𝐈 𝐅 𝐅 𝐄 𝐓 🕊
Open in Telegram
Ilmiy kanal emas! Kanal nomini oʻchirib, yozganlarimni o’zlashtirib olishingizga roziligim yo’q!
Show more1 583
Subscribers
No data24 hours
-117 days
-5730 days
Posts Archive
1 583
- Toshkentda yomg’ir yog’yabdi, juda mayin
- Bu yerda anchadan beri yog’madi. Yomg’ir ovozini sog’indim judayam, hidini ham…
va oradan 1 soat o’tib tomchilagan yomg’ir ovozi…
alhamdulillah
1 583
Bugun juma…
Har juma kelganida otamning:
“Bugun juma…mazza!” - degan gaplari yodimga tushadi.
O’zimga savol beraman-da keyin.
Men jumani “mazza”ligini his qilamanmi?
Qanday his qilaman?
Nima qilaman?
Qancha jumalar oddiy kundek o’tib ketyabdi…!
Bugun kim o’zarga salovat aytmaymizmi?
@iffatliqalb
1 583
Juda kamnamo bo’lib ketdim…
Biron g’oya, mavzu bering. Kanalda nimalarni ko’rishni xohlaysiz?
1 583
Soliha ayol kapalakka o‘xshaydi.
Uni, to‘rini iymon va taqvo bilan to‘qigan kishigina ovlay oladi.
Solih kishi mazali meva daraxtiga o‘xshaydi. Uni nafsini nomaxramlardan saqlagan iffatli ayolgina tanovul qila oladi.
(laylowa)
1 583
Ummatimning yoshlari, pok Usomalari, pokiza Osiyolari!
Zumar surasining 10-oyatini sizlarga bag’ishlamoqchiman.
“Albatta sabr qilguvchilarga, ajrlari hisobsiz to’liq berilur!”
Hisobsiz ajrlaring, Robbing tomonidan beriladigan kunga salom bo’lsin!
Nureddin Yildiz
@iffatliqalb
1 583
Faqat qizlar uchun alohida yopiq guruh ochsam nima deysiz? Erkaklar kiritilmaydi, qizlar o’zimiz turli mavzularda suhbatlashamiz🤍
1 583
Iymon zaiflashayotganini his qilganda nima qilish kerak?
1. Kun yorishmasidan avval turib Allohdan mag’firat so’rang.
“…va saharda istig’for aytuvchilardir” (3:17)
2. Yolg’iz qolib ko’proq tafakkur qiling.
“…osmonlar-u yerni yerning yaratilishini tafakkur qiladiganlar” (3:191)
“Albatta, bunda tafakkur qiladigan qavmlar uchun oyat-ibratlar bordir” (39:42)
3. Solih amal egalari bilan ko’proq suhbatda bo’ling yoki suhbatlarini tinglang.
“O’zingni erta-yu, kech Robbilariga duo qilib, Uning yuzini iroda qiluvchilar ila sabr etib tut. Hayoti dunyo ziynatini xohlab, ulardan ikki ko’zingni burma” (18:28)
4. Allohni ko’p zikr qiling.
“Ey iymon keltirganlar! Allohni ko’p zikr qilinglar!” (33:41)
5.Farz va nafl ibodatlarni mahkam tuting va e’tiborli bo’ling. “Ular namozlarida xush’u ila qiluvchilardir.” (23:2)
6. Qur’onni ma’nolarini tushunishga harakat qiling. “Qur’onni tadabbur ila o’ylab ko’rmaslarmi?” (47:24)
7. Nafl ro’za tutishga odatlaning. “Bandam men uchun yemaydi, ichmaydi…” (hadis)
@iffatliqalb
1 583
Oyni ko’rsatishganda, asosiy qarash kerak bo’lgan joy qolib, barmoqqa qarab, uni kamchiligini qidirib, kavlash bilan ovvora bo’lsak, na rivojlanish bo’ladi, na o’sish bo’ladi, na o’zgarish bo’ladi.
Qaysi botqoqda bo’lsak, o’sha yerda qolib ketaveramiz…
Biz shunday bo’lganimizdan keyin, atrofimizga ham shunday odamlar yig’iladi, farzandlar ham bizdan o’tgan kamchilik qidiradigan, kichkina dumaloq doirani ichida aylanib yuradigan bo’ladi.
Bunga yo’l qo’ymaslik kerak…
Ongni o’stirish kerak!
Qoloq bo’lmaslik kerak!
@iffatliqalb
1 583
Bir insonga beriladigan narsani eng qadrlisi, bebahosi bu unga ajratilgan vaqtdir.
Alloh tomonidan o’ziga berilgan umrning qayisidir qismi siz uchun ajratishi bu aslida,haqiqatda katta fidokorlik
Xoh zarra qadar bo’lsa ham…
Shu sababli kimdir aynan siz uchun o’z vaqtini ajratsa, bu uchun unga katta minnatdorchilik bildirishni unutmang…
@iffatlqalb
1 583
Umr yetmas tavbaga, Yo Rab netaman?
Nafsim oʻchogʻida zardob yutaman.
“Charchadingmi ey bandam, avf etdim seni,
Sogʻindim, yur!” - desang, hozir ketaman!
#Gulnoz Sharif
@iffatliqalb
