Xlorofil miqdori O‘simlik bo‘yi va boshqa agronomik ko‘rsatkichlar bo‘yicha ham plazma bilan ishlov berilgan guruh nazoratga nisbatan sezilarli ustunlik ko‘rsatmoqda. 📈 Tqjribalarimiz davom etmoqda. Bizni kuzatishda davom eting — yangiliklar bilan muntazam bo‘lishib boramiz! 🌱✨ [En] 🌾🔬 Plasma Technology Trial with the “Grom” Variety Preliminary field analysis from the university experimental plots shows that plasma-treated seeds demonstrate significantly stronger development compared to the control group. 📊 Average tillering comparison: Control group: 2–4 tillers Plasma-treated group: 6–8 tillers In addition, the plasma-treated group shows superior performance in: Germination rate Chlorophyll content Plant height Other key agronomic parameters 📈 Scientific monitoring is ongoing. Stay tuned — we will continue sharing updates and results! 🌱✨ #PlasmaTechnology #GromVariety #FieldTrial #AgriculturalInnovation #ScienceInAction

China develops Mach 1 maglev

photo content
+9

📍 Bugun ilmiy va amaliy tashrif bilan “Don va dukkakli ekinlar ilmiy tadqiqot instituti” Sirdaryo ilmiy tajriba stansiyasida bo‘ldik. Dala tajriba maydonidagi ekinlarni bevosita ko‘zdan kechirdik, olib borilayotgan ilmiy ishlar bilan yaqindan tanishdik. Shuningdek, mahalliy fermerlar bilan uchrashuv tashkil etilib, ochiq va samimiy muloqot bo‘lib o‘tdi. 🌾 Uchrashuv davomida: - Plazma texnologiyasining qishloq xo‘jaligidagi potensiali Bioo‘g‘itlarning tuproq unumdorligi va hosildorlikka ta’siri Zamonaviy ilmiy yondashuvlarning amaliy natijalari batafsil tushuntirib berildi. Fermerlarimizning yangi texnologiyalar va ilm-fan yutuqlariga bo‘lgan qiziqishlari yuqori ekani quvonarli. Ko‘plab savol-javoblar bo‘lib o‘tdi, amaliy masalalar muhokama qilindi. 🤝 Tajriba stansiyasi direktori Avez Pirimqulov bilan plazma texnologiyasi va bioo‘g‘itlarni dala sharoitida sinovdan o‘tkazish bo‘yicha Anglashuv Memorandumi imzoladik. Shuningdek, tajriba stansiyasi xodimi Begoyim Husanovna tomonidan plazma bilan ishlov berilgan bug‘doy namunalarining sinovlari o‘tkazilgan va hamkorlikda maqolamiz ham chop etilgan. Oldinda – hamkorlikdagi dala tajribalari, ilmiy monitoring va natijalarni tahlil qilish bosqichlari turibdi. Nasib qilsa, ushbu hamkorlik ilmiy jihatdan ham, amaliy jihatdan ham har tomonlama manfaatli bo‘ladi. 🌱 Ilm – taraqqiyot poydevori. 🚀 Innovatsiya – barqaror hosil kaliti.