en
Feedback
SINF SOATLARI

SINF SOATLARI

Open in Telegram

Ushbu kanaldan hikmatlar, hikoyalar va ibratli voqealar topishingiz mumkin.

Show more
705
Subscribers
+124 hours
+17 days
+3130 days
Posts Archive
11-SINF RAHBARI DAFTARI 2026-2027.docx6.94 KB

10-SINF RAHBARI DAFTARI 2026-2027.docx6.95 KB

9-SINF RAHBARI DAFTARI 2026-2027.docx6.93 KB

8-SINF RAHBARI DAFTARI 2026-2027.docx6.93 KB

7-SINF RAHBARI DAFTARI 2026-2027.docx6.93 KB

6-SINF RAHBARI DAFTARI 2026-2027.docx6.92 KB

5-SINF RAHBARI DAFTARI 2026-2027.docx6.94 KB

4-SINF RAHBARI DAFTARI 2026-2027.docx6.92 KB

3-SINF RAHBARI DAFTARI 2026-2027.docx6.91 KB

2-SINF RAHBARI DAFTARI 2026-2027.docx6.92 KB

1-SINF RAHBARI DAFTARI 2026-2027.docx6.91 KB

🧑‍💻👩‍💼👨‍💼

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning mamlakatimiz maktablari oʻquvchilari va ustoz-murabbiylariga tabrigi Aziz farzandlarim! Qadrli ustoz va murabbiylar! Hurmatli ota-onalar! Barchangizni Vatanimiz mustaqilligining 35-yillik qutlugʻ bayramiga uygʻun va hamohang holda oʻtayotgan Bilimlar kuni bilan chin dildan samimiy muborakbod etaman. Ushbu quvonchli ayyomda begʻubor nigohlarida hayrat va hayajon uchqunlari porlab, katta orzu-intilishlar bilan maktab ostonasiga qadam qoʻyayotgan 800 ming nafarga yaqin oʻgʻil-qizlarimizga, ota-onalar va pedagoglar jamoatchiligiga oʻzimning ezgu tilaklarimni bildiraman. Yangi oʻquv yili mamlakatimizning butun taʼlim tizimida, maktab, litsey, texnikum va oliygohlarimiz hayotida yangi maʼrifiy yuksalish yili boʻlsin! Hurmatli bayram ishtirokchilari! Keyingi yillarda taʼlim-tarbiya sohasida amalga oshirayotgan keng koʻlamli islohotlarimiz tufayli Yangi Oʻzbekiston maktablari butunlay yangicha qiyofa kasb etib, taʼlim sifati takomillashib borayotganini barchamiz koʻrib turibmiz. Ana shunday muhitda ulgʻayib, kamolga yetayotgan, oʻqish, kasbiy taʼlim, “Ay-ti”, ijodiy izlanishlar, sport, jamoat ishlarida dastlabki yutuqlari bilan ota-onalar va ustozlarni xursand qilayotgan oʻgʻil-qizlarimiz – bizning nurli kelajagimiz, oltin fondimizdir. Bunday bilimli, zukko, tirishqoq va intiluvchan, saflari yil sayin kengayib borayotgan farzandlarimiz timsolida biz Uchinchi Renessans nihollarini koʻramiz. Ularning har birini gurkirab oʻsadigan azim daraxt, yorugʻ istiqbolimiz ustunlari etib tarbiyalash – muqaddas vazifamizdir. Hech shubhasiz, bunday ulugʻ maqsadlarga yetishda mustahkam poydevor boʻlib xizmat qiladigan taʼlim-tarbiya sohasini rivojlantirishga biz bundan buyon ham ustuvor ahamiyat qaratamiz. Maktab bagʻridan katta hayotga yoʻllanma oladigan farzandlarimiz puxta bilim bilan birga, albatta kamida bitta zamonaviy kasb-hunarni egallab chiqishi uchun barcha sharoitlarni yaratamiz. Buning uchun hududlarda “Kasblar shaharchalari”ni yaratib, zamonaviy tajriba hamda ilgʻor mutaxassislarni jalb etamiz. Aziz farzandlarim, sizlarga baxtli va saodatli hayot eshiklarini ochadigan kalit ham, umr yoʻllaringizda paydo boʻladigan murakkab savollarning yechimi, sinov va mashaqqatlarni yengib oʻtishning kafolati ham faqat bilim, bilim va bilimdir. Goʻzal yoshlikning har bir daqiqasini qadrlab, yangi ilm, gʻoya va innovatsiyalarni, kasb va hunarlarni, ona tilimiz, boy tariximiz va madaniyatimiz asoslarini puxta egallang. Jahon tarixi va xorijiy tillarni ham astoydil oʻrganing. Izlanish va harakatdan hech qachon toʻxtamang. Ajdodlarimizdan meros boʻlgan tabarruk zaminimizni butun qalbingiz, yuragingiz bilan seving, xalqimiz va Vatanimizga cheksiz sadoqat tuygʻulari bilan yashang! Shu yoʻlda mehribon ustozlaringiz, ota-onalaringizni eng yaqin doʻst va maslahatchi deb biling! Sizlarga yangi oʻquv yilini aʼlo baholar bilan boshlab, har bir oʻquv choragini muvaffaqiyatli yakunlashni, sihat-salomatlik, omad va zafar yor boʻlishini tilayman. Bilimlar bayrami barchangizga muborak boʻlsin, aziz farzandlarim!   Shavkat Mirziyoev, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti https://t.me/sinf_soatlari

sticker.webp0.26 KB