289
Subscribers
No data24 hours
No data7 days
No data30 days
Posts Archive
5—6 апрель кунлари республиканинг кўплаб вилоятларида кам булутли об-ҳаво, 5 апрель шимол ва Бухоро-Навоий вилоятларида, 6 апрель жануб, марказий, Сирдарё, Жиззах, Тошкент ва водий вилоятларида момақалдироқ хусусиятли жала ёғинлар бўлиши прогноз қилинмоқда.
Умуман олганда, ушбу кунлари республика Жануби-Каспий циклон таъсирида бўлиб, беқарор об—ҳаво муҳитида бўлиши кутилмоқда. Жойларда шамол тезлиги 20 м/с гача етиши мумкин.
7 апрель куни республика бўйлаб ёғингарчилик кутилмайди. Ҳаво ҳарорати янада кўтарилади.
ЎзгидрометEl-Nino zaiflashmoqda, lekin ta'siri davom etmoqda
2023-2024 yilgi El Nino rekorddagi eng kuchli beshlikdan biri bo'ldi. Endi u asta-sekin zaiflashmoqda, biroq u kelgusi oylarda global iqlimga ta'sir qilishda davom etadi. Deyarli barcha quruqlik hududlarida mart-may oylari orasida meʼyordan yuqori harorat kutilmoqda.
Jahon Meteorologiya Tashkilotining (WMO) yangi ma'lumotlariga ko'ra , mart-may oylarida El Ninoning saqlanib qolish ehtimoli taxminan 60% va aprel-iyun oylarida neytral sharoitlar 80% ehtimoli bor. Yil oxirida La Nino rivojlanishi ehtimoli bor.
El Nino o'rtacha har ikki-etti yilda sodir bo'ladi va odatda to'qqiz oydan 12 oygacha davom etadi. Bu Tinch okeanining markaziy va sharqiy tropik qismida okean sathining isishi bilan bog'liq bo'lgan tabiiy iqlim xodisasi.
“2023-yil iyun oyidan buyon har oy yangi oylik harorat rekordini o‘rnatmoqda – 2023-yil esa rekord darajadagi eng issiq yil bo‘ldi. El-Nino bu rekord haroratlarga hissa qo'shdi.
Avvalroq, El-nino va La-nino nima ekanlig haqida yozgan edik.
👉 @iqlimshunos_kundaligi
31.03.2024
Mintaqamiz tekisliklarida sekin-asta yashil fotomassa shakllanmoqda. Tog'larda ham qor massasi yaxshigina shakllangan.
@cosmo_monitoring
17:25:16da Tojikiston hududida 5,0 magnitudali zilzila yuz berdi.
▫️ Fargʻona shahridan 178 km Janubi -g'arbda
▫️ Tojikistonning Rasht shahridan 50 km sharqda
Zilzila kuchi O'zbekistonda kuchsiz bo'lgani uchun sezilmagan.
👉 @iqlimshunos_kundaligi
Қозоғистоннинг 40% қисмини қор қоплаб турибди.
Энг кўп қор қоплаб олган вилоятлар республиканинг шимолий вилоятлари бўлиб турибди экан.
Казгидромет#live
Қашқадарё вилояти Деҳқонобод тумани тоғли Ойбек МФЙ узоқ Дўконхона қишлоғидаги айни манзара.❄️
📍 Геолокация
Me'yordan ko'p yog'ingarchilik
So'nggi bir oylikda O'zbekiston me'yordan ko'proq yog'ingarchilikni boshdan kechirdi Ayniqsa, Samarqand, Qashqadaryo va Surxondayoda viloyatlarining tog'li hududlarida kuzatilgan sellar buni yaqqol isboti.
Vodiy viloyatlarida so'nggi oyda me'yor saqlanib qolgan.
@iqlimshunos_kundaligi
Евроосиё материкида циклоник ҳаво оқимлари кўпайиб кетди.
Телеграмдаги Космо_мониторинг канали муаллифи ҳам айни кунларда бизнинг материкда бу каби нам хаво айланмалари кўпроқ эканига эътибор қаратган.
Бу сафар материкда бир вақтнинг ўзида 4 та катта масштабдаги ва учта кичик масштабдаги циклоник жараёнлар жойларда турли хил ноодатий иқлим ҳодисаларини тақдим этмоқда.
Европада марказида атмосфера босими 965 гПа гача паст босимли ҳаво айланмаси фронт олд қисми жануб Африка шимолидан Европага чанг массасини тортмоқда.
