cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

⏳xronologiya

O‘tmishsiz kelajak yo‘q.

Show more
Advertising posts
1 327
Subscribers
+324 hours
-17 days
-1230 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Photo unavailableShow in Telegram
Oyoq kiyimlarni o'ng va chap poyga ajratishni ilk bor qirol Georg IV o'ylab topgan ekan. U poyabzal tikuvchiga o'zining o'ng va chap oyoqlarini alohida o'lchab, o'ziga mos oyoq kiyim tikib berishni so'ragan. Bundan oldin esa oyoq kiyimlarning o'ng yoki chap poyi bo'lmagan va ular ikkalasi ham bir xilda bo'lgan.
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
1952 yil 14 iyulda Amerikaning General Motors kompaniyasi avtomobillarga dunyodagi birinchi kondisionerlarni o‘rnatishni boshlaganini e’lon qildi. General Motors Amerikaning eng yirik avtomobil korporasiyasi bo‘lib, 2008 yilgacha, 77 yil davomida dunyodagi eng yirik avtomobil ishlab chiqaruvchisi bo‘ldi.
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
1867 yil 14 iyulda shved kimyogari va tadbirkor Alfred Nobel birinchi marta gliserin trinitratiga namlangan kizelgurdan tayyorlangan xamirsimon portlovchi dinamitni namoyish qildi. Portlovchi moddalarni sanoat ishlab chiqarishini yo‘lga qo‘ydi. Dinamit harbiy harakatlarda va tog‘-kon sanoatida faol qo‘llanila boshlandi.
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
1941 yilning 14 iyuli afsonaviy "Katyusha"ning tug‘ilgan kuni shu kuni sovet artilleriyasida reaktiv minomet "Katyusha"ning birinchi zarbasi yangragan edi. Ushbu qurol birinchi ko‘pzaryadli mobil reaktiv o‘tochar tizim bo‘lgan hamda urushda barcha katta operasiyalarda qo‘llanilgan. Ushbu qurolning 2-jaxon urushidagi axamiyati kattaligi sababli keyinchalik u xaqida qo‘shiqlar ijro etilgan.
Show all...
SMORODINA HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR 1. Sayyoramizda smorodinaning 190 ga yaqin turi mavjud. 2. Mo'l hosil olish uchun smorodina 10-15 ta novdadan iborat bo'lishi kerak. 3. Qora smorodina tarkibida efir moyi borligi sababli qiziliga nisbatan shirinroq bo'ladi. 4. Smorodinaning yaproqlarini go'sht va baliqli taomlarga qo'shimcha maza berish uchun qo'shishadi. 5. Dunyoda smorodina yetishtirish bo'yicha Rossiya yetakchi hisoblanadi. 6. Smorodinaning mingta urug'ini yig'sangiz, ular vazni 0, 9 dan 1, 8 grammgachani tashkil etadi. 7. Bir kilogramm smorodinada 714 mingtaga yaqin urug' bo'ladi. 8. Ob-havo ko'tarsa, bir gektar maydonga ekilgan smorodinadan 1850 kilogramm hosil olsa bo'ladi. 9. Smorodinaning Rossiyadagi navlari -50 darajagacha sovuqni ko'tara oladi. 10. U dezinfeksiya maqsadlarida ishlatilsa ham foydadan xoli bo'lmaydi. 11. Qora smorodina «S» vitaminga boy. 12. Smorodina qaynatilganda, o'zidagi foydali xususiyatlarning aksariyat qismini yo'qotadi. Shuning uchun undan murabbo va boshqalarni tayyorlamasdan shundayligicha iste'mol qilgan ma'qul. 13. Smorodinaning quritilgan barglari dizenteriyada antibiotik vazifasini bajaradi. 14. U shamollash, gastrit, avitaminoz, yurak xastaliklariga qarshi keskin kurashadi.
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
Har yili 14 iyul Smorodina kuni sifatida nishonlanadi. Smorodina eng qimmatli rezavor butalaridan biri deb atash mumkin. Odamlar orasida eng mashhuri qora smorodina. U, ayniqsa, S vitaminining yuqori miqdori bilan mashhur: qora smorodina mevasining yuz grammida apelsinga qaraganda to‘rt baravar ko‘p S vitamini mavjud. Bundan tashqari, uning mevalarida noyob yog‘ kislotasi - Omega 6 mavjud.
Show all...
Bugun 14-iyul 👉 BAYRAMLAR: 🌏 Xalqaro nobinar odamlar kuni. 🌏 Qorag'at (smorodina) kuni. 🌏 Xaos va tartibsizlik kuni. 🔹 MILLIY BAYRAMLAR: 🇮🇶 Iroq - inqilob kuni. 🇫🇷 Fransiya - Bastiliya ishg‘ol etilgan kun. 🇸🇪 Shvetsiya - Valiahd malika Viktoriya tug'ilgan kuni. 🏳 Janubiy Osetiya - Tinchlikparvarlar kuni. 