en
Feedback
81-MAKTAB | Rasmiy kanal

81-MAKTAB | Rasmiy kanal

Open in Telegram

Kanalda maktab hayotiga oid yangiliklar, e'lonlar, ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar, ijodiy ishlar, ochiq darslar, to'garaklar yoritiladi Murojaat: (dir) @OloviddinSaloxiddinovich Murojaat: @NematovAsliddin https://www.facebook.com/groups/532386137864402

Show more
2 194
Subscribers
+224 hours
+597 days
+11030 days
Posts Archive
Assalomu alaykum hurmatli mahalladoshlar. E'tiboringizga quyidagilarni ma'lum qilaman. Maktabimiz 1680 o'rinli, ikki smenada 3680 o'quvchi sig'imiga ega. O'quv yili yakunida o'quvchilar 4360 nafar edi, 11-sinfni 171 nafar o'quvchi bitirdi natijada 4189 nafar o'quvchi qoldi. 1-sinfga 420 nafar o'quvchini qabul qilish rejamiz bor, shundan 105 nafar 3 ta sinf ta'lim tili rus, 315 nafar 9 ta sinf ta'lim tili o'zbek. 4189+420=4609 nafarni tashkil etadi. Natijada sig'imga nisbatan 1249 nafarga o'quvchi soni ortib ketmoqda. Buning uchun qo'shimcha sinf zarur bo'ladi. Hozirda biologiya, kimyo, fizika, ingliz tili, o'qituvchilar xonasi, tasviriysan'at va boshqa xonalar sinf xona sifatida moslashtirilib foydalanib kelinmoqda. Yana qo'shimcha sinf ochish uchun bo'sh xona mavjud emas. Shuningdek 80- va 81-maktab to'lgani uchun hududda 82- va 83-maktablar ochilib ta'lim rus tilidagi sinflar tashkil etilgan. Kelgusi yil yana bitta yangi maktab foydalanishga topshiriladi. Qolaversa bolalarni ona tilisida o'qitishni kafolatlaydi. 3-iyul kuni soat 14:00 da ta'lim rus tilidagi sinflarga 105 nafar bola suhbat va onlayn navbat asosida qabul qilib olindi va qabul yakunlandi. Onlayn ariza topshirib navbat olmagan yoki navbat olgan bo'lsada joy qolmagani munosabati bilan arizalarni rad qilib hududdagi 82-, 83- yoki boshqa maktabga ta'lim rus tilida olib boradigan maktabga ariza yuborish yoinki 81-maktabga ta'lim o'zbek tilidagi sinflarga arizani tahrirlab yuborish mumkinligini bildiraman. Shuningdek, ta'lim rus tilidagi  yuqori 5-11 sinfda rus tilida dars beradigan o'qituvchilar ayrim fanlardan yetarli malakaga ega emas yoki umuman mavjud emasligini yana bir bor eslataman bu haqida oldin ham ko'p bora aytganman.

Rasmiy bayonot Samarqand shahar 81-maktab 2026-2027 o'quv yilida jami 12 ta sinfga 420 nafar bolalarni 1-sinfga qabul qilishni rejalashtirgan edi, rejaga asosan shundan 3 ta sinfga 105 nafar bolalar qabul qilinib ta'lim rus sinfdagi qabul to'xtatildi. Ta'lim o'zbek tilidagi sinflarga 9 ta sinfga 315 nafar bolalarni qabul qilish reja qilingan, faqat ushbu sinflarga qabul davom etmoqda.

#Yunon_rum_kurashi #Erkin_kurash Kutib oling ko'plab talab va takliflarga binoan Olimpiya o'yinlari dasturida bo'lgan Yunon r
#Yunon_rum_kurashi #Erkin_kurash Kutib oling ko'plab talab va takliflarga binoan Olimpiya o'yinlari dasturida bo'lgan Yunon rum va erkin kurash endi Qorasuvda ! 📌Yunon rum va erkin kurash 5-6- yoshdan boshlab bolalar shug'ullanishi mumkin bo'lgan sport turi hisoblanadi. ⚡️Agar farzandingizning egiluvchanlik chaqqonlik tezkorlik chidamlilik kabi jismoniy sifatlarining yuqori darajada shakllanishini istasangiz, tanlovda adashmadingiz ! Mashg'ulot kunlari:  Dushanba Chorshanba Juma Erkin kurash  8:30-10:30 Yunon-rum kurashi 18:00 -20:00 📍Manzil :    Qorasuv massivi 81-maktab 2-qavat sport zali 📱Tel: +998 93 832 77 22 t.me/Ikrom_Kaxramanov

