cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

💖🌹Sevgi hikoyalari🌹💖

❤ H U S H 🥀 K E L I B S I Z !❤ 📃Mazmunli Sherlar📖 💖 Ramantik Hikoyalar💖 📙Ma'noli Statuslar📙 👍Ibratli Hikoyalar👍 🏩 Qiziqarli Videolar🏩 ❄Barchasi ❄bizning ❄kanalda bizdan ❄uzoqlashmang❄ #ADMINKA @TUNGI_OVCHI_777 💖04.02.2019💖

Show more
Advertising posts
203
Subscribers
No data24 hours
+37 days
-830 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Photo unavailableShow in Telegram
🫰🫶🫰
Show all...
👍 1😍 1
sticker.webp0.20 KB
Tahdid 23-qism Kutilmaganda yuzimga sovuq va hól narsa sachradi. Sapchib ketib kózlarimni ochdim. Tepamda sinfdoshlarim, matematika óqituvchim Jasur turardi. Atrofga alanglab qarab, qandaydir kóprik yonida ekanimni angladim. Esladim... Bu ósha kóprik... Men Shahzodni ilk bor uchratgan kóprik... -Mohi yaxshimisan-dugonam Guli havotirlanib savol berdi. -h..ha.. yaxshiman. -Nega ketib qolding jinni. Seni rosa qidirdik bu yerda nima qilyapsan! -Kechirasan-aybdorona bosh egdim. -Bóldi hammangiz tarqaling! Nima sizlarga tekin tomosha bólyaptimi bu yerda!-Guli hammani urushib haydab yubordi. Nahotki shuncha payt tush kórdim... Lekin... Menga bu chindek tuyuldi. Men chindan ham sevib qoldim... Ósha yaramas terminatorni chindan ham sevib qolgandim... Uch yildan sóng.... -Miss Mohinur bugun darsga kela olmasam kerak. Institutda muhim ishlarim chiqib qoldi. Vazifalarni bersangiz albatta tayyorlab kelaman. Óquvchimdan kelgan habarni óqib unga javob yozayotganimda kimdir telefonimni olib qochib ketdi. Men nima bólganini anglashga ulgurmasimdan kimdir ósha yigitni tutib qoldi. -Telefoningiz-sovuq nigohlar, tim qora kózlar... Juda tanish qiyofa... -Rahmat...-qólidan telefonimni olib tezlik bilan u yerdan ketdim. -Bir narsa sórasam bóladimi...-ortimdan kelib meni tóxtatdi. -Ha bemalol... -Ismingiz Mohinur, shundaymi. -Ha... Siz buni qayerdan... -Ózim ham bilmayman... Huddi sizni avvaldan tanigandekman. Aytgancha meni ismim Shahzod. -Men ham sizni tanigandekman... Lekin eslay olmayapman... -Ishonchim komil, meni tushingizda kórgansiz -kuldi yigit -huddi men sizni tushimda kórganim kabi... -Lekin... Siz vampir emassiz... Shundaymi... -biroz qórqibroq sóradim. Yigit esa bunga javoban shunchaki kulib qóydi. -Maslahatim fantastik kinolarni kamroq kóring.... TAMOM! E'tiboringiz uchun rahmat! #𝘼𝙣𝙙𝙧𝙤𝙢𝙚𝙙𝙖
Show all...