Россия марказидаги кенг масштабдаги паст босимли атмосфера соҳаси эса Мўғилистондан Хитой шимоли орқали чанг массасини Россия шарқий худудларигача учириб бориши, Марказий Осиё мамлкатларидаги кечаги шамол пўртаналари, Қозоғистон шимоли ва марказида талофатли сув босишлар ҳам илиқ циклоник жараёнлар эффектидир.
Турли хил версияларга кўра, сўнгги кунларда шимолий яримшарда жуда яқин вақтлар оралиғида полигонлардан учирилаётган ракеталар таъсири ҳам атмосфера циркуляциясида турли ўзгаришларни олиб келаётган бўлиши мумкинлиги айтилмоқда. Лекин, бу каби таъсирлар фан учун ҳали илмий тасдиқланмаган.
Циклоник жараёнларнинг зилзиларни келтириб чиқариши билан боғлиқ усулларни маъқулловчи моделлар ҳам Евроосиё материгидаги сейсмик фаол минтақаларда зилзилалар фаоллашини прогноз қилган. Голланд сейсмологи Франк Ҳугербитс жамоаси ҳам бизнинг минтақа ва Ҳиндистон-Покистонда кучли зилзилалар билан боғлиқ хавф сақланиб турганини таъкидлаган.
Orxus konvensiyasi
Orxus konvensiyasi BMTning Yevropa Iqtisodiy Komissiyasining “Axborotdan foydalanish , qarorlar qabul qilishda jamoatchilik ishtiroki va atrof-muhit masalalarida adolatli suddan foydalanish toʻgʻrisida”gi konvensiyasidir.
Konvensiya 1998 yil 25 iyunda Daniyaning Orxus shahrida Yevropa atrof-muhit vazirlarining 4-konferensiyasida 38 davlat tomonidan imzolangan. 2014-yil mart holatiga koʻra, konvensiya 46 ta davlat va Yevropa Ittifoqi davlatlari qamrab olgan. Barcha ratifikatsiya qiluvchi davlatlar asosan Yevropa va Markaziy Osiyoda joylashgan.
Orxus konvensiyasi mahalliy, milliy va transchegaraviy muhitga taalluqli masalalar bo'yicha hukumat qarorlarini qabul qilish jarayonlarida axborotdan foydalanish, jamoatchilik ishtirok huquqini beradi . U jamoatchilik va davlat hokimiyati organlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni rivojlantirishga qaratilgan.
Orxus konvensiyasi quyidagilarni nazarda tutadi:
- Fuqarolarning davlat organlaridan tegishli ekologik axborotni olish huquqini ta'minlash
- Fuqarolarning atrof-muhitga ta'sir qilishi mumkin bo'lgan rejalar, dasturlar va qonun hujjatlarini tayyorlashda ishtirok etish huquqini ta'minlash
- Fuqarolarning axborotdan foydalanish yoki jamoatchilik ishtiroki bilan bog'liq huquqlari buzilgan taqdirda, ko'rib chiqish tartib-qoidalaridan foydalanish huquqini ta'minlash.
Demak, O'zbekiston ham Orxus konveksiyasini qabul qilsa, yuqoridagi majburiyatlarni o'z zimmasiga oladi va mavjud ekologik muammolarni xal etishda jamoatchilik fikri inobatga olinadi.
Konvensiyaga Markaziy Osiyoda, Qozag'iston, Qirg'iziston, Tojikiston va Turkmaniston a'zo bo'lgan.
Orxus konvensiyasining a'zolar bilan 2023-yil iyun oyida Oʻzbekistonning Orxus konvensiyasiga qoʻshilishi masalasi muhokama qilingan edi. Lekin ayni paytda O'zbekiston konvensiyaning rasmiy a'zosi emas.
👉 @iqlimshunos_kundaligi
29-mart kuni Toshkentda "Avtomobilsiz kun" tadbiri o‘tkaziladi
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tomonidan joriy yilning 29-mart, juma kuni Toshkent shahrida “Аvtomobilsiz kun” tadbiri o‘tkaziladi.
Ekologiya vazirligi barchani "Avtomobilsiz kun"ga befarq bo‘lmaslikka, shaxsiy avtomobillar o‘rniga jamoat transporti, metro, velosiped kabi atmosferaga kamroq zarar yetkazadigan transport vositalaridan foydalanishga chaqirmoqda.
