cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

ParalympicUz

O'zbekiston Milliy paralimpiya qo'mitasining Telegramdagi rasmiy kanali Tel: +99871 245 01 12

Show more
Advertising posts
20 912
Subscribers
+424 hours
+227 days
+15330 days
Posts Archive
00:51
Video unavailableShow in Telegram
Murosasiz bellashuvlar, qiziqarli qarama-qarshiliklar, yulduzlarning yorqin chiqishlari. "Yangiobod"da o'tayotgan para yengil atletika bo'yicha O'zbekiston chempionatining dastlabki kuni ortda qoldi. 👍👍👍👍👍 🔥🔥🔥
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring
💻Instagram |🎞YouTube | 📝 Facebook  | 📝Telegram |
Show all...
IMG_6481.MOV38.82 MB
Para yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston chempionatida rekord darajada sportchi ishtirok etmoqda Xabar berganimizdek, bugun Angren shahrida joylashgan “Yangiobod” sport bazasida para yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston chempionati boshlandi. Bu galgi musobaqada rekord darajadagi sportchilar ishtirok etayotganini alohida e’tirof etish lozim. Mamlakat birinchiligida jami 600 nafarga yaqin turli hildagi nogironligi mavjud sportchilar g‘oliblik uchun bahs olib bormoqda. Musobaqaning dastlabki kungi bahslarida sportchilar nayza, disk va yadro uloqtirish, shuningdek yugurish va balandlikka sakrash dasturlarida qatnashishdi. Ertaga yana bir nechta dasturlarda bellashuvlar o‘tkazilishi belgilangan. 👍👍👍👍👍 🔥🔥🔥
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring
💻Instagram |🎞YouTube | 📝 Facebook  | 📝Telegram |
Show all...
02:14
Video unavailableShow in Telegram
📹 Para yengil atletika bo'yicha boshlangan O'zbekiston chempionati "Sport" telekanali nigohida
Show all...
+SH2.mp434.52 MB
Repost from Sport vazirligi
01:20
Video unavailableShow in Telegram
Endi mahallangizga sport maydonchasini o'zingiz sovg'a qilishingiz mumkin! 🗣O'zbekiston Respublikasi Sport vazirligi tashabbusi bilan 1-iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni arafasida respublikamizning barcha tuman, shaharlarining har biriga bittadan sport maydonchasi qurib berish bo'yicha tanlov o'tkazilmoqda.
Sport maydonchalari ovoz berish yo'li bilan g'olib bo'lgan mahallalarga qurib beriladi.
❗️Ovozlar joriy yilning 10-mayidan 1-iyunigacha tashabbus.sport.uz saytida qabul qilinadi. ✅ Loyihamizda faol ishtirok eting va mahallangiz hududida farzandlaringiz uchun sport maydonchasi yutib oling! Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Show all...
Sport Vazirligi 4K comm.mp420.56 MB
00:44
Video unavailableShow in Telegram
Ertaga "Yangiobod" sport bazasida para yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston chempionati start oladi 👍👍👍👍👍 🔥🔥🔥
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring
💻Instagram |🎞YouTube | 📝 Facebook  | 📝Telegram |
Show all...
IMG_6406.MOV32.65 MB
Qo‘mita ishchi guruhi “Yangiobod” sport bazasida bo‘ldi O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari J.Xasanov boshchiligidagi ishchi guruh a’zolari Angren shahridagi “Yangiobod” sport bazasida o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini olib borayotgan para atletlar bilan uchrashdi. Tashrif davomida sport bazasida yaratilgan sharoitlarni yana bir bor ko‘zdan kechirilib, sportchilar va trenerlarga qo‘mitaning ichki tartib qoidalari haqida tushunchalar berildi. Shuningdek Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlariga har tomonlama puxta tayyorgarlik ko‘rish va sayyoramizning eng nufuzli sport musobaqasida yurtimiz sharafini munosib himoya qilish borasida so‘z yuritildi.
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
