en
Feedback
Surxondaryo IIB | Rasmiy kanal

Surxondaryo IIB | Rasmiy kanal

Open in Telegram

Surxondaryo viloyati IIB Axborot Xizmati Facebookdagi manzili: fb.com/SurxondaryoIIB Web sahifa: https://surviib.uz Instagramdagi manzil: instagram.com/SurxondaryoIIB Youtube manzili: https://www.youtube.com/cha Murojaat telefon: +998762220400

Show more

📈 Analytical overview of Telegram channel Surxondaryo IIB | Rasmiy kanal

Channel Surxondaryo IIB | Rasmiy kanal (@surviib) in the Uzbek language segment is an active participant. Currently, the community unites 29 945 subscribers, ranking 6 343 in the Education category and 2 663 in the Uzbekistan region.

📊 Audience metrics and dynamics

Since its creation on невідомо, the project has demonstrated rapid growth, gathering an audience of 29 945 subscribers.

According to the latest data from 28 September, 2026, the channel demonstrates stable activity. Although there has been a change in the number of participants by -1 559 over the last 30 days and by -17 over the last 24 hours, overall reach remains high.

  • Verification status: Not verified
  • Engagement rate (ER): The average audience engagement rate is 10.95%. Within the first 24 hours after publication, content typically collects 9.11% reactions from the total number of subscribers.
  • Post reach: On average, each post receives 3 283 views. Within the first day, a publication typically gains 2 730 views.
  • Reactions and interaction: The audience actively supports content: the average number of reactions per post is 0.

📝 Description and content policy

The author describes the resource as a platform for expressing subjective opinions:
“Surxondaryo viloyati IIB Axborot Xizmati Facebookdagi manzili: fb.com/SurxondaryoIIB Web sahifa: https://surviib.uz Instagramdagi manzil: instagram.com/SurxondaryoIIB Youtube manzili: https://www.youtube.com/cha Murojaat telefon: +998762220400”

Thanks to the high frequency of updates (latest data received on 29 September, 2026), the channel maintains relevance and a high level of publication reach. Analytics show that the audience actively interacts with content, making it an important point of influence in the Education category.

29 945
Subscribers
-1724 hours
-1927 days
-1 55930 days
Posts Archive
#jarayon 🚸 Muammoli chorraha tartibga olindi 🚦Termiz shahrida 4D 025 N yo‘lining 1 kilometrida aholiga noqulaylik tug‘dirib kelayotgan yo‘l qismida svetofor o‘rnatilib, transport vositalari va piyodalar harakati tartibga olindi. Website | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Mover‌‌

Ichki ishlar vazirligi Surxondaryo akademik litseyi o‘quvchilari ishtirokida ularning psixologik bilimlarini oshirish, o‘z im
+8
Ichki ishlar vazirligi Surxondaryo akademik litseyi o‘quvchilari ishtirokida ularning psixologik bilimlarini oshirish, o‘z imkoniyatlarini anglash, ijobiy fikrlash va o‘z-o‘zini boshqarish ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida “Ong imkoniyatlari” mavzusida seminar-trening tashkil etildi. Mashg‘ulot davomida o‘quvchilarga inson ongi va tafakkurining imkoniyatlari, o‘ziga ishonch, maqsad sari intilish hamda ijobiy fikrlashning ahamiyati tushuntirildi. Mavzu doirasida interaktiv psixologik mashqlar, amaliy topshiriqlar va guruhiy faoliyatlar tashkil etilib, o‘quvchilarning faol ishtiroki ta’minlandi. Trening yakunida o‘quvchilarga o‘z imkoniyatlarini to‘g‘ri baholash, ichki resurslardan samarali foydalanish va belgilangan maqsadlarga ishonch bilan intilish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Website | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Mover‌‌

Xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish borasida profilaktika inspektorlari uchun uslubiy qo‘llanma yetkazildi...👉batafsil ——
+6
Xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish borasida profilaktika inspektorlari uchun uslubiy qo‘llanma yetkazildi...👉batafsil ———— Хотин-қизлар ҳуқуқларини ҳимоя қилиш борасида профилактика инспекторлари учун услубий қўлланма етказилди...👉батафсил Website | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Mover‌‌

