en
Feedback
Computer_simulations_Uz

Computer_simulations_Uz

Open in Telegram

Ushbu kanal talabalarda kompyuterda modellashtirish ko’nikmalarini hosil qilish va kelajakda sohada yetuk kadrlar tayyorlashni maqsad qilgan.

Show more
550
Subscribers
No data24 hours
-27 days
-530 days
Posts Archive
[Uz] Yuqori darajadagi tashrif O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining ta’lim tizimini isloh qilish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Ilhom Sirajev hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov TIIQXMMI Milliy tadqiqot universiteti huzuridagi Fundamental va amaliy tadqiqotlar institutiga tashrif buyurdilar. Tashrif davomida mehmonlarni institutimizda olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar bilan batafsil tanishtirdik. Xususan, quyidagi yo‘nalishlardagi ishlar taqdim etildi: Plazma qishloq xo‘jaligi Plazmaning suv tozalashdagi qo‘llanilishi Plazmaning onkologiyada qo‘llanilishi Qishloq xo‘jaligi uchun bioo‘g‘itlar ishlab chiqish Nanokompozit materiallar sintezi 2D materiallar va ularning istiqbolli qo‘llanilishlari Vodorod texnologiyalarida qo‘llash imkoniyatlari Bunday tashriflar ilmiy salohiyatimizni namoyish etish, dolzarb tadqiqot yo‘nalishlarini keng jamoatchilikka yetkazish va kelgusidagi innovatsion rivojlanish uchun muhim ahamiyat kasb etadi. [En] High-level visit Ilhom Sirajev, Deputy Head of the Presidential Administration for Education Reform, and Kungratbay Sharipov, Minister of Higher Education, Science and Innovations, visited the Institute of Fundamental and Applied Research under the TIIAME National Research University. During the visit, we introduced our guests in detail to the research activities being carried out at the Institute. In particular, we presented our work in the following areas: Plasma agriculture Application of plasma for water purification Application of plasma in oncology Development of biofertilizers for agricultural use Synthesis of nanocomposite materials 2D materials and their promising applications Applications in hydrogen technologies Such visits are important for showcasing our scientific potential, highlighting priority research directions, and strengthening the role of science and innovation in national development. #Science #Innovation #FundamentalAndAppliedResearch #TIIAME #PlasmaAgriculture #WaterPurification #Oncology #Biofertilizers #Nanocomposites #2DMaterials #HydrogenTechnology

Protein-ferment dizayni (Enzyme Design) – bu tabiatda mavjud bo‘lmagan yoki mavjud bo‘lsa-da, sust ishlaydigan fermentlarni sun’iy intellekt va bioinjeneriya yordamida noldan yaratish texnologiyasidir. Bugungi kunda ushbu yo‘nalish biologiya va texnologiya chorrahasida inqilob qilmoqda. Quyida uning eng muhim jihatlari keltirilgan: 🚀 Bu qanday ishlaydi? Klassik usulda olimlar tabiatdagi fermentlarni yillar davomida laboratoriyada sinab, modifikatsiya qilishardi. Hozirda esa AlphaFold va ProteinMPNN kabi sun'iy intellekt modellari yordamida: Istalgan kimyoviy reaksiya uchun fermentning 3D strukturasi kompyuterda chiziladi. Unga mos keladigan aminokislotalar ketma-ketligi (kod) hisoblab chiqiladi. DNK sintez qilinib, tirik hujayralarga (masalan, bakteriyalarga) joylanadi va tayyor ferment olinadi. 🌍 Amaliy ahamiyati Ekologiya: Plastik chiqindilarni bir necha soatda parchalaydigan yoki CO₂ gazini yutuvchi sun'iy fermentlar yaratilmoqda. Tibbiyot: Saraton hujayralarini nishonga oluvchi yoki irsiy kasalliklarni davolovchi mutlaqo yangi oqsillar loyihalanmoqda. Sanoat: Kimyoviy jarayonlarni ekologik toza, energiya tejamkor va tezroq qiladigan biokatalizatorlar ishlab chiqilyapti. Xulosa: Protein dizayni – bu shunchaki biologiya emas, balki tabiat evolyutsiyasini tezlashtirish va insoniyat muammolariga mikroskopik darajada yechim topish kodidir. Kelajak aynan shu texnologiya qo‘lida!

s41586-026-10716-z.pdf

s41557-026-02210-w.pdf7.54 KB

Driving movement in the field of molecular machines | Nature Chemistry https://share.google/rrIl9h45k6UOT7EwX

