en
Feedback
Computer_simulations_Uz

Computer_simulations_Uz

Open in Telegram

Ushbu kanal talabalarda kompyuterda modellashtirish ko’nikmalarini hosil qilish va kelajakda sohada yetuk kadrlar tayyorlashni maqsad qilgan.

Show more
550
Subscribers
No data24 hours
-27 days
-530 days
Posts Archive
photo content

Maqolani online o'qish uchun link:

[Uz] 🎓🔬 2024 yilda Namangan Davlat Universitetida Sanjarbek Turaboev stajyorlikka kirgan edi va unga ilmiy rahbarlik qilishni boshladim. Sanjar ilmiy guruhimizga kelib, 3 oy davomida molekulyar modellashtirish sirlarini o‘rgandi. 🚀 2025 yilda esa PhD bosqichiga kirib, uglerodli nanotrubkalarning turli gazlarni ajratish qobiliyatini molekulyar darajada tadqiq qilishni boshladi. Qo‘lga kiritilgan natijalari Wiley nashriyotining “Macromolecular Theory and Simulations” jurnalida chop etildi. 🌍 Ushbu nazariy natijalar kelajakda uglerod nanotrubkali membranalar asosida gazlarni samarali va tanlab ajratish texnologiyalarini yaratishda muhim ahamiyat kasb etishi mumkin. 👏 Sanjarni ushbu muvaffaqiyat bilan samimiy tabriklayman! Chin dildan qilingan mehnat bir kun kelib albatta o‘z natijasini beradi. 📄 Maqola haqida batafsil: https://onlinelibrary.wiley.com/doi/10.1002/mats.70047 [En] 🎓🔬 In 2024, Sanjar Turaboev joined Namangan State University as a trainee, and I began supervising his scientific research. He joined our research group and spent three months learning the fundamentals of molecular modeling. 🚀 In 2025, he started his PhD studies focused on investigating the gas separation properties of carbon nanotubes at the molecular level. The obtained results were published in Wiley’s journal “Macromolecular Theory and Simulations”. 🌍 These theoretical findings may contribute to the future development of carbon nanotube membrane technologies for selective gas separation applications. 👏 I sincerely congratulate Sanjar on this achievement! Hard work and dedication always bring results sooner or later. 📄 More details about the article: https://onlinelibrary.wiley.com/doi/10.1002/mats.70047 #MolecularDynamics #CarbonNanotubes #GasSeparation #Wiley #MacromolecularTheoryAndSimulations #Science #PhD #IFAR #Uzbekistan

photo content
+9

🎓🔬 Harbin Texnologiyalar Instituti Fizika maktabida ketma-ket 3 kun davomida olib borgan ma’ruzalarim bugun yakunlandi. 🌙 Qurbon Hayitini esa uyg‘ur kafeda postdoctoral o‘zbek tadqiqotchilar bilan birgalikda nishonladik. Chet elda vatandoshlar bilan uchrashish alohida quvonch bag‘ishlaydi. ✨ Fursatdan foydalanib, barcha yurtdoshlarimizni Qurbon Hayiti bayrami bilan samimiy tabriklayman! Barchangizga sog‘lik, tinchlik, oilaviy baxt va barcha ezgu niyatlaringiz amalga oshishini tilab qolaman. 🌍 Hayit muborak!