Qiziriq tumanida maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar xavfsizligi o‘rganildi...👉batafsil ———— Қизириқ туманида мактабг
+3
Qiziriq tumanida maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalar xavfsizligi o‘rganildi...👉batafsil ———— Қизириқ туманида мактабгача таълим ташкилотларида болалар хавфсизлиги ўрганилди...👉батафсил Website | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Mover‌‌

SHO‘RCHI TUMANI IIB XODIMLARI UCHUN KIBERXAVFSIZLIK BO‘YICHA O‘QUV SEMINARI O‘TKAZILDI. Sho‘rchi tumani Ichki ishlar bo‘limi
+6
SHO‘RCHI TUMANI IIB XODIMLARI UCHUN KIBERXAVFSIZLIK BO‘YICHA O‘QUV SEMINARI O‘TKAZILDI. Sho‘rchi tumani Ichki ishlar bo‘limi xodimlari uchun kiberxavfsizlik va kiberjinoyatlarning oldini olish mavzusida o‘quv seminari tashkil etildi. Seminar davomida internet va ijtimoiy tarmoqlardan xavfsiz foydalanish, kiberfiribgarlikning keng tarqalgan usullari hamda kiberxavfsizlik qoidalariga rioya qilish bo‘yicha tushuntirishlar berildi. Shuningdek, fuqarolar o‘rtasida kiberjinoyatlarning oldini olishga qaratilgan targ‘ibot-tashviqot ishlarini kuchaytirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi. 🔐 Fuqarolarni kiberxavflardan ogohlantirish va kiberxavfsizlik bo‘yicha xabardorligini oshirishga alohida e’tibor qaratildi. Website | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Mover‌‌

#sayyor_qabul YHXB boshlig‘ining sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi Qiziriq tumanida yo‘l infratuzilamasini yaxshilash, aholi uchun xavfsiz harakatlanishni tashkil etish, fuqarolarni qiynab kelayotgan masalalarga yechim topish maqsadida Surxondaryo viloyati IIB JXX YHXB boshlig‘i ishtirokida sayyor qabul tashkil etildi. Aksar murojaatlar shu joyning o‘zida hal etildi. Website | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Mover‌‌

Qo‘riqlash xizmati xodimlari uchun mazmunli kun Qo‘riqlash xizmati xodimlari tarixiy-madaniy maskanlarga sayohat uyushtirdila
+8
Qo‘riqlash xizmati xodimlari uchun mazmunli kun Qo‘riqlash xizmati xodimlari tarixiy-madaniy maskanlarga sayohat uyushtirdilar. Dastlabki manzil buyuk muhaddis va mutafakkir Al-Hakim at-Termiziy maqbarasi bo‘ldi. Bu yerda xodimlarga allomaning ilm-fan, islom tafakkuri va ma’naviy merosimiz rivojiga qo‘shgan hissasi haqida ma’lumotlar berildi. Shundan so‘ng Termiz va Termiziylar merosi tarixi muzeyiga tashrif buyurilib, vohaning qadimiy tarixi, unda shakllangan turli madaniyat va sivilizatsiyalar haqida ma’lumotlar olindi. Muzeydagi tarixiy ashyolar va eksponatlar xodimlarda katta taassurot qoldirdi. Bunday tadbirlar xodimlarning dam olish kunlarini mazmunli o‘tkazish, ularning tariximiz va milliy merosimiz haqidagi bilimlarini boyitish hamda ma’naviy dunyoqarashini kengaytirishga xizmat qilmoqda. Website | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Mover‌‌

Havolani bosishga shoshilmang! Firibgarlar odamni aynan qanday aldashini ko‘pchilik bilmaydi. ⚠️ Avval videoni ko‘ring, keyin qaror qiling — firibgarlarning tuzog‘i qanday ishlashini bilib oling. Website | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Mover‌‌

