en
Feedback
O‘zbekiston Badiiy akademiyasi

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi

Open in Telegram
3 346
Subscribers
-124 hours
+187 days
+2030 days
Posts Archive
Stajyor-tadqiqotchimiz — xalqaro ijodiy maydonda O‘zbekiston Badiiy akademiyasi huzuridagi Rassomlik mahorat ustaxonasida fao
+6
Stajyor-tadqiqotchimiz — xalqaro ijodiy maydonda O‘zbekiston Badiiy akademiyasi huzuridagi Rassomlik mahorat ustaxonasida faoliyat yuritayotgan stajyor-tadqiqotchilar uchun yaratilayotgan ijodiy va ilmiy muhit o‘zining amaliy natijalarini tobora namoyon etmoqda. Mazkur tizimning asosiy maqsadi yosh va iste’dodli ijodkorlarning kasbiy mahoratini yanada oshirish, ularning ijodiy izlanishlarini qo‘llab-quvvatlash, ustoz-shogird an’analarini rivojlantirish bilan bir qatorda, ularni xalqaro san’at maydoniga olib chiqishdan iboratdir. O‘zbekiston Badiiy akademiyasi huzuridagi Rassomlik mahorat ustaxonasi stajyor-tadqiqotchisi, Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi, Chirchiq davlat pedagogika universiteti Tasviriy san’at va dizayn kafedrasi katta o‘qituvchisi, iste’dodli rassom Mirali Maxmudovning Niderlandiyada o‘tkazilgan xalqaro ijodiy tanlovdagi muvaffaqiyatli ishtirok etdi. 2026-yil 4–6-sentabr kunlari Niderlandiyaning Kronenberg shahridagi Peelbergen ot sporti markazida Axalteke otlarining betakror go‘zalligini san’at orqali tarannum etishga bag‘ishlangan xalqaro tanlov tashkil etildi. Tanlovda rassomlik, haykaltaroshlik, zargarlik, gilamchilik va fotografiya yo‘nalishlarida ijodiy ishlar namoyish etildi. Mazkur nufuzli xalqaro tanlovda O‘zbekiston vakili sifatida ishtirok etgan Mirali Maxmudov o‘zining ijodiy ishi bilan faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Badiiy akademiya huzuridagi stajyorlik tizimida tahsil olayotgan yosh ijodkorlarning xalqaro tanlov va ko‘rgazmalardagi ishtiroki hamda qo‘lga kiritayotgan natijalari bu yo‘nalishdagi ishlarning davomiy va istiqbolli xarakterga ega ekanini ko‘rsatadi. Zero, har bir xalqaro ishtirok va har bir sovrinli o‘rin — o‘zbek tasviriy san’atining yangi avlod vakillarini jahon ijodiy maydonida munosib namoyon etish yo‘lidagi muhim qadamdir. 📝Telegram |📝 Facebook | 💻Instagram |🟥 YouTube | 🌐 Website

ИНФОРМАЦИОННОЕ ПИСЬМО 🩸 международной научно-практической конференции «Горизонт событий: современное искусство в контексте социокультурных изменений» в рамках XI Ташкентской международной биеннале современного искусства «Горизонт событий»   ✅ XI Ташкентская международная биеннале современного искусства проходит под общей темой «Горизонт событий». В рамках этого масштабного культурного события состоится международная научно-практическая конференция, призванная объединить ведущих экспертов для обсуждения ключевых тенденций, теоретических проблем и практических кейсов в мире современного искусства. ✨ Конференция направлена на создание международной платформы для научного и творческого диалога, обмена исследовательским опытом и междисциплинарного осмысления актуальных процессов. Главная задача — проанализировать трансформацию художественных практик, взаимодействие искусства и общества в условиях стремительных технологических и социокультурных сдвигов.   📌К участию в работе конференции приглашаются:
📌Искусствоведы, культурологи и социологи искусства. 📌Практикующие художники, дизайнеры, кураторы и арт-менеджеры. 📌Научные сотрудники, исследователи и преподаватели высших учебных заведений. 📌Специалисты музеев, галерей, центров современного искусства и культурных фондов. 📌Зарубежные эксперты, докторанты, аспиранты и независимые исследователи. 
