cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Korean studies (5 tashabbus)

Savollar uchun @ziyodullaev_shahzod Только для Корееведов (объявления деканата и др.) Корейсшунослар учун (деканат эълонлари ва хоказо)

Show more
Advertising posts
718
Subscribers
+324 hours
+97 days
+430 days
Posts Archive
Bitiruvchi kurslar uchun Diplom topshirish marosimi 12-iyul soat 18:00 da bo‘lib o’tadi.
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
🤝🌏👨‍🏫👩‍🏫 🇺🇿🇰🇷 Joriy yilning 1-27-iyul kunlari Koreya Respublikasining Hanyang universitetida “HISS-2024 (Hanyang International Summer School)” dasturi boʻlib oʻtmoqda. 🔺Dasturda universitetning xorijiy hamkor universitetlaridan 100 ga yaqin talaba-yoshlar ishtirok etishmoqda. Dastur davomida talabalar oʻzlarining yoʻnalishlariga oid boʻlgan bir nechta kurslardan Hanyang universiteti professor-oʻqituvchilari tomonidan ma’ruza mashgʻulotlarida ishtirok etishadi. Shuningdek, xorijlik talabalar uchun Koreya madaniyatini, tarixini va turizmini oʻrganish maqsadida koʻplab madaniy tadbirlar tashkil etilishi rejalashtirilgan. ✅ Ushbu dasturda Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Koreyashunoslik fakulteti 3-bosqich talabasi, fakultet koordinatori Shavkat Abdugʻafforov ham faol ishtirok etmoqda. 💠TDSHU yoshlar ittifoqi axborot xizmati: 🌐 Telegram 🌐Instagram
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
⏺⏺Aziz yoshlar! Qadrli yigit, qizlarimiz! Qalbi qaynoq, tafakkuri ummon sharqshunoslarimiz! Sizlarga ulkan muvaffaqiyatlar, bilim olish yo'lida tugallanmas kuch, yetuk sharqshunos bo'lib yuksak marralarni zabt etishda g'ayrat va omad tilayman! Hamisha sizlar bilan faxrlanib yuraylik! Gulchehra Rixsiyeva, TDSHU rektori TDSHU Matbuot xizmati/Пресс-служба ТГУВ/Press Service of TSUOS 🌐Telegram |🌐Facebook |🌐 Youtube |📹 Instagram| 🌐Twitter | 🌐linkedin|🗄 tsuos.uz
Show all...
Repost from Alisher Sadullaev
⚡️Prezidentimizning tegishli qaroriga ko‘ra Yoshlar uchun quyidagi yangi imkoniyatlar joriy etildi: 1. Xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha (ingliz, nemis, fransuz, koreys, xitoy va yapon tillari) C1 yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi sertifikat olgan yoshlarning oʻqish xarajatlarini qoplash uchun BHMning 3 baravari (1 mln 20 ming so‘m) miqdorida bir martalik moddiy rag‘batlantirish tizimi joriy etiladi; 2. 2024-yil 1-sentabrdan yoshlarning (nemis, fransuz, koreys, xitoy va yapon tillari) xalqaro imtihon tizimlarida imtihon topshirish xarajatlari qoplab berilishi uchun ular tomonidan to‘planishi lozim bo‘lgan ballning minimal ko‘rsatkichi bir pog‘ona pasaytiriladi; 3. Oliy ta’lim tashkilotlarining xorijiy til filologiyasi ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 3 va 4-kursda tahsil olayotgan hamda kamida C1 darajadagi sertifikatga ega talabalariga o‘qituvchi sifatida mehnat faoliyatini amalga oshirishiga ruxsat etiladi; 4. Ota-onalar va o‘quvchilar talabidan kelib chiqib, ixtisoslashtirilgan maktablar va kasb-hunar maktablarida chet tili sifatida nemis, fransuz, koreys, xitoy va yapon tillarini o‘qitishni yo‘lga qo‘yiladi; 5. Xorijiy tillar va zamonaviy kasblarni o‘rgatish bo‘yicha dunyoning yetakchi markazlari, oliy ta’lim tashkilotlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yiladi hamda ularning xalqaro ta’lim standartlariga mos ta’lim dasturlari “Ibrat farzandlari” va “Ustoz” loyihalariga tatbiq etiladi; 6. Olis va chekka hududlarda faoliyat ko‘rsatuvchi eng yuqori ko‘rsatkichga ega 100 ta xususiy o‘quv markazining ta’lim jarayonida foydalanadigan bino va inshootlar uchun ijara to‘lovi xarajatlarining bir qismi kompensatsiya qilinadi; 7. Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining sinf xonalarini ta’lim jarayonidan bo‘sh vaqtda kasb-hunar va xorijiy tillarni o‘qitish faoliyatini amalga oshirish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida tekin foydalanish huquqi bilan xususiy o‘quv markazlariga berishga ruxsat etiladi.  ⚡️Shuningdek qarorga ko‘ra, Yoshlar ishlari agentligi zimmasiga quyidagi qo‘shimcha funksiyalar yuklandi: 1. Yoshlarni xorijiy tillarga o‘qitish jarayonlarini takomillashtirish, talab yuqori bo‘lgan chet tillarini mukammal o‘zlashtirish uchun sharoitlarni kengaytirish; 2. Xorijiy tillarni o‘qitish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi YATTlar, o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar hamda nodavlat ta’lim tashkilotlari ushbu yo‘nalishda faoliyat yurituvchi boshqa nodavlat notijorat tashkilotlarini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash, sohadagi muammolarni muntazam ravishda tahlil qilish va ularning yechimi bo‘yicha takliflar tayyorlash; 3. Xususiy o‘quv markazlari reytingini shakllantirish hamda reytingda yuqori o‘rinni egallaganlarni rag‘batlantirish; 4. Yoshlar orasida kasb-hunar va xorijiy tillarni o‘rganishni targ‘ib qilish, ushbu yo‘nalishdagi ijtimoiy loyihalar, ko‘rik-tanlov va olimpiadalarni tashkil etish. @alisher_sadullaev
Show all...
6986619.pdf1.67 MB
Yuqoridagi fanlardan qarzdorlik masalasida kimda qoʻshimcha savollar boʻlsa dekanatga keling. Barcha savollaringizga javob beriladi.
Show all...
Ariza va to’lovni amalga oshirganingizdan soʻng dars-mashg’ulotlari va imtihonlar haqida qoʻshimcha ma’lumotlar beriladi.
Show all...
Assalomu alaykum. Fanlardan qarzdor talabalar dekanatga kelib ariza berishingiz mumkin. Online ariza berish istagidagi talabalar guruh sardori orqali arizani yozib (qoʻlda) sifatli rasmga olib yuborishingiz mumkin. Toʻlov tartibi: kontrakt.edu.uz orqali kredit-modul deb yozilgan punkt orqali qarzdor fanlarni tanlab shartnoma shakllantirasiz. E’tiborli bo’ling 1ta fanni yana qayta tanlab yubormang. Ariza+shakllantirilgan shartnoma+ toʻlangan kvitansiyani birgalikda topshirasiz!
Show all...
Ariza 1-2-3 kurs kredit qarzdor.pdf2.26 KB
3-KURS QARZDORLAR.pdf5.49 KB
2-KURS QARZDORLAR.pdf3.93 KB
1-KURS QARZDORLAR.pdf3.95 KB
🇺🇿😄🇰🇷 Koreya Respublikasining Kookmin universiteti hamda Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti hamkorligida tashkil etilgan ”SGE (Sungkok Global Exposure) Program” loyihasi davom etmoqda. 🟦 Joriy yilning 26-iyun kuni, kunning birinchi yarmida Kookmin universitetidan tashrif buyurgan talaba-yoshlar poytaxtimizdagi muhtasham “Alpomish” muz saroyiga tashrif buyurishdi. 🟦 Kunning ikkinchi yarmida esa, talabalar O‘zbekiston va Koreya Respublikasining do‘stlik aloqalari sharafiga nomlangan Seul ko‘chasida joylashgan “Seoul Mun” savdo markazida boʻlishdi. ✅TDSHU Matbuot xizmati/Пресс-служба ТГУВ/Press Service of TSUOS 🌐Telegram |🌐Facebook |🌐 Youtube |📹 Instagram| 🌐Twitter | 🗄 tsuos.uz
Show all...
