en
Feedback

Don't get caught by a cheater! Telemetrio finds and tags such channels 👉 If you want to see the tag, subscribe

🎓LEADERS SCHOOL💼 NTM. Лидерлар мактаби

🎓LEADERS SCHOOL💼 NTM. Лидерлар мактаби

Open in Telegram

Assalom aleykum 📚 LEADERS SCHOOL – Quva tumanidagi ingliz va rus tillariga ixtisoslashgan NTM 🎓 Yangiliklar, dars jarayonlari, o‘quvchilar yutuqlari va foydali ma’lumotlar shu yerda! 📞 Bog‘lanish uchun: ☎️ +998 90 562 06 46 ☎️ +998 93 499 41 04

Show more
621
Subscribers
-324 hours
-127 days
-2430 days
Posts Archive
Тажриба қуёнчасига айланган таълим Таълим йўналишида яхши кўрсатувлар бўлса, уларни барчасини қолдирмай кўришга ҳаракат қиламан. Бектош Хатамов муаллифлигидаги «Тажриба қуёнчасига айланган таълим» мавзусига бағишланган мана бу подкастда ҳам жуда ўринли фикрлар илгари сурилибди. Кўрсатув меҳмони таълим бўйича эксперт Комил Жалилов. Барча таълим тизими ходимларига ушбу кўрсатувни кўришни тавсия қиламан. Ўтказилган вақтга ачинмайдиган подкаст бўлибди. 👉https://youtu.be/pTU7ngTMUmk?si=jRlQVyvW-e1Q7SY5
02 Sep 2023, 20:57

Hindistonning Mangalor shahridan 11 xil uslubda yoza oladigan Aadi Svarupa bilan tanishing Uning miyasining ikkala qismi bir vaqtning o'zida ishlaydi va u ikkala qo'lni teng ishlata oladi. Bu mahorat ambidexterity deb ataladi.
27 Aug 2023, 14:46

Faraz qiling kimningdir qalbini vayron qildingiz,qalbiga ozor berdingiz u albatta sizga boshqa koʻrinishda va sizning ozoringizdanda ortiq boʻlib sizga qaytadi ..
16 Aug 2023, 10:32

Qiziqarli fakt. Hech eʼtibor berganmisiz har qanday mashhur soatlarning reklamasida soat millari aynan kunduzgi soat 10 dan r
Qiziqarli fakt. Hech eʼtibor berganmisiz har qanday mashhur soatlarning reklamasida soat millari aynan kunduzgi soat 10 dan roppa rosa 10 daqiqa oʻtgan boʻladi. Oʻrganib chiqilgan taxlil natijalariga koʻra bu juda ayyorona uslub boʻlib chiqdi. Soatdagi millarni aynan shunday vaqtni koʻrsatishi oddiygina inson tabassumiga qiyoslagan. Bir qarashda oddiy lekin mana shu jajji tabassum koʻrinishi inson psixologiyasiga bogʻliq boʻlib, reklamaga boʻlgan eʼtiborni va mahsulotni sotib olish darajasini anchagina oshirar ekan. Aslida ham shunday koʻchada ishda yoki uyda siz ham maroq bilan kulayotgan insonga hech boʻlmasa bir marta qarab qoʻyasiz.
13 Aug 2023, 05:45

Nega xususiy maktab o‘quvchilari yaxshiroq o‘qiydi? ❕Afsuski, bu haqiqat! Davlat maktablarida tahsil olayotgan o‘quvchilarga nisbatan xususiy maktab o‘quvchilari darslarga ancha jiddiy yondashadi! Sizningcha, sabab nimada?
10 Aug 2023, 22:22

Shu videoni bolalaringizga har kuni koʻrsating Aks holda butun umr qiynalib yashashlari mumkin
27 Jul 2023, 02:15

Agar kishi har safar har xil husnixat bilan yozsa, bu uning ta'sirchanligi va ijodkorlik qobiliyatidan darak beradi.
Agar kishi har safar har xil husnixat bilan yozsa, bu uning ta'sirchanligi va ijodkorlik qobiliyatidan darak beradi.
26 Jul 2023, 10:52