3
Tahdid 21-qism Topishim uchun ancha vaqt ketdi. Eng alam qiladigani eshik qulf edi. Kalit Shahzodni xonasidadir deb óylab yana xonaga qaytib kirdim. Lekin kalitni topa olmadim. Kutilmaganda xonaga kirib qolgan "odam" rejalarimni barbod qildi. -Bu yerda nima qilyapsan? -M...men.... Ha...haligi... -qólingdagi nima? -Tumorlar...-baribir fikrlarimni óqishini bilib yashirib ótirmadim. U bólsa biroz hech narsa demasdan turgach, kelib meni bağriga bosdi. -Nurim, tan olaman Charos bilan bólganman. Hatto uni sevganman. Lekin ósha paytlari seni uchratmaganman. Ishon sen ósha paytlari hatto tuğulmaganding. -Lekin Mohlaroychi... -Senga hech qachon hiyonat qilmaganman. Charosning qobiliyati yolğon xotiralar yaratish. U senga umuman boshqa narsalarni kórsatgan. Men hech qachon senga hiyonat qilmayman, sevgilim -doimgidek uning erkalashlaridan erib ketdim. Balki chindan ham xato óylagandirman. Lekin baribir juda shubhali, u meni birinchi marta kórganida kimnidir yoki nimanidir eslagandek bóldi. Keyin esa ósha kuniyoq sovchilarini yubordi... Balki chindan ham unga bola kerakdir. Lekin agar bola kerak bólganida uni oldirib tashla demagan bólardi. Nega unga emas Charosga ishonyapman ózi? Axir Charos undan qasos olmoqchiku. Men esa u kórsatgan yolğonlarga ishonib terminatorimdan ayrilib qolishimga sal qoldi. Agar kelib qolmaganida qochib ketgan bólardim. Charosga ham aynan shu kerakku... Doimgidek kunlarim oddiy óta boshladi. Aslida oddiy deb ham bólmaydi. Ahvolim biroz oğirlashib, holsiz quvvatsiz bólib qoldim. Axir tez orada vampir chaqaloqni dunyoga keltiraman. Terminator sehr yordamida nimalardir qilib oğriqlarni yóqotyapti. Balki óziga olayotgandir... Bilmadim... Doimgidek tushimga Charos kirdi. Ósha -ósha gaplar... Qornimdagi chidab bólmas oğriq sabab uyqum ham ochilib ketdi. Doimgidek Shahzod havotir bilan yuz -qóllarimni ushlab haroratimni tekshirdi. Davomi bor....... #𝘼𝙣𝙙𝙧𝙤𝙢𝙚𝙙𝙖
Show all...
👍 1
Tahdid 22-qism -Yaxshimisan. -H..ha-oğria sabab arang javob berdim. -Aldama-qoshlarini chimirdi. -Birooozgina yomonroq...-kórsatkich barmoğim bilan bosh barmoğimni deyarli bir biriga tekkizib gapirdim. -Seni boshida ogohlantirgandim-hórsindi-bu bola seni óldiradi. Undan qutulishing kerak edi -Iltimos yana boshlamang. -Seni azoblanishingni kórish menga oson emas! -Bari taqdir... Hech narsa bizni qólimizda emas. Buni ósha kuni qochib ketib, kóprik yoniga borib qolganimda tushunganman-kulishga harakat qildim. -Gapni burishga urinma! -Bir xil gaplaringizdan charchadim. Odamga óxshab yashay olamanmi ózi! -meni olamimda bu qiyin. -Bilaman, aytmasangiz ham bilaman! -zarda qilib yotib oldim. Bir necha daqiqadan sóng suyaklarimda chidab bólmas oğriqni his qildim. 2 saotdan sóng... -U ólmasligi kerak, ólmasligi kerak.... -Shahzod u yoqdan bu yoqqa yurib bir gapni takrorlayverdi. Ichkarida esa kimningdir azobdan baqiryotgan ovozi.... Shahzod quloğini qóllari bilan berkitib oldi. Huddi berkitsa ovozlarni eshitmaydigandek. Bir necha daqiqa ótib ichkaridan chaqaloq yiğisi eshitildi. Va Habiba eshikdan shoshib chiqdi. -Aka vaqt oz uni tezroq vampirga aylantirish kerak-Habibaning gapidan sóng Shahzod shoshgancha xonaga kirib ketdi... * * * * * * Ğalati tushlar kórish men uchun tabiiy hol bólib qoldi. Lekin bu safar bari boshqacha... Qandaydir butkul nomalum makon. Huddi jahannamga óxshaydi. Hammayoqni olov qoplagan... Tanamga tekkan olov oddiy olovga qaraganda ming marta daxshatliroq oğriq beradi. Nahotki men óldim va dózaxga hukm qilindim... Buni bilsam ham vampirga kóngil qóydim... Nega qismat deganlari bu darajada shavqatsiz? Nega oddiy odamdek yashay olmayman? Nega taqdirim bu darajada achinarli? Qani edi ósha kóprik yoniga bormaganimda.... Davomi bor......... #𝘼𝙣𝙙𝙧𝙤𝙢𝙚𝙙𝙖
Show all...
