en
Feedback
Yangiyo‘l tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi

Yangiyo‘l tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi

Open in Telegram

🌐 YangiyolTXTB.uz 👨‍💻 fb.com/YangiyolTXTB/ Мурожаат учун: ✉️ yangiyul_txtb@xtv.uz ✍️ @yangiyoltumanmurojaat_bot ☎️ (55) 900-89-89 Ⓜ️ Тошкент вилояти Янгийўл тумани Ш.Рашидов кўчаси 6-уй

Show more
949
Subscribers
No data24 hours
-717 days
-34430 days
Posts Archive
“Hokim yordamchilari tashabbuskorlarni topib, mahallada mikro va kichik loyihalarni amalga oshirishni ancha o‘rgandi, tajriba
Hokim yordamchilari tashabbuskorlarni topib, mahallada mikro va kichik loyihalarni amalga oshirishni ancha o‘rgandi, tajriba orttirdi. Endi ular o‘zi mas’ul bo‘lgan mahalladagi ishini “loyihaviy yondashuv” asosida tashkil qilishga o‘tadi,
– dedi Prezidentimiz. Hokim yordamchilarini “loyihaviy yondashuv” asosida ishlashga o‘qitish tizimi yo‘lga qo‘yilib, buni “og‘ir” mahallalardan boshlash topshirildi. Har bir tuman kesimida “loyihaviy yondashuv” asosida amalga oshiriladigan loyihalar portfeli shakllantiriladi. “Og‘ir” mahallalardagi bo‘sh yerlar va davlat obyektlarining boshlang‘ich narxini 2-3 karra pasaytirib, sotuvga chiqarish yo‘lga qo‘yiladi. Ish o‘rni va daromadni ko‘paytirish bo‘yicha eng yaxshi natija ko‘rsatgan 100 ta “og‘ir” mahallaga 1 milliard so‘mdan mablag‘ beriladi. Ushbu mahallalardagi hokim yordamchilari Xitoy, Turkiya, Koreya, Malayziya kabi davlatlarga bir oylik malaka oshirish kurslariga yuboriladi. “Mahalla yettiligi” samarasini oshirish bo‘yicha poytaxtda yo‘lga qo‘yilgan tajriba endi barcha tuman va shaharlarda ham tatbiq etilishi belgilandi. Bundan buyon hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi mahalla raisi taqdimnomasi asosida tuman hokimi tomonidan lavozimga tayinlanadi va ishdan olinadi. Facebook|Instagram|X

Joriy yilda kichik va o‘rta biznesni rivojlantirishga 140 trillion so‘m kredit ajratilishi belgilangan. “Ochiq aytish kerak,
Joriy yilda kichik va o‘rta biznesni rivojlantirishga 140 trillion so‘m kredit ajratilishi belgilangan.
Ochiq aytish kerak, hozir banklar taklif qilayotgan kreditlar barcha tuman va shaharlar uchun bir xil. Endi o‘zingiz ayting, Olmazor bilan Bo‘zatovdagi imkoniyat va sharoitni taqqoslab bo‘ladimi? Lekin oilaviy tadbirkorlik uchun ikkala tumanga bir xil, 17,5 foizli kredit ajratilyapti. Endi 37 ta “og‘ir” tumanda ushbu dastur doirasida kreditlar 12 foizdan beriladi”,
– dedi Prezidentimiz. Barcha tumanda oilaviy tadbirkorlik bo‘yicha imtiyozli kreditning eng ko‘p miqdori 1,5 karra ko‘payib, 50 million so‘mga yetkaziladi. Bunda import qilingan va sertifikatli naslli chorva uchun 100 million so‘mgacha kredit beriladi. Uy mehmonxona, kichik hajmli muzlatkich, mahsulotni saqlash va qayta ishlash mini texnologiyasi uchun 150 million so‘m garovsiz kredit ajratiladi. Chegara va anklav hududda joylashgan 562 ta mahalladagi tadbirkorlik loyihalarining kredit miqdori 1 milliard so‘mgacha oshiriladi. Buning uchun joriy yilda oilaviy tadbirkorlik dasturlariga reja qilingan 3,6 trillion so‘mga qo‘shimcha yana 2 trillion so‘m resurs yo‘naltirilishi belgilandi. Mahallalar ixtisoslashuvini chuqurlashtirish uchun bu yil banklar 17 trillion so‘mlik kredit ajratadi. Bu jarayonda mahsulot yetishtirishga olingan kreditning 4 foizi, uni qayta ishlash loyihasida esa 6 foizi qoplab beriladi. Facebook|Instagram|X

