en
Feedback
𝐈 𝐅 𝐅 𝐄 𝐓 🕊

𝐈 𝐅 𝐅 𝐄 𝐓 🕊

Open in Telegram

Ilmiy kanal emas! Kanal nomini oʻchirib, yozganlarimni o’zlashtirib olishingizga roziligim yo’q!

Show more
1 583
Subscribers
No data24 hours
-117 days
-5730 days
Posts Archive
Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh Qur’onni tajvid bilan o’qishni xohlovchilar; Arab tilida ham o’qishni ham yozishni o’rganmoqchi bo’lganlar uchun imkoniyat🌹🌹🌹 Arab tili harflardan boshlab o’rgatiladi Qur’on tartil bilan tôgri o’qishni o’rganasiz😍😍 (Faqat ayol-qizlar!) Murojaat uchun @Ummumastura

Bog‘lovchi nimani bog‘layapti? "Vaav" harfi bog‘lovchi harfdir. Bog‘lashlik shartlaridan biri shuki, bog‘lanuvchi narsalar bir-biriga yaqin yoki o‘xshash bo‘lishi lozim. Siz suhbat jarayonida "Men uy va qoshiq sotib oldim", demaysiz, bu yerda o‘xshashlik yo‘q. Balki, "Uy va yer sotib oldim" yoki "Uy va mashina sotib oldim" deysiz. "Vaav" harfi bog‘lanuvchilarning bir-biriga o‘xshashligini talab qiladi. Alloh azza va jalla "Robbingiz yolg‘iz O‘zigagina ibodat qilishingizga va ota-onangizga yaxshilik qilishingizga buyurdi", dedi. Bu bilan ota-onaga yaxshilik qilish amalini Allohga ibodat qilishga tenglashtirgan holda yuksaltirdi. Chunki Alloh insonning yaratuvchisi, ota-onasi esa uning vujudga kelishiga sababchilardir. Tarjimon: Muslima Salieva t.me/bintusodiq

photo content
+3

Alloh Rasuli sollallohu alayhi vasallam buyuradilarki: “Har bir musulmonning qoni, moli, iffati va nomusi boshqa musulmon uchun haromdir. G‘iybatdan saqlaning! G‘iybat zinodan ham yomondir. Zero, kishi zino qilib, oxiri tavba qilsa, Alloh afv etishi mumkin. Holbuki, g‘iybat qilganni to‘g‘ridan-to‘g‘ri kechirishi qiyin. Faqat g‘iybat qilingan kishi kechirgandan keyingina afv etishi mumkin”. @iffatliqalb

photo content

photo content
+5

Odam xamisha yashiradigan, yashirishga urinadigan illat - hasaddir. Hasad - biron tanishining, xamkasbining yoki yaqin qarindoshining muvaffaqiyati, yutug’i uchun tutilgan azadir. Hasad illati bilan kasallanmagan odam yo’q. «Menda hasad yo’q», deguvchi odamning gapiga ehtimol, siz ishonarsiz, biroq men ishonmayman. Hasad xammada bor. Bilmadim, miyyasining qaysi bir hujayrasidami yo yurakning biron-bir tomiridami, har xolda joylashib olgan bo’ladi. Hasad - shaytonning eng ishonchli quroli. Kim: «Hasad menda xam bor, ammo bosh ko’tarishiga yo’l qo’ymayman. Har nafasda u bilan olishaman, menga hukm o’tkazmaslik choralarini kuraman», desa gapiga ishonaman va uni olqishlayman. Ammo, ne fojiaki, birov hasadga yuragining to’ridan joy berib qo’ydi. Ne baxtki, boshqa birovning vududida pisib yotgan hasad erkin nafas ololmaydi - aql bo’g’ib turadi. Demak, aql ojizlansa, hasad kuchga kiradi. Hasad, Odam Atoning o’g’li Qobildan qolgan eng razil odatdir. Bilasiz, hasad tufayli Qobil ukasi Xobilni o’ldirdi. Odamzot tarixidagi birinchi qotillik hasad tufayli bo’ldi. Dilni avval san hasaddan pok kil, O’zni so’ngra sohibi idrok kil! Hasad kishining go’daklik chog’ida tug’iladi. Agar kishi o’zidagi hasad o’tini o’chira olmasa, odamlar undan nariga qocha boshlaydilar. Hasadgo’yligini yashirmaydigan odam xavfli emas, balki o’ta ustalik bilan yashiruvchi kimsa xar bir jon uchun xatarlidir. Manba: Ko’ngil nimadan qorayadi, Toxir Malik @iffatliqalb

Qalb qorayishiga sabab bo’luvchi omillar: 1. Allohning zikridan holi bo’lgan so’zlarni ko’p gapirish. Ibn Umar roziyallahu anhu, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan dan rivoyat qiladi: “Allohning zikridan holi bo’lgan so’zlarni ko’paytiringlar! Zero, Allohning zikridan holi bo’lgan so’zlar qalbni qotiradi. Shubhasiz, insonlar ichida Alloh taolodan eng uzoq bo’lgani qattiq qalb (sohibi)dir. (Termiziy, Bayhaqiy va Ibn Mardavayx rivoyati). 2. Ovqat yeb bo’lgach, hazm bo’lmasidan avval uxlash. Ali roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan: Ovqatni yeb bo’lgandan so’ng tezda uyquga yotish qalbni qotiradi, deganlar.(Ibn Margavayh rivoyati) Oisha roziyallohu anhodan qilingan rivoyatda Nabiy sallallohu alayhi va sallam shunday deganlar: Taomlaringizni Allohni zikr qilish va namoz o’qish bilan eritinglar (ya’ni, hazm qilinglar). Zinhor (taomdan so’ng) uxlamanglar! Aks holda qalblaringiz qotib qoladi. (Bayhaqiy, Tabaroniy, Abu Nuaym, Ibn Mardavayh, Ibn Sunniy, Uqayliy va Ibn Adiy rivoyati) 3. Shahvat va o’yin kulguga ko’p berilish. Oisha roziyallohu anho Nabiy sallallohu alayhi va sallamdan rivoyat qiladi: “Uch narsa qalbning qotishiga sabab bo’ladi: taomga hirs qo’yish, uyqu va rohat-farog’atni yaxshi ko’rish (Ibn Mardavayh va Daylamiy rivoyati). @iffatliqalb

