Haniyf Tv
Open in Telegram
Vaqtingizga rozi bo’lsangiz qoling, yo’qsa tark eting! @haniyftv_bot
Show more197
Subscribers
No data24 hours
-187 days
-2330 days
Posts Archive
197
Birinchi ayol, birinchi muhabbat
(Yarmi hazil, yarmi chin)
«Chumchuq soʼysa ham qassob soʼysin».
«Gapni gapir uqqanga, jonni jonga suqqanga»
Oʼzbek xalq maqollari.
Imom-xatibning juma kunidagi otashin xutbasi yoshu qarining qalbini larzaga keltirdi. Hatto masjid ustunlari ham notiq nutqidan taʼsirlangan namozxonlardek titrar edi. Koʼzlar yoshlandi, etlar junjikdi, kimlarningdir yuzi qizardi, kimlarningdir boshi yerga qaradi, kimdadir nafrat, kimdadir muhabbat junbishga keldi.
Imom-xatib minbarda birinchi ayol va birinchi muhabbat haqida berilib nutq soʼzlardi. U jumladan shunday deydi:
Bilib qoʼyinglar, mening birinchi muhabbatim va eng asosiy muhabbatim meni birinchi boʼlib bagʼriga bosgan ayolga, birinchi boʼlib bir yostiqqa bosh qoʼyganim eng koʼrkam, eng goʼzal, eng mehribon va eng muqqaddas ayolga bagʼishlanadi. U men koʼz ochib koʼrgan birinchi ayoldir. U mehribon ayol menga ozor bermasdan mening kiyimlarimni oʼz qoʼli bilan yechib, qip-yalangʼoch tanamni yuvar, moy surtib, atir separ edi.
U ayol oʼzining momiq qoʼllari bilan meni erta-kech erkalatardi. Doim oldida olib yotardi. Hamisha sochimni silab, yuzimdan oʼpar, yonoq va dudoqlarimga, hatto oyoqlarimga labini bosib mehr berardi.
Men ulgʼaygach, koʼp xotinlarni koʼrdim, lekin mening birinchi va eng asosiy muhabbatim abadulabad shu ayol bilan qolajak.
U АYoL — MENING ONАMDIR!
Ey yoshlar, bir kuni uylanasiz, qiz farzandlar koʼrasiz, kelin qilasiz, shirin-shakar nabira qizlar koʼpayadi, bu xotin-qizlarning barini sevasiz, ardoqlaysiz, lekin birinchi muhabbat ona uchun boʼlishini hech qachon unutmang!
Ey yigitlar, ey yoshlar! Sizlar ham sizni birinchi boʼlib yechintirgan, yuvib-taragan onangizni seving, jondan ortiq yaxshi koʼring. Va bu muhabbatingizni umr yoʼldoshingizga yetkazib qoʼying. Toinki ular ham bu ayol qadriga yetsinlar, dedi.
Jumadan keyin uyiga qaytgan bir yigit oshxonada oshxamir yoyib oʼtirgan xotiniga xuddi imom-xatibdek xutba oʼqiy boshladi.
«Ey xotin, bilib qoʼy! Mening birinchi muhabbatim va eng asosiy muhabbatim meni birinchi boʼlib bagʼriga bosgan ayolga, birinchi boʼlib bir yostiqqa bosh qoʼyganim eng koʼrkam, eng goʼzal, eng mehribon va eng muqqaddas ayolga bagʼishlanadi. U men koʼz ochib koʼrgan birinchi ayoldir. U mehribon ayol menga ozor bermasdan mening kiyimlarimni oʼz qoʼli bilan yechib, qip-yalangʼoch tanamni yuvar, moy surtib, atir separ edi.
U ayol meni erta-kech erkalatardi. Doim oldida olib yetardi. Hamisha sochimni silab, yuzimdan oʼpar, yonoq va dudoqlarimga, hatto oyoqlarimga labini bosib mehr berardi...
Yigit shu yerga yetganda birdan svet oʼchib qoladi. Roppa-rosa 24 soatdan keyin svet yonadi. Svet yonganda yigit kasalxonada oppoq choyshob solinggan koykada yotardi. Oʼziga kelgan yigit xutbani davom ettirib:
U АYoL — MENING ONАMDIR! — deydi.
Аslida svet oʼchmagan ekan. Yigit «U ayol hamisha sochimni silab, yuzimdan oʼpar, yonoq va dudoqlarimga, hatto oyoqlarimga labini bosib...» degan paytda gʼazabdan tutaqqan xotini qoʼlidagi oʼqlogʼi bilan erining boshiga solgan. U oʼqloq xatib yigit boshiga xuddi devning gurzisidek tushadi. Boshiga gurzidek oʼqloq tushgan yigit gapini oxiriga yetkazolmasdan hushidan ketadi. Hushsiz erning oʼlib qolishidan qoʼrrqan xotin tez yordam chaqiradi. Yigit 24 soatdan keyin oʼziga keladi.
«Domlani aytganini qil, qilganini qilma», chunki qoʼlingdan kelmaydi, eplolmaysan, «chumchuq soʼysa ham qassob soʼysin», «gapni gapir uqqanga, jonni jonga suqqanga» degan purhikmat soʼzlar yigit miyasiga juda kech yetib kelgandi...
Mabodo shunga oʼxshash his-hayajonni qoʼzgʼaydigan ehtirosli soʼzlarni ayolingizga yetkazmoqchi boʼlsangiz, oshxonada emas, hovlining oʼrtasida gapiring. Аyolingiz yonida oʼqloq, kabgir, otashkurak, choynak-piyola va shunga oʼxshash jarohat yetkazadigan «sovuq qurollar» turmasin. Har qalay xavfsizlikni oldini olgan yaxshi...
Jalol Ibrohim
197
Qodir bo’lsangiz bugun ro’za tuting!
bir o’q bilan ikki quyonni urasiz, ham dushanba ro’zasi, ham Rosululloh sallollohu alayhi vasallam tutishni umid qigan kunlari.
