en
Feedback
Computer_simulations_Uz

Computer_simulations_Uz

Open in Telegram

Ushbu kanal talabalarda kompyuterda modellashtirish ko’nikmalarini hosil qilish va kelajakda sohada yetuk kadrlar tayyorlashni maqsad qilgan.

Show more
550
Subscribers
-124 hours
-17 days
-830 days
Posts Archive
🇺🇿📍 Sirdaryoda agrar sohani innovatsion rivojlantirishga bag‘ishlangan amaliy seminar bo‘lib o‘tdi Sirdaryo viloyati hokimligi hamda “TIQXMMI” milliy tadqiqot universiteti hamkorligida tashkil etilgan tadbirda soha mutaxassislari, klaster rahbarlari va fermerlar ishtirok etishdi. Tadbir doirasida qishloq xo‘jaligiga ilm-fan yutuqlarini integratsiya qilish masalalari muhokama qilindi. Institutimiz tomonidan quyidagi innovatsion ishlanmalar namoyish etildi: ⚡️ Plazma texnologiyasi: Urug‘larning unuvchanligini oshirish va hosildorlikni ta’minlashning ekologik toza usuli. 🌱 Bioo‘g‘itlar: Tuproq unumdorligini tiklovchi va o‘simlik oziqlanishini yaxshilovchi zamonaviy preparatlar. 📡 Namlik nazorati sensorlari: Tuproqdagi namlik darajasini masofadan turib nazorat qiluvchi va suv resurslarini tejovchi intellektual tizimlar. Ushbu ishlanmalar ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi. Bizning maqsadimiz — laboratoriyada yaratilgan yuqori texnologiyalarni bevosita dalalarga olib kirish va qishloq xo‘jaligi samaradorligini yangi bosqichga ko‘tarishdir. 🇬🇧 📍 Practical Seminar in Sirdaryo: Advancing Agriculture through Innovative Technologies A specialized seminar and exhibition dedicated to the integration of science into the agricultural sector was recently held in Sirdaryo region, organized in cooperation with "TIIAME" National Research University. The IFAR team presented cutting-edge solutions designed to transform modern farming: ⚡️ Plasma Technology: An environmentally friendly method for pre-sowing seed treatment to enhance germination and crop resilience. 🌱 Biofertilizers: High-efficiency biological products aimed at restoring soil health and optimizing plant nutrition. 📡 Soil Humidity Control Sensors: Advanced sensor systems that provide real-time monitoring of soil moisture levels, ensuring precise and sustainable water management. The practical demonstration of these innovations sparked significant interest among local clusters and farmers. By bridging the gap between research and practice, we continue to pave the way for a more sustainable and high-yielding agricultural future.

Kelajak energiyasi: MXene materiallari vodorod energetikasida inqilob qiladimi? ​Bugungi kunda dunyo bo‘ylab qazilma yoqilg‘ilardan voz kechib, ekologik toza energiya manbalariga o‘tish — "yashil iqtisodiyot"ning asosiy talabiga aylandi. Bu borada vodorod eng istiqbolli energiya tashuvchisi hisoblanadi. Biroq, vodorodni suvdan samarali va arzon usulda ajratib olish uchun yuqori texnologik katalizatorlar zarur. 💧⚡️ ​Materialshunoslik va Fundamental amaliy tadqiqotlar instituti o'rtasida ochilgan Ilg'or materiallar labaratoriyasida tadqiqot olib borayotgan PhD doktoranti, Javlonbek Mamanazirov aynan shu yo‘nalishda — MXene deb ataluvchi ikki o‘lchamli (2D) nanomateriallar asosida samarali elektrokatalizatorlar sintez qilish ustida ilmiy tadqiqotlar olib bormoqda. 🔬👨‍🔬🧪 ​Nega aynan MXene va vodorod energetikasi?🤔 ✅ Yuqori samaradorlik: MXene asosidagi materiallar suvni parchalash (HER va OER) jarayonida qimmatbaho metallar (platina, iridiy) o‘rnini bosa oladigan yuqori faollikka ega. ✅ Barqarorlik: Ushbu nanomateriallar ishqoriy muhitda ham o‘zining strukturaviy va kimyoviy barqarorligini saqlab qoladi. ✅ Haroratga chidamlilik: Tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, ushbu katalizatorlar harorat o‘zgarishi sharoitida ham o‘z samaradorligini oshirib boradi. 🌡 ​Ilm-fan — global energetika inqirozini hal qilishning eng to‘g‘ri yo‘lidir. Tadqiqotchimizning ushbu izlanishlari kelajakda O‘zbekistonda vodorod energetikasini rivojlantirish va "nol emissiya" maqsadlariga erishishda muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi. (ACS Langmuir: Q1, IF-3.9). Tashkent Institute of Irrigation and Agricultural Mechanization Engineers https://pubs.acs.org/doi/10.1021/acs.langmuir.6c00523 #materialscience #nanotechnology #MXene #GreenHydrogen #Electrocatalysis #2DMaterials #CleanEnergyTech #AppliedResearch #SustainableChemistry