Mahallada ixtisoslashuvni rag‘batlantiradigan qo‘shimcha moliyaviy mexanizmlar ham yo‘lga qo‘yiladi. Xususan, tomorqa yer ega
Mahallada ixtisoslashuvni rag‘batlantiradigan qo‘shimcha moliyaviy mexanizmlar ham yo‘lga qo‘yiladi. Xususan, tomorqa yer egalari va dehqon xo‘jaliklariga: – sertifikati bor ko‘chatlarni sotib olish xarajatining yarmi budjetdan qoplab beriladi; – mevaning turiga qarab, “shpaler”lar uchun 20 ming so‘mdan 70 ming so‘mgacha subsidiya ajratiladi; – tomorqasiga tomchilab sug‘orishni joriy qilganlarga har 1 sotix uchun 160 ming so‘m kompensatsiya to‘lanadi. Agar usta dehqonlar mahalladagi har 10 ta xonadonda eksportbop mahsulot yetishtirishni yo‘lga qo‘ysa, 2 million so‘m, buni tomorqasi bor xonadonlarning kamida 30 foizida qilsa, yana 75 million so‘mdan mukofot oladi. Joriy yil 2 ming gektar o‘rmon yeri 4 ming kambag‘al oilaga 50 sotixdan tutzor qilish uchun 10 yilga bepul beriladi. Bunda pilla kooperativini tuzish uchun ehtiyojmand oilalarga 4 million so‘mdan subsidiya ajratiladi. Bundan tashqari, uyida pilla yetishtirish istagidagi ehtiyojmand oilalarga xonani jihozlash va uskuna olish uchun 20 million so‘mgacha foizsiz ssuda beriladi. Facebook|Instagram|X

Prezidentimiz ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirish uchun mahallalar ixtisoslashuvini chuqurlashtirish zarurligini ta’kidl
Prezidentimiz ishsizlik va kambag‘allikni qisqartirish uchun mahallalar ixtisoslashuvini chuqurlashtirish zarurligini ta’kidladi. Chuqur ixtisoslashgan mahallada turmush farovonligi ancha yuqori, ijtimoiy yordam oluvchilar ham 2 karra kam. Bugungi kunda 903 ta “og‘ir” mahallada 100 ming gektar tomorqa va ijara yerlari bor. Agar hokimlar “yettilik” bilan suv ta’minotini yaxshilab, urug‘-ko‘chat yetkazib, ixtisoslashuvni tizimli yo‘lga qo‘ysa, u yerdagi odamlarni daromadida, turmush sharoitida keskin o‘zgarish qilish mumkinligi ta’kidlandi. Masalan, Nishon tumanidagi Oqoltin mahallasiga nasosda suv chiqarilgani uchun 25 yil tomorqasiga ekin ekmagan 280 ta xonadon 50-60 million so‘m daromad olishni boshladi. Buni uddalagan mahalla aholisi bugun ichki yo‘llar holatini yaxshilashni so‘rayapti. Davlatimiz rahbari ertagayoq bunga 1,5 milliard so‘m ajratishni topshirdi.
“Marhamat, yana qaysi mahalla raisi o‘zi bosh bo‘lib, aholi ko‘nikmasiga qarab, hududni ixtisoslashtirsa, xonadonlarning daromadini 3-4 karra oshirsa, yo‘l, suv, sug‘orish tarmog‘ini yaxshilash uchun yana 2 milliard so‘mdan ajratishga tayyorman. Bu davlat va mahalla o‘rtasida yangi, o‘ziga xos “ijtimoiy shartnoma” tizimi bo‘ladi”,
– dedi Prezidentimiz. Facebook|Instagram|X

