en
Feedback
Sof_aqida.uz I Расмий канал

Sof_aqida.uz I Расмий канал

Open in Telegram

Ушбу каналда мотуридия эътиқоди ва ҳанафий мазҳабига оид долзарб маълумотлар тақдим этиш билан бирга турли адашган фирқаларга раддиялар бериб борилади.

Show more
834
Subscribers
+124 hours
-27 days
-830 days
Posts Archive
#Muslim_podcastda  #Kun_hikmati 📱🗣ALLOHIM! QUR'ONNI QALBLARIMIZNING BAHORI AYLA! Ulamolar bisotidan Qurʼon o‘qiganingda ko‘zlaringga qarash savobini tortiq qilasan, qulog‘ingga eshitish savobini tortiq qilasan, tilingga esa nutq savobini tortiq qilasan. Allohim! Qurʼonni qalblarimizning bahori ayla! 🎙 Suhandon: Muhammad Nur 📖 Saodatga yetaklovchi hikmatlar 🥺Telegram🛍Instagram 🤪Facebook😍YouTube 🟢 MUSLIM.PODCAST.UZ GA 📲 OBUNA BO'LING ✅ VA ULASHING🗣

#Видео #васила #дуо 📹 Васила қилиш дуоси 🎙 Ҳикматуллоҳ домла Тоштемиров
Ўзбекистон мусулмонлари идораси Фатво маркази бош мутахассиси
👨‍💻 Тўлиқ ҳолда кўриш: Улашинг: @diniysavollar

#Muslim_podcastda #Ashuro_kuni 📱🗣 ASHURO QANDAY KUN? 💎 Bu kun haqida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Bu shunday yaxshi kundirki, bu kunda Alloh Bani Isroilni dushmanlaridan qutqargan. Shu bois Muso alayhissalom bu kunda ro‘za tutgan. Men Musoga ko‘proq (yaqin bo‘lishga) haqliroqman”, dedilar va u kunda ro‘za tutib, odamlarni ham uning ro‘zasini tutishga buyurdilar” (Imom Buxoriy rivoyati). 🌙 Ashuro kuni ro‘za tutish o‘tgan bir yillik gunohlarga kafforat bo‘ladi. Bu haqda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Ashuro kunining ro‘zasi – Allohdan umid qilamanki – bir yil oldingi gunohlarga kafforat bo‘ladi”, deganlar (Imom Muslim rivoyati). ⚠️ Bu kun yaqinlarga kengchilik qilish, bir yillik kengchilikka sabab bo‘ladi. Abu Sa’d roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Kim Ashuro kuni ahli ayoliga kenglik yaratsa, Alloh unga yil bo‘yi kenglik yaratadi”, dedilar (Imom Bayhaqiy rivoyati). 🌟 Sufyon ibn Uyayna rahmatullohi alayh: “Bu hadisni oltmish yil tajriba qildim va faqatgina yaxshilik ko‘rdim”, deganlar. 🥺Telegram🛍Instagram 🤪Facebook😍YouTube 🟢 MUSLIM.PODCAST.UZ GA 📲 OBUNA BO'LING ✅ VA ULASHING🗣

#VIDEOLAR ▶️Dunyoviy davlatning dinga bo‘lgan munosabati 🎙Feruz Rashidov, O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi dotsenti vazifasini bajaruvchisi Kanalimizga obuna bo‘ling va do‘stlaringizga ham ulashing! 🌐Ziyo.uz |✅ Telegram | 🌐Instagram |📹 Youtube