photo content
+4

S.H. Sirojidinov nomidagi akademik litseyda o‘quvchilar bilan mazmunli uchrashuv o‘tkazdik. 🎓 Uchrashuvda “Notermal plazmaning biofanlarda qo‘llanilishi: fizika, kimyo va biologiya chorrahasidagi innovatsiyalar” mavzusida ma’ruza qildim. Yoshlarimizning fan yutuqlariga bo‘lgan qiziqishi va bergan o‘rinli savollari meni juda quvontirdi. 🧬⚛️ Suhbatimizning eng muhim qismlaridan biri — litsey va institutimiz o‘rtasida hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish bo‘ldi. Biz litsey vaqtidayoq salohiyatli talabalar bilan ishlashni tizimli yo‘lga qo‘yishni maqsad qildik. Yoshlarni litsey va universitet davridanoq real ilmiy loyihalarga jalb qilish — ularning salohiyatini oshirish va yurtimiz uchun yetuk kadrlar tayyorlashning eng to‘g‘ri yo‘lidir. Uchrashuvni yuqori saviyada tashkil etgani uchun litsey direktori Farhod Turg'unbayevga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman. 🤝 Tadbir yakunida bir guruh faol o‘quvchilarga esdalik sovg‘alari sifatida kitoblar ulashdim. Ishonamanki, bu yoshlar kelajakda O‘zbekiston ilm-fani ravnaqiga munosib hissa qo‘shadilar. ✨

Fundamental va amaliy tadqiqotlar institutida doktorantura (PhD/DSc) uchun kvota shakllantirmoqda! Ilmiy faoliyatini zamonaviy yo‘nalishlarda davom ettirmoqchi bo‘lgan izlanuvchilarni quyidagi sohalarda hamkorlikka chorlaymiz: - Fizik kimyo yo'nalishi: Oqsil-ligand ta’sirlari, oqsil va membranalardagi transport jarayonlari, sovuq atmosferik plazmaning onkologik kasalliklar va surunkali yaralarni davolashdagi samaradorligi (kompyuter simulation yordamida). Nanokompozit materiallar sintezi (suvni tozalash va vodorod energetikasi uchun) hamda oqova suvlarni tozalash texnologiyalari (amaliy). - Mikrobiologiya va biotexnologiya: Bakteriya va zamburug‘larning oksidlanish stressidagi tabiati, tuproq bioremediatsiyasi (pestitsid, sho‘r va neft qoldiqlari bilan zararlangan hududlar). Plazma texnologiyasi asosida ishlov berilgan urug‘larning fiziologik rivojlanishini tadqiq etish. Murojaat uchun: https://t.me/Davronjon_abduvokhidov

E'LON! Professor-o‘qituvchilar, yosh olimlar va talabalar diqqatiga! 2026-yilning 27-Aprel kuni soat 15:00 da bo'lib o'tadiga
E'LON! Professor-o‘qituvchilar, yosh olimlar va talabalar diqqatiga! 2026-yilning 27-Aprel kuni soat 15:00 da bo'lib o'tadigan O'zMU Biokimyo kafedrasi qoshidagi "Yosh biokimyogarlar" klubining navbatdagi xalqaro seminariga taklif qilamiz! 👨🏻‍🎓 Ma'ruzachi: Massachusets texnologiya instituti va Garvard universitetining Broad instituti (Broad institute of MIT and Harvard) ilmiy tadqiqotchisi, Yaponiya va AQSH Nevrologiya, Fiziologiya va Biofizika jamiyati a'zosi, PhD Erkin Shuxratovich Kurganov Seminar mavzusi: “Shizofreniya: miyadagi sirlar va sun’iy intellekt yordamida yangi dorilarni qanday topamiz?” Tashkilotchilar: 🇺🇸 Broad institute of MIT and Harvard, 🇺🇿 O'zbekiston Milliy Universiteti Biokimyo kafedrasi. 📅 27-Aprel 2026-yil, 🕙15:00 (GMT+5) Seminar tili: O'zbek tili 💻📱 ZOOM Link: https://broadinstitute.zoom.us/j/92100846028?pwd=qaNBhA8K3bjz023vdPCckaskheHLWR.1&jst=2 🧪"Yosh biokimyogarlar" klubini ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: 📱Telegram 📲 Instagram 🪩 YouTube 👨‍💻 Murojaat uchun