📚 Научные направления конференции:
📌Теория и методология современного искусства: философские основания, эстетические парадигмы и новые 📌инструменты искусствоведческого анализа. 📌Искусство в эпоху глобальных перемен: динамика художественных процессов, кризисы и адаптация институций. 📌Цифровые технологии, AI и виртуальная реальность: эстетика новых медиа, генеративное искусство и интерактивные практики. 📌Национальная идентичность и культурное наследие: локальные коды, традиции и их интерпретация в глобальном арт-пространстве. 📌Коллективная память, архивы и история: художественная рефлексия над историческим прошлым и мемориальные практики. 📌Молодой взгляд: исследования и творческие проекты начинающих ученых, студентов магистратуры и PhD-докторантов.
  📌Сроки и место проведения Дата проведения: 15 октября 2026 года. Место проведения: Конференц-зал Академии художеств Узбекистана (г. Ташкент). Формат участия: офлайн / онлайн.   ⌛️Официальные языки конференции Рабочими языками мероприятия являются узбекский, английский и русский. Доклады и публикации принимаются на любом из указанных языков.   Условия участия и сроки приёма материалов
📌Для участия в конференции необходимо направить заявку и текст статьи (или тезисов) на официальный электронный адрес оргкомитета. 📌Срок приёма материалов: до 1 октября 2026 года включительно. 📌По итогам конференции планируется издание рецензируемого сборника научных трудов с размещением в электронном архиве.
  📝Требования к оформлению материалов
Формат файла: Microsoft Word. ✅Объём материалов: научные статьи — от 5 до 10 страниц; ✅Технические параметры: шрифт — Times New Roman, кегль — 14, межстрочный интервал — 1.5, поля — по 20 мм со всех сторон. Структура статьи: ✅ Название статьи (по центру, прописными буквами, жирный шрифт). ✅ ФИО автора (полностью), учёная степень, звание, должность, полное наименование организации/вуза, город, страна, email. ✅ Аннотация (3–5 предложений) и ключевые слова (3–6 слов) на языке статьи и на английском языке. ✅ Список литературы оформляется в соответствии с действующими стандартами библиографического описания (ГОСТ / APA).
  ⚠️Порядок рецензирования и отбора ⏺Все поступающие материалы проходят обязательное внутреннее рецензирование членами редакционной коллегии и экспертами по профильным секциям. ⏺Оргкомитет оставляет за собой право отклонять материалы, не соответствующие тематике конференции, научному уровню или техническим требованиям оформления, а также имеющие высокий процент заимствований (плагиата).   ☎️Контактная информация оргкомитетаКуратор XI Ташкентской международной биеннале современного искусства: Зухра Зайнутдинова, PhD по искусствоведению; Тел. / Telegram: +998 99 000 69 06 ⏺Координатор конференции: Сухроб Курбанов, PhD по искусствоведению. ⏺Электронная почта для приёма статей: kurbanovsukhrob1989@gmail.com  zilolakamilova8872@icloud.com 📝Telegram |📝 Facebook | 💻Instagram |🟥 YouTube | 🌐 Website

