Ustoz Ganiyev⚡️
Open in Telegram
🎓Nizomiy nomidagi O‘zMPU 📚 "Amaliy psixologiya" kafedrasi o‘qituvchisi Yosh Olim (🔜...PhD) Visited countries 🌍 🇦🇿 🇮🇹 🇨🇭🇩🇪 🇫🇷 🇹🇷...
Show more924
Subscribers
No data24 hours
-77 days
-2730 days
Posts Archive
Repost from Ustoz Ganiyev⚡️
Ustozim bir kuni menga shunday dedilar.
O'tgan yili asosiy ish joyim Nizomiy nomidagi TDPU (O'zMPU) dan tashqari boshqa xususiy universitetlarda ham dars bera boshladim, yaxshi to'lashadi bilasiz, tinmadim, proekt ustiga proekt, ertalabdan kechgacha oylab pulni ketidan quvishim natijasida sog'lig'imda psixosomatik kasalliklar (oylab tomoq og'rigi...) aks eta boshladi...
Shunda ustozim shunday dedilar:
“Maqsudjon, hozir yoshsan. Katta pulning ortidan quvishga shoshilma. Qancha urinma dunyodagi barcha pulni ishlab bo‘lmaydi, ammo yoshlikdagi vaqt, energiya va imkoniyatlarni yo‘qotib qo‘yish juda oson.Bugun senda quvvat bor, shijoat bor, yangiliklarni tez o‘zlashtira oladigan miya bor. Vaqt o‘tishi bilan tajriba ortadi, lekin energiya asta-sekin kamayadi. Shuning uchun yoshligingni faqat daromad ortidan quvishga emas, o‘zingni kuchaytirishga sarfla.
Bilim ol. Ko‘p kitob o‘qi. Xorijiy tillarni o‘rgan. Tajriba to‘pla. Odamlar bilan tanish. Kuchli networking yarat. Xato qil. Sinab ko‘r. O‘zingni turli yo‘nalishlarda kashf et.Ko‘pchilik martaba,lavozim, rahbarlik va katta daromadni erta qo‘lga kiritishga shoshiladi. Barcha kariyera va rahbarlik lavozimlari 30 yoshdan keyin boshlanadi. Aslida esa mustahkam poydevor qurmagan bino uzoq turmaydi. Avval o‘zingni kuchaytir, keyin esa imkoniyatlar seni o‘zi topadi.
30 yoshgacha imkon qadar kapital emas, kompetensiya yig‘. Chunki pul yo‘qolishi mumkin, lekin bilim, tajriba va obro‘ seni butun umr boqadi. Pul topishning vaqti hali keladi. Hozir esa o‘zingning eng qimmat aktiving — shaxsing ustida ishlash vaqti.”2025-2026- o'quv yilini esa o'zimga bag'ishladim, umuman pul uchun emas shaxsiy rivojlanishga, chet elda phd qilyapman, yangi proektlar,yevropa bo'ylab sayohat qildim (7 ta davlatda bo'ldim), kitob chiqardim (yuridik psixologiya), ingliz tili sertifikatimni yangiladim, scopus maqolalar chiqaryapman, Amerika va yevropada dars beradigan professorlar bilan tanishdim, maslahatlar oldim, ilmiy doiramni kengaytiryapman...
Balki ustozimning menga bergan bu maslahatlari sizga ham asqotar. Men hali qariya emasman, hayotning barcha sirlarini ham bilmayman. Lekin ayrim haqiqatlar yosh tanlamaydi. O‘z ustingda ishlash, bilim olish, tajriba to‘plash va yaxshi insonlar davrasida bo‘lish — bu tavsiyalar menga ham, sizga ham birdek foyda beradi.Shu gaplar ustida o‘ylab qoldim. Balki hozir bizga eng kerakli narsa ko‘proq pul emasdir. Balki o‘zimizni kuchliroq versiyamizni qurishdir. Think about it. Do‘stlaringizga ulashing⤵️ @Maqsudjon_Ganiyev |⚡️
Dars berib bir narsani tushundim.
Talabaga har safar yon beraversangiz — kechiksa ham, vazifa qilmasa ham, tayyor kelmasa ham indamay “mayli” deb ketsangiz, bir vaqt kelib u buni sizning yaxshiligingiz deb emas, odatiy holat deb qabul qila boshlarkan.
Boshida “ustoz tushunadi” deyishadi.
Keyin esa, sizning tushunishingizni majburiyatdek ko‘rishadi.
Eng qiyini — bir kuni o‘rinli qilib “yo‘q” desangiz, birdan siz yomon bo‘lib qolasiz.
Shunda tushundim:
Har doim yon berish — har doim ham yaxshilik emas ekan.
Ba’zida “yo‘q” deyish ham kerak.