😱 1
Tahdid 20-qism Xonasidagi tumorlarni olginda, odamlar olamiga partal ochib ortinga qayt. Baribir unga sen emas, qorningdagi bola kerak. -Yolğon... -Exx odamlar... Ishonishni istamagan narsangizni darrov yolğon deya bahona qilasizlar... Nega ishonmaysan... Senga yaxshilik qilmoqchiman...-ikki ót orasida qolib ketdim. Nahotki u rost gapiryapti. Aqlim unga ishon desa, qalbim teskarisini aytyapti... Qay biriga ishonay... Yuzimga tekkan sovuq qóllar kózlarimni ochishga majbur qildi. -Ahvoling yaxshimi-menga havotir bilan qarab turgan bir juft tillarang kózlarni kórib, negadir yuragim ğalatihavfni sezdi-Biroz isitmang chiqyapti. Nimadir bóldimi? -Yaxshiman...-biroz sukutdan sóng birgina shu sózlar bilan cheklandim.... Nima bólsa ham ichimdagi bu bezovtalikdan qutulishim kerak. Als holda bu hech qachon menga tinchlik bermaydi. Nima qilib bólmasin men isbotlashim kerak... Lekin nimani? Men kórgan manzarani tasvirlash ilojsiz edi. Sevgan insonimni menga hiyonat qilganini kórish... Bundan daxshatlisi bólmasa kerak. Charos haqida aytgan yolğonlariyu, Mohlaroy bilan qilgan hikoyani meni ich etimni yeb bitirdi. Chindan ham ósha tumorlar bormi yóqmi tekshirib kórishim kerak, agar Charos aldamagan bólsa tumorlar uni xonasida bóladi... Shoshma, shoshma... Nimalar qilyapman? Axir u farzandimning otasi. Lekin Charos aytganidek agar unga faqat shu bola lerak bólsachi... Agar shunday bólsa bu yerdan bir umrga ketaman. Eng yaxshisi shu! Baxtimga Shahzod bugun qasrda emas. Uni xonasiga chiqib hamma joyni qidira boshladim. Lekin hech narsa chiqmadi. Oxiri shkafni ochib kórdim, lekin shkafda ham hech narsa yóq... Tortmani ochganimda ichidan chiroyli tilla qutichadan ósha taqinchoqni topdim. Xonani avvalgi haliga qaytarib, tumorni oldimda qasrning orqa eshigini qidirdim. Avval hech orqa eshikni qidirib kórmagan ekanman.
Show all...
👍 1
Tahdid 18-qism Bir haftadan buyon bir hil tush kóraman. Hatto zerikib ham ketdim. -Exx, kichkintoy, tezroq dunyoga kelsangu, sen bilan ovora bólib tashvishlarimni unutsam. deyarli bilinib qolgan qornimni silab, kichkintoy bilan suhbatlasha boshladim -Zerikishga ham vaqtim bólmasdi -biroz hayol surib ótirdim -Hósh, bugun dadajoningni qanday qiynasak ekan... Tuni bilan uyqu bermayman desam, vampir bólsa... Vampirlar esa uxlamaydi... Hósh nima yeysan? Lavashmi? Meniyam lavash yegim kelyapti. Demak kelishib oldik. Bugun lavash yeymiz. Mana tun ham tushdi. Qaysar qiyofamni yoqib olaman. Ayniqsa men yiğlaganimda u ham qiynalishi biram yoqadiki... Yaxshiyam óshanda Jasur meni qólimni sóragandi. Bólmasa jahl qilib ketib qolmasdim va terminatorimni ham uchratib qolmasdim. Shunday paytlarda ósha mahmadonadan minnatdor bólib ketaman. Lekin baribir Charos borasida kónglim ğash. Kun kelib Shahzod uni qayta sevib qolsachi? Lekin unga ishonishimni aytdi. Umuman chalkashib ketdim. Hammasi chalkash... Yana shu haqida óylayapman. Qancha ózimni chalğitishga urinsam ham baribir shu haqida óylayapman... Xonaga Shahzod kirib keldi. Hayollarimhar yoqqa tarqab ketdi. -Yana shu haqida óylayapsanmi-oldimga