🩸 XI Toshkent xalqaro zamonaviy san’at biennalesi “Voqealar gorizonti” doirasida “Voqealar gorizonti: zamonaviy san’at ijtimoiy-madaniy o‘zgarishlar kesimida” xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi ✅ XI Toshkent xalqaro zamonaviy san’at biennalesi «Voqealar gorizonti» umumiy mavzusi ostida o‘tkaziladi. Mazkur keng ko‘lamli madaniy tadbir doirasida zamonaviy san’at olamidagi asosiy tendensiyalar, nazariy muammolar va amaliy tajribalarni muhokama qilish uchun yetakchi mutaxassislarni birlashtirishga qaratilgan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tadi. ✨ Konferensiya ilmiy va ijodiy muloqot, tadqiqot tajribasi almashinuvi hamda dolzarb jarayonlarni fanlararo yondashuv asosida anglash uchun xalqaro platforma yaratishga yo‘naltirilgan. Konferensiyaning asosiy vazifasi — jadal texnologik va ijtimoiy-madaniy o‘zgarishlar sharoitida badiiy amaliyotlarning transformatsiyasi, san’at va jamiyatning o‘zaro munosabatlarini tahlil qilish. 📌Konferensiya ishida ishtirok etishga quyidagilar taklif etiladi:
📌San’atshunoslar, madaniyatshunoslar. 📌Amaliyotchi rassomlar, dizaynerlar, kuratorlar va art-menejerlar. 📌Ilmiy xodimlar, tadqiqotchilar hamda oliy ta’lim muassasalari o‘qituvchilari. 📌Muzeylar, galereyalar, zamonaviy san’at markazlari va madaniy jamg‘armalar mutaxassislari. 📌Xorijiy ekspertlar, doktorantlar, aspirantlar va mustaqil tadqiqotchilar.
📚 Konferensiyaning ilmiy yo‘nalishlari:
📌Zamonaviy san’at nazariyasi va metodologiyasi: falsafiy asoslar, estetik paradigmalar va san’atshunoslik tahlilining yangi vositalari. 📌Global o‘zgarishlar davrida san’at: badiiy jarayonlar dinamikasi, inqirozlar va san’at institutlarining moslashuvi. 📌Raqamli texnologiyalar, AI va virtual reallik: yangi media estetikasi, generativ san’at va interaktiv amaliyotlar. 📌Milliy o‘zlik va madaniy meros: mahalliy kodlar, an’analar va ularning global san’at makonidagi talqinlari. 📌Kollektiv xotira, arxivlar va tarix: tarixiy o‘tmishning badiiy refleksiyasi va memorial amaliyotlar. 📌Yosh nigoh: yosh olimlar, magistratura talabalari va PhD doktorantlarining tadqiqotlari hamda ijodiy loyihalari.
📌 O‘tkazilish muddati va joyi O‘tkazilish sanasi: 2026-yil 15-oktabr. O‘tkazilish joyi: O‘zbekiston Badiiy akademiyasi konferensiya zali (Toshkent shahri). 🕹 Ishtirok etish shakli: oflayn / onlayn. ⌛️ Konferensiyaning rasmiy tillari Tadbirning ishchi tillari o‘zbek, ingliz va rus tillari hisoblanadi. Ma’ruzalar va nashr uchun materiallar yuqorida ko‘rsatilgan tillarning istalgan birida qabul qilinadi. Ishtirok etish shartlari va materiallarni qabul qilish muddatlari
📌Konferensiyada ishtirok etish uchun konferensiya tashkiliy qo‘mitasining elektron manziliga ariza va maqola matnini (yoki tezislarni) yuborish lozim. 📌Materiallarni qabul qilish muddati: 2026-yil 1-oktabrgacha, shu kunni ham qo‘shgan holda. 📌Konferensiya yakunlari bo‘yicha taqrizdan o‘tkazilgan ilmiy ishlar to‘plamini nashr etish va uni elektron arxivga joylashtirish rejalashtirilgan.
📝 Materiallarni rasmiylashtirishga qo‘yiladigan talablar
Fayl formati: Microsoft Word. ✅Materiallar hajmi: ilmiy maqolalar — 5 dan 10 betgacha. ✅Texnik talablar: shrift — Times New Roman, kegl — 14, qatorlar oralig‘i — 1,5, barcha tomonlardan hoshiyalar — 20 mm. ✅Maqola tuzilishi: ✅Maqola nomi (markazda, bosh harflarda, qalin shrift bilan). ✅Muallifning F.I.Sh. (to‘liq), ilmiy darajasi, ilmiy unvoni, lavozimi, tashkilot/O‘zbekiston yoki xorijiy oliy ta’lim muassasasining to‘liq nomi, shahar, mamlakat, elektron pochta manzili. ✅Annotatsiya (3–5 ta gap) va kalit so‘zlar (3–6 ta so‘z) maqola yozilgan tilda hamda ingliz tilida. ✅Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati amaldagi bibliografik tavsiflash standartlariga (GOST / APA) muvofiq rasmiylashtiriladi.