Chunki chegarasi yo‘q mehrning qadri ham sekin yo‘qolarkan.
Ilmni birgalikda qo’llaymiz!
Ilmiy tadqiqotga o‘z hissangizni qo‘shing!
Sizni "O‘zbek xalqining etnopsixologik qiyofasini aniqlash" mavzusidagi keng ko‘lamli ilmiy so‘rovnomada ishtirok etishga taklif qilamiz.
So‘rovnomani to‘ldirish 15–20 daqiqa vaqt oladi. Barcha javoblar anonim tarzda yig‘iladi
Rag‘batlantirish:
So‘rovnomani yakunlagach, uning oxirida berilgan Telegram guruhiga qo‘shiling va so‘rovnoma muvaffaqiyatli yakunlanganini tasdiqlovchi skrinshotni guruhga yuboring. Tadqiqot yakunida barcha ishtirokchilar orasidan tasodifiy tanlov asosida 15 nafar g‘olib aniqlanadi.
Eslatma: yakunda telegram guruhiga qo'shilish butunlay ixtiyoriy, javoblar anonim saqlanadi.
✅ So‘rovnomada ishtirok etish uchun havola (link) ustiga bosing:
https://forms.gle/3zAHKCgpXjvdZeR88
Today is the day. We may witness the end of football as we know it—or the beginning of a new era. Stay tuned, guys. You have to watch this match!
Xa azizlar, bugun juda katta voqelarning taqdiri hal bo'ladi!
Shubhasiz o'zimniki ham)
⚡️ Илмий тадқиқотга ўз ҳиссангизни қўшинг!
Сизни "Ўзбек халқининг этнопсихологик қиёфасини аниқлаш" мавзусидаги кенг кўламли илмий сўровномада иштирок этишга таклиф қиламиз.
Ушбу тадқиқот Ўзбекистонда илк бор амалга оширилаётган бўлиб, унинг натижалари нафақат республикамиз, балки халқаро илмий ҳамжамият учун ҳам муҳим аҳамият касб этади. Сўровнома дунёга машҳур Hofstede маданий ўлчовлари консепцияси асосида, ўзбек халқининг миллий-маданий хусусиятларига мослаштирилган ҳолда ишлаб чиқилган.
🕒 Сўровномани тўлдириш 15–20 дақиқа вақт олади. Барча жавоблар аноним ва фақат илмий мақсадларда фойдаланилади.
Ёрдамингиз ва бефарқ бўлмаслигингиздан умидвормиз!
✅ Сўровномада иштирок этиш учун ҳавола:
https://forms.gle/5B8KE8XVvt2Xd1Vr8
Ba’zi odamlar bilan olishish — Gidraga qarshi urushishga o‘xshaydi.
Ba’zi odamlar bilan olishish — Gidraga qarshi urushishga o‘xshaydi. Bir boshini kesasan — o‘rniga o‘nta bosh chiqadi. Bir yolg‘onni fosh qilasan — o‘rniga o‘nta yangi niqob paydo bo‘ladi. Bir chegarani chizasan — uni buzish uchun o‘nta bahona topishadi.Va bir kuni charchab emas, anglab qolasan:
Muammo sening kuchsizligingda emas. Muammo — ayrim janglarning g‘alabasi umuman yo‘qligida.Bizga bolaligimizdan sabr, mehr va yaxshilik bilan hamma narsani o‘zgartirish mumkin deb o‘rgatishgan. Lekin ne ko'z bilan ko'raylikki hayotning boshqa aytilmagan darslari bor ekan:
Bir muammoni hal qildim deb o‘ylaysan, o‘rnidan o‘nta yangi muammo chiqadi. Barini tushuntirasan — yana boshqacha talqin qilishadi. Bir yaxshilik qilasan — uni ham zaiflik deb bilishadi.Unutma: ba’zi odamlar uchun sening yaxshiliging — foydalanish mumkin bo‘lgan resurs, xolos. Bir vaqt kelib shuni tushunasan: Har bir botqoqni gulzorga aylantirib bo‘lmaydi. Gap senda emas.
Shunchaki ayrim odamlar o‘zlari yashab qolgan muhitdan chiqishni istashmaydi. Chunki o‘zgarish mas'uliyat talab qiladi, mas'uliyat esa har kimga ham yoqmaydi.Shuning uchun ham ayrimlar aybni doim boshqalardan qidiradi. O‘zini o‘zgartirishdan ko‘ra, atrofni ayblash osonroq. Eng og‘riqli joyi esa boshqa. Sen ularni qutqarishga shunchalik berilib ketasanki, qachondir o‘zing ham cho‘ka boshlaganingni sezmay qolasan.
Avval kuching ketadi. Keyin ishonching. Oxirida esa odamlarga bo‘lgan samimiy munosabating ham eskirib qoladi.Ana shunda tushunasan: hamma ham yordam kutmaydi. Ba'zilar faqat yonida o‘zi bilan birga cho‘kadigan odam qidiradi.