#Muslim_podcastda  #Kun_oyati 📱🗣ALLOH HAR BIR NARSANI BILUVCHIDIR 🤣 🗣Oyat tafsiri: Alloh taolo ushbu oyati karimani Payg‘ambarimiz alayhissalomga qarata qilgan xitobi ila boshlamoqda: «Albatta, Alloh osmonlaru yerdagi barcha narsalarni bilishini anglamadingmi?» Ya’ni Alloh osmonlaru yerdagi hamma narsalarni daqiq joylarigacha bilishini o‘zing yaxshi anglaysan-ku. «Agar uchtaning sirli so‘zlashuvi bo‘lsa, albatta, U zot to‘rtinchidir. Beshtaniki bo‘lsa, U zot oltinchidir. Bundan oz bo‘lsa ham, ko‘p bo‘lsa ham va qayerda bo‘lsalar ham, albatta, U zot ular bilandir». Shuning uchun ham Allohga va Uning Rasuliga dushmanlik qiluvchilar dinga dushmanlik borasida «Yashirincha, pichirlashib gaplashmoqdamiz, hech kim bilmayapti», deb o‘ylamay qo‘yaversinlar. Allohning O‘zi ular bilan birga bo‘lib, barcha gaplarini bilib turibdi. «So‘ng qiyomat kunida ularga qilgan ishlaridan xabar beradi. Albatta, Alloh har bir narsani biluvchidir». Ikki kishi va undan ortiq odam to‘planib, boshqalarga eshittirmay pichirlashib gaplashishini arablar «najva» deyishadi. Janob Payg‘ambarimiz davrlarida yahudiylarda shu odat bor ekan. Ular Madinai Munavvara ko‘chalarida biror musulmonni ko‘rib qolsalar, darhol to‘planishib, pichir-pichirni boshlashar edilar. Ularning bunday xatti-harakatini ko‘rgan har bir mo‘min yo‘lovchi, meni o‘ldirishni yoki menga zarar yetkazishni maslahat qilishyapti, deb gumon qilar va qo‘rqib boshqa yo‘ldan ketar edi. Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalom yahudiylarni bunday «najva»dan qaytarsalar ham, ular yana shu odatni davom ettiraverardilar. 📝 Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf 📖 Tafsiri hilol, 28-juz 🥺Telegram🛍Instagram 🤪Facebook😍YouTube 🟢 MUSLIM.PODCAST.UZ GA 📲 OBUNA BO'LING ✅ VA ULASHING🗣

#VIDEOLAR ▶️“Vasila” so‘zining ma’nosi haqida 🎙Sohibjon Ummataliyev, O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi katta o‘qituvchisi Kanalimizga obuna bo‘ling va do‘stlaringizga ham ulashing! 🌐Ziyo.uz |✅ Telegram | 🌐Instagram |📹 Youtube

#Muslim_podcastda  #Duolar  📱🗣MUSHKULLARDAN OSONLIK SO‘RASH DUOSI 📖 Ma'nosi: Parvardigoro, dosh berib bo‘lmaydigan balodan, insonni o‘limga qadar sudrab boruvchi (mol, jon, oilaga taalluqli) mushkulotga duch kelishdan, (mol, jon, oilaga taalluqli) balo-qazodan va dushmanlarni quvontiradigan bir musibatga ro‘baru bo‘lishdan panoh berishingni so‘rayman. Iloho, ojiz qolishdan, dangasalikdan, qo‘rqoqlikdan, aljiratib qo‘yuvchi qarilikdan, xastalikdan, qabr azobidan, hayot va mamot fitnasidan panoh ber. 📖 Payg'ambarimiz ﷺ ning muborak 101 duolari 🥺Telegram🛍Instagram 🤪Facebook😍YouTube 🟢 MUSLIM.PODCAST.UZ GA 📲 OBUNA BO'LING ✅ VA ULASHING🗣

#Aqida_ilmining_sultoni #Hidoyat_Imomi
➡️ "IMOM MOTURIDIY AQLNI - "NAQL" (QUR'ON VA SUNNAT)DAN USTUN KO‘RGANMI?"
#Siz_u_zotni_taniysizmi
🎙Mutaxassis: Abdullatif domla Alloqulov - Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bo‘lim boshlig‘i.
Ushbu videorolik Imom Moturidiy tavalludining 1155-yillik yubileyi munosabati bilan "Ziyo" media markazi tomonidan tayyorlangan. Kanalimizga obuna bo‘ling va do‘stlaringizga ham ulashing! 🌐Ziyo.uz |✅ Telegram | 🌐Instagram |📹 Youtube