photo content
+7

[Uz] 🎓🔬 Bugun Harbin Texnologiyalar Instituti (Xitoy) Fizika maktabida ma’ruza qildim. 📌 Ma’ruzam mavzusi: “Molecular Insight into Cancer Cell Fate: The Effect of Oxidation on Phospholipids and Proteins” Ma’ruzadan so‘ng plazma texnologiyalari, plazma tibbiyoti va molekulyar modellashtirish yo‘nalishlari bo‘yicha qiziqarli ilmiy muhokamalar bo‘lib o‘tdi. 🤝 🎁 Shuningdek, do‘stlik va kelgusidagi hamkorlik ramzi sifatida esdalik sovg‘alari almashdik. Keyin esa laboratoriyalarga tashrif buyurib, qo‘shma ilmiy tadqiqotlar bo‘yicha istiqbolli yo‘nalishlarni muhokama qildik. 🚀 Ishonamanki, ushbu tashrif plazma texnologiyalari sohasida yangi xalqaro hamkorliklarga va qo‘shma ilmiy loyihalarga asos bo‘ladi. [En] 🎓🔬 Today I had the opportunity to give a talk at the School of Physics, Harbin Institute of Technology (China). 📌 The title of my presentation was: “Molecular Insight into Cancer Cell Fate: The Effect of Oxidation on Phospholipids and Proteins” The presentation was followed by a very engaging scientific discussion on plasma applications, oxidation mechanisms, and molecular modeling approaches in plasma medicine and cancer research. 🤝 🎁 We also exchanged gifts as a symbol of friendship and future collaboration. Afterwards, we visited the research laboratories together and discussed several promising directions for joint research. 🚀 I strongly believe that this visit will lead to productive collaborations in the field of plasma applications and strengthen international scientific partnerships between our groups. #HarbinInstituteOfTechnology #PlasmaMedicine #CancerResearch #MolecularDynamics #PlasmaApplications #Science #Innovation #IFAR #Uzbekistan #China

photo content

Plazma qishloq xo'jaligi bo'yicha qilayotgan ishlarimiz shu guruhda yoritib boriladi.

photo content

photo content
+1

photo content
+1

[Uz] Harbin Texnologiyalar Instituti (Harbin Institute of Technology, China) — dunyoning yetakchi texnik oliygohlaridan biri bilan yaqin ilmiy hamkorlik yo‘lga qo‘yilmoqda. Institutimizga plazma fizikasi sohasining yetakchi mutaxassislari — Prof. Chengxun Yuan, Prof. Chen Zhou hamda PhD talaba Weiqiang Yang tashrif buyurdilar. Prof. Chengxun Yuan bilan o‘tgan yili Yaponiyaning Fukuoka shahrida bo‘lib o‘tgan 9-APCPP konferensiyasida, Prof. Chen Zhou bilan esa Xitoyning Sian shahrida tashkil etilgan 18-ICPSA konferensiyasida uchrashgan edim. Tashrif davomida laboratoriyalarimizda olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar namoyish etildi. Tomonlar plazma texnologiyalarini turli yo‘nalishlarda, xususan qishloq xo‘jaligi, suvni tozalash, CO₂ konversiyasi va azot fiksatsiyasi sohalarida qo‘llash hamda qo‘shma xalqaro ilmiy loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishdilar. Ushbu hamkorlik ilm-fan, innovatsiyalar va xalqaro tajriba almashinuvi uchun yangi imkoniyatlar yaratadi hamda institutimizda olib borilayotgan tadqiqotlarni yanada yuqori bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi. Institutimiz bosh ilmiy xodimi Prof. Ahmadjonning Harbin Texnologiyalar Instituti bilan ilmiy aloqalari muvaffaqiyatli davom etmoqda. Endilikda ushbu hamkorlikni yanada yuqori bosqichga olib chiqish bo‘yicha amaliy ishlar boshlandi. [En] Close scientific collaboration is being established with the Harbin Institute of Technology (China), one of the world's leading technical universities. Leading plasma physics specialists — Prof. Chengxun Yuan, Prof. Chen Zhou, and PhD student Weiqiang Yang — visited our institute. I had previously met Prof. Yuan at the 9-APCPP conference in Fukuoka, Japan, and Prof. Zhou at the 18-ICPSA conference in Xi’an, China. During the visit, our laboratory research activities were presented. The parties agreed to collaborate on the application of plasma technologies in agriculture, water purification, CO₂ conversion, and nitrogen fixation, as well as to develop joint international research projects. This partnership will create new opportunities for scientific innovation and international exchange, helping elevate our institute’s research to an even higher level. Our chief researcher, Prof. Ahmadjon Abdujabbarov, has maintained strong scientific ties with the Harbin Institute of Technology, and practical steps have now begun to further strengthen this collaboration

BALIKESIR UNIVERSITY Call for Applications for the International Doctoral and Postdoctoral Researcher Program

photo content
+7