Shu haqiqatni qabul qilish og‘riqli. Lekin ayrim odamlarni qutqarish emas, ulardan uzoqlashish kerak bo‘ladi.
Hayot adolatli emas. Buni qanchalik erta qabul qilsang, shunchalik kam ranjiysan.Chunki bu hayotda hamma qilganiga yarasha olmaydi. Ba'zilar yaxshilik qilib pushaymon bo‘ladi, ba'zilar esa boshqalarning ko‘nglini sindirib ham bemalol yashaydi. Eng og‘riqli tomoni esa boshqa. Sen birovni qutqaraman deb urinayotgan paytda, u seni o‘zi bilan birga tubga tortayotgan bo‘lishi mumkin. Shuning uchun ham har doim oxirigacha kurashish to‘g‘ri qaror emas.
Ba'zi eshiklarni taqillatmaslik kerak. Ba'zi odamlarni ishontirishning foydasi yo‘q. Ba'zi joylarni esa shunchaki tark etish kerak.Bu mag‘lubiyat emas. O‘zingni yo‘qotmaslik uchun to‘langan narx, xolos. Bir kun kelib ortingga qaraysan-u, eng to‘g‘ri qaroring aynan ketganing bo‘lganini tushunasan. Chunki sen gul ochadi deb umid qilgan joy, aslida ichingdagi bahorni asta-sekin so‘ndirayotgan ekan. 📍Italy (Rovereto) Do‘stlaringizga ulashing⤵️ @Maqsudjon_Ganiyev |⚡️
Talabalarimga bir gap.
O'zimdan misol: bugun qayerda bo‘lishingiz, qanday sharoitda o‘qiyotganingiz yoki imkoniyatlaringiz hozir qanchalik cheklangani kelajagingizni to‘liq belgilab bermas ekan.
Sizni belgilaydigan narsa — bilimga bo‘lgan munosabatingiz, intizomingiz va o‘z ustingizda ishlashga tayyorligingizdir.Maslahatimga quloq tuting! Universitetdagi darslarni shunchaki baho yoki diplom uchun qabul qilmang. Har bir mavzuga kelajagingizning bir bo‘lagi sifatida qarasangiz yuqori marralarni zabt etasiz.
Buni juda ko'p guvohi bo'ldim, Chunki bugun siz e’tibor bermayotgan kichik bilim ertaga katta qarorlar qabul qilishingizda tayanch bo‘lishi mumkin.
Ko‘proq o‘qing. Ko‘proq izlaning. Savol bering. Fikr yuriting. Shubha qiling. Tahlil qiling.Eng muhimi — o‘zingizni hech qachon kichkina odam sanamang. Maqsadli bo'ling, atrofingizni kuchli insonlar bian o'rab oling.
Sizning bugungi auditoriyangiz ertaga xalqaro minbarlarga aylanishi mumkin.
Unutmang: katta natijalar bir kunda emas, har kuni qilingan kichik, lekin izchil harakatlar orqali qurilar ekan.)📍Italy (Rovereto) Do‘stlaringizga ulashing⤵️ @Maqsudjon_Ganiyev |⚡️
Bugun Italyaning Trento shahridaman.
Yana bir bor chuqur angladim: ilm — chegaralarni tan olmaydi.
Ba’zida insonni oldinga yetaklaydigan kuch faqat maqsad yoki ambitsiya emas, balki bilishga bo‘lgan ichki ehtiyojdir.
Minglab kilometr uzoqqa kelib, yangi tajribalar, yangi ilmiy qarashlar va yangi akademik muhit bilan yuzlashish — bu oddiy safar emas, bu tafakkurning kengayishi deb hisoblayman.
Farqiga boring:
Ilm izlash — shunchaki diplom, sertifikat yoki unvon orttirish emas. Ilm izlash — kechagi o‘zingdan ustun bo‘lishga intilish, fikr doirasini kengaytirish va inson sifatida kamol topishdir.Bugun Trento menga yana bir haqiqatni eslatdi: inson o‘rganishdan to‘xtamasa, uning o‘sishi ham hech qachon to‘xtamaydi. Har bir yangi bilim — kelajak sari qo‘yilgan mustahkam qadam. Har bir izlanish — ertangi kun uchun kiritilgan eng qimmat investitsiya.
Ilm — insonni nafaqat professional, balki shaxs sifatida ham o‘stiradi. O‘rganishda davom etayotgan odam — yashashda ham davom etayotgan odam.Do‘stlaringizga ulashing⤵️ @Maqsudjon_Ganiyev |⚡️
“Hammasi yaxshi bo‘ladi”
“Hammasi yaxshi bo‘ladi”, “yaxshi kunlar hali oldinda” degan gaplar ba’zida shunchaki o‘zini ovutishdek tuyuladi.