Termiz davlat pedagogika instituti pedagogika ijtimoiy fanlar fakulteti talabalariga 15-sentyabrdan 15-oktyabrga qadar “Talab
+5
Termiz davlat pedagogika instituti pedagogika ijtimoiy fanlar fakulteti talabalariga 15-sentyabrdan 15-oktyabrga qadar “Talaba xavfsizligi” oyligi doirasida “Huquqiy bilim – shaxsiy xavfsizlik kafolati” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Suhbat davomida institut inspektori B. Allaberdiyev tomonidan talabalarga yo‘l harakati qoidalariga qatʼiy amal qilishlari, internetdagi firibgarliklar, pul tikish o‘yinlari, giyohvandlik hamda ekstremistik oqimlar taʼsiriga tushib qolishdan saqlanish, shuningdek, kuz-qish mavsumi yaqinlashayotgani munosabati bilan, is gazidan zaharlanish, qo‘lbola isitish moslamalaridan foydalanmaslik hamda yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya qilish bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi. Oylikdan ko‘zlangan asosiy maqsad — yangi o‘quv yilida talabalarning xavfsiz muhitda ta’lim olishlari va yashashlarini ta’minlash hamda ularning huquqiy savodxonligini oshirishdir. Website | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Mover‌‌

#Bolalar_kontenti Xavfsizlik doimo yonimizda! Bolajonlarga xavfsizlik, tabiatga mehr va to‘g‘ri harakat qilishni o‘rgatuvchi tarbiyaviy loyiha. Website | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Mover‌‌

Denov tumani IIB boshlig‘i tomonidan aholi o‘rtasida kiberjinoyatlarning oldini olish, fuqarolarning kiberxavfsizlik borasida
+4
Denov tumani IIB boshlig‘i tomonidan aholi o‘rtasida kiberjinoyatlarning oldini olish, fuqarolarning kiberxavfsizlik borasidagi bilim va ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlari olib borilmoqda. Tadbirlar davomida fuqarolarga internet orqali sodir etilayotgan firibgarlik holatlari, shubhali havolalar va soxta ilovalardan ehtiyot bo‘lish, shaxsiy ma’lumotlar hamda bank kartasi rekvizitlarini begonalarga oshkor etmaslik yuzasidan tushuntirishlar berilmoqda. Shuningdek, kiberjinoyatlardan himoyalanish va shubhali holatlarga duch kelganda ogoh va hushyor bo‘lish zarurligi ta’kidlanmoqda. Ogohlik — kiberxavfsizlik garovi! Website | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Mover‌‌

Repost from IIV | Rasmiy kanal
Surxondaryo viloyati Ichki ishlar organlarida faoliyat yuritayotgan psixolog mutaxassisiga ega boʻlgan xodimlar oʻrtasida “Eng yaxshi psixolog” tanlovi oʻtkazildi ——— Сурхондарё вилояти Ички ишлар органларида фаолият юритаётган психолог мутахассисига эга бўлган ходимлар ўртасида «Энг яхши психолог» танлови ўтказилди Website | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Ok | TV

IIV Surxondaryo Akademik litsey o'quvchilari sport marafonida. Harbiy xizmatchilar va huquqni muxofaza qiluvchi organlari xod
+3
IIV Surxondaryo Akademik litsey o'quvchilari sport marafonida. Harbiy xizmatchilar va huquqni muxofaza qiluvchi organlari xodimlari o'rtasida Surxondaryo viloyatida bo'ylab o'tkazilgan “Harbiy yugur” marafonida O'zbekiston Respublikasi IIV Surxondaryo akademik litseyining 1-o'quv kursi 6/26 -guruh o'quvchisi Sharafutdinova Shaxrizoda Xolboy qizi faxrli.🥉 3-o‘rinni egallaganligi munosabati bilan uning ota-onasiga tashakkurnoma e'lon qilindi. Ushbu ajoyib natija bilan IIV Surxondaryo akademik litseyi jamoasi nomidan Sharafutdinova Shaxrizoda Xolboy qizini tabriklaymiz! Website | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Mover‌‌

Jaholatga qarshi ma’rifat: TerDUda yoshlar bilan uchrashuv Termiz davlat universitetida talaba-yoshlarni yot g‘oyalar ta’siri
+6
Jaholatga qarshi ma’rifat: TerDUda yoshlar bilan uchrashuv Termiz davlat universitetida talaba-yoshlarni yot g‘oyalar ta’siridan asrash va ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish maqsadida “Tinchlik – eng oliy ne’mat” hamda “Jaholatga qarshi – ma’rifat bilan kurash!” mavzularida uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda Imom Termiziy nomidagi islom instituti rektori Kamol Islamov, viloyat IIB mas’ul xodimi Ilyos Suyunov hamda TerDU Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Obidjon Shofiyev ishtirok etdi. Kimyo fakulteti faollar zalida 400 nafar talaba ishtirokida o‘tgan tadbirda tinchlikni qadrlash, yoshlarning mafkuraviy immunitetini mustahkamlash, yot g‘oyalardan ogoh bo‘lish hamda jaholatga qarshi bilim va ma’rifat bilan kurashish masalalari muhokama qilindi. Website | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Mover‌‌