“Og‘ir” tuman va mahallalarda aholini ishli qilish hamda daromadini ko‘paytirish masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi. Avval
“Og‘ir” tuman va mahallalarda aholini ishli qilish hamda daromadini ko‘paytirish masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi. Avvalo, bunday hududlarni barqaror elektr bilan ta’minlash masalasini hal qilish zarurligi qayd etildi. Buning uchun 903 ta mahallaning har birida 300 kilovattli kichik quyosh stansiyalari qurilib, mahallaga beg‘araz aktiv sifatida beriladi. Stansiyalardan olingan “yashil” energiya hisobidan har bir mahallada 400-500 million so‘m qo‘shimcha daromad keltiradigan iqtisodiy aktiv paydo bo‘ladi. Bu “yashil” daromad “yashil” chora-tadbirlarni amalga oshirishga sarflanadi. Ya’ni ushbu mablag‘lar ehtiyojmand xonadonni “yashil” ta’mirdan chiqarib, energiya xarajatini kamaytirish va turmush sifatini yaxshilashga yo‘naltiriladi. Quyosh stansiyalarini ekspluatatsiya qilishga mazkur mahallalarda yashovchi kambag‘al oila a’zolari ishga olinadi. 1-guruh nogironligi bo‘lib, oilasida mehnatga layoqatli a’zosi bo‘lmagan 6 ming 700 ta xonadon energiya tejamkor qilib ta’mirlanadi. Bu ishlar ixtisoslashuv darajasi yuqori bo‘lgan yana 1 mingta ilg‘or mahallada ham amalga oshiriladi. Kichik quyosh stansiyalari tayyor holda 7 yil muddatga mahallalarga foizsiz lizingga beriladi. Facebook|Instagram|X

Hududlarning bosh rejasini ishlab chiqish uchun Fransiya, Buyuk Britaniya, Ispaniya, Turkiyadan mutaxassislar olib kelinmoqda
Hududlarning bosh rejasini ishlab chiqish uchun Fransiya, Buyuk Britaniya, Ispaniya, Turkiyadan mutaxassislar olib kelinmoqda. Lekin o‘zimizdagi 18 ta oliygohda arxitektura yo‘nalishida yiliga 7 mingga yaqin mutaxassis tayyorlanmoqda. Hokimlar bitiruvchi talabalarni 903 ta “og‘ir” mahallaning bosh rejasiga jalb qilib, ularni chet ellik mutaxassisga biriktirsa, bu yoshlarimiz uchun ham kasbiy amaliyot, ham tajriba maktabi bo‘lishi ta’kidlandi. Talabalar o‘rtasida mahalla bosh rejasini ishlab chiqish bo‘yicha tanlov e’lon qilinadi. Bunday mahallalarga yangicha qiyofa olib kiradigan eng zo‘r loyihalarni ishlab chiqqan talabalar jamoasiga 100 million so‘mdan mukofot beriladi. Bu orqali zamonaviy yosh arxitektor va urbanistlar korpusi shakllantirilishi ta’kidlandi. Facebook|Instagram|X