ótirib sochlarimni siladi-senga bor gapni aytib bermasam hotirjam bólmaysan shekilli. -Shunaqa qiling-yalinchoq qaradim -Biz Charos bilan unashtirilgandik. U jodugarlar turiga kiradi. Senga aytganimdek u kasallikdan ólmagan. Uni men óldirganman. Aniqroği shunday deb óylardim. U miyyamga yolğon xotiralarni joylab, ózini ólgandek kórsatgan. -U ózi nima istaydi. -Sen nima deb óylaysan. -Meni óldirishni va sizni qaytarib olishnimi-u aybdorona bosh egib gapimni tasdiqladi. -Nega uni óldirmoqchi bólgansiz. -U farzandimizni óldirgandi. -NIMA?!-hayrat va ğazabimni yashirmay baqirib yubordim... -Nurim... -Siz hali u bilan...-u yoğini ayta olmadim. Bóğzimga nimadir tiqilgandek bólib, nafas olishim qiyinlashib ketdi.-Siz... siz... -Nurim... Iltimos, meni eshi... -yóq! Hech narsani tushuntirmang! Kerak emas! Sizni eshitishni istamayman. -Bilaman, bu sen uchun... -Bu gapingiz men uchun huddi ajal farishtasi kelib "Tayyorlan ertaga joningni olaman" degandan ham qórqinchli bóldi. Davomi bor......... #𝘼𝙣𝙙𝙧𝙤𝙢𝙚𝙙𝙖
Show all...
🤔 1
Tahdid 19-qism Bilasizmi nega? Chunki sizdan hech qachon buni kutmagandim. Sizga ishonib ótiribmana! Aslida men ózim ğirt ahmoqman. Sizga ishongan men ahmoqman aslida! -Bilasanmi, bazi qizlar bóladiku jahli chiqsa chiroyli bólib ketadigan, sen ularga umuman óxshamaysan. Jahling chiqqanda huddi jodugarga óxshab qolasan. -Gapni burmang-hafsalasiz gapirdim. -Kel yaxshisi bir kechaga butun dunyoni unutamiz. Sen, men va kichkintoy...-bir qóli bilan belimdan qucib ikkinchisi bilan sochlarimni siladi. Men esa tezda undan ózimni nari oldim. -Menga yaqinlashishni hayolingizga ham keltirmang. Judayaaaam vaqtichoğlik qilgingiz kelsa, Charosingizni oldiga boring! -U meni Charosim emas! Nima meni rashk qilyapsanmi! -HA!-u kulib yubordi. Nega kuladi?! Meni asabim buziladiyu, bu yaramasni kulishini -Kulmang!-bu gapimdan keyin yana qattiqroq kuldi -Kulmang dedim! -jahlim chiqib yostiqni olib uni ura boshladim. U ham yostiq olib ózini himoya qildi. Kichik janjalimiz yostiqlar jangiga aylanib ketdi. Qizil rangni yomon kóraman. Negadir shu rangni kórsam asabiylashaman... Hammayoq qizil rangda. Boshqa rang umuman yóq. Bu yerga qachon va qanday kelib qolganim yodimda yóq, hatto qancha paytdan beri bu yerda ekanimni ham bilmayman. Quloğim ostida eshitilayotgan notanish ayolning kulgisi... Qórqa boshladim... Huddiki ólganmanu dózaxga tushgandek his qilyapman ózimni. Axir bilardim, vampirlar la'natlanganini bilardim, lekin shunga qaramay vampirni sevib qoldim, hatto tez orada yarim vampirni dunyoga keltiraman... Daxshatli bóshliqda asta sekinlik bilan qandaydir tasvirlar paydo bóla boshladi. Bir necha daqiqa ichida tasvirlar tiniqlashdi va unarni aniq kôra olardim. Bu Shahzod edi. Yonidagi qiz esa... Charos... Ular hursand edilar. Kózlarida bir birlariga bólgan cheksiz sevgi aniq kórinib turgandi. Shu on ózimni ortiqchadek seza boshladim... Tasvirlar ózgardi, endi Shahzod va Charos qoya yonida nimalardir deb tortishardi. Men ularning ovozini eshita olmayotgandim. Faqatgina bólayotgan ishlarni