🚀 Vacancy: Senior Researcher / Junior Researcher The Laboratory of Advanced Materials Modeling at the Arifov Institute of Ion-Plasma and Laser Technologies, Academy of Sciences of Uzbekistan, is looking for talented and motivated young researchers to join our team! We conduct cutting-edge research in smart materials/nanostructures, artificial intelligence and green energy. Key Requirements: 🔹 Basic knowledge of computational materials science; 🔹 Solid background in physical chemistry; 🔹 Good proficiency in English (B1+ level). What we offer: 📈 Strong expertise in in silico materials design; 🔬 Opportunity to work with a high-performance computing (HPC) cluster; 🌍 Direct participation in high-impact international scientific projects. 📩 Interested candidates are invited to send their CV to: umedjon.khalilov@outlook.com

[Uz]💧 To‘qimachilik sanoatida suv muammosiga innovatsion yechim: Sovuq atmosferik plazma Bugungi kunda global iqlim o‘zgarishi va suv tanqisligi sharoitida oqava suvlarni qayta ishlash va ulardan takroran foydalanish insoniyat oldidagi eng dolzarb vazifalardan biridir. Ayniqsa, to‘qimachilik sanoatidan chiqadigan, turli kimyoviy bo‘yoqlar va zaharli birikmalarga boy bo‘lgan chiqindi suvlarni tozalash alohida yondashuvni talab etadi. Institutimizning PhD doktoranti, shogirdim Namuna Nabiyeva ayni shu yo‘nalishda — sovuq atmosferik plazma yordamida tekstil chiqindi suvlarini tozalash bo‘yicha muhim ilmiy tadqiqotlarni olib bormoqda. Nega aynan sovuq plazma? ✅ Ekologik toza: Kimyoviy reagentlardan foydalanish talab etilmaydi. ✅ Yuqori samaradorlik: Plazma suvdagi murakkab organik bo‘yoqlarni molekulyar darajada parchalaydi. ✅ Suv tejamkorligi: Tozalangan suvdan sanoatda qayta foydalanish imkoniyati paydo bo‘ladi, bu esa ichimlik suvi resurslarini asrab qolishga yordam beradi. Ilm-fan nafaqat laboratoriyalarda, balki real hayotdagi global muammolarni hal qilishda ham asosiy poydevor bo‘lib xizmat qilmoqda. PhD talabamizning ushbu tadqiqotlari kelajakda "yashil" ishlab chiqarish va barqaror suv xo‘jaligini rivojlantirishga ulkan hissa qo‘shishiga ishonamiz. [En] 💧 Innovative Solutions for the Textile Industry: Cold Atmospheric Plasma for Wastewater Treatment In the face of global climate change and increasing water scarcity, the treatment and reuse of wastewater is one of the most critical challenges facing humanity today. Wastewater from the textile industry, often saturated with complex chemical dyes and toxic compounds, requires advanced and sustainable treatment methods. Our PhD student, Namuna Nabiyeva, is conducting vital research in this field, focusing on the use of Cold Atmospheric Plasma (CAP) to decontaminate textile wastewater. Why Cold Plasma? ✅ Eco-friendly: No hazardous chemical reagents are required for the process. ✅ High Efficiency: Plasma active species break down complex organic dyes at the molecular level. ✅ Water Conservation: Treated water can be recycled back into industrial processes, significantly reducing the strain on fresh water resources. Science is not just about laboratory work; it is about solving real-world global challenges. We believe that our PhD student's research will make a substantial contribution to the development of "green" manufacturing and sustainable water management systems. 🚀 Innovation—The key to combating water scarcity! #Science #Sustainability #WaterTreatment #PlasmaTechnology #Innovation #IFAR #TextileIndustry #GreenTech #Research Tashkent Institute of Irrigation and Agricultural Mechanization Engineers

Scientists have created a new diamond.....

photo content
+9

📍 Bugun TIIAME va IFAR jamoamiz Farg‘ona davlat texnika universitetida! Prezidentning 122-son qarori ijrosini ta’minlash doirasida ilmiy ishlanmalar ko‘rgazmasi tashkil etildi. 👨‍🔬📊 Tadbir davomida viloyat fermerlariga ma’ruzalar qilinib, zamonaviy ilmiy yondashuvlar va innovatsion ishlanmalarimiz haqida batafsil ma’lumot berildi. 🌾📚 🔬 Jamoamiz tomonidan quyidagi ishlanmalar taqdim etildi: - Plazma texnologiyasini qishloq xo‘jaligida qo‘llash - Bioo‘g‘itlar - Namlikni avtomatik boshqaruvchi datchik tizimlari 👨‍🌾 Fermerlarda katta qiziqish uyg‘ondi. Faol savol-javoblar bo‘lib o‘tdi va ko‘pchilik ushbu texnologiyalarni amaliyotda qo‘llash istagini bildirdi. 🤝 Bunday uchrashuvlar ilm-fanni qishloq xo‘jaligiga integratsiya qilishni yanada osonlashtiradi va samaradorlikni oshiradi. 🌱 Ilm – taraqqiyot poydevori 🚀 Innovatsiya – barqaror hosil kaliti #TIIAME #IFAR #Innovatsiya #QishloqXojaligi #PlazmaTexnologiyasi #Bioogit #AgroTexnologiya #IlmVaAmaliyot