“Hokimlar eshitib olsin: bu mablag‘lar infratuzilmani yaxshilash orqali kambag‘allik va ishsizlikni 2 karra qisqartirishga xi
“Hokimlar eshitib olsin: bu mablag‘lar infratuzilmani yaxshilash orqali kambag‘allik va ishsizlikni 2 karra qisqartirishga xizmat qilishi shart. Ushbu tuman hokimlari aholisiga murojaat qiladi. Qaysi mahallada nechta odamni ishli qilib, qancha oilani kambag‘allikdan chiqarishini mahallama-mahalla yurib tushuntiradi. Shuncha mablag‘ bergandan keyin tuman hokimi xalqning oldida mas’uliyat olib, javob bersin. Hokimlikning faoliyatiga xalqning o‘zi baho bersin,
– dedi davlatimiz rahbari. Endilikda hududlarni sanoat, qishloq xo‘jaligi va servisdagi “solishtirma ustunligi”dan kelib chiqib rivojlantirish zarurligi ta’kidlandi. Davlatimiz rahbari bu tizimni Furqat va Dehqonobod tumanlari misolida tushuntirib berdi. Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligiga 70 ta tuman va 1 mingta “og‘ir” mahallalarning “solishtirma ustunligini” tahlil qilib, ish o‘rni va daromadini ko‘paytirishga turtki beradigan infratuzilma loyihalari bo‘yicha alohida dastur qilish va moliyalashtirishni boshlash topshirildi. Har bir tumanda 5-10 ta mahallani bog‘laydigan 1-2 gektarli sanoat zona va klasterlar tashkil qilinib, 100 ming nafar odam uchun ish o‘rinlari yaratilishi belgilandi. Facebook|Instagram|X

Tumanlarda o‘tkazilgan o‘rganishlar infratuzilma, turmush darajasi, biznes faollik, moliyaviy imkoniyatlar kabi 20 ta mezon a
Tumanlarda o‘tkazilgan o‘rganishlar infratuzilma, turmush darajasi, biznes faollik, moliyaviy imkoniyatlar kabi 20 ta mezon asosida 37 ta “og‘ir” tumanni aniqladi. Bundan tashqari, har bir tuman tahlil qilinib, kambag‘allik darajasi yuqori bo‘lgan 903 ta “og‘ir” mahalla tanlab olindi. Kambag‘al oilalarning uchdan bir qismi, ishsizlarning 21 foizi ham tanlab olingan 37 ta tuman va 903 ta mahallaga to‘g‘ri kelishi aniqlandi. Yana 33 ta tuman va 330 ta “og‘ir” mahallaga Yangi O‘zbekiston qiyofasini olib kirish ishlari boshlandi.
Asosiy kuchni ushbu 70 ta tuman va 1 mingta “og‘ir” mahallaga yo‘naltirsak, respublikada kambag‘allik darajasini 3 foizdan pasaytirishga erishamiz”,
– dedi davlatimiz rahbari. “Og‘ir” tuman va mahallalardagi aholi va tadbirkorlar soliq imtiyozidan ko‘ra, ko‘proq yo‘l, suv, elektr ta’minotini yaxshilab berishni so‘rayapti. Shu munosabat bilan joriy yilda infratuzilmani yaxshilash uchun viloyatlarga 20 trillion so‘m ajratilishi, shundan 12 trillion so‘m “og‘ir” tuman va mahallalarga yo‘naltirilishi belgilandi. Respublikadan mahalliy budjetga qaytadigan mablag‘ 2 karra ko‘paytirilib, hokimlarga 4 trillion 200 milliard so‘m beriladi. Endilikda viloyat hokimlari “og‘ir” tumanga 10 milliard so‘mdan, 903 ta mahallaning har biriga 1 milliard so‘mdan ajratadi. Bunga qo‘shimcha har bir “og‘ir” tumanga 50 milliard so‘m, “og‘ir” mahallaga 2 milliard so‘mdan mablag‘ yo‘naltiradi. Bu tuman hokimlari va mahalliy kengashlar “og‘ir” tuman va mahallalar uchun qo‘shimcha yana 4 trillion so‘m oladi degani. Facebook|Instagram|X