🇺🇿😄🇰🇷 Koreya Respublikasining Kookmin universiteti hamda Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti hamkorligida "SGE (Sungkok Global Exposure) Program" loyihasi joriy yilning 24-iyundan 1-iyulga qadar Toshkent shahrida amalga oshirilishi rejalashtirilgan. 🗣Loyiha doirasida Koreya Respublikasi va O'zbekiston o'rtasidagi hamkorlik aloqalari bo'yicha Kookmin universiteti va TDSHU professorlarining ma'ruzalari tinglanadi, tarixiy va madaniy qadriyatlar bo'yicha talabalarning taqdimotlari amalga oshiriladi. Shuningdek, ikki universitet talabalarining tandem darslari amalga oshiriladi. Tashrif buyurgan talabalarga Koreyashunoslik fakultetining talabalari hamrohlik qiladi. 🔹Loyihaning ilk kunida talabalar o'zlariga biriktirilgan volontyorlar bilan birgalikda poytaxtimizning asosiy diqqatga sazovor joylaridan biri bo'lgan Chorsu bozorida bo'lib, o'zbek milliy liboslari, do'ppilar, sharqona shirinliklar va qo'l mehnati orqali ishlangan yodgorliklar bilan yaqindan tanishishdi. Shundan so'ng, talaba-yoshlar bozor yaqinida joylashgan tarixiy "Ko'kaldosh" madrasasiga tashrif buyurishdi. ✅TDSHU Matbuot xizmati/Пресс-служба ТГУВ/Press Service of TSUOS 🌐Telegram |🌐Facebook |🌐 Youtube |📹 Instagram| 🌐Twitter | 🗄 tsuos.uz
Show all...
Repost from SHARQDAN XABARLAR
02:41
Video unavailableShow in Telegram
🔤🔤🔤🔤🔤🔤 🔤🔤🔤🔤🔤🔤 ⚡️“El-yurt umidi” jamgʻarmasi tomonidan 2024-yilgi 1-ochiq stipendiya tanloviga hujjatlar qabuli boshlandi “El-yurt umidi” jamg‘armasi xorijiy davlatlarning nufuzli universitetlari va ilmiy markazlarida bakalavriat, magistratura va doktoranturada ta’lim olish uchun 500 o‘ringa mo‘ljallangan 2024-yilgi 1-ochiq stipendiya tanlovini e’lon qildi. Bunda: ➖ bakalavriat ta’lim dasturi uchun 100 o‘rin, ➖ magistratura ta’lim dasturi uchun 250 o‘rin, ➖ doktorantura ta’lim dasturi uchun 150 o‘rin ajratilgan. Stipendiya tanloviga nomzodlar hujjatlarini qabul qilish joriy yilning 25-iyundan 25-iyulga qadar onlayn qabul qilinadi. Saralash tanlovi jarayonlarini o‘tkazish, jumladan nomzodlarning intellektual, tahlil qilish va ijodiy qobiliyatlari darajasini aniqlashga qaratilgan qo‘shimcha test sinovlari hamda nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalari darajasini aniqlashga qaratilgan davlat tilida suhbat o‘tkazish joriy yilning 25-iyuldan 24-avgustga qadar davom etadi. Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: 👉http://admission.eyuf.uz Batafsil ma’lumot uchun havola: 👉https://eyuf.uz/site/event?id=79 ☎️ Qo‘shimcha savollarga javoblarni +99 871 203 00 47, +99 871 203 00 48, +99 871 203 00 53 telefon raqamlaridan yoki [email protected] elektron pochta manzili orqali olishingiz mumkin.
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube
Show all...