Chunki hayotning shafqatsiz tomoni ham bor.
Vaqt o‘tadi. Soat sayin qariyapsan. Kuching sekin kamayadi. Sog‘liging avvalgidek emas.Ba’zida esa kechagi kuning bugungidan yaxshiroq bo‘lganini tan olishga majbur bo‘lasan. Va eng og‘riqlisi — hayot har doim ham “yaxshilanib” boravermaydi. Lekin ehtimol, masala hayotning osonlashishida emasdir. Masala — qiyinlashayotgan hayot ichida ham mustahkam bo‘lib qolishda. Balki “yaxshi kunlar” degani tashqi sharoit emasdir. Balki u — ichingdagi kuch, qabul qilish va chidamdir.
Eng avvalo kuching ketadi. Keyin sog‘liging. Keyin esa ayrim orzularing.Bir payt kelib shuni tushunasan: ba’zi narsalar endi hech qachon avvalgidek bo‘lmaydi. Ba’zida kechagi kuning bugungidan yaxshiroq bo‘lgan bo‘ladi. Ertang esa bugungidan ham og‘irroq. Eng achinarlisi — hayot senga hech narsa va’da qilmagan.
Na adolat. Na baxt. Na yaxshi yakun.Gapni indallosi: Siqilmang va “Hammasi yaxshi bo‘ladi” ✍️Italy(Rovereto.) 01:56 Do‘stlaringizga ulashing⤵️ @Maqsudjon_Ganiyev |⚡️
Ustozim bir kuni menga shunday dedilar.
O'tgan yili asosiy ish joyim Nizomiy nomidagi TDPU (O'zMPU) dan tashqari boshqa xususiy universitetlardan ham dars bera boshladim, yaxshi to'lashadi bilasiz, tinmadim, proekt ustiga proekt, ertalabdan kechgacha oylab pulni ketidan quvishim natijasida sog'lig'imda psixosomatik kasalliklar (oylab tomoq og'rigi...) aks eta boshladi...
Shunda ustozim shunday dedilar:
“Maqsudjon, hozir yoshsan. Katta pulning ortidan quvishga shoshilma. Qancha urinma dunyodagi barcha pulni ishlab bo‘lmaydi, ammo yoshlikdagi vaqt, energiya va imkoniyatlarni yo‘qotib qo‘yish juda oson.Bugun senda quvvat bor, shijoat bor, yangiliklarni tez o‘zlashtira oladigan miya bor. Vaqt o‘tishi bilan tajriba ortadi, lekin energiya asta-sekin kamayadi. Shuning uchun yoshligingni faqat daromad ortidan quvishga emas, o‘zingni kuchaytirishga sarfla.
Bilim ol. Ko‘p kitob o‘qi. Xorijiy tillarni o‘rgan. Tajriba to‘pla. Odamlar bilan tanish. Kuchli networking yarat. Xato qil. Sinab ko‘r. O‘zingni turli yo‘nalishlarda kashf et.Ko‘pchilik martaba, rahbarlik va katta daromadni erta qo‘lga kiritishga shoshiladi. Aslida esa mustahkam poydevor qurmagan bino uzoq turmaydi. Avval o‘zingni kuchaytir, keyin esa imkoniyatlar seni o‘zi topadi.
30 yoshgacha imkon qadar kapital emas, kompetensiya yig‘. Chunki pul yo‘qolishi mumkin, lekin bilim, tajriba va obro‘ seni butun umr boqadi. Pul topishning vaqti hali keladi. Hozir esa o‘zingning eng qimmat aktiving — shaxsing ustida ishlash vaqti.”2025-2026- o'quv yilini esa o'zimga bag'ishladim, umuman pul uchun emas shaxsiy rivojlanishga, chet elda phd qilyapman, yangi proektlar,yevropa bo'ylab sayohat qildim (7 ta davlatda bo'ldim), kitob chiqardim (yuridik psixologiya), ingliz tili sertifikatimni yangiladim, scopus maqolalar chiqaryapman, Amerika va yevropada dars beradigan professorlar bilan tanishdim, maslahatlar oldim, ilmiy doiramni kengaytiryapman...
Balki ustozimning menga bergan bu maslahatlari sizga ham asqotar. Men hali qariya emasman, hayotning barcha sirlarini ham bilmayman. Lekin ayrim haqiqatlar yosh tanlamaydi. O‘z ustingda ishlash, bilim olish, tajriba to‘plash va yaxshi insonlar davrasida bo‘lish — bu tavsiyalar menga ham, sizga ham birdek foyda beradi.Think about it. Do‘stlaringizga ulashing⤵️ @Maqsudjon_Ganiyev |⚡️