tomosha qilib turardim... Keyin Shahzod Charosga tarsaki tushirdi va u yerni tark etdi. Yana tasvirlar ózgardi. Bu safar u Charos bilan emas, Mohlaroy bilan edi. Mohlaroy nimadirlar deb Shahzodning yelkasiga qólini qóydi... Keyingi voqealarni aytib bero olmayman. Shok holatida edim... Nahotki u menga hiyonat qildi. Tomoğimga nimadir tiqilib nafas olishimga halal bera boshladi. -Seni chindan ham sevadi deb óylaysanmi-barcha tasvirlar yóqolib yana ósha qizil bóshliqda paydo bóldim. Qarshimda turgan Charosga hissiz qarab kóz yoshlarimni tashqariga chiqarmaslikni va bir sóz demaslikni maqul kórdim-U ikkimizni ham sevmasdi. Chunki unda yurak yóq. Sen esa...-yonimga kelib menga achinish bilan qaradi va sochlarimni silab gapini davom ettirdi-yosh umringni xazon qilding... Huddi men kabi... Afsus... Yaxshisi ket, seni ham óldirmasidan ket! Davomi bor........ #𝘼𝙣𝙙𝙧𝙤𝙢𝙚𝙙𝙖
Show all...
👍 1
Tahdid 17-qism Qoronğulikdan ólgudek qórqaman. Yolğizlikdan ham... Sekin deraza yoniga borib pardalarni ochdim. Oy tólgan ekan. Biroz unga termulib hayol surib qoldim. Tushim haqida óylay boshladim. Shahzod Charos deb aytdi. Charosni u óldirganmi. Nega menga yolğon gapirdi? Charos aslida kim? Oy... Oy óshanda qizil rangda edi. Bu nimani anglatadi? Javobsiz savollar... Yana... Nahotki u menga yolğon gapirgan bólsa? Agar Charosni u óldirgan bólsa, nega bunday qildi?... Javobi yóq savollar jonimga tegdi. Yaxshisi shunchaki hammasini unutaman. Bu shunchaki tush. Tushga har narsa kiradi... Qancha urinsam ham uyqum kelmadi. Eshik ochilib, ichkariga Shahzod kirib kelgach qórquvlarim ancha tarqadi. -Nimadir bóldimi? -Hech narsa, shunchaki qórqinchli tush kórdim. Shuning uchun uxlay olmayapman. -Tushingda ózingni kórdingmi-sochlarimni tózğitib ustimdan kulib yubordi. -Yóq aksincha, sizni kórdim. Meni óldirmoqchi bóldingiz. Aniqroği Charos qiyofasidagi meni...-u birdan jiddiy bólib qoldi. -Charos? Axir sen uni kórmagansan... -Ha lekin, siz menga qarab Charos deb chaqirdingiz. Meni óldirmoqchi edingiz. Keyin men qochdim. Va jarlikdan sakradim. Suvga tushib chóka boshlaganimda kórgan oxirgi manzaram, qizil oy va siz edingiz... -.... -Nega menga bunday qarayapsiz. Rost aytyapman. -Oy... Qizil rangdamidi? -Ha... Bu sizga nimanidir eslatyaptimi...-nahotki bu tush emas, ótmish bólsa... Lekin, lekin... U menga Charos kasallik sabab ólgan deb aytgandi. Birgina tush sabab undan shubhalana olmayman. Axir biz bir birimizni sevamiz. Yoki unday emasmi... Axx, chalkashib ketdim... -Nurim...-u yuzimni kaftlari orasiga olib kózlarimga tikildi. Kózida havotir va qayğu yaqqol bilinib turgandi. Nimadandir juda ham azoblanayotgandi-Menga ishonasana? -Albatta... -Senga barini tushuntirib beraman. Iltimos, faqat menga ishon, vaqti kelganida hammasini aytib berman. Faqat sabr qil.-peshonasini peshonamga tekkizib biroz turdi, sóng yuzimdan ópib xonadan chiqib ketdi. Unga ishonishim kerak. Hech qanday shubhasiz... U menga tushuntirib beradi. Kun kelib tushuntiradi... Faqat ósha kun tezroq kelsinda.... Davomi bor........ #𝘼𝙣𝙙𝙧𝙤𝙢𝙚𝙙𝙖
Show all...