photo content
+4

🇺🇿 Innovatsiyalar sari yangi qadam: “Oligohlar – startaplar generatori” 🚀 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 11-fevraldagi PQ-59-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, “TIQXMMI” Milliy tadqiqot universitetida “Oligohlar – startaplar generatori” mavzusidagi innovatsion seminar-ko‘rgazma bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirda institutimiz o‘zining ilg‘or ilmiy ishlanmalari bilan faol ishtirok etdi. Ishtirokchilarga quyidagi yo‘nalishlar taqdim etildi: 🌱 Plazma qishloq xo‘jaligi (urug‘larga ishlov berish); 💧 Namlikni avtomatik boshqaruvchi datchik; 🧪 Bio-o‘g‘itlar; 🌊 Tekstil chiqindi suvlarini plazma yordamida tozalash. Tadbir davomida bank vakillari ishlanmalarimizga katta qiziqish bildirib, kelajakda hamkorlik qilish istagini bildirdilar. Ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasi yangi startaplarni rivojlantirishda muhim poydevor bo‘ladi! 🇬🇧 Driving Innovation: "Universities – Generators of Startups" 🚀 In accordance with the Presidential Decree No. PQ-59 (dated Feb 11, 2026), an innovative seminar-exhibition titled "Universities – Generators of Startups" was held at the "TIIAME" National Research University. Our institute proudly showcased its cutting-edge research and technological solutions, including: 🌱 Plasma applications in agriculture; 💧 Automated moisture control sensors; 🧪 Bio-fertilizers; 🌊 Plasma-based treatment for textile wastewater. The presentations drew significant interest from banking sector representatives, leading to discussions on future collaboration. This event highlights the vital integration of science, education, and industry in fostering a robust startup ecosystem! #Innovation #Startup #PlasmaTechnology #Agriculture #Science #TIIAME #Uzbekistan #ResearchAndDevelopment

Chinese Scientists Bioengineering Plants With Firefly Genes to Glow, in Effort to Light Cities at Night https://share.google/XjmVHnQiJKmdcXRwf

Dear colleagues, Our GEC-IOPS (International Online Plasma Seminar) presentation is scheduled as follows Date & Time: Apr. 9, 2026 at 1:00 pm UTC ​ Title: Molecular Dynamics Simulations of Ion Damaged Layer Etching Speaker: Jack Draney, Princeton University ​ Title: Modeling and Simulation of Surface Morphological Response of Plasma-Facing Tungsten Speaker: Omeet Patel, University of Massachusetts Amherst ​ Category: Research Highlight ​ Join Zoom Meeting https://us06web.zoom.us/j/85983237756?pwd=w5gqUQQqbGzJfLh7vAyJZdE4w2wDFx.1​ Meeting ID: 859 8323 7756 New Passcode: GEC-IOPS-5 ​GEC-IOPS Public Calendar

Olim inson doim o‘zini isloh qilib, ilmini sayqallab borishi lozim. 📖✨ Agar men bir ilmni o‘rgandimmi — demak, uni imkon qadar tezroq boshqalar bilan ulashishim kerak. Chunki ilm faqat o‘zimiz uchun yig‘ib qo‘yiladigan boylik emas, balki jamiyatga xizmat qilishi kerak bo‘lgan ne’matdir. Zero, o‘lim kutilmaganda keladi. Inson ortida qoladigan eng katta meroslardan biri esa — bu ulashilgan ilm, tarbiyalangan shogird, jamiyatga foyda bergan tafakkurdir. Ilm boshqalarga berilgan sari kamaymaydi, aksincha, yuksaladi, baraka topadi va uning foydasi kengayadi. Ilm almashinuvi kuchli bo‘lgan jamiyatning rivoji ham tezlashadi. Shuning uchun ham ilmda ziqnalik qilish — bu olimga yarashmaydigan, salbiy xarakterdir. Buni o‘zini olim deb bilgan har bir inson o‘z tafakkuriga, zehniyatiga va qalbiga muhrlab qo‘yishi kerak. Aks holda uni ...dan farqi qolmaydi!🧠💡 https://www.facebook.com/share/p/1V7NBmZXnd/

Institutimizda olib borilayotgan fundamental, amaliy va innovatsion ilmiy izlanishlarni💡🧬keng jamoatchilikka yaqindan tanishtirish maqsadida ijtimoiy tarmoqlarda qisqa videoma'lumotlar 🎥 ulashib boramiz. Bizni kuzatishda davom eting! 🙌📚✨ https://www.youtube.com/shorts/9nz0n4N5IS0

photo content