Prezidentimiz mavjud imkoniyatlarni ishga solish bo‘yicha hokimlar va “mahalla yettiligi”ga metodik bilim va tajriba yetishma
Prezidentimiz mavjud imkoniyatlarni ishga solish bo‘yicha hokimlar va “mahalla yettiligi”ga metodik bilim va tajriba yetishmayotgani, mas’ul vazirlik va idoralar esa ularga ko‘maklashmayotganini ko‘rsatib o‘tdi. Arnasoyda chorvachilik, Sho‘rchida banan yetishtirish, Quvada anorchilik, Bo‘stonliqda asalarichilik bo‘yicha aholi va tadbirkorlar yaratgan tajribalar shunday ixtisoslashuvga ega boshqa tumanlar uchun yaxshi namuna bo‘la olishi, lekin bundan unumli foydalanilmayotgani qayd etildi.
Bunday tajribalar hamma joyda bor. Lekin ularni o‘rgatib, qamrovini kengaytiradigan tizim yo‘q!
– dedi davlatimiz rahbari. Mutasaddilarga bir oyda ishsizlik va kambag‘allik yuqori mahallalardagi imkoniyatlarni o‘rganib, ularga eng yaxshi tajribalarni olib kirish bo‘yicha “metodik qo‘llanma” qilib berish topshirildi. Hokimlar esa joylarda buning ijrosini tashkil etib, odamlarni ishli qilish, daromadini ko‘paytirish, ularni qiynayotgan masalalarga yechim topishga mas’ul va javobgar bo‘ladi.
Umuman, bu yil har bir vazirlik va hokimlikning faoliyati mahalla bilan bog‘lanadi, qabul qilinadigan qarorlarda ham mahallada nima o‘zgarishi nazarda tutiladi”,
– dedi Prezidentimiz. 1 million aholini doimiy ish bilan ta’minlash, 181 ming oilani kambag‘allikdan chiqarish, kambag‘allikdan xoli mahallalar sonini 2,5 barobar oshirib, 3,5 mingga yetkazish, ishsizlik va kambag‘allikni 4,5 foizga tushirish joriy yil uchun vazifa etib belgilandi. Facebook|Instagram|X

O‘tgan bir yilda 366 ming oila kambag‘allikdan chiqqani, aholi bandligini ta’minlash va daromadlarini oshirish sohasida qilin
O‘tgan bir yilda 366 ming oila kambag‘allikdan chiqqani, aholi bandligini ta’minlash va daromadlarini oshirish sohasida qilingan choralar sababli kambag‘allik darajasi 8,9 foizdan 5,8 foizga, ishsizlik esa 5,5 foizdan 4,8 foizga tushdi.
Bularning barchasi – islohotlarimiz samarasi bo‘lib, davlat va xalq o‘rtasidagi ishonch tobora mustahkamlanib borayotganidan dalolat. Lekin hali qiladigan ishlarimiz ko‘p. Biz 2026-yilni “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili”, deb e’lon qilib, mahallalar infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha katta vazifalarni belgilab oldik. Chunki mahalla bu – islohot qayerda ishlayotganini ham, qayerda to‘xtayotganini ham aniq ko‘rsatadigan joy. Mahallada ishsiz odam va kambag‘al oila saqlanib qolgan bo‘lsa, demak, islohot o‘sha yerga yetib bormagan. “Yettilik” va bankir odamlar muammosini hal qilmayotgan bo‘lsa, demak, shu yerda tizim ishlamayapti. Hech bir vazir, viloyat, tuman hokimi, bankir “yettilik”ni bahona qilishga haqqi yo‘q. Imkoniyat va mablag‘ bor, qaror va dastur bor. Yetishmayotgan narsa – mas’uliyat, shaxsiy javobgarlik”,
– dedi davlatimiz rahbari. Facebook|Instagram|X