Institutimizning “Kosmik texnologiyalar va tizimli tadqiqotlar” laboratoriyasida qorong‘i modda halosi bilan o‘ralgan supermassiv qora o‘ralar atrofida harakatlanuvchi yulduz massali kompakt obyektlardan tashkil topgan tizimlar Tursunali Xamidov tomonidan tadqiq qilinmoqda. Xususan, kompakt obyektlarning turli davriy orbitalardagi harakati natijasida hosil bo‘ladigan gravitatsion to‘lqinlar, ularning spektrlari hamda qorong‘i moddaning ushbu to‘lqinlarga ta’siri o‘rganilmoqda. Tadqiqotlar kelajakda LISA, Taiji va TianQin kabi kosmik gravitatsion to‘lqin detektorlari yordamida qora o‘ralar atrofidagi qorong‘i modda belgilarini aniqlash imkoniyatlarini baholashga qaratilgan.

🌾⚡ Sirdaryolik fermerlar bilan plazma texnologiyasi sinovlari davom etmoqda! Bu safar tajribalar sholining “Alanga” navi bilan olib borilmoqda. 🌱 Avvalroq “Lazer” navi bilan Toshkent viloyatida o‘tkazilgan sinovlar hosildorlikni 18–25% ga oshirish mumkinligini ko‘rsatgan edi. 📈✅ Endi esa katta qiziqish bilan savol kutmoqda: “Alanga” navi bilan qanday natijaga erishamiz?” 🤔🌾 Albatta, hosil yig‘ib olingandan so‘ng natijalarni batafsil sizlar bilan bo‘lishamiz. Ishonamizki, plazma texnologiyasi qishloq xo‘jaligida samaradorlikni oshirishda muhim yechimlardan biriga aylanadi. 🚜🔬

🌾 Sirdaryolik fermerlarimizdan ajoyib xushxabar va barakali hosil! 🌾 Avvalgi postlarimdan birida Sirdaryodagi gʻalla maydonlarida BioPulse biooʻgʻitini qoʻllashdan oldingi holat va atigi 2 kun ichida kuzatilgan hayratlanarli oʻzgarishlar haqida boʻlishgan edim. Bugun ana shu sinov maydonidan yakuniy hosil yigʻib olindi! 🚜✨ Natijalar ilmiy gʻoyamiz amalda toʻliq oʻzini oqlaganini koʻrsatdi: 🌱 Biooʻgʻit qoʻllangan maydonda (2 marta ishlov berilgan) — 50 sentner hosil olindi! 🌾 Nazorat (oddiy) maydonda esa — 40 sentner hosil berdi. 📊 Xulosa: Hosildorlik naqd 25% ga oshdi! 🚀 Fermerlarimiz oʻz tajribalarida biooʻgʻitning hosilga koʻrsatgan kuchli taʼsirini koʻrib, juda xursand boʻlishdi. Haqiqiy olim uchun dala mehnatkashining yuzida quvonch va rozilikni koʻrishdan ortiqroq zavq, ortiqroq mukofot yoʻq! 🧑‍🔬🤝👨‍🌾 🎯 Keyingi qadam: Sirdaryolik fermerlarimiz biooʻgʻitga yuqori baho berib, uni darhol 2-ekin (mosh) uchun ham qoʻllash va sinovdan oʻtkazish istagini bildirishdi. Hozirda aynan shu masala boʻyicha navbatdagi uchrashuv va yangi sinovlarni boshlash uchun Sirdaryo tomon yoʻlga chiqdik.🚙🌱 Ilm-fan va amaliyot integratsiyasi yerlarimizga baraka olib kelishda davom etadi! #IlmFan #Agrotexnologiya #BioPulse #Biooʻgʻit #Sirdaryo #Hosildorlik #Innovatsiya #FermerlarMuvaffaqiyati #MoshSinovi