Surxondaryo viloyati ichki ishlar organlarida davom etayotgan “Keksalar haftaligi” doirasida “Uch avlod” uchrashuvi tashkil e
+9
Surxondaryo viloyati ichki ishlar organlarida davom etayotgan “Keksalar haftaligi” doirasida “Uch avlod” uchrashuvi tashkil etildi...👉batafsil ———— Сурхондарё вилояти ички ишлар органларида давом этаётган “Кексалар ҳафталиги” доирасида “Уч авлод” учрашуви ташкил этилди...👉батафсил Website | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Mover‌‌

1.            Joriy yilning 27 sentabr kuni Ichki ishlar vazirligi rahbariyati hamda hududiy ichki ishlar organlari rahbarlari tomonidan navbatdagi sayyor qabullar o‘tkazildi. ---- Жорий йилнинг 27 сентябрь куни Ички ишлар вазирлиги раҳбарияти ҳамда ҳудудий ички ишлар органлари раҳбарлари томонидан навбатдаги сайёр қабуллар ўтказилди. Website | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Mover‌‌

Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi shaxsiy tarkibi bilan sportning “Pekiti-Tirsia Kali” turi bo‘yicha navbatdagi j
+8
Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi shaxsiy tarkibi bilan sportning “Pekiti-Tirsia Kali” turi bo‘yicha navbatdagi jismoniy tayyorgarlik mashg‘ulotlari tashkil etildi...👉batafsil ———— Сурхондарё вилояти Ички ишлар бошқармаси шахсий таркиби билан спортнинг “Пекити-Тирсиа Кали” тури бўйича навбатдаги жисмоний тайёргарлик машғулотлари ташкил этилди...👉батафсил Website | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Mover‌‌

JAMOAT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASHDA — YANGICHA YONDASHUV Prezidentimizning 2026-yil 4-sentyabrdagi PQ–314-sonli Qarori bilan ic
+8
JAMOAT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASHDA — YANGICHA YONDASHUV Prezidentimizning 2026-yil 4-sentyabrdagi PQ–314-sonli Qarori bilan ichki ishlar organlarining jamoat xavfsizligini ta’minlash faoliyatida yangicha ishlash tizimini joriy etishning ustuvor yo‘nalishlari belgilab berildi. Surxondaryoda ham qarorda belgilangan vazifalarni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda. Xususan, hududlarda xizmat olib borayotgan profilaktika inspektorlari, patrul-post, qo`riqlash hamda yo`l patrul xizmati xodimlari ishtirokida o‘quv-seminarlar tashkil etilib, yangi tizimning mazmun-mohiyati, xizmat faoliyatiga qo‘yilayotgan talablar hamda aholiga yanada yaqin va manzilli ishlash mexanizmlari batafsil tushuntirildi. Yo‘llarda yuzaga keladigan turli vaziyatlarda to‘g‘ri va tezkor harakat qilish, transport oqimini tartibga solish, chorrahalarda xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha ham amaliy ko‘nikmalar berildi. Website | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Mover‌‌

#jarayon Sizning xavfsizligingiz bizning zimmamizda Har tong maktablar yaqinida piyodalar va transport vositalarini tartib bilan harakatlanishi YPX xodimlari tomonidan nazoratda. Website | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Mover‌‌

Oltinsoy tumani IIBda “Keksalar haftaligi” doirasida “Uch avlod” uchrashuvi tashkil etildi...👉batafsil ———— Олтинсой тумани
+5
Oltinsoy tumani IIBda “Keksalar haftaligi” doirasida “Uch avlod” uchrashuvi tashkil etildi...👉batafsil ———— Олтинсой тумани ИИБда “Кексалар ҳафталиги” доирасида “Уч авлод” учрашуви ташкил этилди...👉батафсил Website | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Mover‌‌

Surxondaryo IIB | Rasmiy kanal - Statistics & analytics of Telegram channel @surviib