#Ziyo_media_Arxiv #podcast #ziyo_media ➡️Mavzu: Giyohvandlik - umr zavoli
🔈Mutaxasislar: Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktor o'rinbosari: Furqat Bahromov Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazi mutaxasisi (psixoterapevt): Jahongir Ravshanov
✅Rolik O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning 2025 yil 2-iyundagi 03-07/3262-sonli xulosasi asosida tayyorlandi Kanalimizga obuna bo‘ling va do‘stlaringizga ham ulashing! 🌐Ziyo.uz |✅ Telegram | 🌐Instagram |📹 Youtube

#VIDEOLAR ▶️Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning Makka shahriga bo‘lgan muhabbatlari 🎙Bahromxo‘ja Mahamadxodjayev, O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi o‘qituvchisi Kanalimizga obuna bo‘ling va do‘stlaringizga ham ulashing! 🌐Ziyo.uz |✅ Telegram | 🌐Instagram |📹 Youtube

#Намоз_вақтлари ҚАШҚАДАРЁ ВИЛОЯТИ 22.06.2026 йил ҳолатида 🕋 Бомдод 04:35; 🕋 Пешин 13:00; 🕋 Аср 18:00; 🕋 Шом 20:10; 🕋 Хуф
#Намоз_вақтлари ҚАШҚАДАРЁ ВИЛОЯТИ  22.06.2026 йил ҳолатида
🕋 Бомдод 04:35; 🕋 Пешин 13:00; 🕋 Аср 18:00; 🕋 Шом 20:10; 🕋 Хуфтон 21:40.
📖«Албатта, намоз мўминларга вақтида фарз қилингандир». (Нисо сураси, 103-оят). 🗝"Жаннатнинг калити намоз, намознинг калити таҳоратдир". (Ҳадис). عَنْ أَبِي حُمَيْدٍ أَوْ أَبِي أُسَيْدٍ رَضِيَ اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم قَالَ: «إِذَا دَخَلَ أَحَدُكُمُ الْمَسْجِدَ فَلْيُسَلِّمْ عَلَى النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم، ثُمَّ لِيَقُلِ: اللَّهُمَّ افْتَحْ لِي أَبْوَابَ رَحْمَتِكَ، فَإِذَا خَرَجَ فَلْيَقُلِ: اللَّهُمَّ إِنِّي أَسْأَلُكَ مِنْ فَضْلِكَ». رَوَاهُ مُسْلِمٌ وَأَبُو دَاوُدَ وَالنَّسَائِيُّ. «Набий алайҳис-салом: «Қачон сизлардан бирортангиз масжидга кирса, Набий алайҳис-саломга салом берсин. Сўнгра: «Аллоҳумма ифтаҳ лий абваба роҳматика», – десин. Чиқаётганида: «Аллоҳумма инний асъалука мин фазлика», – десин», – дедилар». Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | nasafziyo.uz 📚https://t.me/Ustoz_Rahmatillo_domla

#Muslim_podcastda  #Duolar  📱🗣ALLOHIM MENI TO'G'RI YO'LGA BOSHLA! (Avfu marhamat so‘rash duosi) لاَ يَقُولَنَّ أَحَدُكُمُ اللَّهُمَّ اغْفِرْ لِي إِنْ شِئْتَ اللَّهُمَّ ارْحَمْنِي إِنْ شِئْتَ لِيَعْزِمِ الْمَسْأَلَةَ فَإِنَّهُ لاَ مُكْرِهَ لَهُ 📖 Ma'nosi: Yo Alloh, meni afv et, yorlaqa, to‘g‘ri yo‘lga boshla, menga ofiyat ber, haloldan rizqlantir.Qalblarimizni rizoligingga uyg‘un bo‘lgan amal va ibodatga yo‘naltir. 📖 Payg'ambarimiz ﷺ ning muborak 101 duolari 🥺Telegram🛍Instagram 🤪Facebook😍YouTube 🟢 MUSLIM.PODCAST.UZ GA 📲 OBUNA BO'LING ✅ VA ULASHING🗣

