81-MAKTAB | Rasmiy kanal
Open in Telegram
Kanalda maktab hayotiga oid yangiliklar, e'lonlar, ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar, ijodiy ishlar, ochiq darslar, to'garaklar yoritiladi Murojaat: (dir) @OloviddinSaloxiddinovich Murojaat: @NematovAsliddin https://www.facebook.com/groups/532386137864402
Show more2 174
Subscribers
+124 hours
+597 days
+10630 days
Posts Archive
+6
🔔BIRINCHI QO‘NG‘IROQ CHALINDI!
🇺🇿Mamlakatimiz bo‘ylab umumta’lim maktablarida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlari o‘tkazilmoqda.
📍Samarqand viloyati IIB JXX YHXB boshlig‘i Samarqand shahridagi 81-sonli umumta’lim maktabida tashkil etilgan tadbirda ishtirok etdi.
Tadbir davomida boshqarma boshlig’i o‘quvchilar, ota-onalar hamda ustoz-murabbiylarga murojaatini o’qib eshittirdi.
Shuningdek, YHXB boshlig‘i o‘quvchi-yoshlar va ustoz-murabbiylarni 2-sentyabr — Bilimlar kuni hamda yangi o‘quv yili boshlanishi bilan samimiy muborakbod etdi.🎓Yangi o‘quv yili barchaga ulkan zafarlar, yangi bilim va yutuqlar olib kelsin! https://t.me/samyhxb 📲 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring🔎 🏞Telegram | 🏙Facebook 📡Web-sayt | 🎞YouTube
Repost from Samarqand viloyati IIB JXX YHXB I Rasmiy kanal
+7
🔔BIRINCHI QO‘NG‘IROQ CHALINDI!
🇺🇿Mamlakatimiz bo‘ylab umumta’lim maktablarida “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlari o‘tkazilmoqda.
📍Samarqand viloyati IIB JXX YHXB boshlig‘i Samarqand shahridagi 81-sonli umumta’lim maktabida tashkil etilgan tadbirda ishtirok etdi.
Tadbir davomida boshqarma boshlig’i o‘quvchilar, ota-onalar hamda ustoz-murabbiylarga murojaatini o’qib eshittirdi.
Shuningdek, YHXB boshlig‘i o‘quvchi-yoshlar va ustoz-murabbiylarni 2-sentyabr — Bilimlar kuni hamda yangi o‘quv yili boshlanishi bilan samimiy muborakbod etdi.🎓Yangi o‘quv yili barchaga ulkan zafarlar, yangi bilim va yutuqlar olib kelsin! https://t.me/samyhxb
Repost from Samarqand viloyati IIB JXX YHXB I Rasmiy kanal
+9
🚸 BOLALAR XAVFSIZLIGI —ustuvor vazifa!
Yangi o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan Samarqand viloyati IIB JXX YHXB YPX xodimlari tomonidan ta’lim muassasalari atrofida kuchaytirilgan xizmat faoliyati olib borilmoqda.
👮♂️ Xodimlar maktablar oldida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, o‘quvchilarning yo‘lni xavfsiz kesib o‘tishini nazorat qilish hamda yo‘l-transport hodisalarining oldini olish choralarini ko‘rmoqda.
📚 Farzandlarimiz xavfsizligi — barchamizning ustuvor vazifamiz!
https://t.me/samyhxb
+9
"BIRINCHI QO‘NG‘IROQ" TADBIRI BO'LIB O'TDI
🇺🇿Bugun mamlakatimizdagi barcha umumtaʼlim maktablarida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi keng nishonlanmoqda hamda “Birinchi qo‘ng‘iroq” jaranglab, minglab o‘quvchi yoshlarimiz maktab ostonasiga qadam qo‘yishdi.📲 Samarqand shahar 81-maktabda "Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!" shiori ostida "Birinchi qo‘ng‘iroq" tadbirlari o‘tkazilda hamda Prezident sovg‘alari 1-sinf o‘quvchilarga topshirildi 📲 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring🔎 🏞Telegram | 🏙Facebook 📡Web-sayt | 🎞YouTube
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Mamlakatimiz maktablari o‘quvchilari va ustoz-murabbiylariga tabrik
—
Поздравление школьникам, учителям и наставникам нашей страны
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Repost from N/a
📎2-sentabr kuni "Kelajak soati" mashg'ulotlarini o'tkazishda foydalaniladigan materiallar
✅ Maktabgacha ta'lim muassasalari uchun
✅ 1-4-sinflar uchun
✅ 5-8-sinflar uchun
✅ 9-11-sinflar uchun
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizni kuzatib boring!