⚠️ Taqrizdan o‘tkazish va saralash tartibi
⏺Kelib tushgan barcha materiallar tahrir hay’ati a’zolari va tegishli seksiyalar bo‘yicha ekspertlar tomonidan majburiy ichki taqrizdan o‘tkaziladi. ⏺Tashkiliy qo‘mita konferensiya mavzusiga, ilmiy saviyasiga yoki materiallarni rasmiylashtirish bo‘yicha texnik talablarga javob bermaydigan, shuningdek, o‘zlashtirish (plagiat) darajasi yuqori bo‘lgan materiallarni rad etish huquqini o‘zida saqlab qoladi.
☎️ Tashkiliy qo‘mita bilan bog‘lanish uchun ma’lumotlarXI Toshkent xalqaro zamonaviy san’at biennalesi kuratori: Zuxra Zaynutdinova, san’atshunoslik fanlari bo‘yicha PhD; Tel. / Telegram: +998 99 000 69 06 ⏺Konferensiya koordinatori: Suxrob Kurbanov, san’atshunoslik fanlari bo‘yicha PhD. ⏺Maqolalarni qabul qilish uchun elektron pochta: kurbanovsukhrob1989@gmail.com; zilolakamilova8872@icloud.com 📝Telegram |📝 Facebook | 💻Instagram |🟥 YouTube | 🌐 Website

Oliy darajada O‘zbekiston – Serbiya muzokaralari bo‘lib o‘tdi. — Состоялись узбекско-сербские переговоры на высшем уровне. Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

#anons #rassom_ijodi ⚠️Ertaga, soat 17:40 da, "Madaniyat va ma'rifat" telekanalida, o'tkazib yubormang!⚠️ 📺 Ijod formulasi — yosh mo'yqalam sohiblari olamiga sayohat davom etadi!
🎨Bu safar sizni iqtidorli rassom, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi huzuridagi Rassomlik mahorat ustaxonasi stajyor-tadqiqotchisi, Badiiy ijodkorlar uyushmasi a‘zosi hamda Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutining "Chizmatasvir" kafedrasi o‘qituvchisi Siddiqbek Abdumo‘minov bilan maroqli suhbat kutmoqda.
📆8-sentabr17:40 📝Telegram |📝 Facebook | 💻Instagram |🟥 YouTube | 🌐 Website

🇺🇿🇰🇿 “IKKI EL — BIR MAKON”: O‘ZBEK RASSOMINING SHAXSIY KO‘RGAZMASI QOZOG‘ISTONDA 3-sentabr kuni Qozog‘istonning Olmaota s
+9
🇺🇿🇰🇿  “IKKI EL — BIR MAKON”: O‘ZBEK RASSOMINING SHAXSIY KO‘RGAZMASI QOZOG‘ISTONDA 3-sentabr kuni Qozog‘istonning Olmaota shahrida O‘zbekistonlik rassom, O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi, UNESCO huzuridagi Xalqaro tasviriy san’at assotsiatsiyasi (IAA) a’zosi Nodir Bobomurodovning “Ikki el — bir makon” nomli shaxsiy ko‘rgazmasi ochildi. Ko‘rgazmaning tantanali ochilish marosimi “Kok Tobe Art Gallery” (“Koktobe Hall”) art-makonida bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston va Qozog‘istonning san’at va madaniyat sohasi vakillari, ijodkorlar, san’atshunoslar hamda san’at ixlosmandlari ishtirok etdi. Ekspozitsiyadan rassomning so‘nggi to‘rt yil davomida yaratgan qariyb 50 ta rangtasvir asari o‘rin olgan. Ularda Nodir Bobomurodovning ijodiy izlanishlari, realistik rangtasvir an’analariga sodiqligi, rang va yorug‘lik bilan ishlash mahorati, makon va