cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Shaxsiy Rivojlanish

#kutilgan_kun – Bir kun! bu sahifadan hech qanday habar kelmaydi. - Alloh tomon ketayotgan Sayyoh Xabarlar uchun @iamsayyoh

Show more
Tajikistan1 852The language is not specifiedPsychology7 174
Advertising posts
2 251
Subscribers
No data24 hours
-137 days
-6230 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

​​Hamma qizlarning ham dadasi mening dadam kabi bo‘lishini xohlardim... Maktab davrida ko‘pchilik qizlar sevgi-muhabbat dardiga mubtalo bo‘lishadi. Achinarlisi, bu “dard” yigit-qizlarni ilm olishdan chalg‘itib qo‘yadi. Undan ham yomoni ko‘p holatlarda bu “muhabbat qissalari”ning oxiri xayrli bo‘lmaydi. Biz ham maktabda yuqori sinflarda, undan keyin kollejda o‘qigan paytimiz, sinfimizdagi qizlarni so‘rab keladigan yigitlar ko‘p bo‘lardi. Lekin dugonalarim ichida hamma meni so‘rab keladigan insonga havas qilishardi. Chunki ularni oxiri baribir tashlab ketadigan, yolg‘onchi yigitlar so‘rab kelishsa, meni so‘rab keladiganim otam edilar. Birorta dugonamning dadasi maktabga mening dadamchalik ko‘p kelmasdi. Dadam tanaffus paytlari kelib, meni maktabimiz tashqarisiga olib chiqar, jazirama kunlarda menga muzdek sharbatlar olib berardilar. Keyin qo‘ng‘iroq chalinishi bilan xarajatlarimga yetarli pul berib, maktabga kirgazib yuborardilar. Sinfga qo‘limda pul va shirinliklar bilan kirib borarkanman, ko‘pchilik dugonalarim menga havas ko‘zlari bilan qarashardi. Dugonalarim gohida o‘zlari uchrashadigan yigitlarining sifatlarini, minadigan mashinalarini aytib maqtanib qolishardi. Shunday paytlarda men dadam haqlarida gapirib maqtanardim. Ular yigitlari haqida uydagilari bilib qolishidan doim qo‘rquvda, ular haqida gapirishdan doim xavotirda yurishardi. Men esa, dadam haqida gapirishdan doim xotirjam edim. Qolaversa ular yigitlari tashlab ketishidan qo‘rqishardi. Men esa, doim yonimda bo‘ladigan sadoqatli va vafodor dadam borligidan faxrlanardim. Men ulardan ko‘ra o‘zimni ancha baxtiyor his qilar edim. Otam rahmatlikning yelib-yugurishlari, menga bo‘lgan e’tiborlari, g‘amxo‘rliklari sabab o‘smirlik paytimdan, to turmushga chiqib ketgunimcha biror yigitga qaramadim. Biror yigit bilan gaplashish haqida o‘ylab ham ko‘rganim yo‘q. Yillar o‘tib bildimki, otam hamma harakatlarini mening iffatimni, or-nomusimni saqlash uchun, meni chiroyli holatda turmushga berish uchun qilgan ekanlar. Hamma qizlarning ham dadasi mening padarim kabi bo‘lishini xohlardim... Doktor Abdulloh Muhammad Abdulmu’tining «Farzand tarbiyasidan 700 ta saboq» kitobidan #iqtibos https://t.me/shaxsiy_Rivojlanishi
Show all...
Bir ish qilayapsan, oxirigacha qila olmasang nega hozir qilayapsan? iqtibos https://t.me/shaxsiy_Rivojlanishi
Show all...
Show all...
Biz ota-onasiga quloq solgan oxirgi avlod, farzandlarini eshitayotgan birinchi ajdodmiz. https://t.me/shaxsiy_Rivojlanishi
Show all...
Birovlarga bergan tavsiyamni o‘zimda ham 100% qo‘llaganimda, hozir boshqacha bo‘lar edi. https://t.me/shaxsiy_Rivojlanishi
Show all...
Omadi kelganlar Ko‘p narsaga erishgan tengdoshlarimizni ko‘rib, ularning omadi kelgan deb o‘ylaymiz. Ko‘p narsa omadga bog‘liq bo‘lishi mumkin, lekin omadni o‘zi qayerdan paydo bo‘ladi? Tarixda eng kuchli golfchilaridan biri Gari Pleyer zarba qilyapti va to‘p lunkaga tushdi, bittasi undan so‘radi: - Gari, nega seni doim omading keladi? - Qancha ko‘p trenirovka qilsam, shuncha ko‘p omadim keladi Amerikaliklarning bitta gapi bor: "Inspiration exists, but is has to find you working". Demak omad muhim ekan, lekin u faqat harakat qilganlarga keladi. Sababini qilsak bo‘ldi. ©aqlli_ikkichi https://t.me/shaxsiy_Rivojlanishi
Show all...
Bu ilova sizda ham bo'lishini hohladim istalgan kitobni pdf audio video korinishida foydalanish imkoniyati bor qizig'i tekinga
Show all...
Repost from Mutolaa
🔥 Biz yana bir pog‘onaga ko‘tarildik! Mutolaa ilovamizdan foydalanuvchi kitobxonlar soni 300K dan oshganini mamnuniyat bilan ma’lum qilamiz. 😊 Kitoblar eng yaqin hamrohingizga aylansin! Mutolaa ilovamiz:Play Market / App Store #yangilik Telegram | Instagram | YouTube
Show all...
Tarmoqlarda behuda vaqt sarflashning asosiy sabablaridan biri: Kimdandir nimadir kutish. Qayta-qayta kiraverasan Qani yozganimni o’qibdimi? Qani, stories qo’ygandim, kimlar ko’ribdi, kimlar сердечка bosibdi? Post yozgandim, kimlar comment yozibdi. Ooo, parallel sinfdagi Jirsinay ham kanalchamga podpiska bosibdi. Manga befarq emas ekan. Ancha katta qiz bo’libdi tushmagur. Yozib ko’ray qani. Commentimga kimdir layk bosibdi. Kim ekan? ... Diqqating chil parchin bo’ladi. O’tirib biror tayinli narsa o’rgana olmaysan. Yana noliysan, til o’rgana olmayapman, darslar qiyin, ishlar yurmayapti, hayotda mano yo'q deb. Tarmoqda kamroq faol bo’l. Kamroq e’tibor berishadi. Sani kamroq eslashadi. Odamlardan kamroq e’tibor oldingmi, endi o’zinga-o’zing ko’proq e'tibor berishni boshlaysan. Aynan shundan keyin o’rganasan, o'zgarasan o’sasan, rivojlanasan. Va oxir oqibat qidirgan hotirjamligingni ijtimoiy tarmoqdan emas, ijtimoiy tarmoq bo'lmagan joydan topasan. ©khasanov_blog https://t.me/shaxsiy_Rivojlanishi
Show all...
👍 2
Lug'atingda qancha so'z bo'lsa ham, ba'zan butun holatingni tushuntirish uchun sukutni afzal ko'rasan. https://t.me/shaxsiy_Rivojlanishi
Show all...
🔥 21 7😢 3🥰 1