photo content

Ko’rar ko’zga ajab so’fiynamosan… Nihonda, nafs itiga mubtalosan! @iffatliqalb

Allohning ulkan sevgisini ko’zlar ko’tara olmadi. Muso alayhissalom Allohga niyoz qilganida Alloh: “Ey Muso, sen bu dunyoda, dunyo ko’zi bilan Meni ko’ra olmaysan” dedi… Tog’lar ko’tara olmadi…Alloh azamatining qarshisida ulkan tog’, zarralarga bo’linib ketdi. Farishtalar ko’tara olmadi, Jabroil alayhissalom: “Men uyog’iga o’ta olmayman, qanotlarim kuyadi” dedi… Bu ulkan sevgini insonning gavhar va sirlar to’la qimmatli qalbi qabul qildi… Shuning uchun Alloh: “Hech qayerga sig’madim, mo’min bandamning qalbiga sig’dim” deb marhamat qildi. Muslima ana shu qudsiy hadisni yodidan chiqarmaydi! “Toza qalb egalari” mazmunidagi oyatni esdan chiqarmaydi! Uning qalbi Allohning makoni ekanligini unutmaydi! Doimiy qalbiga nazar solib turadi! Qalbini o’zining eng buyuk xazinasi deb bilib, uning haqiqiy kalitini Robbisiga beradi. Foniy narsalar bilan ovvora bo’lib qolsa, siqilib qolsa o’ziga savol beradi: “Men nega bu narsa uchun qayg’uryabman? Qalbimga bu narsa joylashib olmadimikin?” “Qalbimda o’zi nima bor?” So’ng esa Robbisiga duolar qiladi: “Robbim, qalbimning yolg’iz egasi. Qalbimning eshiklari faqat Sengagina ochiq. Yolvoraman, u yerga Sendan boshqaning ishqi kirmasin. Qalbimni men Senga atadim, ammo ojizaman, ba’zan shayton va nafsim oldida yengilib qolaman. Sen esa, ham qalbimni ham nafsimni Robbisisan. Qalbimni pokla…” @iffatliqalb

Musa Topbash Hazratlari istig’for aytayotganlarida: “Hazrat, juda og’ir-og’ir, hasrat bilan aytyabsiz. Nega?” - deb so’rashdi. Shunday javob berdilar: “Ha, o’tmishdagi kunlarimni har birini eslashga harakat qilyabman. Qo’shnimga salom bermagandim, astag’firullohal aziym! Uyda qattiq gapirib yubordim, astag’firullohal aziym!” @iffatliqalb

photo content
+3

https://t.me/+ezB7a25g7lkyOTZk Guruh ssilkasini birodarlaringiz bilan ham bo’lishishingiz mumkin Har biringizdan xursand bo’l
https://t.me/+ezB7a25g7lkyOTZk Guruh ssilkasini birodarlaringiz bilan ham bo’lishishingiz mumkin Har biringizdan xursand bo’lamiz🫶

Bilasizmi, biz uchun quyosh har kuni ertalab charaqlab chiqishi oddiy xol, ammo, raketa uchishi xayratlanarli. Yog’ochlardan har xil rangdagi va turdagi mazali mevalar pishib chiqishi oddiy xol, yog’ochlardan inson qo’li bilan yasalgan turli xil san’at asarlari xayratlanarli. Ko’chalarda gullarni har xil turi, aynan bizni rohatlanishimiz uchun xizmat qilib ochilib yotgani oddiy xol, gul do’konida gullarni chiroyli buket qilib yasalishi xayratlanarli… @iffatliqalb

photo content

Xushbo’y gullarim🌷 Biz, va’da qilganimizdek ayol-qizlar uchun yopiq telegram kanal va instagram sahifamizni ochdik🤍 - Xotir
Xushbo’y gullarim🌷 Biz, va’da qilganimizdek ayol-qizlar uchun yopiq telegram kanal va instagram sahifamizni ochdik🤍 - Xotirjamlik yo’llari - Emotsional rivojlanish - Ongni o’stirish - Haqiqiy ishq bundan tashqari: - Nafosat va jozibalik tafsiyalari - Avvalo sevishni o’rganish va boshqa bir qancha mavzularda birgalikda o’qib, rivojlanib boramiz🫶 Kanal linkini shu yerda qoldiraman va hammangizni kutaman🕊️ https://t.me/+ezB7a25g7lkyOTZk

O’qi, islom qizi! O’qi! Avval o’zingni isloh qilasan, so’ng ana shunday nasllar yetishtirasan! Unutma! Jaholatning eng katta
O’qi, islom qizi! O’qi! Avval o’zingni isloh qilasan, so’ng ana shunday nasllar yetishtirasan! Unutma! Jaholatning eng katta qo’rquvi AYOLDIR! Chunki ayol o’rgansa, millat, jamiyat o’rganadi va o’sadi! @iffatliqalb