photo content

photo content
+1

[Uz]🔬🤝 Xalqaro ilmiy hamkorlik davom etmoqda Shanba kuni institutimizga Pokistonning Karachi universitetidan Prof. Kamran Azim va Dr. Mustafa tashrif buyurishdi. 🇵🇰🇺🇿 Prof. Kamran o‘tgan yili ham institutimizga kelgan edilar va o‘shanda plazma qishloq xo‘jaligi yo‘nalishida hamkorlik qilishga kelishib olgan edik. Afsuski, boshqa universitetga ishga o‘tganlari sababli boshlangan tadqiqotlarimiz yakunlanmay qolgan edi. Bu safar esa ishlarni qaytadan boshlash va hamkorlikni yanada mustahkamlashga kelishib oldik. Uchrashuv davomida hamkorligimizning asosiy yo‘nalishlarini qayta belgilab oldik: 🌱 Plazma qishloq xo‘jaligi — plazma bilan ishlov berilgan urug‘larning genom tahlili 🧬 Molekulyar dinamika — oqsillarga turli modifikatsiyalarning ta’sirini o‘rganish ⚛️ DFTB+ va reaktiv molekulyar dinamika 💧 Farmasevtik chiqindi suvlarni plazma yordamida tozalash Ishonamanki, ushbu hamkorlik samarali ilmiy natijalar, yangi loyihalar va xalqaro aloqalarimizning yanada mustahkamlanishiga xizmat qiladi. 🚀📚 [En] 🔬🤝 International Scientific Collaboration Continues On Saturday, our Institute had the pleasure of welcoming Prof. Kamran Azim and Dr. Mustafa from the University of Karachi, Pakistan. 🇵🇰🇺🇿 Prof. Kamran had previously visited our Institute last year, and at that time we agreed to collaborate in the field of plasma agriculture. However, due to his transition to another university, the research we had initiated could not be completed. This time, we agreed to restart and strengthen our joint work. During the meeting, we redefined our main collaboration directions: 🌱 Plasma agriculture — genomic analysis of plasma-treated seeds 🧬 Molecular dynamics — studying the effects of different modifications on proteins ⚛️ DFTB+ and reactive molecular dynamics 💧 Plasma-based treatment of pharmaceutical wastewater We believe that this renewed partnership will lead to productive research, new scientific results, and stronger international cooperation. 🚀📚

Thirsty desert lizards inspire a new water-harvesting system https://share.google/Nby3Vw3DTvYdxo1lV

photo content

Ilmiy tadqiqotlarda sun’iy intellekt imkoniyatlaridan unumli foydalanish — bugungi kun talabi! Shogirdim Shavkat Kushimboev kompyuterda modellashtirish (computational modeling) jarayonlarini jadallashtirishda Claude AI agentlaridan qanday foydalanish haqida juda foydali video-qoʻllanma tayyorladi. Zamonaviy tadqiqotlarni tezlashtirish va ish samaradorligini bir necha barobarga oshirishda bunday raqamli yordamchilarning oʻrni beqiyos. Video qoʻllanma havolasi: https://www.youtube.com/watch?v=O7zAtsdidUE #SuniyIntellekt #ClaudeAI #Modellashtirish #IlmiyTadqiqot #Productivity #YoshOlimlar

Ilmiy tadqiqotlarda sun’iy intellekt imkoniyatlaridan unumli foydalanish — bugungi kun talabi! Shogirdim Shavkat Kushimboev kompyuterda modellashtirish (computational modeling) jarayonlarini jadallashtirishda Claude AI agentlaridan qanday foydalanish haqida juda foydali video-qoʻllanma tayyorladi. Zamonaviy tadqiqotlarni tezlashtirish va ish samaradorligini bir necha barobarga oshirishda bunday raqamli yordamchilarning oʻrni beqiyos. Video qoʻllanma havolasi: https://www.youtube.com/watch?v=O7zAtsdidUE #SuniyIntellekt #ClaudeAI #Modellashtirish #IlmiyTadqiqot #Productivity #YoshOlimlar