21.95 MB
02:14
Video unavailableShow in Telegram
📺📺 #TDSHU_OAVda 🤝🌏👨‍🏫👩‍🏫 2️⃣2️⃣2️⃣ 🇺🇿😄🇰🇷 Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti va Koreya Respublikasining Andong Milliy universiteti hamkorligidagi “LINC 3.0 Global Capstone Design” loyihasining ochilish marosimi haqida 📺"Yoshlar" telekanalining "Davr" informatsion dasturidaTDSHU Matbuot xizmati/Пресс-служба ТГУВ/Press Service of TSUOS 🌐Telegram |🌐Facebook |🌐 Youtube |📹 Instagram| 🌐Twitter | 🗄 tsuos.uz
Show all...
umarova.mp413.93 MB
01:23
Video unavailableShow in Telegram
🤝🌏👨‍🏫👩‍🏫 2️⃣2️⃣2️⃣ 🇺🇿😄🇰🇷 Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti va Koreya Respublikasining Andong Milliy universiteti hamkorligida “LINC 3.0 Global Capstone Design” loyihasi ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.TDSHU Matbuot xizmati/Пресс-служба ТГУВ/Press Service of TSUOS 🌐Telegram |🌐Facebook |🌐 Youtube |📹 Instagram| 🌐Twitter | 🗄 tsuos.uz
Show all...
IMG_7347.MP429.31 MB
🤝🌏👨‍🏫👩‍🏫 2️⃣2️⃣2️⃣ 🇺🇿😄🇰🇷 Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti va Koreya Respublikasining Andong Milliy universiteti hamkorligida “LINC 3.0 Global Capstone Design” loyihasi ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur loyiha Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti va Koreya Respublikasining Andong Milliy universiteti o‘rtasida “LINC 3.0 Global Capstone Design” loyihasini amalga oshirish borasida imzolangan bitimga muvofiq gumanitar va turizm sohalarida O‘zbekistonlik va koreyalik talabalar ishtirokida amalga oshirishi belgilangan.
Batafsil ma'lumotTDSHU Matbuot xizmati/Пресс-служба ТГУВ/Press Service of TSUOS 🌐Telegram |🌐Facebook |🌐 Youtube |📹 Instagram| 🌐Twitter | 🗄 tsuos.uz
Show all...
Repost from SHARQDAN XABARLAR
⚡️⚡️⚡️ 📣SHARQDAN YANGILIKLAR‼️ #ishtirok Joriy yilning 21-iyun kuni Qozog‘iston Respublikasining Olma-Ota shahrida Markaziy Osiyoda Koreyashunoslik masalalariga bag‘ishlangan navbatdagi “Роль и перспективы корееведения в Центральной Азии в эпоху искуственного интеллекта” nomli 12-son ilmiy-amaliy anjumanida Koreys filologiyasi kafedrasi o’qituvchisi Gulchehra Yusupova «Социолингвистический подход в исследовании единиц речевого этикета в корейском и узбекском языках» mavzuida ma’ruza qildi✅ ➡️@sharq_xabar
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
🏆🏆🏆 🇺🇿🇰🇷Koreyashunoslik fakultetining 12 nafar bitiruvchisi ta'limni Koreyada davom ettiradi 😄 Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Koreyashunoslik fakultetining 12 nafar bitiruvchisi magistratura bosqichida ta‘lim olish uchun 2024- yilgi Janubiy Koreya Respublikasining Global Korea Scholarship (GKS) xalqaro stipendiyasini muvaffiqiyatli qo‘lga kiritdi. 1. Abduvaliyeva Gulshat Azatovna 2. Abduvaliyeva Muslima Abdumannof qizi 3. Egamberganova Zuxra Farhod qizi 4. Bekmirzayeva Begoyim Ilkhomidin qizi 5. Abdulaxatov Asadbek Bahodir o‘g‘li 6. Kim Anna Alekseyevna 7. Ziyodullayev Shahzod Nodirjjon o‘g‘li 8. Jurayeva Dilnoza Shavkatovna 9. Pardaboyev Ravshanbek Qodirali o‘g‘li 10. Nurmurotov Tohirbek To'lqin o‘g‘li 11. Rahmatov Jahongir Shuhrat o‘g‘li 12. Xudoynazarov Jonibek Muhiddin o‘g‘li
📎 Ta'kidlash joiz-ki, grantga sazovor bo'lgan talabalar joriy o'quv yilidan e‘tiboran TDSHUda tashkil etilgan “GKS grantiga doir hujjatlar bilan ishlash” to‘garagining faol a‘zolaridandir.