👉 VOQEALAR: - 1099 - Salib yurishlari:  Quddus egallandi. - 1789 - Bastiliya qal'asi Parij isyonchilari tomonidan egallab olindi. Bu Buyuk Fransiya inqilobining boshlanishi edi. - 1860 - Rossiya Davlat banki tashkil etildi. - 1867 - Alfred Nobel  dinamitni  namoyish qildi. - 1896 - Birinchi rus avtomobili chiqdi. - 1902 - Venetsiyada Mark cherkovi qulab tushdi. - 1905 - Oklahoma hindulari Sekvoya hindular shtati tuzilganini e'lon qilishdi (AQSh Kongressi uni tan olishni rad etdi). - 1941 - Katyusha qurilmasining birinchi qo'llanishi. - 1952 - Amerikaning General Motors kompaniyasi dunyodagi birinchi bo‘lib avtomobillarga konditsionerlarni o'rnatishni boshlaganligini e'lon qildi. - 1958 - Iroqda inqilob (14-iyul inqilobi). Monarxiyaning ag'darilishi va Qosimning hokimiyat tepasiga ko'tarilishi. - 1967 - Butunjahon intellektual mulk tashkilotini tuzish to'g'risidagi konvensiya imzolandi. - 1969 - Salvador va Gonduras  oʻrtasida futbol urushi. - 1976 - Kanadada o'lim jazosi bekor qilindi. - 1990 - Gorbachyov va Ivashkodan tashqari, KPSS Markaziy Qo'mitasining Siyosiy byurosi tarkibi to‘liq o'zgartirildi. - 1993 - Tatariston Respublikasining madhiyasi tasdiqlandi. - 2015 - "Yangi ufqlar" XAS Pluton yaqinida uchib o‘td, minimal masofa uning markazidan 13691 km uzoqlikda edi. - 2016 - IShID terrorchisi boshqargan yuk mashinasi Nitsa shahrida olomonni bosib o‘tdi. - 2023 - Shavkat Mirziyoyevning inauguratsiyasi bo‘lib o‘tdi 👉 TAVALLUDLAR: - 1454 - Anjelo Poliziano (1494) - italiyalik shoir va dramaturg, gumanist. - 1602 - Julio Mazarini (1661) - cherkov va siyosat arbobi, Fransiyaning birinchi ministri (1643-1651 va 1653-1661). - 1743 - Gabriel Derjavin (1816) - rus davlat arbobi va shoiri, klassika namoyandasi. - 1800 - Jan Dyuma (1884) - fransuz kimyogari, organik kimyoning asoschisi. - 1816 - Jozef de Gobino (1882) - fransuz yozuvchisi, sotsiolog, irqchilik nazariyasining asoschisi. - 1913 - Jerald Ford (2006) - AQShning 38-prezidenti (1974-77).  - 1918 - Jey Forrester (2016) - amerikalik muhandis, birinchi kompyuterlarning yaratuvchisi. - 1921 - Jefri Uilkinson (1996) - ingliz kimyogari, Nobel mukofoti sohibi (1973). - 1928 - Saʼdulla Karomatov (1987) - jurnalist, yozuvchi. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi (1978). 1928 - Nodar Dumbadze (1984) - gruzin sovet yozuvchisi. - 1933 - Nusrat Abdullayev - patofiziolog, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1989). - 1939 - Oʻtkir Sultonov (2015) - Oʻzbekiston Respublikasi davlat arbobi, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri (1995-2003). - 1942 - Xaver Solana - ispaniyalik fizik va siyosatchi, 1995-1999-yillarda NATO Bosh kotibi. - 1945 - Shiv Nadar - hindistonlik yirik sanoatchi va xayriyachi - 1952 - Muhammadali Abduqunduzov - aktyor, O‘zbekiston (1997) va Qoraqalpog‘iston (2000) Respublikalari xalq artisti.  - 1960 - Polina Dashkova (Tatyana Polyachenko) - rus yozuvchisi. - 1987 - Sara Kannning - kanadalik kino aktrisasi. - 1988 - Konor MakGregor - irlandiyalik aralash yakkakurashchi, sobiq UFC chempioni.
Show all...
🎉 1
Photo unavailableShow in Telegram
Ovqatlanishdan vafot etgan yagona qirol. Shvetsiya qiroli Adolf Frederik tarixga qandaydir yutuqlari yoki shonli janglar tufayli emas, balki ahmoqona o'limi tufayli kirgan. 1771-yil 12-fevralda buyuk post (ro'za) tugagandan keyin Adolf kechki ovqatga qovoq sho'rva, omar, ikra, dudlangan seld hamda tuzlangan karam yeydi. Ularning ortidan esa shampan vinosi ichib, desertga 14 ta an'anaviy shved bulochkasini paqqos tushiradi. Oqibatda qirol ortiqcha ovqatlanish tufayli vafot etadi. Kamerger Adolf Lyudvig Gamilton o'zining "Shvetsiya haqidagi xotiralar" asarida Adolf Frederikning o'limi haqida shunday degan: "Uning o'limiga zaif oshqozonini zo'riqtirib yuborishdan boshqa hech qanday narsa sabab bo'lmagan". Graf Yoxan Gabriel Oksenshern o'z kundaligida "Bu o'lim humdorga emas, qandaydir qishloq ruhoniysiga xos edi" deb yozgan.
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
Pol Gogen vafotidan so‘ng uning "Qorda qolgan Breton qishlog‘i" asari kimoshdi savdosida sotilgan. O‘sha vaqtda yanglishib, bu suratni teskari osishgan va u "Niagara sharsharasi" nomi bilan ko‘rgazmaga qo‘yilgan.
Show all...
👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
"Futbol bo'yicha jahon chempionatida qo'llanilgan Adidas to'plarining nomlari" 1930 - T-model 1934 - Federal 102 1938 - Allen 1950 - Duplo T 1954 - SWCH 1958 - Top Star 1962 - Krak 1966 - Challenge 4-Star 1970 - Telstar 1974 - Telstar Durlast 1978 - Tango 1982 - Tango Espana 1986 - Aztek 1990 - Etrusko Uniko 1994 - Questra 1998 - Trikolor 2002 - Fevernova 2006 - Teamgeist 2010 - Jabulani 2014 - Brazuka 2018 - Telstar 18 2022 - Al Rihla
Show all...
👍 1
Choose a Different Plan

Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.