Haqiqiy ilmiy hamkorlik erta yoki kech o‘z mevasini beradi! 2025-yil boshida O‘zbekiston Milliy universiteti Kimyo fakulteti, Analitik kimyo kafedrasi professori Nigora Qutlimurotova bilan ilmiy hamkorlikni boshlagan edik. Bugun eski fayllarni ko‘rib, hamkorlikdagi maqolamizning birinchi ishlangan versiyasi 2025-yil fevral oyidayoq tayyor bo‘lganini ko‘rdim. Albatta, sifatli ilmiy maqola birdaniga tayyor bo‘lib qolmaydi. Ushbu maqola 12 marta qayta ishlanib, takomillashtirilgandan so‘ng 2025-yil 19-avgust kuni Elsevier nashriyotining Results in Chemistry (IF-4.7) jurnaliga topshirilgan edi. 6-iyun kuni esa maqolamiz online tarzda chop etildi. Maqolada tabiiy sho‘r suvlar tarkibidan litiy ionlarini ajratib olish uchun sellyuloza asosidagi yangi atsetofosfat sorbent sintez qilingan. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, ushbu sorbent Li⁺ ionlariga nisbatan yuqori selektivlikka ega bo‘lib, Mg²⁺, Ca²⁺, Fe³⁺ va Al³⁺ kabi boshqa ionlar mavjud bo‘lgan murakkab muhitda ham litiy ionlarini samarali ushlab qoladi. Sorbent 10 marta qayta ishlatilgandan keyin ham dastlabki sig‘imining 93% dan ortig‘ini saqlab qoldi. Ushbu ish barqaror, arzon va ekologik jihatdan maqbul litiy ajratib olish texnologiyalarini rivojlantirish yo‘lida muhim ilmiy qadamdir. Bugungi kunda litiy energiya saqlash qurilmalari, akkumulyatorlar va yashil energetika uchun strategik muhim elementlardan biri hisoblanadi. Prof. Nigora Qutlimuradova va barcha hammualliflarga samarali hamkorlik uchun minnatdorchilik bildiraman. Ilmda sabr, izlanish va jamoaviy mehnat albatta natija beradi. #Science #Chemistry #LithiumRecovery #ResultsInChemistry #Elsevier #AnalyticalChemistry #SustainableTechnology #Collaboration #TIIAME #IFAR https://www.sciencedirect.com/science/article/pii/S221171562600514X?via%3Dihub

[Uz] 🎉 Navbatdagi maqolamiz chop etildi! 👨‍🎓 Shogirdim Shahzod Rasulovning "Cold atmospheric plasma seed treatment enhances germination, early growth and field performance of mung bean (Vigna radiata L.)" nomli ilmiy maqolasi Springer Nature nashriyotining Journal of Crop Science and Biotechnology jurnalida muvaffaqiyatli onlayn nashr etildi. 📚🌍 🔬 Mazkur tadqiqotda sovuq atmosferik plazmaning mosh (Vigna radiata L.) urug‘larining unuvchanligi, dastlabki o‘sishi va dala sharoitidagi mahsuldorligiga ta'siri bilan bir qatorda, ushbu ishlov berish natijasida yuzaga keladigan va keyingi avlodga o‘tuvchi transgeneratsion ta'sirlar ham baholangan. 🌱⚡ Tadqiqot natijalari sovuq atmosferik plazmasining nafaqat birinchi avlod o‘simliklariga, balki keyingi avlodlarga ham ijobiy ta'sir ko‘rsatishi mumkinligini namoyon etadi. 🏆 Journal of Crop Science and Biotechnology qishloq xo‘jaligi va o‘simliklar biotexnologiyasi yo‘nalishidagi xalqaro ilmiy jurnallardan biri bo‘lib, Scopus bazasida indekslangan hamda Q2 kvartiliga mansub hisoblanadi. 🔗 Maqola havolasi: https://doi.org/10.1007/s12892-026-00361-3 👏 Shohzodni ushbu yutug‘i bilan samimiy tabriklayman va kelgusidagi ilmiy izlanishlarida yanada ulkan muvaffaqiyatlar tilayman. Yosh olimlarimizning xalqaro ilmiy maydondagi bunday natijalari mamlakatimiz ilm-fani taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shadi deb ishonaman. 🎓📖 Ilm yo‘lidagi izlanishlar bardavom bo‘lsin! [Eng] 🎉 Our next paper has appeared online! 👨‍🎓 My student, Rasulov Shohzod, has successfully published his research article entitled "Cold atmospheric plasma seed treatment enhances germination, early growth and field performance of mung bean (Vigna radiata L.)" in the Journal of Crop Science and Biotechnology published by Springer Nature. 📚🌍 🔬 This study investigated the effects of cold atmospheric plasma treatment on mung bean (Vigna radiata L.) seed germination, early growth, and field performance. In addition, the research evaluated transgenerational effects transmitted to the next generation following plasma treatment. 🌱⚡ The findings demonstrate that cold atmospheric plasma may positively influence not only the directly treated plants but also subsequent generations. 🏆 Journal of Crop Science and Biotechnology is an international peer-reviewed journal in the fields of crop science and plant biotechnology, indexed in Scopus and ranked in the Q2 quartile. 🔗 Article link: https://doi.org/10.1007/s12892-026-00361-3 👏 I sincerely congratulate Shohzod on this achievement and wish him continued success in his future scientific endeavors. Achievements like this contribute significantly to the advancement of science and inspire young researchers to pursue excellence. 🎓📖 Wishing him continued success in his academic journey!