👉 @iqlimshunos_kundaligi
Gidrometeorologiya xizmati agentligi 2024-yil 28-martdan 2-aprelgacha kutilayotgan yogʻingarchilik hamda havo haroratining oʻzgarishlari sababli respublikaning togʻli hududlarida qor ko'chish xavfini e'lon qildi.
Kutilayotgan yog'ingarchilik miqdorini shu yerda ko'rishiz mumkin.
👉 @iqlimshunos_kundaligi
Chang bo'ronlarini NASA sun'iy yo'ldosh rasmlari va RGB spektridagi Meteosat suniy yo'ldoshidan olingan rasmlar orqali taxlil etish
Tojikistonda chang bo'ronining yana bir manbayi sifatida, bu safar Lebap janubi ko'rsatilmoqda.
Chang bo'roni shimolga qarab cho'l, siyrak aholi yashaydigan mintaqaning janubiy qismi bo'ylab cho'zilgan. Birinchi rasmda NASA xizmatlarining qayta ishlangan tasviri, ikkinchisi atmosferadagi changni kuzatish imkonini beruvchi RGB spektridagi Meteosat sun'iy yo'ldoshidan olingan sur'at orqali chang massalarining xarakatini ko'rish mumkin.
Meteojurnal
👉 @iqlimshunos_kundaligi
Volgabo'yida shakllanayotgan siklon
Volgabo'yi xududlarida yog'ingarchilikka boy siklon shakllanmoqda. O'zbekistonga mana shu siklonning janubiy tarmog'i yog'ingarchilik olib kelishi prognoz qilingan edi.
Ushbu siklon tufayli volgabo'yi hududlarida kuchli suv toshqinlari ro'y bergan.
Siklon bazi joylarga kuchli yog'ingarchilik keltirishi kutilmoqda.
Surat 26.03.2024
Ҳамал ҳамалда жовса амал.
Халқимиз орасида шунақа нақл бор. 26 март ва 26 мартдан 27 мартга ўтар кечаси жойларда яхшигина ёғиб берган табиий ёмғир суви республика марказий вилоятлари, Жиззах, Сирдарё ва Тошкент вилояти деҳқону, фермерларини хурсанд қилган бўлса ажаб эмас.
Чунки, майдалаб ва баъзан жадал ёққан ёмғир осмондан жуда кўп сувни экин майдонларига ташлаб кетди.
Орқама-кетин 6—кундирки пойтахт хавоси сифат даражаси тоза "яшил" ва баъзи ҳолларда "сариқ" даражада сақланмоқда.
Соат 08.00 ҳолатига пойтахтнинг марказий қисмлари ҳаво сифати "яшил" даражада, атрофи эса "сариқ" даражага эга экани кўрсатилмоқда. Бу каби муҳит инсон саломатлигига деярли хавф туғдирмайди.
Ўзгидромет ҳам соат 09.00 да ўзининг стационар пост маълумотлари асосида пойтахтнинг ҳавоси ЖССТ талабларидаги меъёрдан паст тоза муҳитни кўрсатган
Butun Yer sayyorasida chiroqlar qanday o'chirildi ?
23-mart kuni Butun dunyo bo'ylab o'tkazilgan "Yer soati" aksiyasida deyarli barcha davlatlar faol ishtirok etdi.
Yuqoridagi videolarda gavjum shaharlar ham ushbu harakatga hissa qo'shganini ko'rish mumkin(o'ngdagi video). Hattoki sun'iy yo'ldosh tasvirlarida ham ushbu xarakat muvaffaqiyatli amalga oshirilgani ko'rish mumkin(chapdagi video). Go'yo, Yer sayyorasi bir muddat yorug'lik ifloslanishidan yiroqda bo'lgandek.
O'zbekistondagi davlat korxonalari ham ushbu xarakatda faol ishtirok etishdi degan umiddamiz.
👉 @iqlimshunos_kundaligi
Bugun Hind okeanida Gamane nomli yana bir tropik siklon shakllandi. Bu tropik siklon juda ham ko'p miqdorda yog'ingarchilik ulashishi tahmin qilinmoq. Misol tariqasida Madagaskar orolining shimolida keyingi 3 kunlikda 630 mm dan ortiq yomg'ir yog'ishi tahmin qilinmoqda. Tasavvur qilishingiz uchun Samarqand va Toshkent viloyatlarida o'rtacha yillik yog'in miqdori 400/500 mmlar oralig'ida... @cosmo_monitoring
