en
Feedback
Dilnur studio official 🎹 🎙

Dilnur studio official 🎹 🎙

Open in Telegram

DILNUR STUDIO proffessional ovoz yozish va musiqa bastalash studiosi sizlar uchun xizmatda! Murojaat @azizorinboyev uchun tel +998975375141

Show more
735
Subscribers
+124 hours
-67 days
-3530 days
Posts Archive
Story

https://t.me/dilnurprofissionalstudio 🔥💯❤️ 🎙 Dilnur Studio Official🏪 – Ovoz🗣️ va qalb manzili🫀! Sohir ovozingizni, yura
https://t.me/dilnurprofissionalstudio 🔥💯❤️ 🎙 Dilnur Studio Official🏪 – Ovoz🗣️ va qalb manzili🫀! Sohir ovozingizni, yurakdan kelgan satrlaringizni tarix sahifasiga muhrlang! Bu yerda ijod va texnologiya uyg‘unlashadi, har bir kuy – qalbga yo‘l topadi. 🎶 Bizda: Yillar sinovidan o‘tgan tajriba✨🌞⭐ Zamon bilan hamnafas texnologiya🎙️🎬🎹📸🎥🎞️🎸🪘🥁🎧🪕🎻🖥️💻🔊🔉 Qalb va ruh bilan uyg‘un ijod💖💯 Samimiy she’rlar, ta’sirli dil so‘zlari💌✍🏻📝 📖 Jurnalist qiz Dilafruz Bekmirza qizining hayotiy she’rlari📜📚, samimiy nigohi va dildan chiqqan so‘zlari 💌sizga ilhom baxsh etadi. Sizning ovozingiz – bizning mas’uliyatimiz🔔. Sizning ijodingiz – bizning faxrimiz!🏆 ✨ Dilnur Studio Official – Ijod abadiyatga yo‘l topar joy! ✨🎁⭐ 🔑 “Ovozingizni muhrlang – tarix Sizni eshitsin!💘💟” @kreativ_tabriklar - SIZ IZLAGAN SUPER KANAL🥰💝 Murojaat uchun: +998885375141 @DILAFRUZIM_DUNYOYIM 🔴 Kutilmagan qoʻngʻiroq xizmatimiz koʻngillarga unutilmas shodlik baxsh etadi!❤️ @jurnalistqiz_Dilafruz_tabriklari 🤍📝🎙️🎞️📽️📸 🫂🫀Yaqinlaringizga ham yuboring🌸

Story

Story

Maykl Jeksonning O`limi Sohtalashtirilganmi? https://youtube.com/watch?v=4fxk_Qwzws0&si=cFZ4fqO1tUTuLUFC

Story

#Dilnur_studio #TILAKNOMA 🎶 “Dilnur Studio” sizga tonggi ilhom tilaydi! 🎤 ASSALOMU ALAYKUM VA ROHMATULLOHI VA BAROKATUH, sa
+3
#Dilnur_studio #TILAKNOMA 🎶 “Dilnur Studio” sizga tonggi ilhom tilaydi! 🎤 ASSALOMU ALAYKUM VA ROHMATULLOHI VA BAROKATUH, san’atsevar qalblar! 🌅 Bugun tong — sokin bir kuyday, quyosh esa sahna chiroqlari kabi yorqin. Bu tongda har yurak bir ohangga, har orzu bir kuyga aylansin! 🎧 Tinglang, qalbingizda musiqa chalinayapti… Bu — sizning ichki ovozingiz. U sizni ilhom sari chorlayapti. U sizni hayot sahnasida yulduz bo‘lishga undayapti! Unutmang: Har bir kun — yangi nota, Har bir nafas — yangi kuy, Va siz — o‘z hayotingizning bosh bastakorisiz! Bugun qalbingizni notalardek toza tuting, So‘zlaringizni kuylardek muloyim ayting, Va ishlaringizni san’at kabi go‘zal bajaring! 🎼 “Dilnur Studio Official” bilan har tong — musiqiy ilhomga to‘lsin! Yuragingizda tarona, nigohingizda porloq kelajak! SIZLARGA CHEKSIZ MEHR VA DUO ILA AZIZBEK & DILAFRUZ - IJODKORLAR OILASI! https://t.me/dilnurprofissionalstudio