#Muslim_podcastda  #Kun_hikmati 📱🗣YOMONLIKKA QARSHI ENG KUCHLI QUROL Ulamolar bisotidan Bir hakimdan: «Nima uchun sizga yomonlik qilishsa ham, yaxshilik qilaverasiz?» deb so‘rashdi. U shunday dedi: «Yaxshiligim bilan uning hayotini afzal, o‘zimning kunimni go‘zal, tamoyillarimni kuchli, ruhimni toza, nafsimni musaffo qilaman», deb javob berdi. 🎙 Suhandon: Muhammad Nur 📖 Saodatga yetaklovchi hikmatlar 🥺Telegram🛍Instagram 🤪Facebook😍YouTube 🟢 MUSLIM.PODCAST.UZ GA 📲 OBUNA BO'LING ✅ VA ULASHING🗣

#Muslim_podcastda  #Xayrli_tong 📱🗣Assalomu alaykum va rаhmatullohi va barakatuhu! 📿Аllohni zikri bilan boshlangan kun xayrli bo‘ladi 🤲 Kursiy oyati: بِسمِ اللَّهِ الرَّحمٰنِ الرَّحيمِ اللَّهُ لا إِلٰهَ إِلاَّ هُوَ الحَيُّ القَيّومُ ۚ لا تَأخُذُهُ سِنَةٌ وَلا نَومٌ ۚ لَهُ ما فِي السَّماواتِ وَما فِي الأَرضِ ۗ مَن ذَا الَّذي يَشفَعُ عِندَهُ إِلاَّ بِإِذنِهِ ۚ يَعلَمُ ما بَينَ أَيديهِم وَما خَلفَهُم ۖ وَلا يُحيطونَ بِشَيءٍ مِن عِلمِهِ إِلاَّ بِما شاءَ ۚ وَسِعَ كُرسِيُّهُ السَّماواتِ وَالأَرضَ ۖ وَلا يَئودُهُ حِفظُهُما ۚ وَهُوَ العَلِيُّ العَظيمُ Maʼnosi: Mehribon va rahmli Allohning nomi ila boshlayman. Alloh, Undan o‘zga iloh yo‘q. U tirikdir va qayyumdir. Uni mudroq ham, uyqu ham olmas. Osmonlaru yerdagi narsalar Unikidir. Uning huzurida o‘zining iznisiz hech kim shafoat qila olmas. U ularning oldilaridagi narsani ham, ortlaridagi narsani ham bilur. Uning ilmidan hech narsani ihota qila olmaslar, magar o‘zi xohlaganini, xolos. Uning kursisi osmonlaru yerni qamragan. U ularni muhofaza qilishdan charchamas. Va U Aliy va Azim zotdir. 🥺Telegram🛍Instagram 🤪Facebook😍YouTube 🟢 MUSLIM.PODCAST.UZ GA 📲 OBUNA BO'LING ✅ VA ULASHING🗣

#Muslim_podcastda  #Kun_hikmati 📱🗣URUSH VA TINCHLIK Ulamolar bisotidan Qaniydi butun dunyo «حرب» (urush) soʻzidagi «ro» harfini oʻchirib tashlasa! Hamma tinch-omon yashar edi... (Chunki «حرب» (urush) soʻzidan «ro» harfi olib tashlansa, «حب» (mehr-muhabbat) soʻzi hosil boʻladi). 🎙 Suhandon: Muhammad Nur 📖 Saodatga yetaklovchi hikmatlar 🥺Telegram🛍Instagram 🤪Facebook😍YouTube 🟢 MUSLIM.PODCAST.UZ GA 📲 OBUNA BO'LING ✅ VA ULASHING🗣