🔺 To‘garak rahbarlari – TDSHU dotsentlari D.Abbasova, G.Yunusova hamda talabalarimizni yutuqlari bilan tabriklab, keyingi faoliyatlarida muvaffaqiyat tilaymiz! ✅TDSHU Matbuot xizmati/Пресс-служба ТГУВ/Press Service of TSUOS 🌐Telegram |🌐Facebook |🌐 Youtube |📹 Instagram| 🌐Twitter | 🗄 tsuos.uz
Show all...
Shartnoma olmasdan tôlov qilganingiz tizimda nosozliklarni keltirib chiqarmoqda. Shu sababdan ariza yuborib, yuborganligingiz haqida dekanatni ogohlantirib qôying
Show all...
Röyxatda keltirilgan talabalar zudlik bn kontrakt.edu.uz saytiga kirib 2023/2024 öquv yili uchun kontrakt shartnomasini olishga ariza yuboring
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
Bitiruvchilar diqqatiga! -Diplom qachon beriladi? -Muddatidan avval menga tayyorlab bering olib ketishim kerak. -Menga diplom zarur edi… topshirishim kerak Hullas shu va shu kabi diplomga oid savollaringizni bermasligingizni sôrab qolamiz. Sizlarni tezroq diplom olib ketishingiz uchun barcha zarur ishlar amalga oshirilmoqda. Biroz sabrliroq bôling. Albatta tayyor bölsa habar beriladi!!!
Show all...
Repost from Iqtisodchi Kundaligi
Juda zoʻr imkoniyat. Iqtisodiy til bilan aytsak — haqiqiy yulduzlar Oʻzbekistonga kelishmoqda ekan. Iqtisodiyotga va metodlarga qiziqsangiz albatta hujjat topshiring. Toʻgʻrisi, oʻzim ham topshirishni oʻylayapman… Stiven Durlauf hozirgi Chikago universitet professori, hozir u Chikagoda Hekman bilan birga tadqiqot markaz ko-direktori. Dunyodagi eng yorqin ekonometrik mutafakkirlardan. Uning leksiyalaridan keyin, toʻgʻrisi, qarsak chalgim kelgan edi. Omadim kelib, menga umrimdagi birinchi ekonometrika kursini aynan u oʻtgan, oʻsha payt Viskonsinda ishlagan edi. Lourens Blume hamma bilgan iqtisodchilar uchun matematika kitobi hammuallifi — bir necha avlod iqtisodchilar uni yozgan kitoblaridan dars olib kelishmoqda. Xullas qoʻyib yuborish mumkin emas bunday imkoniyatni. Albatta topshiring. Deadline bugun ekan. https://econsummer.newuu.uz/
Show all...
⚡️⚡️⚡️XUSH XABAR Koreyashunoslik fakultetida tahsil olgan bir nechta talabalarimiz 2024- yilgi Janubiy Koreya Respublikasining (Global Korea Scholarship) xalqaro stipendiyasini muvaffiqiyatli qo‘lga kiritishdi: 1.Abdiualieva Gulshat Azatovna 2.Abduvalieva Muslima Abdumannof qizi 3.Egamberganova Zuxra Farhod qizi 4.Bekmirzaeva Begoyim Ilkhomidin qizi 5.Abdulaxatov Asadbek Bahodir o'gli 6.Kim Anna Alekseevna 7.Ziyodullaev Shahzod Nodirjjon o'gli 8.Jurayeva Dilnoza Shavkatovna 9.Pardaboyev Ravshanbek Qodirali o'gli 10.Nurmamatov Tohirbek To'lqin o'g'li 11.Rahmatov Jahongir Shuhrat o'g'li
Show all...
Choose a Different Plan

Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.