kompozitsiyani chuqur his etishi namoyon bo‘ladi. Ko‘rgazmaning “Ikki el — bir makon” deb nomlanishi tasodifiy emas. Uning markazida O‘zbekiston va Qozog‘iston xalqlarini asrlar davomida birlashtirib kelgan mushtarak tarix, madaniy yaqinlik, ma’naviy qadriyatlar, milliy an’analar va do‘stlik g‘oyasi mujassam. Rassom ikki mamlakatni alohida makon sifatida emas, balki umumiy tarixiy-madaniy va ma’naviy makonning yaxlit manzarasi sifatida talqin qiladi. Uning kartinalarida keng dashtlar va mahobatli tog‘lar, qadimiy shaharlar va tarixiy maskanlar, milliy an’analar hamda kundalik hayot manzaralari uyg‘unlashib, yagona badiiy olamni hosil qiladi. Nodir Bobomurodov ijodining o‘ziga xos jihatlaridan biri — makon chuqurligi, yorug‘lik va soya dinamikasi, ranglarning nozik uyg‘unligi hamda tabiat holatini teran his etish orqali kartinaga jon bag‘ishlashidir. Uning asarlarida tabiat shunchaki manzara emas, balki inson, tarix va madaniyat bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan tirik badiiy muhit sifatida namoyon bo‘ladi. Rassom ijodida O‘zbekiston va Qozog‘iston tabiati alohida o‘rin tutadi. O‘zbekistonga bag‘ishlangan asarlarda Chorvoq suv ombori, Chirchiq daryosi, Chimgan tog‘lari, Qozog‘iston mavzusidagi kartinalarda esa Ile Olatovi, Chorin darasi, Bayanaul, Burabay hamda Olmaota va uning atrofidagi manzaralar o‘z ifodasini topgan. Rassomning peyzaj asarlarida O‘rol Tansiqboyev an’analari bilan ijodiy mushtaraklik ham kuzatiladi. Makonning kengligi, tog‘ va dashtlarning salobati, yorug‘lik hamda rangning o‘zaro munosabati bu yaqinlikni namoyon etadi. Nodir Bobomurodovning ijodiy faoliyati O‘zbekiston bilan cheklanib qolmaydi. Rassom respublika va xalqaro miqyosdagi ko‘rgazmalar, tanlovlar hamda xalqaro plein-airlarda faol ishtirok etib kelgan. Uning asarlari O‘zbekiston, Qozog‘iston, Turkiya, Shimoliy Kipr va Ozarbayjonda o‘tkazilgan ko‘rgazma va xalqaro san’at loyihalarida namoyish etilgan. Ko‘rgazmaning ochilish marosimida ta’kidlanganidek, “Ikki el — bir makon” nafaqat rassomning so‘nggi yillardagi ijodiy izlanishlarini namoyish etuvchi ekspozitsiya, balki ikki qardosh xalqning tarixiy va madaniy yaqinligini tasviriy san’at vositasida ifodalovchi muhim madaniy loyihadir. Tadbir davomida rassomning ijodiy faoliyati, badiiy tafakkuri va zamonaviy tasviriy san’atdagi o‘rni haqida fikr almashildi. Mehmonlar Nodir Bobomurodovning milliy ruhni zamonaviy badiiy ifoda vositalari bilan uyg‘unlashtirish mahoratiga yuqori baho berdilar. “Ikki el — bir makon” ko‘rgazmasi O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi madaniy aloqalarni yanada mustahkamlash, ikki mamlakat ijodkorlari o‘rtasida tajriba almashish va milliy tasviriy san’at namunalarini xalqaro auditoriyaga taqdim etish uchun muhim ijodiy maydon bo‘lib xizmat qildi. San’at tilida ifodalangan ushbu mushtarak makon ikki xalqni umumiy tarix va qadriyatlar bilan bir qatorda, zamonaviy ijod va madaniy muloqot orqali ham birlashtirib turishini namoyon etdi. 📝Telegram |📝 Facebook | 💻Instagram |🟥 YouTube | 🌐 Website

