𝐈 𝐅 𝐅 𝐄 𝐓 🕊
Open in Telegram
Ilmiy kanal emas! Kanal nomini oʻchirib, yozganlarimni o’zlashtirib olishingizga roziligim yo’q!
Show more1 583
Subscribers
No data24 hours
-117 days
-5730 days
Posts Archive
1 583
Assalomu alaykum gullarim🌹🌹🌹
Sizlar uchun yangilik🤍
Go’zal oilani, erkatoy kelinidan turmush qurish arafasidagi qizlar uchun 3 kunlik GUIDE
Mavzular juda qiziq va kerakli, albatta sizga foydali bo’ladi
Qatnashish niyatingiz bo’lsa
@laylowame
shu profilga murojaat qilasiz🌻🌻♥️♥️
1 583
Shunday davr keldi insonlar uylaridan ko’chaga chiqa olmadi…(covid)
Shunday davr keldi insonlar ko’chadan uylariga kira olmayabdi…
Hamma narsani yagona sohibi bo’lgan Malikul Mulk
Yerni huddi koptokka o’xshab sakratganini ko’rdingizmi..?
Bu Uning qudratini hatto zarrasi ham emas…
Allah’ım Sen ne büyüksün
@iffatliqalb
1 583
Maktub yozaman deb kunlab o'yladim.
Nima haqida yozsam ekan?
O'zimni dardim bilan bo'lishsammikin...
Yoki seniki bilan qiziqsammikin?
Keyin ikkalasidan ham voz kechtim. Bo'lishsam, qiziqsam nima o'zgaradi?
Haqiqatlar o'sha-o'shaku.
Insonlar qanaqa ahvolda bo'lishmasin, nima qiynamasin, nima ikkilantirmasin, xavotirga solmasin yoki nimadan xursand bo'lmasin, sehirli kun kelganida hammasi bir onda
tugaydi...
Kunlab qiynayotgan muammolar bir lahzada yo'q bo'ladi.
Alam bilan ichini kemirayotgan dard ko'zini bir yumsa tugagan bo'ladi.
Demak muammolar aslida lahzalik ekan-da...
"Sinov, sinov, sinov shu uchun keldik"
deyishganida g'alati his bo'ladi. Sinov deganda biz salbiy narsani tushunamiz-ku? Yoki eslay
olasanmi sinov degan so'zni eshitganingda u senga "mukofot" bo'lib eshtilganini?
Sinovga qanday qarashimizga bog'liq emasmi?
Allohni sifatlarida salbiylik yo'qku?
Ba'zan biron narsa qiynasa yoki shuni qilishim kerak deb xavotirga tushib yursam o'ylab qolaman, hozir o'lib qoladigan bo'lsam shu
ishlar nima bo'ladi?
Qadrini yo'gotadi-ku, arzimay qoladi-ku...Hayotchi? Mensiz yana huddi hech narsa bo'lmagandek davom etadi-ku.
Tug'ilib, yashab, o'lganimdan keyin ham men bilan aloqador bo'ladigan va meni boshqalardek hech aachon unutmaydigan Robbim...men nima
qilib yuribman o'zi.
Nima deb o'ylaysan?
Nimalardir o'zgarishi kerak emasmi?
@iffatliqalb
(Manba bilan olinsin)
1 583
اللَّهُمَّ أَنْتَ رَبِّي لاَ إِلَهَ إِلاَّ أَنْتَ خَلَقْتَنِي وَأَنَا عَبْدُكَ وَأَنَا عَلَى عَهْدِكَ وَوَعْدِكَ مَا اسْتَطَعْتُ، أَعُوذُ بِكَ مِنْ شَرِّ مَا صَنَعْتُ أَبُوءُ لَكَ بِنِعْمَتِكَ عَلَيَّ وَأَبُوءُ
بِذَنْبِي فَاغْفِرْ لِي، فَإِنَّهُ لاَ يَغْفِرُ الذُّنُوبَ إِلاَّ أَنْتَ
«Аллоҳумма анта роббий ла илаҳа илла анта холақтаний ва ана ъабдука ва ана ъала ъаҳдика ва ваъдика мастатоъту аъузу бика мин шарри ма сонаъту, абу‘у лака биниъматика ъалаййа ва абу‘у бизамбий фағфирлий фаиннаҳу ла йағфируз зунуба илла анта»
(Маъноси: Аллоҳим, Сен Парвардигоримсан, Сендан бошқа илоҳ йўқ. Мени халқ қилдинг ва мен Сенинг қулингман. Мен Сенга берган ваъдамда ва Сенга берган аҳдимда қодир бўлганимча турибман. Қилган нарсаларимнинг ёмонидан Сенинг номинг билан паноҳ тилайман. Менга ато қилган неъматларингга иқрор бўлдим. Ва яна гуноҳларимга ҳам иқрор бўлдим. Менинг гуноҳларимни кечир. Чунки Сендан бошқаси гуноҳларимни кечира олмайди.)
@iffatliqalb
1 583
Juft tanlashda dinimiz belgilab bergan muhim jihatlar bor va ular albatta har bir insonda bo’lishi shart bo’lgan jihatlar. Alloh bilan munosabati, ibodati, ota-onasi va yaqinlari bilan muomalasi, halol va tôg’ri so’zligi va hokazo…
Bundan tashqarichi?
Bu sizga bog’liq!