Repost from N/a
VELOSIPEDDAGI MUQADDAS SAFAR (badiiy-publitsistik hikoya)
“Qalbda iymon bo‘lsa, oyoqlar charchoqni unutadi, yurak esa har bir qadamda Habibiga salom aytadi.”
Bugun ertalabki safarim g‘ayrioddiy bir ko‘rinish bilan esda qoldi. Yo‘lda mashinamiz katta tezlikda harakatlanayotgan bir paytda ko‘zim chekka yo‘l bo‘yida, g‘amgin emas, aksincha, ulug‘ bir niyatda ketayotgan bir nurli siymoga tushdi. Oddiygina velosipedda, orqasiga mahkam qilib o‘rnatilgan yelkandek g‘ururli O‘zbekiston bayrog‘i hilpiraydi. U zot boshiga do‘ppi kiygan, ko‘zlari olis – muqaddas Makka tomon qaragan. U nafaqat yo‘l yurayotgan edi. U – niyatini Allohga topshirgan, Habibining izidan yurayotgan, tavakkul ortiga yurakdagi sog‘inchni, dardni, iymonni, yurakdagi salomni yuklagan otaxon edi. Mashina oynasi ortidan hayrat bilan: — To‘xtating... iltimos, to‘xtating... — dedim haydovchiga. Lekin shahar tashqarisidagi keng yo‘lda mashina katta tezlikda edi. Biz allaqachon otaxonni ortda qoldirib ketgan edik. Yuragimda g‘alati bir g‘am va hayrat uyg‘ondi. Qanday qilib, deb so‘radim o‘zimdan. Qanday qilib odam yolg‘iz, oddiy velosipedda, besh ming kilometrli sahro va g‘ovlarga to‘la yo‘lga chiqadi? Ammo bu savolga javobni qalbimning bir chekkasi pichirlab aytdi: — Bu Allohga muhabbat, bu Payg‘ambarimizga sog‘inch, bu ichki kuch, bu tavakkul! U zotga aytajak so‘zlarim bor edi. “Yo’l boshingiz muborak bo‘lsin, otaxon! Har bir g‘ildirak aylanishi Habibimizga bir salomdek yetib borsin. Har bir ter tomchisi guvoh bo‘lsin: siz bu yo‘lga sof yurak bilan chiqqansiz,” — demoqchi edim. Ammo nasib bo‘lmadi. Lekin ko‘nglimdan o‘tdi: men otaxonga yetmasam ham, duolarim yetar. Men yetmasam ham, u zot Allohga yaqin. Bu yo‘l, bu sayohat, bu hijrat — har kimga ham beriladigan sinov emas. Qachondir bir zamonda bir o‘spirin bola Makka sari piyoda yo‘lga chiqqan edi. Odamlar uni telba deb kulgan, ammo u Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning qabrlari yoniga yetib, ho‘ngrab yig‘laganida, u haqda butun ummat duo qilgan edi. Bugungi otaxon esa — bizning davrimizning qahramoni. U qahramonlikni televizordan izlamadi. U niyatini yelkasiga yuklab, yuragiga qat’iyat bog‘lab yo‘lga chiqqan. Unga yo‘l to‘siqlari nima? Sovuq, issiq, yolg‘izlik? U Alloh bilan, u duo bilan, u dard bilan yo‘lda. Har kuni o‘zini “charchadim”, “hali ertasini bilmayman”, deb oqlayotganlar orasida shunday insonlarni ko‘rish, bizni hayotimizni qayta o‘ylashga undaydi. Biz mashinada, u esa velosipedda. Biz shoshilamiz, u esa... har qadamda tavakkul qiladi. Shu lahzada xayolimda tasavvur uyg‘ondi: Makka ko‘chalarida, bayroq yelpib, bir otaxon ohanrabodek yurib kelmoqda. Har bir odam unga qarab “Qayerdansiz, bobojon?” deb so‘raydi. U esa boshini baland tutib deydi: — Men O‘zbekistondanman. Yuragimda duo, orqamda xalqimning salomi bor! Bugun biz bir otaxonning velosipedda Umra sari safarini ko‘rdik. Ertaga esa butun dunyo Uning ismini duo bilan eslab, hayrat qiladi. Bu safar nafaqat Makka sari, balki bizga — yuragimizga qaytish uchun boshlangan yo‘l bo‘lsin.
Ey yo‘lovchi, agar bir otaxon velosipedda Makkagacha yo‘l ola bilsa, sen nega Allohga bir sajdaga yelka bura olmaysan? Habibimiz (s.a.v.)ga aytilgan salomlar ichida, sening ham yuragingdan chiqqan so‘zlar bo‘lishi uchun duoda yod et!
Muallif: ✍🏻Dilafruz BEKMIRZA qizi (Muallif ruxsatisiz foydalanmang😊🙏🏻) Ilm yoʻlida, odamiylik istab sizlarga ilindim, sizlar ham yaqinlaringizga ulashing🤲🏻🫂💓🤍 @Dilafruz_Bekmirza_qizi

Story

Story

Story

Story

Story

Story

Story

Assalomu alaykum, Azizlarim! Bugun Azizim bilan halol mehnat qilib uzoq yillardan buyon ish yuritayotgan "Dilnur studio offic
+1
Assalomu alaykum, Azizlarim! Bugun Azizim bilan halol mehnat qilib uzoq yillardan buyon ish yuritayotgan "Dilnur studio official" nomli studiyamizda "Nihol" mukofoti sovrindori, estrada xonandasi Gulasal Abdullayeva mehmon bo'ldilar. Gulasal Abdullayevaning jonli ijrodagi qo'shiqlarini tinglash juda maroqli va ko'ngilga o'zgacha iliqlik baxsh etar ekan. Nolalari xuddi o'zlari kabi yoqimli va diltortar. Bilasizmi, ijod olami shundayki, unda chin ko'ngil odamlari yashaydi. Va ulardagi insoniylikni boshqalardan topish biroz mushkul. Ana shunday ijod bo'stonidagi odam bo'lmoqlik, inson sifatida kamol topmoqlik baxtini bergan Allohimga shukr! Gulasalxon Abdullayeva va ularning go'zal oilasiga ko'z tegmasin. Ular kabi yosh ammo bir-birini tushunib, qo'llab-quvvatlaydigan, mehr-muhabbatli insonlarni ko'rsam dilim yayraydi. Allohimga shukrlar aytaman. Chunki dunyoni tutib turgan ustunlardan biri bu - mehr, muhabbat, oqibat va vafodir. Boringizga shukr, qadrdonlarim! Allohimga omonatimsizlar!😇🤲 @kreativ_tabriklar

Story

Story