cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

"Kattaqo'rgʼon tongi" gazetasi

Kattaqo'rgʼon tongi gazetasining rasmiy kanali ☎️66-455-23-95 ✉️[email protected] 🌐kattakurgon-tongi.uz ↪️https://www.facebook.com/Kattakurgontongirasmiy 🏛Kattaqo'rgʼon sh, Xorazmiy k, 47-uy Murojat uchun admin : @shukurov_azizbek

Show more
Advertising posts
968
Subscribers
-224 hours
-207 days
-19930 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

#Ўқинг_қизиқ Ақл-идрок болалик давридаги овқатланишга боғлиқ Олимлар 3—8,5 яшар болалар овқатланиши билан боғлиқ кузатувлари натижаларини маълум қилди. Таъкидланишича, эрта ёшда шакар ва ёғ таркиби камроқ озуқа истеъмол қилган, кўпроқ соғлом озиқ-овқат берилган болаларнинг IQ (ақл-идрок) даражаси юқори экани аниқланган. Инсон мияси ҳаётининг дастлабки уч йилида фаол ривожланади, шунинг учун бу ёшда тўғри овқатланиш инсоннинг нафақат жисмоний, балки ақлий ривожланиши учун ҳам муҳимдир. ✅@Zarnews_uz
Show all...
✍🏽Вилоят Марказий банк бошқармаси раҳбариятининг қабули ўтказилди ☑️Бугун Ўзбекистон Республикаси Марказий банки Самарқанд вилояти бош бошқармаси бошлиғи ўринбосари М.Тохиров ҳамда Халқ қабулхонаси мудири Ҳ.Шодиева томонидан сайёр қабул ўтказилди. Шаҳар халқ қабулхонасида бўлиб ўтган қабул давомида тадбиркорлар ва фуқаролар томонидан 10 дан ортиқ мурожаатлар келиб тушди. ☑️Фуқароларнинг ипотека ва тадбиркорлик фаолияти учун имтиёзли кредитлар ажратилиши, кредит кафиллиги, кредит муддатини узайтириш каби масалалар юзасидан қилган мурожаатлари ўрганилиб, назоратга олинди. Шунингдек, фуқаролар томонидан билдирилган ижтимоий масалалардаги бошқа мурожаатларнинг ҳам ижросини таъминлаш бўйича тегишли вазифалар белгилаб олинди. https://t.me/kattaqurgon_shahar_hokimligi
Show all...
Mehnat yarmarkasi o’tkazildi 🔹Bugun, shahar Adliya bo’limi va shahar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko’maklashish bo’limi hamkorligida otaliqqa olingan ishsiz yoshlar va xotin qizlarni ish bilan ta’minlash, kasb-hunarga o‘qitish bo‘yicha, Kattaqo’rg’on shahar “ISHGA MARHAMAT” Monomarkazida “Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi” tashkil etildi. 🔹Ushbu tadbirda 20 ta korhona-tashkilotlar 143 ta mavjud bo‘sh ish o‘rinlari bilan qatnashdi. O‘tkazilgan bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasiga 55 nafar fuqarolar jalb qilinib, yarmarkada ishtirok etgan ishsiz fuqarolarning 7 nafariga o’zlariga maqbul bo’lgan kasblar bo‘yicha ishga joylashish uchun yo‘llanmalar berilib, ishga joylashtirildi. Shuningdek, 11 nafar ishsiz va ish qidirayotgan fuqarolarga o‘zlarini qiziqtirgan kasb-hunar bo’yicha Kattaqo‘rg‘on shahar “ISHGA MARHAMAT” Monomarkaziga jalb qilindi. Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi axborot xizmati. ✅https://t.me/kattaqurgon_shahar_hokimligi
Show all...
Chorshanba – favqulodda vaziyatlar profilaktikasi kuni 🔺Kattaqo'rg'on shahar FVB xodimlari tomonidan yong'inlarni hamda yuzaga kelishi mumkin bo'lgan ko'ngilsiz hodisalarning oldini olish maqsadida tegishli xizmatlar bilan hamkorlikda aholi yashash xonadonlari hamda davlat tasarrufidagi obyektlarda keng ko'lamli profilaktik tadbirlar amalga oshirildi. 🔺Tashkil etilgan tadbirda soha xodimlari tomonidan aholi ko'p yig'iladigan maskanlar, maktablar, maktabgacha ta'lim muassasalari, oilaviy poliklinikalar, qurilish obyektlari va yashash xonadonlarida fuqarolarga sodir bo'lishi mumkin bo'lgan yong'inlar, is gazidan zaharlanish, gaz-havo aralashmasining chaqnashi, botulizm va boshqa ko'ngilsiz hodisalarning oldini olishga oid zarur tavsiyalar berildi hamda hushyorlikka chorlovchi eslatma va bukletlar tarqatildi. Bu kabi profilaktik tadbirlar davom etmoqda.https://t.me/kattaqurgon_shahar_hokimligi