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha 2026-yildagi asos
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha 2026-yildagi asosiy vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi boshlandi. Davlatimiz rahbari kun tartibidagi masalalarga o‘tishdan avval 2025-yil yakunlariga qisqacha to‘xtaldi. O‘tgan yili iqtisodiyotimiz dastlabki prognozga nisbatan ancha yuqori, ya’ni 7,7 foizga o‘sib, yalpi ichki mahsulot hajmi 147 milliard dollardan oshgani ta’kidlandi. Iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida o‘sish sur’atlari 2024-yilgidan yuqori bo‘ldi. Jalb qilingan xorijiy investitsiyalar 43 milliard dollarga, eksport hajmi 33,8 milliard dollarga yetdi. Yuqori iqtisodiy faollik, o‘sayotgan iste’mol talabiga qaramasdan, inflyatsiya darajasi 2024-yildagi 9,8 foizdan 7,3 foizga pasaydi.
Nima uchun bu raqamlarni aytyapman? Chunki iqtisodiy o‘sish qanchalik barqaror bo‘lsa, infratuzilmani yaxshilashga ko‘proq mablag‘ boradi. Bu pirovardida bandlik, daromad va turmush farovonligini oshirishga xizmat qiladi”,
– dedi Prezidentimiz. Facebook|Instagram|X

Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrining Olmazor tumaniga tashrif buyurib, bunyodkorlik ishlari va turli obyekt
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrining Olmazor tumaniga tashrif buyurib, bunyodkorlik ishlari va turli obyektlar faoliyati bilan tanishadi. Shuningdek, davlatimiz rahbari raisligida kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha 2026-yilda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan asosiy vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. — Сегодня Президент Шавкат Мирзиёев посетит Алмазарский район города Ташкента, где ознакомится с созидательной работой и деятельностью различных объектов. Под председательством главы нашего государства состоится видеоселекторное совещание по основным задачам в области сокращения бедности и обеспечения занятости населения в 2026 году. Facebook|Instagram|X

#Долзарб ☄️ТОШКЕНТ ВИЛОЯТИДА НАРКОТИК МОДДАЛАРНИНГ НОҚОНУНИЙ АЙЛАНМАСИГА ҚАРШИ КЕСКИН КУРАШ ТАДБИРЛАРИ ДАВОМ ЭТТИРИЛМОҚДА 1️⃣
+4
#Долзарб ☄️ТОШКЕНТ ВИЛОЯТИДА НАРКОТИК МОДДАЛАРНИНГ НОҚОНУНИЙ АЙЛАНМАСИГА ҚАРШИ КЕСКИН КУРАШ ТАДБИРЛАРИ ДАВОМ ЭТТИРИЛМОҚДА
1️⃣ ДХХ Тошкент вилояти Бошқармаси, вилоят ИИББ ҳамда Чегара қўшинларига қарашли 9226-сонли ХҚ тезкор ходимлари томонидан ўтказилган тезкор тадбир давомида Тошкент туманида яшовчи И.И.Х. Бекобод шаҳар Наврўз маҳалласи худудида тўхтатилиб текширилганида 4 кг “Гашиш” гиёхвандлик воситасини сақлаётганлиги аниқланиб, қўлга олинди.
2️⃣ Бошқа ҳолатда эса ДХХ Тошкент вилояти Бошқармаси ҳамда вилоят ИИББ ходимлари ҳамкорлигида ўтказилган фаол тадбир натижасида Бекобод шаҳрида яшовчи 2002 й.т., М.Н.Қ. 250 гр “Гашиш” гиёҳвандлик воситасини 5500 АҚШ долларига сотган вақтида ашёвий далиллар билан жиноят устида ушланди.
⚖️ Ҳозирда барча ҳолатлар юзасидан қонунбузарларга нисбатан Жиноят Кодексининг 273-моддаси билан жиноят ишлари қўзғатилиб, “қамоқ” эҳтиёт чораси қўлланилди. Тергов ҳаракатлари олиб борилмоқда.