#uzb35 #davlat_gerbi #Ramzlarimiz_faxrimiz ☀️2-iyul – Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilingan kun ☀️Bayramingiz
#uzb35 #davlat_gerbi #Ramzlarimiz_faxrimiz ☀️2-iyul – Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilingan kun ☀️Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz Yurtdoshlar! Samarqand shahar 81-maktab 📲 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring 🏞Telegram | 🏙Facebook 📡Web-sayt | 🎞YouTube

Repost from N/a
#uzb35 #davlat_gerbi #Ramzlarimiz_faxrimiz ☀️2-iyul – Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilingan kun ☀️Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz Yurtdoshlar! Samarqand shahar 81-maktab 📲 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring 🏞Telegram |  🏙Facebook 📡Web-sayt | 🎞YouTube

Repost from E’zoza Karimova
🎒 Farzandingizni o‘z qo‘lingiz bilan maktabdan sovutib qo‘ymang! (Ota-onalar yo‘l qo‘yadigan eng katta xato) 🏫 Ayni qabul vaqtida ko‘pchilik ota-onalar farzandining kelajagi uchun eng yaxshisini xohlab, ammo e’tibordan chetda qoladigan bir jiddiy xatoga yo‘l qo‘yishadi. “Maktabda o‘zi o‘rganib ketadi”, “Zehni o‘tkir, yoshligidan qo‘shimcha til bilsa, foyda” degan o‘y bilan bolani u umuman tushunmaydigan tildagi sinfga joylashtirishadi. Biroq, bilmay qilingan bu qaror bolaning butun ta’lim hayotiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. 🧠 Nima uchun ta’lim tilini to‘g‘ri tanlash o‘ta muhim?
Fanlarni o‘zlashtirishdagi to‘siq: 1-sinfda bola nafaqat o‘qish va yozishni, balki matematika hamda tabiiy fanlarni ham anglashi, mantiqiy fikrlashni o‘rganishi kerak. O‘qituvchisini tushunmasa, u fanni qanday o‘zlashtiradi? Tilni bilmasa, uy vazifalarini qanday bajaradi? Bu jarayonda siz unga qanday yordam bera olasiz? ➖  Psixologik zarba: Psixologlarning ta’kidlashicha, 1-sinf — shundoq ham bola uchun katta stress. Yangi muhit, yangi tartib, notanish jamoa. Bu stress ustiga til to‘sig‘i ham qo‘shilsa, bola xato qilishdan va savol berishdan qo‘rqadigan bo‘lib qoladi. ➖ O‘ziga ishonchning sinishi: Bolaning ichidagi ulkan salohiyat va iqtidor faqatgina shu tilni tushunmaslik kompleksi sababli yuzaga chiqmay, so‘nib qoladi.
🎓 Eng muhimi — farzandingiz maktabga o‘zlashtirishdan qiynalib, tushkun kayfiyatda emas, balki bilim olishga bo‘lgan katta ishtiyoq bilan borsin! ✉️ Telegram 📱 Instagram 🗳 Facebook

🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🟦🟦 TEZKOR MA'LUMOT 📣 Hurmatli yurtdoshlar! Xabaringiz bor, kadastr ma’lumotlar bazasini yagona tizim -
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🟦🟦 TEZKOR MA'LUMOT 📣 Hurmatli yurtdoshlar! Xabaringiz bor, kadastr ma’lumotlar bazasini yagona tizim - UZKAD axborot dasturida birlashtirib, aholi va davlat idoralariga xizmat qiluvchi yagona tizim yaratilmoqda. Tizimlarni birlashtirish jarayonida ayrim ko‘chmas mulk obyektlari manzillari bo‘yichamy.maktab.uz” platformasi bilan bog‘liq noaniqliklar kuzatilmoqda. ▶️ Shu kabi holatlarni bartaraf qilish maqsadida Respublika bo‘yicha tezkor shtab tashkil etildi. ◼️Farzandingizni 1-sinfga qabul jarayonida kadastr bilan bog‘liq muammolar kuzatilgan taqdirda @Dkpuz_bot telegram boti yoki 71-207-00-03, (ichki raqami 216, 211, 232), 99-849-70-02, 77-131-80-44 raqamlari orqali biz bilan bog‘lanishingiz mumkin. Tezkor shtabning hududiy telefon raqamlari: ▫️ Andijon viloyati: 74-224-20-25, 93-810-87-57 ▫️ Namangan viloyati: 69-233-27-33, 88-920-01-00 ▫️ Jizzax viloyati: 72-226-75-23, 93-307-87-35 ▫️ Toshkent viloyati: 71-502-02-07, 90-135-35-05 ▫️ Surxondaryo viloyati: 55-451-22-19, 93-220-62-96 ▫️ Qoraqalpog'iston Respublikasi: 61-224-91-02, 99-194-60-60 ▫️ Sirdaryo viloyati: 67-236-50-05, 97-218-01-17 ▫️ Qashqadaryo viloyati: 75-227-79-97, 98-444-70-17 ▫️ Xorazm viloyati: 62-224-67-04, 87-872-92-91 ▫️ Navoiy viloyati: 79-222-46-31, 94-145-60-45 ▫️ Buxoro viloyati: 65-221-01-88, 93-452-15-54 ▫️ Samarqand viloyati: 95-508-81-50, 97-405-02-94 ▫️ Farg'ona viloyati: 73-229-02-07, 77-319-07-01 ✔️ Xatolik tez fursatlarda va bepul bartaraf etilishini ma’lum qilamiz. Shu o‘rinda, fuqarolarni ro‘yxat (propiska)ga qo‘yish, o‘chirish yoki o‘zgartirish Kadastr idoralari vakolati doirasida emasligini qayd etish lozim. #DavKadastrPalata  #tezkor_ma_lumot #uzkad Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter

M

⚡️Bilimdonlar — yangi mavsumga tayyormisiz? Mamlakatimizdagi millionlab yoshlar va ziyo maskani bo‘lgan oilalarni ilm yo‘lida
⚡️Bilimdonlar — yangi mavsumga tayyormisiz? Mamlakatimizdagi millionlab yoshlar va ziyo maskani bo‘lgan oilalarni ilm yo‘lida birlashtirib kelayotgan “Yosh kitobxon” hamda “Yosh kitobxon oila” tanlovlarining 2026-yilgi mavsumi uchun kitoblar ro‘yxatini e’lon qilamiz! Bilim va tafakkur bellashuvida ishtirok etish uchun mutolaani hozirdan boshlang. Yangi mavsum asarlari bilan quyidagi havolalar orqali tanishishingiz mumkin: 👉 “Yosh kitobxon” kitoblar ro‘yxati; 👉 “Yosh kitobxon oila” kitoblar ro‘yxati. Tanlovda ishtirok etish uchun hoziroq ro‘yxatdan o‘ting: 1. @yoshkitobxon_bot 2. @kitobxonoila_bot Yangi mavsumda barchaga omad hamda zafarlar tilaymiz! @alisher_sadullaev

#infografika ❗️ DIQQAT, ERTAGA ... ✅JASORAT MAKTABLARI, ✅AL-BERUNIY NOMIDAGI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB-INTERNATIGA ✅"PREZIDE
#infografika ❗️ DIQQAT, ERTAGA ... ✅JASORAT MAKTABLARI, ✅AL-BERUNIY NOMIDAGI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB-INTERNATIGA ✅"PREZIDENT IQTIDORLI FARZANDLARI TASHABBUSINI QO‘LLAB-QUVVATLASH" MILLIY DASTURI DOIRASIDA IMTIHONLAR TASHKIL ETILADI. Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi axborot xizmati             📱Telegram |📱 Facebook |📱 YouTube 📱 Veb-sayt📱instagram