Show all...
"DIYOR YANGILIKLARI"  | IKKINCHI JAHON URUSHI QATNASHCHILARI HOLIDAN XABAR OLINDI #1-may#Samarqand Telegram | Facebook | Youtube |Admin
Show all...
✍️MA’RIFAT ULASHIB ⚡️Bugun 14-IDUMda Respublika ma’naviyat-ma’rifat markazi shahar bo‘limi boshlig‘i Q.Boykalonov, Din ishlari bo‘yicha bosh mutaxassis B.Qodirov hamda O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti O‘zbek tili va adabiyot kafedrasi professor-o‘qituvchilari S.Yuldoshevalar ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi. ⚡️Bitiruvchi yoshlar bilan o‘tkazilgan tadbirda yurtimizda yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida gapirdilar. Bu imkoniyatlardan unumli foydalanish, avvalo har bir yoshning ma’naviyatli-ma’rifatli bo‘lishi lozimligi ta’kidlandi. Shuningdek, tadbir so‘nggida “Ma’rifat ulashib" loyihasi doirasida o‘quvchilarga "Muhammad Yusuf" nomli video film namoyish etildi. Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati.
Show all...
⚡️Faxriy velosportchilarning Kattaqo’rg’on shahrida safari qanday o'tdi? 🚴‍♂️Kuni kecha Farg'ona viloyatidan yo'lga chiqqan faxriy velosportchilar shahrimizga yetib kelishdi. 🚴‍♂️“Farg‘ona – Buxoro – Qoraqalpog‘iston” yo‘nalishi bo‘yicha safarga otlangan faxriylar bir kun davomida shahrimizning diqqatga sazovor maskanlarida bo'lishdi. Bugun erta tongdan faxriy velosportchilar Navoiy viloyatiga yo'l olishdi. Kattaqoʻrgʻon shahar hokimligi axborot xizmati. ✅https://t.me/kattaqurgon_shahar_hokimligi
Show all...
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🌟 Kadastr agentligida dolzarb 40 kunlik e’lon qilindi 🔺 Unga ko‘ra hududlarda yer va kadastr nazorati tadbirlari kuchaytiriladi. 📃 Jumladan: ◾️45 ta dron yordamida nazorat tadbirlari olib boriladi; ◾️O‘zbekkosmos agentligi tomonidan taqdim etilgan kosmik suratlarni taqqoslash orqali qonunbuzarliklar aniqlanadi; ◾️Yer nazoratchi inspektorlar tomonidan aniqlangan holatlar joyiga chiqqan holda maxsus planshetlar yordamida “E-Yer nazorat” axborot tizimiga kiritiladi va onlayn nazorat qilinadi; ◾️Jinoyat alomatlari bor ya’ni, sug‘oriladigan yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallash va unda noqonuniy qurilish qilish holatlari Prokuratura organlariga yuboriladi. 🟢Hurmatli fuqarolar va yerdan foydalanuvchilar! ❕Unutmang! Yer qonunchiligini buzganlik uchun maʼmuriy hamda jinoiy javobgarlik belgilangan.
Show all...
Samarqand viloyatidan E-auksion.uz platformasi orqali 55 ta davlat aktivlarini bo'lib to'lash sharti bilan sotib oling! 🔹 Samarqand shahridan 3 ta (ko'rish) 🔹 Kattaqo‘rg‘on shahridan 1 ta (ko'rish) 🔹 Oqdaryo tumanida 5 ta (ko'rish) 🔹 Bulung`ur tumanida 5 ta (ko'rish) 🔹 Jomboy tumanida 3 ta (ko'rish) 🔹 Ishtixon tumanida 2 ta (ko'rish) 🔹 Kattaqo‘rg‘on tumanida 4 ta (ko'rish) 🔹 Qo‘shrabot tumanida 6 ta (ko'rish) 🔹 Narpay tumanida 2 ta (ko'rish) 🔹 Payariq tumanida 5 ta (ko'rish) 🔹 Pastdarg‘om tumanida 6 ta (ko'rish) 🔹 Paxtachi tumanida 5 ta (ko'rish) 🔹 Samarqand tumanida 1 ta (ko'rish) 🔹 Nurobod tumanida 5 ta (ko'rish) 🔹 Urgut tumanida 1 ta (ko'rish) 🔹 Toyloq tumanida 1 ta (ko'rish) 🎞 Video-qo‘llanma 🤵🏻 "E-AUKSION" vakili: 99 207-26-07 ☎️ 🤵🏻 "E-AUKSION" vakili: 99 207-36-07 ☎️ Xabardor bo‘lish uchun Telegram | Facebook | Instagram | Youtub
Show all...
🔵“UCH AVLOD UCHRASHUVI” TADBIRI O‘TKAZILDI Kattaqo‘rg‘on shahar hokimligi axborot xizmati. ✅Rasmiy sahifalarimizga qo'shiling:👇🏼 |Telegram|Facebook|Instagram|YouTube|🌐Web-sayt
Show all...