#Vazir_kubogi #диққат_эълон 📣 Oʻquvchi qizlar oʻrtasida futbol boʻyicha ilk bora  “Maktabgacha va maktab taʻlimi vaziri kubogi” musobaqasi tashkil etiladi ✅ Musobaqada umumta’lim muassasalarining 7–11-sinflarida tahsil olayotgan 14–18 yoshli oʻquvchi qizlar ishtirok etishlari mumkin. ➡️ Musobaqaning asosiy maqsadi, oʻquvchi qizlar oʻrtasida ommaviy futbolni rivojlantirish, sogʻlom turmush tarzini mustahkamlash, ularning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, iqtidorli sportchilarni aniqlashdan iborat. Musobaqa uch bosqichda oʻtkaziladi: ➖ tuman (shahar) bosqichi — joriy yilning 1-5-fevral kunlari; ➖ hududiy bosqich — joriy yilning 13-17-fevral kunlari; ➖ Respublika bosqichi — joriy yilning 24-30-mart kunlari Surxondaryo viloyatida boʻlib oʻtadi. 👉 Barcha uchrashuvlar FIFA tomonidan belgilangan futbol qoidalari asosida oʻtkaziladi. Final bosqichida jami 16 ta jamoa ishtirok etadi va gʻoliblar shaxsan Maktabgacha va maktab taʻlimi vaziri tomonidan taqdirlanadi. Musobaqa gʻoliblari quyidagi tartibda taqdirlanadi:1-oʻrin — “Damas” avtomashina va 250 mln soʻm pul mukofoti; ➖ 2-oʻrin — “Damas” avtomashina va 200 mln soʻm pul mukofoti; ➖ 3-oʻrin — “Damas” avtomashina va 150 mln soʻm pul mukofoti. Shuningdek, respublika bosqichining barcha ishtirokchilari uchun Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining maxsus sovgʻalari ham mavjud. 👉 Mazkur musobaqa o‘quvchi qizlar futboli uchun yangi imkoniyatlar maydonini ochadi. Shoshiling, millionlar muxlisiga aylangan futbol musobaqalarida ishtirok etib, oʻz imkoniyatlaringizni qoʻldan boy bermang. 🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni kuzating
Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

ДХХ ва ИИВ ҳамкорликда “Нигоҳ” махсус операциясини ўтказмоқда ДХХ ва ИИВ ҳамкорлигида Ўзбекистонда криминоген вазиятни барқарорлаштириш, жумладан, уюшган жиноятчиликка қарши кенг кўламли тезкор-қидирув тадбирлари ўтказилмоқда.

#Diqqat ❗️"MENING INSPEKTORIM" ilovasi bilan xavfsizligingiz doim yoningizda bo‘ladi (video) "Mening Inspektorim" ilovasi fuqarolar va profilaktika inspektorlari o‘rtasida bevosita va tezkor aloqa o‘rnatish uchun yaratilgan raqamli ko‘prikdir. Bu ilova bilan nimalar qila olasiz: 🚨 SOS tugmasi — Favqulodda vaziyatlarda tezkor yordam chaqirish mumkin; 📩 Onlayn murojaat — Ariza va shikoyatlarni uydan chiqmasdan yuborishingiz mumkin; 📊 Baholash tizimi — Mahallangiz Inspektori faoliyatiga xolisona baho berishingiz mumkin; 📝 So‘rovnomalar — Mahalla hayotidagi muhim masalalarga ilova orqali ovoz berishingiz mumkin. Endi siz uchun mahallangiz Profilaktika inspektori bilan bog‘lanish yanada oson va shaffof! Ilovani yuklab olish: 👉 Google Play orqali yuklash 👉 App Store orqali yuklash | Telegram | Youtube | Сайт | Instagram |

🌍 Дунё телевизион каналлари – битта сайтда! tv.garden орқали: ✅ Турли давлатларнинг жонли ТВ каналларини ✅ Рўйхатдан ўтмасда
🌍 Дунё телевизион каналлари – битта сайтда! tv.garden орқали: ✅ Турли давлатларнинг жонли ТВ каналларини ✅ Рўйхатдан ўтмасдан ✅ БЕПУЛ томоша қилинг! 🗺 Харита орқали давлатни танланг 📡 Янгиликлар, спорт, фильмлар, мусиқа ва бошқалар 📱 Телефон, компьютер ва Smart TVда ишлайди 👉 Ҳозироқ киринг: 🔗 https://tv.garden/ ❗️Бундан кўпроқ сайтлар хақида маълумотлар керакми бизни каналга обуна бўлинг ва яқинларингизга тарқатинг @YangiyolTMMTB