‼️‼️‼️ #Диққат_эълон 2026–2027-o‘quv yili uchun texnikumlarga hujjatlar qabuli boshlanmoqda! ⏰ 2026-yil 1-IYULdan boshlab tex
‼️‼️‼️ #Диққат_эълон 2026–2027-o‘quv yili uchun texnikumlarga hujjatlar qabuli boshlanmoqda!   ⏰ 2026-yil 1-IYULdan boshlab texnikumlarga ONLAYN qabul jarayonlari boshlanadi.  
9-sinf bitiruvchilari uchun:
📊 570 ta texnikumga hujjat topshirish imkoniyati mavjud bo’lib, mazkur muassasalarda 166 ta kasb-hunar turlari o’rgatiladi. Umumiy kvotalar soni — 202 657 ta. 🔴 Arizalar 1-20-iyul kunlari qabul qilinadi.  
11-sinf bitiruvchilari uchun:
📊 641 ta texnikumga hujjat topshirish mumkin, bu yerda 276 ta kasb va mutaxassislik yo’nalishlari mavjud. 🔹Umumiy kvota — 134 570 ta 🔹Shundan 61 298 tasi davlat granti 🔴 Arizalar 10-avgustdan 10-sentabrgacha qabul qilinadi.   🌐 Shuningdek, 14 ta Ilg‘or kasbiy mahorat texnikumlarida 27 ta kasb va mutaxassislik o‘rgatiladi. 🔹Umumiy kvota — 1 760 ta qabul o‘rni 🔹Shundan 1 640 tasi davlat granti   🌐 Arizalarni my.edu.uz platformasi orqali onlayn yuborishingiz mumkin. 📊 Ma’lumot o‘rnida: joriy yilda 34 foiz 9-sinf bitiruvchilarini texnikumlarga jalb etish rejalashtirilgan.   📢 Kelajagingiz sari ilk qadamni bugundan tashlang! O‘zingizga mos kasbni tanlang va imkoniyatni qo‘ldan boy bermang! #Texnikumlar 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 Telegram          🌐 Facebook 🌐 Youtube           🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt          😄 Linkedin

Hurmatli 9-sinf bitiruvchilari va ota-onalar! 📅 Eslatib o‘tamiz, ertadan — 1-iyuldan boshlab 9-sinf bitiruvchilarini texnikumlarga qabul qilish jarayonlari boshlanadi. 🎥 Qabul jarayonlari videorolikda ko‘rsatilgan tartib va yo‘riqnoma asosida amalga oshiriladi.

Qo‘lida kasbi bo‘lib, xalqaro talablar asosida yangi ko‘nikmalarni egallamoqchi bo‘lgan yoshlarga “kasb vaucheri”ni berish yo
Qo‘lida kasbi bo‘lib, xalqaro talablar asosida yangi ko‘nikmalarni egallamoqchi bo‘lgan yoshlarga “kasb vaucheri”ni berish yo‘lga qo‘yiladi. Ushbu “kasb vaucheri” foizsiz ssuda shaklida bo‘lib, har yili 50 ming nafar yoshning zamonaviy kasblarni o‘rganish xarajatlari qoplab beriladi. Ehtiyojmand oilalardagi 85 ming ishsiz yoshlar xususiy o‘quv markazida kasb egallashi uchun bepul “vaucher” taqdim etiladi. Shu yilning o‘zida “kasb vaucheri” va bepul “vaucher” tizimi uchun 120 milliard so‘m ajratiladi. Talab bo‘lsa, ushbu mablag‘ ko‘paytirib boriladi. Xorijiy tilni puxta o‘rganib, yuqori natija bilan sertifikat olgan yoshlarga bu xarajatini qoplash tizimi o‘zini oqladi. Prezidentimiz buni xalqaro kasb sertifikatini olganlarga ham tatbiq qilishni taklif etdi. Yoshlarga kasb o‘rgatishning eng muhim bo‘g‘ini bo‘lgan texnikumlarda xususiy sektor ishtiroki yanada kengaytiriladi. Buning uchun texnikum ochishdagi litsenziya sharti soddalashtirilib, 20 dan ortiq talab bekor qilinadi. Yangi o‘quv yilidan xususiy texnikumlarga ham kasbga o‘qitish bo‘yicha davlat granti beriladi. Yana bir yangilik – xalqaro kasb tanlovlarida g‘olib bo‘lgan davlat va xususiy texnikum o‘quvchilari 100 million so‘mdan, ularni tayyorlagan ustozlari 50 million so‘mdan mukofot oladi. Facebook|Instagram|X