Haykaltaroshlik san’atiga e’tibor: an’ana va yangi imkoniyatlar 7-sentabr kuni O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nur
+2
Haykaltaroshlik san’atiga e’tibor: an’ana va yangi imkoniyatlar 7-sentabr kuni O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nur Badiiy akademiya akademigi, professor, ustoz haykaltarosh Ilhom Jabborov bilan uchrashdi. Ilhom Jabborov — o‘zbek haykaltaroshlik san’atining yirik namoyandalaridan biri, milliy monumental haykaltaroshlik maktabining rivojiga salmoqli hissa qo‘shgan ulkan ijodkor. Ustoz yaratgan asarlarida xalqimizning boy tarixi, milliy qadriyatlari, buyuk ajdodlarimiz siymosi va Vatanga muhabbat g‘oyalari o‘zining yuksak badiiy ifodasini topgan.
O‘zbekiston Badiiy akademiyasida o'tgan uchrashuvda mamlakatimizda haykaltaroshlik san'atini rivojlantirish va milliy maktab hamda ustoz-shogird an’analarini davom ettirish, shu barobarda, yosh haykaltaroshlar uchun yangi imkoniyatlar yaratish yuzasidan fikr almashildi.
Suhbatda zamonaviy haykaltaroshlikning bugungi holati va istiqbollari, monumental san’atning shahar va jamoat muhitidagi o‘rni, tarixiy siymolarni zamonaviy badiiy tafakkur asosida talqin etish, shuningdek, yosh haykaltaroshlarning kasbiy va ijodiy salohiyatini yuzaga chiqarish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Akademiya raisi Akmal Nur tasviriy san san’atning ushbu yo'nalishini rivojlantirish, soha vakillarini, ayniqsa, yosh haykaltaroshlarning ijodiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash Badiiy akademiyaning ustuvor vazifalaridan biri ekanini ta’kidladi.
Shu o‘rinda, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 21-apreldagi PQ-4688-son qarori asosida O'zBA huzurida faoliyat yuritayotgan Rassomlik mahorat ustaxonasida haykaltaroshlik yo‘nalishini ham kengaytirish, kelajakda o‘z ijodiy maktabiga ega bo‘ladigan yangi avlod haykaltaroshlarini tarbiyalashga qaratilgan sa'y-harakatlar xususida so‘z yuritildi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 1-iyuldagi PQ-212-son “Tasviriy va amaliy san’at sohasini yanada rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan vazifalar bilan hamohangdir. Mazkur qarorda yosh ijodkorlar uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, 40 ta ijodiy ustaxonadan iborat Yosh rassomlar markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish kabi muhim vazifalar belgilangan.