Qiziqarli dars mashg'uloti Yangiyo'l tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 12-umumiy o‘rta ta’lim maktabi kreativ va shijoatli geografiya fani o'qituvchisi Gulmira Isabekovnaning odatiy dars mashg'uloti. @YangiyolTMMTB

RASMIY BAYONOTAyni kunlarda umumtaʼlim maktablarining tegishli til sertifikatiga ega boʻlmagan xorijiy til fani oʻqituvchilarining keyingi mehnat faoliyatiga doir masala barchaning diqqat markazida turibdi. Xabaringiz bor, Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-maydagi tegishli qarorida umumiy oʻrta taʼlim muassasalari xorijiy til oʻqituvchilarining kamida B2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega boʻlishi talabi koʻrsatib oʻtilgan. ❗️Dastlab 2024-2025-oʻquv yiliga qadar etib belgilangan ushbu talab muddati pedagoglar va keng jamoatchilik vakillarining murojaatlari asosida hozirga qadar bir necha bor uzaytirib kelindi. 👉 Hurmatli pedagoglar va keng jamoatchilik vakillari! ➖ Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining tegishli buyrugʻi bilan, xorijiy til fani oʻqituvchilarining lavozim malaka tavsiflariga kamida B2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega boʻlishi asosiy talab sifatida kiritildi. 👉 Ma’lumot uchun: Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan ushbu pedagoglarning tegishli sertifikat imtihonlariga tayyorgarlik koʻrishlarida koʻmaklashish uchun joylarda malakali mutaxassislar ishtirokida bepul (onlayn va oflayn) oʻquv mashgʻulotlari tashkil etildi. Buning natijasida 2025-yilning sentabr-dekabr oylari davomida 5 000 nafardan ortiq pedagoglar tegishli til sertifikatlarini qoʻlga kiritib, oʻquvchilarga sifatli taʼlim berish bilan birga qoʻshimcha moddiy manfaatdorlikka erishib kelmoqda (hozirga vaqtda 39 ming nafardan ortiq xorijiy til fani oʻqituvchilari tegishli til sertifikatlariga ega). 👉 Vazirlik tomonidan ushbu oʻquv mashgʻulotlari bundan keyin ham davomiy tashkil etib boriladi hamda B2 darajadagi milliy yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi xalqaro sertifikatga ega boʻlmagan pedagoglarga 2026-2027-oʻquv yili boshlanguniga qadar imkoniyat beriladi. ❗️ Mazkur choralar farzandlarimizning sifatli va chuqur bilim olishlarini taʼminlash, ularning kelgusida zamonaviy va kelajakka mos kasblarni egallashlarida muhim ahamiyat kasb etishi, tabiiy. Qadrli pedagoglar! 👉 Sizlardan amaliyotga joriy etilayotgan mazkur choralarni chuqur anglagan holda, oʻz kasbiy va lavozim majburiyatlaringizga sidqidildan yondashishlaringizni soʻrab qolamiz. Manba: Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi @YangiyolTMMTB

Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Yangiyo‘l tumanida tadbir tashkil qilindi. 🔺 "Vatanparvarlik oyligi" doirasida tashkil qilingan mazkur tadbir badiiy chiqishlar, 37-maktab hamda 48-maktabning o‘quvchilari ishtirokida vatanparvarlik ruhidagi qo‘shiqlari bilan yanada ko‘tarinki kayfiyatda o‘tdi. 🌀 Tadbir davomida Vatan himoyasi yo‘lida fidokorona xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari hamda soha faxriylari e’tirof etildi. Ularning mardlik va jasoratini ulug‘lash, yosh avlod qalbida vatanparvarlik, sadoqat va mas’uliyat tuyg‘ularini mustahkamlash tadbirning asosiy maqsadi bo‘ldi. @YangiyolTMMTB