Para kanoechilarimiz Jahon chempionatida ishtirok etish uchun jo‘nab ketishdi 8-11 may kunlari Vengriyaning Seged shahrida para kanoe bo‘yicha Jahon chempionati bo‘lib o‘tadi. Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri lisenziya beradigan ushbu muhim musobaqada ishtirok etadigan terma jamoamiz bugun Vengriya tomon yo‘l oldi. Segeddagi Jahon chempionatida quyidagi sportchilarimiz yurtimiz sharafini himoya qiladi: Haytmurod Sherqo‘ziyev Azizbek Abdulhabibov Hasan Qo‘ldoshev Shahzoda Mamadaliyeva Shahnoza Mirzayeva Iroda Rustamova Bo‘lajak musobaqada vakillarimizga omad tilaymiz!
Show all...
Elektron hujjat aylanishi bo‘yicha yangi bosqichga qadam qo‘yildi Elektron hujjat aylanishi sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirishda O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi tomonidan ham faol ishlar olib borilmoqda. Jumladan, yurtimizda axborot texnologiyalari sohasida faoliyat yuritayotgan yetakchi kompaniyalardan biri – “UNICON-SOFT” bilan bu borada yaqindan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi. Kompaniya mutaxassislari tomonidan elektron hujjat aylanishi, elektron hujjatlarni axborot tizimi orqali jo‘natish va qabul qilib olish jarayonlari bo‘yicha qo‘mita mutaxassislariga zarur tushunchalar berildi.
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
Para pauerlifting: Terma jamoamiz Jahon kubogiga yo‘l oldi Joriy yilning 8-11 may kunlari Tailandning Pattaya shahrida para pauerlifting bo‘yicha Jahon kubogi bo‘lib o‘tadi. Parij-2024 yozgi Paralimpiya o‘yinlari lisenziyasi yo‘lidagi ushbu muhim musobaqada ishtirok etadigan O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari bugun Tailandga jo‘nab ketdi. Quyidagi sportchilar Pattayadagi Jahon kubogida yurtimiz sharafini himoya qilishi rejalashtirilgan: 1. Aqidaxon Aktamova -50 kg 2. Ruxshona O‘ktamova -61 kg 3. Qudratoy Toshpo‘latova -67 kg 4. Orzugul O‘ralova -79 kg 5. Azizbek Turg‘unov -59 kg 6. Sanjarbek Ollaberganov -65 kg 7. Yashinbek Oltiyev -80 kg 8. Nuriddin Davlatov -107 kg 9. Doston Abdusattarov +107 kg
Show all...
Maqsad - bitiruvchilarni ish bilan ta’minlash Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida Milliy paralimpiya qo‘mitasi raisi maslahatchisi A.Mursakulov hamda universitet rektori R.Matkarimov ishtirokida uchrashuv tashkil etildi. Unda universitetning Adaptiv jismoniy tarbiya va parasport kafedrasi talabalari hamda Chirchiq Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi o‘quvchilari qatnashdi. Uchrashuvda asosan paralimpiya yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalarning bandligini ta’minlash, shuningdek, OPSTTM o‘quvchilarini ta’limning keyingi bosqichiga yo‘naltirish kabi masalalar haqida so‘z bordi. Samimiy ruhda kechgan uchrashuvda talabalar va o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi.
Show all...
00:40
Video unavailableShow in Telegram
📹"Yangiobodda" yangi nomlar kashf etildi 👍👍👍👍👍 🔥🔥🔥
Bizni ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring
💻Instagram |🎞YouTube | 📝 Facebook  | 📝Telegram |
Show all...
Енгил атлетика.mp4131.68 MB
Osiyo Paralimpiya qo‘mitasi vakili Paralimpiya shaharchasidagi bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi Shu kunlarda poytaxtimizda mehmon bo‘lib turgan Osiyo Paralimpiya qo‘mitasi sport bo‘limi menejeri Shon Li bugun safar doirasida poytaxtimizda qad rostlayotgan Paralimpiya shaharchasini ham bevosita ko‘zdan kechirdi. Tashrif davomida Shon Li bevosita qurilish obyektlarida jadal ish jarayonlari davom etayotganiniga guvoh bo‘ldi. Shuningdek, mehmonga Toshkent-2025 o‘yinlari eksperti hamda qo‘mita rahbariyati majmua barcha xalqaro standartlarga javob berishi, sport arenalari eng zamonaviy jihozlar bilan ta’minlanishi xususida ma’lumot berdi.
Show all...