📱Telegram 🎬Youtube 📱Instagram 🌐Veb-sayt
🇺🇿 Rustamova Laziza
🏫 Samarqand shahar 81-maktabning 4-“U” sinf o‘quvchisi yurtimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Vatanimizga bo‘lgan mehr va sadoqatini ifoda etib, Mustaqillikka atab she’r yod oldi. 🇺🇿❤️
📲 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring🔎
🏞Telegram | 🏙Facebook
📡Web-sayt | 🎞YouTube
🇺🇿 Mustaqillikning 35 yilligi muborak!
Hurmatli yurtdoshlar!
🔹 Sizlarni O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi bilan samimiy muborakbod etaman!
Ushbu ulug‘ sana yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligi va kelajagimizga bo‘lgan ishonchimizni yanada mustahkamlasin. Ta’lim sohasi vakili sifatida yosh avlodga sifatli ta’lim va munosib tarbiya berish yo‘lidagi ezgu ishlarimiz bardavom bo‘lsin!
Mustaqilligimiz abadiy, yurtimiz tinch va osmonimiz musaffo bo‘lsin!
Hurmat bilan Oloviddin Ochilov
Repost from Samarqand viloyati IIB JXX YHXB I Rasmiy kanal
⚠️ Bir soniya… hammasini o‘zgartiradi!
🚸 Yo‘llarda bolalarni asrang!
📅 2-sentyabrdan 30-sentyabrgacha o‘tkaziladigan “Diqqat, piyoda!”, “Diqqat, bolalar!” tadbirlarida faol ishtirok eting!
🤝 Farzandlarimiz xavfsizligi — barchamizning umumiy mas’uliyatimiz!
https://t.me/samyhxb
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿
🇺🇿"Yagona Vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!"
Samarqand shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i Z.Nuriddinovning bayram tabrigi.
🟢 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
📱Telegram| 📱 Facebook|🌐 Web-sayt| 📱You Tube|
📚 ОБРАЩЕНИЕ ДИРЕКТОРА САМАРКАНДСКОЙ ГОРОДСКОЙ ШКОЛЫ №81
В СВЯЗИ С НАЧАЛОМ НОВОГО УЧЕБНОГО ГОДА
Уважаемые родители!
Дорогие учащиеся!
Прежде всего, искренне поздравляю всех вас с началом нового 2026–2027 учебного года и Днём знаний!
Пусть новый учебный год станет для всех нас годом новых целей, добрых начинаний, высоких результатов и больших достижений!
📅 Учебные занятия начинаются 2 сентября 2026 года.
В связи с этим убедительно просим всех учащихся:
🔹 приходить в школу в установленной школьной форме;
🔹 приходить на занятия вовремя, не опаздывая;
🔹 иметь при себе необходимые учебники, тетради и школьные принадлежности;
🔹 при следовании в школу и обратно строго соблюдать правила дорожного движения;
🔹 переходить дорогу только в установленных местах;
🔹 ответственно относиться к собственной безопасности и безопасности окружающих.
🚗 УВАЖАЕМЫЕ РОДИТЕЛИ!
Безопасность наших детей — наша общая и первостепенная задача.
В связи с этим просим вас при доставке и встрече детей не останавливать транспортные средства в непосредственной близости от школы в местах, создающих заторы, не препятствовать движению пешеходов и не создавать неудобств другим учащимся и родителям.
❗️ Особое внимание просим обратить на то, чтобы ваши дети не управляли без соответствующего разрешения автомобилями, мотоциклами, мопедами и другими автотранспортными средствами и не приезжали на них в школу.
Помните: одна секунда невнимательности может привести к непоправимым последствиям.
🏫 О ПОРЯДКЕ ВХОДА И ВЫХОДА ИЗ ШКОЛЫ
Сегодня в Самаркандской городской школе №81 обучаются 4632 учащихся, образовательный и воспитательный процесс которых обеспечивают 200 педагогов.
Организация безопасного и упорядоченного входа и выхода такого большого количества учащихся является для нас очень ответственным и непростым процессом.
Вместе с тем некоторые родители стремятся пройти вместе с ребёнком внутрь школы и проводить его непосредственно до классной комнаты. Это приводит к дополнительной скученности и затрудняет организацию пропускного режима, контроль за движением учащихся, а также обеспечение порядка и безопасности в школе.
🙏 В связи с этим уважаемые родители, убедительно просим провожать ребёнка только до входных ворот школы, после чего позволить ему самостоятельно пройти в школу.
☝️ Исключение составляют учащиеся начальных классов и дети, впервые принятые в нашу школу. В период их адаптации к школьной среде мы с пониманием относимся к необходимости сопровождения со стороны родителей.
Провожая ребёнка только до школьных ворот, вы помогаете нам обеспечить порядок и безопасность, а также создаёте условия для свободного и безопасного входа и выхода тысяч учащихся.
🤝 Ваше понимание и сотрудничество значительно облегчат нашу работу и, самое главное, будут способствовать обеспечению безопасности ваших детей.