😱 1
Tahdid 16-qism Shohruh shoshilgancha suratni olib Shahzodni xonasiga bordi. -Aka, bunga bir qarang. Shahzod rasmni kórgach rangi oqarib ketdi. -Bólishi mumkin emas. Axir bu rasmni óz qóllarim bilan... Uni qayerdan topding? -Men emas, Mohinur topdi. -Qayerdan. -Portretlar orasidan. -Agar Charos tirik bólsa... Jin ursin!-Shahzod stolga kuch bilan urdi. Natijada stol sinib ketdi-Bu rasmni nimadir qilib yóqot. -Menimcha bu imkonsiz. Charosni óldirganingizga ishonchingiz komilmi. -Óz qóllarim bilan uni yoqib yuborganman. Suratni ham u bilan birga yoqqanman. -Menimcha bu tavqi la'nat. Men Niginani olib kelaman. U buni nima qilish kerakligini biladi -Shohruh xonadan chiqib ketgach Shohzod boshini changallab qoldi... * * * Qoronğu órmon... Sokinlikni buzib bir qiz shoshilgancha yugurib kelyapti... Qiz juda tez yugurardi. Ortidan huddi shu tezlikda yana kimdir yugurib kelyapti. Oxiri u qizga yetib oldi. -Qochish befoyda Charos-yigit qoziq tishlarini kórsatib irjaydi. Qiz atrofga alanglab qochish yóllarini qidira boshladi. Osmonga qaraganida oy qizil tusga kirgandi. Yigit unga yuzi kórinadigan darajada yaqin keldi. Juda tanish chehra Qiz qólida xanjar paydo qilib yigitga sanchdida yana qochib ketdi. Oxiri órmon chetidagi jarga yetib kelganida óylab ham ótirmay undan sakradi. Suvga tushgach ópkasi suvga tólib, unga jarlik tepasidan mamnun qarab turgan yigit va qizil oyni kórib kózlarini yumdi. Qórqinchli tushdan uyğonib ketdim. Atrofga alanglab, xonada yolğiz ekanimni payqagach qórquvim yana ham oshdi. "Bu shunchaki tush edi" deb ózimni ovutdim. Lekin baribir ham qórquvim bosilmadi. Men kórgan ósha chehra... U... Shahzod edi... * * * -Suratni chindan ham yóq qilganmisiz-jodugar qiz Nigina suratni tekshirik kórib aytgan ilk gapi shu bóldi. -Aytyapmanku uni Charos bilan yoqib yuborganman deb! -Shahzod asabiylashib ketdi. -Uning qabiliyati nima edi? -Uning qabiliyati... -Shahzod biroz óylab qoldi. Sóng nimanidir sezgandek yalt etib Shohruh va Niginaga birma bir qarab chiqdi -Eslay olmaypman. -Uning qobiliyatini men bilaman-Shohruh suratga qarab óychan gapirdi -Yolğon xotira yaratish va ularni boshqarish. Shuning uchun siz uni óldirganman deb óylaysiz. Qobiliyatini eslay olmayapsiz. -Demak u tirik, shundaymi. -Menimcha ha. -Ishni buzmasidan tezroq uni topib o'ldirish kerak.... Davomi bor........ #𝘼𝙣𝙙𝙧𝙤𝙢𝙚𝙙𝙖
Show all...
👍 1
Choose a Different Plan

Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.