Qat’iyat Bir bolakayning tugʻilganidan chap oyogʻi oʻngidan 6 sm kalta edi. Shunda shifokorlar unga yurishni ham eplasang katta gap deyishdi. U esa ulgʻayib, futbol boʻyicha jahon chempioni boʻldi. 2-marta! Ikkinchi bolaga kichkinaligida yurak yetishmovchiligi tashxisini qoʻyishdi va jismoniy tarbiya darslaridan doimiy ozod qilishdi. U katta boʻlib, xokkey boʻyicha jahon chempioni boʻldi. 8-marta! Uchinchi bolakay 11 yoshida boʻy gormoni yetishmagani tufayli boʻy va vazn borasida tengdoshlaridan ancha ortda qolib yurardi. U keyin FIFAning dunyoning eng yaxshi futbolchisiga atalgan "oltin toʻpi"ni oldi. 6-marta! Toʻrtinchi yigitchaga 21 yoshida atigi ikki yillik umri qolganligini aytishdi. U esa 76 yoshgacha yashadi. U yozgan kitob 10 millionlab nusxada nashr etildi. Bular: birinchisi — Garrincha; ikkinchisi — Xarlamov; uchinchisi — Messi; toʻrtinchisi esa — Xoking! Bu insonlar qiyinchiliklarga qaramasdan shu darajalarga erishdilar. Sizda esa bulardan koʻproq imkoniyat, gʻayrat va kuch bor. Siz ham oʻz betakrorligingizni namoyon qiling.
22 Jul 2023, 00:17

Har bir tong — yangiliklarni koʻrish, oʻrganish imkoniyati, gʻaroyib sarguzashtning boshlanishi va davom etishidir. Har bir y
Har bir tong — yangiliklarni koʻrish, oʻrganish imkoniyati, gʻaroyib sarguzashtning boshlanishi va davom etishidir. Har bir yangi kunni mashaqqatlarga qaramay unutilmas lahzalarga boy qilish oʻz qoʻlimizda... Taqdir bizni oʻzimiz oʻylab topolmaydigan soʻqmoqlar orqali, albatta choʻqqiga yetaklaydi. Xayrli tong yaxshi odamlar 😊!
17 Jul 2023, 21:35

Farzandlarimizdagi iqtidorni uygʻotish Farzandlarimizning iqtidorini uygʻotishda onalarning xizmati juda ham katta Ularning q
Farzandlarimizdagi iqtidorni uygʻotish Farzandlarimizning iqtidorini uygʻotishda onalarning xizmati juda ham katta Ularning qobiliyatlari rivojlanishi uchun oʻzlari xohlagan toʻgaraklarga, kurslarga, mashgʻulotlarga berishimiz juda ham muhimdir Ularning har bir natijasi, eng kichkina boʻlsada muvaffaqiyatiga eʼtibor berib, maqtab turishimiz, sevgimiz, mehrimiz bilan ragʻbatlantirib turishimiz ularning iqtidorlari uygʻonishida juda muhim rol oʻynaydi Farzandlarimiz ham ularni maqtashimizni, har bir hatti-harakatiga eʼtibor berishimizni kutishadi Yoshligingizni eslasangiz har birimiz ota-onamizdan shunday mehr kutganmiz Ba'zida onalar farzandiga xuddi oʻzini qurolidek qaraydi Ya'ni erisholmagan orzulariga olib boruvchi, oʻzini qadriyatlarini mustahkamlovchi insondek qaraydi Mana shu shartli munosabatlarimiz bilan ularning iqtidorlarini cheklab, kelajakka olib boruvchi qanotlarini kesib tashlaymiz Farzandlarimizni qo'llab quvvatlaylik. Ular bizni kelajagimiz
03 Jul 2023, 08:53

Har tong erta uygʻongan insonning oldida ikki yoʻl mavjud boʻladi... Birinchisi, uxlab shirin tushlar koʻrishni davom ettirish. Ikkinchisi esa, "Bismillah" deya oʻrnidan turib shirin tushlarni amalga oshirish... Xayrli tong yaxshi odamlar, fayzli va quvonchli tong barchangizga muborak boʻlsin...
02 Jul 2023, 21:36

Hayotdagi eng qimmat narsalar sotilmaydi, ularni faqat tuhfa sifatida olish mumkin... Xayotingizda ana shunday tuhfalar bisyo
Hayotdagi eng qimmat narsalar sotilmaydi, ularni faqat tuhfa sifatida olish mumkin... Xayotingizda ana shunday tuhfalar bisyor boʻlsin! Xayrli tong yaxshi odamlar 😊!
24 Jun 2023, 22:25

Бугун ёзги соғломлаштириш оромгохимизнинг сўнг куни. Болажонлар мазза қилиб ўқиб, дам ҳам олишди. Насиб бўлса яна бир хафтадан кейин 2- навбатимиз хам бошланади.
23 Jun 2023, 00:29

Фарзандингиз соғлом, меҳрли, бахтиёр бўлиб, яхши яшашини хоҳласангиз, бу ишларни албатта қилинг!
22 Jun 2023, 00:28

Расмдаги хатоликларни топишга уриниб кўрингчи
Расмдаги хатоликларни топишга уриниб кўрингчи
21 Jun 2023, 11:47

Bolajonlar oromgohdagi tonggi badantarbiyani bajarmoqdalar😊
21 Jun 2023, 01:00