Давайте начнём новый учебный год с дисциплины, взаимного уважения, порядка и строгого соблюдения правил безопасности!
🌟 С новым учебным годом! С Днём знаний!
Желаю всем нашим учащимся крепкого здоровья, отличных оценок, новых знаний и больших успехов!
Директор Самаркандской городской школы №81
📚 YANGI O‘QUV YILI BOSHLANISHI MUNOSABATI BILAN MUROJAAT
Hurmatli ota-onalar!
Aziz o‘quvchilar!
Avvalo, barchangizni yangi 2026–2027-o‘quv yilining boshlanishi hamda “Bilimlar kuni” bilan samimiy muborakbod etaman!
Yangi o‘quv yili barchamiz uchun yangi maqsadlar, ezgu niyatlar va katta yutuqlar boshlanishi bo‘lishiga tilakdoshman.
📅 Dars mashg‘ulotlari 2026-yil 2-sentabr kunidan boshlanadi.
Shu munosabat bilan barcha o‘quvchilarimizdan:
🔹 maktabga belgilangan maktab formasida kelishlarini;
🔹 dars mashg‘ulotlariga kechikmasdan, o‘z vaqtida yetib kelishlarini;
🔹 zarur o‘quv qurollari va darsliklar bilan ta’minlangan holda kelishlarini;
🔹 maktabga kelish va qaytishda yo‘l harakati qoidalariga qat’iy amal qilishlarini;
🔹 yo‘lni faqat belgilangan joylardan kesib o‘tishlarini;
🔹 o‘z xavfsizligi va atrofdagilar xavfsizligiga mas’uliyat bilan yondashishlarini so‘rayman.
🚗 HURMATLI OTA-ONALAR!
Farzandlarimizning xavfsizligi — barchamiz uchun eng muhim masala.
Shu sababli maktab oldida farzandingizni olib kelish yoki olib ketish vaqtida transport vositalarini tartibsiz to‘xtatib, tirbandlik hosil qilmasligingizni, piyodalar va boshqa o‘quvchilarga noqulaylik tug‘dirmasligingizni so‘raymiz.
❗️ Ayniqsa, farzandlaringizning turli avtomototransport vositalarini ruxsatsiz boshqarib maktabga kelishlariga yo‘l qo‘ymang.
Bir lahzalik e’tiborsizlik katta baxtsizlikka sabab bo‘lishi mumkin.
🏫 MAKTABGA KIRISH-CHIQISH TARTIBI
Bugungi kunda Samarqand shahar 81-maktabida 4632 nafar o‘quvchi ta’lim-tarbiya olmoqda. Ularga 200 nafar pedagog ta’lim bermoqda.
Shunday katta jamoaning maktabga kirib-chiqishini tartibli va xavfsiz tashkil etish biz uchun juda katta mas’uliyat va mashaqqatni talab qiladi.
Ayrim ota-onalar farzandlarini maktab ichiga kirib, hatto sinf xonasigacha kuzatib qo‘yishni istashmoqda. Bu esa maktabga kirish-chiqish jarayonida ortiqcha gavjumlikni yuzaga keltirib, o‘quvchilar harakatini nazorat qilish hamda maktabdagi tartib va xavfsizlikni ta’minlash ishlarimizni qiyinlashtirmoqda.
🙏 Shu bois, hurmatli ota-onalar, farzandingizni maktabning kirish darvozasigacha kuzatib qo‘yishingizni va undan keyingi yo‘lni mustaqil ravishda davom ettirishiga imkon berishingizni iltimos qilamiz.
☝️ Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari hamda maktabga yangi qabul qilingan o‘quvchilar bundan mustasno. Ularning maktab muhitiga moslashish davrida ota-onalar tomonidan kuzatib borilishiga tushunish bilan qaraymiz.
Farzandingizni maktab darvozasigacha kuzatib qo‘yish orqali Siz nafaqat maktabimizdagi tartib va xavfsizlikni ta’minlashga, balki minglab o‘quvchilarning maktabga erkin va xavfsiz kirib-chiqishiga ham o‘z hissangizni qo‘shgan bo‘lasiz.
🤝 Sizning hamkorligingiz — bizning ishimizni yengillashtiradi, farzandingiz xavfsizligini ta’minlashga xizmat qiladi.
Keling, yangi o‘quv yilini tartib, intizom, o‘zaro hurmat va xavfsizlik qoidalariga qat’iy amal qilgan holda boshlaylik!
🌟 Yangi o‘quv yili barchamizga muborak bo‘lsin!
Barcha o‘quvchilarimizga mustahkam sog‘lik, a’lo baholar, ilm olish yo‘lida ulkan zafarlar tilayman!
Samarqand shahar 81-maktab direktori
