cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Ohangaron shahar Kengashi kotibiyati

Advertising posts
246
Subscribers
+124 hours
+67 days
+430 days
Posts Archive
Photo unavailableShow in Telegram
Qurbon hayitingiz muborak bo'lsin! O'z huzurida eng ulug' kunlarni bizga bayram qilib bergan Robbimiz Alloh taologa hamdu sanolarimiz bo'lsin! Ushbu qutlug' kunlarni qanday o'tkazishning ta'limini bergan payg'ambarimiz Muhammad sallalohu alayhi vassalamga salovatlarimiz bo'lsin! Assalomu alaykum, hurmatli hamshaharlar, aziz qadrdonlar! Sizlarni hamda sizlar orqali oila a'zolaringiz va yaqinlaringizni o'zida islom dinining ezgu g'oyalarini yaqqol ifoda etuvchi bayramimiz Qurbon hayiti bilan Xalq deputatlari Ohangaron shahar Kengashi deputatlari nomidan chin qalbdan muborakbod etamiz! Sizlarga oilaviy baxtu-saodat, sihat-salomatlik, dinu dunyo ishlaringizda muvaffaqiyatlar tilaymiz.
Hurmat bilan, Xalq deputatlari Ohangaron shahar Kengashi kotibiyati mudiri Jamshid Uzakov
Kanalga ulanish
Show all...
🙏 1
BSKlar faoliyati ko'rib chiqildi Xalq deputatlari Ohangaron shahar Kengashi kotibiyati mudiri Jamshid Uzakov, doimiy komissiya raislari hamda a'zolari F.Akilov, Sh.Xusanov, J.Yuldashov, F.Madimarov va S.Dadaevalar ishtirokida Kengashning navbatdagi doimiy komissiyalar qo'shma yig'ilishi bo'lib o'tdi. Yig'ilishda shaharda faoliyat yuritayotgan Boshqaruv servis kompaniyalari faoliyati tanqidiy ko'rib chiqildi. Faoliyati yuzasidan hisobotlari eshitildi. Eshitilgan hisobot hamda ko'rib chiqilgan masalalar yuzasidan qo'shma yig'ilishning tegishli qarori qabul qilindi. Kanalga ulanish
Show all...
👍 3
Fuqaro murojaatlari ko'rib chiqildi
Xalq deputatlari shahar Kengashi kotibiyati mudiri Jamshid Uzakov ishtirokida uy-joy masalalariga bog'liq yig'ilish bo'lib o'tdi. Yig'ilishda shaharning "Yangilik" mfy hududida joylashgan 2-kichik nohiya 22-uyda istiqomat qiluvchi ayrim fuqarolarning ariza-murojaatlari ko'rib chiqildi. Yig'ilishda doimiy komissiya raisi F.Akilov hamda shahar hokimligi yuristkonsulti Y.Azimboyev hamda fuqarolar ishtirok etdilar. Uy-joy masalasida qilngan murojaat Kengash kotibiyati mudiri Jamshid Uzakov tomonidan nazoratga olindi. Kanalga ulanish
Show all...
🔥 1
Photo unavailableShow in Telegram
Bayramingiz muborak, aziz BOLAJONLAR!
Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni butun dunyo bolalari uchun eng beg'ubor va quvonchli bayram hisoblanadi. Albatta, bola bu dunyo, hayot, millat davomchisi. Bolalar o'z tabassumlari orqali insonlar qalbida hayotga, yashashga bo'lgan qiziqishni uyg'otadilar. Ko'zlarida ezgulik va mehr qalqib turgan bolajon musaffo osmonda erkin parvoz etayotgan qaldirg'och misolidir. Ohangaron shahar Kengashi deputatlari 1- iyun Xalqaro bolalar kuni munosabati bilan barcha bolajonlarimizni tabriklaydi! Aslida qay yoshda bo‘lmaylik barchamiz, har birimiz bolaligimizcha qolaveramiz. Ichimizda, qalbimizda jajji bola yashaydi. O‘sha bolani asrab qolsakgina, bizni samimiylik, soddalik, beg‘uborlik va to‘g‘rilik tark etmaydi. Hurmat bilan, Xalq deputatlari Ohangaron shahar Kengashi kotibiyati mudiri Jamshid Uzakov Kanalga ulanish
Show all...
👍 4
Navbatdagi qo'shma yig'ilish bo'lib o'tdi Xalq deputatlari shahar Kengashi kotibiyati mudiri Jamshid Uzakov ishtirokida Kengashning navbatdagi doimiy komissiyalar qo'shma yig'ilishi bo'lib o'tdi. Unda shahar Kengashi deputatlari tomonidan tegishli mas'ullar ishtirokida shaharda energiya resurslaridan unumli foydalanish va uni tejash hamda Kengash vakolatiga kiruvchi boshqa masalalar ko'rib chiqildi. Ko'rib chiqilgan masalalar bo'yicha tegishli qarorlar qabul qilindi. Kanalga ulanish
Show all...
👍 4
💼 Xalq deputatlari Ohangaron shahar Kengashining navbatdagi 71-sessiyasi bo'lib o'tdi. 📑 Sessiya ishiga deputat Xusanov Shuhrat Xusanovich raislik qildi. 📌 Sessiyada shaharda faoliyat olib borayotgan tashkilotlar masʼullarining axborot va hisobotlari tinglandi. Eshitilgan hisobotlar tahliliy muhokama qilindi. 🔖 Sessiyada 10 ga yaqin ijtimoiy-iqtisodiy masalalar muhokama etilib, Kengashning tegishli qarorlari qabul qilindi. 🌐 @ohangaronshahar
Show all...
👍 8
Doimiy komissiyalar qo'shma yig'ilishi bo'lib o'tdi Xalq deputatlari shahar Kengashi doimiy komissiyalarining navbatdagi qo'shma yig'ilishi bo'lib o'tdi. Yig'ilishda Kengash kotibiyati mudiri J.Uzakov, doimiy komissiya raislari Sh.Xusanov, F.Akilov, A.Xaytkulov a'zolari F.Madimarov, J.Sodiqov va L.Buvabekovlar shuningdek, shahar Moliya va iqtisodiyot bo'limi rahbari O.Erbachchaev, shahar G'aznachilik bo'limi rahbari D.Kurbanov, shahar hokimligi Tashkiliy-kadrlar guruhi rahbari R.Majidov hamda boshqa mas'ullar ishtirokida navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masalalar ko'rib chiqildi. Ko'rib chiqilgan masalalar bo'yicha qo'shma yig'ilishning tegishli qarorlari qabul qilindi. Kanalga ulanish
Show all...
👍 1
Raislikka nomzodlarning hujjatlari ko'rib chiqildi Xalq deputatlari Ohangaron shahar Kengashi kotibiyati mudiri Jamshid Uzakov raisligida shahrimizdagi Mahalla fuqarolar yig‘ini raislari (oqsoqollari) saylovini tashkil etish va o‘tkazishga ko‘maklashuvchi Ohangaron shahar komissiyasining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda bo‘shab qolgan mahalla fuqarolar yig‘ini raisi saylovini o‘tkazish va tegishli mahalla raisligiga qo‘yilgan nomzodlarning hujjatlari ko‘rib chiqildi. Kanalga ulanish
Show all...
👍 2