#VIDEOLAR ▶️Mazhabsizlik g‘oyasining Markaziy Osiyoga ta’siri nimalarda namoyon bo‘ldi? 🎙Saidafzal Saidjalolov, O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi dotsenti Kanalimizga obuna bo‘ling va do‘stlaringizga ham ulashing! 🌐Ziyo.uz |✅ Telegram | 🌐Instagram |📹 Youtube

#Aqida_ilmining_sultoni #Hidoyat_Imomi
👉  SIZ IMOM MOTURIDIYNI TANIYSIZMI?
#Siz_u_zotni_bilasizmi?
🎙Mutaxassis: Ixtiyor domla Abdurahmonov - O'zXIA huzuridagi Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi ilmiy xodimi.
Ushbu videorolik Imom Moturidiy tavalludining 1155-yillik yubileyi munosabati bilan "Ziyo" media markazi tomonidan tayyorlangan. Kanalimizga obuna bo‘ling va do‘stlaringizga ham ulashing! Улашинг: https://t.me/joinchat/S8c2omyVIb1MadlE https://t.me/joinchat/AAAAAFLbtImNQqKWruwBuA

#VIDEOLAR ▶️Ayrim adashgan toifalar haqida 🎙Saidafzal Saidjalolov, O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi dotsenti Kanalimizga obuna bo‘ling va do‘stlaringizga ham ulashing! 🌐Ziyo.uz |✅ Telegram | 🌐Instagram |📹 Youtube

#Видео Ⓜ️авзу: Ўтганлар ҳаққига Қуръон тиловат қилиш Шухрат домла Ҳофизов – Яккабоғ тумани "Жомеъ" масжиди имом-хатиби. https://t.me/joinchat/AAAAAFLbtImNQqKWruwBuA https://t.me/joinchat/S8c2omyVIb1MadlE

#Намоз_вақтлари ҚАШҚАДАРЁ ВИЛОЯТИ 15.06.2026 йил ҳолатида 🕋 Бомдод 04:30; 🕋 Пешин 13:00; 🕋 Аср 18:00; 🕋 Шом 20:10; 🕋 Хуф
#Намоз_вақтлари ҚАШҚАДАРЁ ВИЛОЯТИ  15.06.2026 йил ҳолатида
🕋 Бомдод 04:30; 🕋 Пешин 13:00; 🕋 Аср 18:00; 🕋 Шом 20:10; 🕋 Хуфтон 21:40.
📖«Албатта, намоз мўминларга вақтида фарз қилингандир». (Нисо сураси, 103-оят). 🗝"Жаннатнинг калити намоз, намознинг калити таҳоратдир". (Ҳадис). عَنْ أَبِي حُمَيْدٍ أَوْ أَبِي أُسَيْدٍ رَضِيَ اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم قَالَ: «إِذَا دَخَلَ أَحَدُكُمُ الْمَسْجِدَ فَلْيُسَلِّمْ عَلَى النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم، ثُمَّ لِيَقُلِ: اللَّهُمَّ افْتَحْ لِي أَبْوَابَ رَحْمَتِكَ، فَإِذَا خَرَجَ فَلْيَقُلِ: اللَّهُمَّ إِنِّي أَسْأَلُكَ مِنْ فَضْلِكَ». رَوَاهُ مُسْلِمٌ وَأَبُو دَاوُدَ وَالنَّسَائِيُّ. «Набий алайҳис-салом: «Қачон сизлардан бирортангиз масжидга кирса, Набий алайҳис-саломга салом берсин. Сўнгра: «Аллоҳумма ифтаҳ лий абваба роҳматика», – десин. Чиқаётганида: «Аллоҳумма инний асъалука мин фазлика», – десин», – дедилар». Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | nasafziyo.uz 📚https://t.me/Ustoz_Rahmatillo_domla