Avval siz o’zingiz qanday inson xohlashingizni aniq bilib oling. Xohlasangiz o’tirib, o’ylab yozib chiqing. Sizga bir insonda qanday fazilatlar yoqadi-yu, qaysi biri juftingizda bo’lishi kerak emas, yoki ahamiyatsiz. Bularni bilishingiz muhim. Masalan, ba’zilar o’ziga nisbatan yumshoq muomalali insonni xohlaydi, ba’zilarga esa tabiatan juda jiddiy insonlar yoqadi.
Bular hammasi shaxsiy.
Menga yoqqani, sizga yoqmasligi mumkin.
Men uchun tashqi ko’rinish birinchi o’rinda bo’lmasa, siz bunga e’tibor berishingiz mumkin.
Ba’zilar ishlashni xohlaydi, ba’zilar uyda o’tirishni. Shu xohishlaringizga qarab uchrashuvda savollar berishingiz mumkin.
Ammo, avval o’zingiz uchun belgilab oling!
@iffatliqalb
1 583
G’iybat
Nega inson g’iybatga ehtiyoj sezadi?
O’zini yaxshi bilmaganligi, o’zini hurmat qilmaganligi va o’ziga bahosi doim boshqalarni bahosi orqali bo’lishi!
Tushuntiraman
Birontani gapirayotgan paytimizda, tan oling, ichimizda “shunday qildi, u shunday dedi, u shunday odam…MEN UNDAY EMASMAN!” degan his, fikr, hayol o’tadi!
Bu insonga aynan shu “sen unday emassan, sen unday qilmading, sen yaxshisan, mukammalsan” va hokazo so’zlar yetishmaydi. Boshqalarni gapirish bilan u o’zida huddiki shu so’zlarga ehtiyojini qondirayotgandek, o’zini ovutayotgandek bo’ladi.
Savol!
“Men unday qilmadim, u esa qilgan, lekin nega unga bu narsa berilgan yoki unga hech kim biron nima demaydi, nega uni hayoti yaxshi, meniki unday emas?” kabi fikrlar kelmaganmi hayolimizga?
Bu yerda avvalo hasad ketyabdi, so’ng tabiiy ki o’zimiz undan yaxshiroq ekanligimizni O’ZIMIZGA isbotlash uchun g’iybat qilamiz.
Demak, biz hali o’zimizni hurmat qilmaymiz, o’zimizni qanday ekanligimizni bilmaymiz!
Nega hurmat qilmaymiz?
O’zini hurmat qiladigan inson qanaqa bo’ladi?
Avvalo, o’ziga yoqmaydigan ishni boshqalarga ham qilmaydi, o’ziga yoqmaydigan so’zni boshqalarga ham gapirmaydi. Yanayam to’g’rirog’i o’ziga buni ravo ko’rmaydi, ep ko’rmaydi!
@iffatliqalb
1 583
Turmush o’rtog’imni qanday bo’lishini xohlayman?
Bundan ham muhim bo’lgan bir savol bor!
“Ilmli, taqvoli, kelishgan, axloqli…” kabi ro’yxat tuzishdan, avval MEN O’ZIM QANDAY INSONMAN deb savol berish adolatli bo’ladi.
“Pokiza ayollar, pokiza erkaklar uchun” oyatini yuzaki tushunishimiz kerak emas. Pokizalik faqatgina o’tmish hayot bilan bog’liq emas.
Niyatlar, unga yarasha harakatlarning ham pokizaligi.
Fikrlar pokizaligi.
Ong pokizaligi.
Dunyoqarash pokizaligi bular juda muhim.
“Men shunday odamni xohlayman” deyish oson-u, ammo bu bilan ish bitmaydi.
Siz xohlagandek inson nega aynan sizni tanlashi kerak?
Sizda, unga bera oladigan nima bor?
Hayolingizdagi mukammal insoningiz, o’ziga juft sifatida huddi shunday mukammal insonni xohlamaydimi?
Siz o’sha (juftingiz uchun) har tomonlama mukammal inson bo’la olasizmi?
Fikrlashi keng insonni xohlab, o’zimiz kichik doiracha ichida aylanib yurishimiz noto’g’ri!
Mas’uliyatli inson xohlab, o’zimiz bee’tiborlar toifasidan bo’lishimiz noto’g’ri!
Taqvoli inson xohlab, o’zimiz bunga amal qilmasak noto’g’ri!
@iffatliqalb
1 583
Avvalari faqat ustoz qidirardim. Kim menga o’rgatarkin, dindan dars berarkin deb. Hatto so’rab-surishtirib, dugonam bilan ba’zi ustozlarni yoniga ham borganimiz esimda.
Ammo, ba’zan vaqtlari, ba’zan sharoit to’g’ri kelmagandi.
Hozir esa men xohlagan darslar qalbimga yetib borishi uchun avval menda muhabbat bo’lishi va bularga qalbim ochiq bo’lishi kerak ekanligini tushundim.
Aslida har bir zarra Allohni eslatar ekan, har bir zarra bizga dars, tafakkur uchun bir sabab ekan.
“Biz juda ko’p masalalarni juda yuzaki ko’rsak kerak…Alloh umuman boshqacha nazar bilan qarab, bizdan boshqa narsa kutsa kerak…” deb yurardim. So’ng ustozimni darslarini eshtib, bunga butun qalbim bilan amin bo’ldim.
Eng birinchi bo’lishi shart bo’lgan narsa bu SEVGI ekan.
Tanimasdan, bilmasdan turib sevgi qanday qilib shakllansin?
@iffatliqalb
1 583
Ixlos shunday bir ilohiy sirdirki, Alloh uni faqat O’zi xohlagan qullarining qalbiga beradi
Bu sirga ilk voqif bo’lgan inson esa Allohning Rasulidir
@iffatliqalb