Akademiya raisi ushbu yangi imkoniyatlardan haykaltaroshlik sohasi vakillari ham samarali foydalanishi zarurligiga alohida urg‘u berdi. Xususan, Yosh rassomlar markazida tashkil etiladigan ijodiy ustaxonalarda yosh haykaltaroshlarning ham ijodiy faoliyat olib borishi, o‘z ustida ishlashi va professional mahoratini rivojlantirishi uchun munosib sharoit yaratish borasida tegishli ishlar olib borilayotgani ta’kidlandi. Shuningdek, PQ-212-son qarorida nazarda tutilgan yosh ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning malakasini oshirish va xalqaro tajriba almashinuvini kengaytirish imkoniyatlari haykaltaroshlik sohasi uchun ham muhim ahamiyatga ega ekani qayd etildi. Samimiy va qizg'in ruhda o'tgan uchrashuvda Ilhom Jabborov ham haykaltaroshlik sohasida to‘plangan boy tajriba, bugungi ijodiy jarayonlar va yosh ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlashning ahamiyati yuzasidan o‘z fikr va takliflarini bildirdi. 📝Telegram |📝 Facebook | 💻Instagram |🟥 YouTube | 🌐 Website

🏛Bir asrlik tarix — yangi mazmun: Toshkentda Zamonaviy san’at markazi ochildi Toshkentda Zamonaviy san’at markazining ochili
+3
🏛Bir asrlik tarix — yangi mazmun: Toshkentda Zamonaviy san’at markazi ochildi
Toshkentda Zamonaviy san’at markazining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Maskan Markaziy Osiyoda zamonaviy san’atga ixtisoslashgan, doimiy faoliyat yurituvchi ilk madaniy muassasa sifatida o‘z faoliyatini boshlamoqda.
Ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva nutq so‘zladi. Ma’lum qilinganidek, mazkur maskan davlatimiz rahbarining tashabbuslari bilan mamlakat madaniy hayotini yangi bosqichga olib chiqish, zamonaviy san’atni rivojlantirish va xalqaro madaniy muloqotni kengaytirish maqsadida tashkil etildi. Zamonaviy san’at markazi bir asrdan ortiq tarixga ega bo‘lgan tarixiy sanoat ob’yekti negizida barpo etildi. 1912 yilda qurilgan bino dastlab tramvay deposi, keyinchalik dizel elektr stansiyasi sifatida foydalanilgan. Bugun esa uning tarixiy me’moriy qiyofasi saqlangan holda yangi madaniy makonga aylantirildi. Markazda zamonaviy san’at, me’morchilik, ta’lim va tadqiqot yo‘nalishlari uyg‘unlashadi. Bu yerda ko‘rgazma zallari, ta’lim maydonlari, kutubxona, tadqiqot infratuzilmasi hamda jamoatchilik uchun ochiq makonlar faoliyat yuritadi. https://t.me/Rasmiy_axborot_official

Repost from Komil Allamjonov
AQShning Sietl shahrida O‘zbekiston Respublikasi Bosh konsulxonasi rasman ochildi. Bu Tinch okeani shimoli-g‘arbiy mintaqasida mamlakatimizning birinchi konsullik muassasasi bo‘lib, uning ochilishi O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi aloqalarni yanada rivojlantirish yo‘lidagi muhim qadamdir. Yangi Bosh konsulxona savdo, investitsiya, texnologiya, ta’lim hamda xalqlararo aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. — В американском городе Сиэтл официально открылось Генеральное консульство Республики Узбекистан. Это первое консульское учреждение нашей страны на Тихоокеанском Северо-Западе и важный шаг в дальнейшем развитии отношений между Узбекистаном и Соединёнными Штатами Америки. Новое генконсульство будет способствовать укреплению торгово-экономических, инвестиционных, технологических, образовательных и социальных связей между нашими странами.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchichning taklifiga binoan
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchichning taklifiga binoan 7-8-sentabr kunlari rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda boʻladi. — Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев по приглашению Президента Республики Сербия Александра Вучича 7-8 сентября посетит эту страну с официальным визитом. #Mirziyoyev #tashrif #Serbiya #hamkorlik Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Toshkent zamonaviy san’at xaritasida yangi markaz sifatida namoyon bo‘lmoqda. — Ташкент заявляет о себе как о новом центре на карте современного искусства. Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahridagi yangi Zamonaviy sanʼat markaziga tashrif buyurib, bu yerda yaratilgan sharoi
+9
Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahridagi yangi Zamonaviy sanʼat markaziga tashrif buyurib, bu yerda yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. — Президент Шавкат Мирзиёев посетил новый Центр современного искусства в Ташкенте и ознакомился с созданными здесь условиями. #Mirziyoyev #tanishuv #markaz #zamonaviysanat Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X