“Bugungi kunning muvaffaqiyat formulasi, ertangi taraqqiyotning mustahkam zamini uchta eng muhim ustunga tayanadi. Bu – bilim
“Bugungi kunning muvaffaqiyat formulasi, ertangi taraqqiyotning mustahkam zamini uchta eng muhim ustunga tayanadi. Bu – bilim, kasb va texnologiya! Mening niyatim – har bir yigit-qiz ana shunday imkoniyatga ega bo‘lib, hayotda munosib o‘rnini topsin,
– dedi Prezidentimiz. Shuning uchun har yili 500 ming o‘g‘il-qizni zamonaviy kasbga ega bo‘lishini ta’minlaydigan “Kelajak bilimlari ekotizimi” yo‘lga qo‘yiladi. Hududlarimizda “O‘quv markazi qurib, yoshlarga kasb va til o‘rgataman” degan o‘g‘il-qizlar ko‘payib bormoqda. Endilikda bu maqsadlar uchun yer va davlat obyektlari imtiyozli narxda auksionga chiqariladi. Yoshlar to‘lovni besh yilda foizsiz bo‘lib to‘laydi. Infratuzilmaga zarurat bo‘lsa, davlat qilib beradi. O‘quv markazini qurish va jihozlash uchun kredit stavkasining 7 foizi kompensatsiya qilinadi. Yoshlar o‘quv markazlariga xorijiy ilg‘or o‘quv dasturlari va o‘qituvchilarni olib kelsa, davlat ushbu xarajatning yarmini qoplashga ham tayyor. Facebook|Instagram|X

🇺🇿 30-iyun — Yoshlar kuni muborak! Aziz yoshlar! 🌟 Sizlarni "30-iyun — Yoshlar kuni" munosabati bilan samimiy muborakbod etamiz. Yuksak marralarni zabt etishdan, bilim va intilish yo'lidan hech qachon to'xtamang. Kelajagimiz bunyodkori bo'lgan sizlarga mustahkam sog'lik, cheksiz imkoniyatlar va ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz! Bayramingiz muborak bo'lsin! 🌟 Hurmat bilan Samarqand shahar 81-maktab direktori Oloviddin Ochilov

💥Bugun 30-iyun — O‘zbekistonda "Yoshlar kuni" Barcha yoshlarni bayram bilan tabriklaymiz! 📲 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuza
💥Bugun 30-iyun — O‘zbekistonda "Yoshlar kuni"
Barcha yoshlarni bayram bilan tabriklaymiz!
📲 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring🔎 🏞Telegram |  🏙Facebook 📡Web-sayt | 🎞YouTube

1-sinfga my.maktab.uz saytdan onlayn ariza yuborishda mikro hududdagi maktab emas boshqa maktab chiqsa shahar kadastr bo'limiga murojaat qilish so'raladi.

photo content

#QABUL_2026_2027 ➡️HURMATLI ABITURIYENTLAR! 📌Sizlarni qiynayotgan "Qaysi yo‘nalishni tanlasam, kelajakda kim bo‘laman?" kabi savollarga Biotexnologiya va ekologiya fakulteti misolida javob topdik! ➡️Agarda siz: Biologiya taʼlim yo‘nalishini tanlasangiz — biologiya fani o‘qituvchisi va biolog tadqiqotchi bo‘lib yetishasiz. Biotexnologiya yo‘nalishi sizni zamonaviy biotexnolog, muhandis-biotexnolog, laboratoriya mutaxassisi va innovatsion texnologiyalar yaratuvchisiga aylantiradi. Dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash texnologiyasi yo‘nalishida tahsil olsangiz, agronom, texnolog va dorishunos sifatida shifobaxsh o‘simliklar mutaxassisi sifatida faoliyat yuritishingiz mumkin. Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi yo‘nalishi esa sizga ekolog, agroekolog kabi ekologik monitoring mutaxassisi va atrof-muhit boshqaruvi bo‘yicha mutaxassis bo‘lish imkonini beradi. Suv bioresurslari va akvakultura yo‘nalishini tanlasangiz, gidrobiolog, ixtiolog va akvakultura mutaxassisi sifatida faoliyat olib borasiz. Veterinariya farmatsevtikasi yo‘nalishida esa kelajakda veterinar farmatsevt sohasi mutaxassisi bo‘lib yetishasiz. 🌟Bir fakultet — 6 ta yo‘nalish! 🌟6 ta yo‘nalish — cheksiz imkoniyatlar majmui! 🔵Kelajagingiz uchun to‘g‘ri tanlov qiling. Vaqtni boy bermang! 📞Hoziroq biz bilan bog‘laning va o‘z orzularingiz sari ilk qadamni tashlang! ➡️Biz sizni kutyapmiz ! Kasb tanlash — bir kunlik qaror, uning natijasi esa butun umrga tatigulik kelajakdir! 📍MUROJAAT UCHUN: +998991862551 +998944147700 SamDVMCHBU Axborot xizmati ➡️ Bizni kuzatib boring !! 🌐Sayt  Telegram 🌐 Instagram  💬Facebook  📹 You tube