cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Freelance Team | Blog

Masofadan ish berish va ish topish uchun milliy platforma! Vakansiyalar uchun kanal: @freelanceteam_uz

Show more
Uzbekistan21 411The language is not specifiedCareer13 534
Advertising posts
510
Subscribers
No data24 hours
No data7 days
No data30 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Mijoz bilan masofadan turib suhbat qilganda nimalarga e'tibor berishingiz kerakligi haqida suhbatlashamiz! ❇️ Sizningcha, nimalar mijoz bilan suhbatda qo'l keladi? @fteam_uz | #maqola
Show all...
Mijoz bilan suhbat qurishda kerak bo'ladigan maslahatlar Masofadan suhbat qurganda, suhbatdoshni yaxshi yoki e'tiborsiz mutaxassisligini bildiruvchi ba'zi omillar mavjud. Bularga e'tiborli bo'lish mijoz bilan muvaffaqiyatli suhbat qurishda yordam beradi. Bugun sizlarga, 4ta maslahatni beramiz va Birga #maslahatlashamiz @fteam_uz
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
Har doim o'rganing! 🚀 #MotivationalQuote | @freelanceteam_uz
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
Juinor Product Manager bilishi kerak bo'lgan skillar🚀 🔻Product management teoriyasini bilish, frameworklarni, IT sohasida ishlatilinadigan asosiy terminlarni bilish, gipotezalarni tekshirish va uning prinsiplarini tushunish; 🔻Project yoki product ichidagi vazifalarni bajara olish. Misol uchun yozilingan script bo’yicha intervyular o’tkazish yoki shablon bo’yicha script yozish. Endi ish boshlagan Product managerdan hech bo’lmasa bitta aloxida vazifa bo’yicha javobgarlikni o’ziga olish talab qilinadi; 🔻 Vazifalarni bajarish uchun jamoa bilan kommunikatsiya olib borishni bila olishi kerak; 🔻Junior Product manager vaziflarni backlogga yig’maydi balki jamoaga sprint bo’yicha rejalashtirilgan vazifalrni bajarishga, ularni prioritezatziya qilishga yordam beradi; ©️ Temur Ibrohimov | @fteam_uz
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
Bo'lajak mijozingizning miyasidagi suhbatga qo'shiling Biz doimo o'zimiz bilan suhbatlashamiz. Ba'zan bu "ichki suhbat" ham deb ataladi. Ichki suhbatlar insonning kimligi va qiziqishlariga qarab bir biridan tubdan farq qiladi. Masalan homilador ayolning miyasidagi suhbat boshqa bir insonning miyasidagi suhbatdan keskin farq qiladi. Shuning uchun maqsadli bozorni tushunish juda muhim. Siz maqsadli auditoriyangizga qanday qilib kuchli taklif berasiz? Buning uchun esa maqsadli auditoriya qanday o'ylashi, qanday gapirishi, qanday javob berishi, kunni qanday o'tkazishi va miyasidan qanday hayollar o'tishini tushunib olishingiz kerak. Ular nimadan qo'rqadi? Ular nimadan hafa? Ularni nima hayratga soladi va nima ularga motivatsiya beradi? Agarsiz taklifingiz orqali ularning savollariga muvaffaqiyatli javob bera olsangiz, ular sizni doimiy mijozingizga aylanib qoladi va sizni hech qaysi raqobatchingizga alishtirmaydi. ©️ Bahodir Abdumutalov | @fteam_uz
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
Marketingning asosiy 4 funksiyasi: 1. Marketingning analitik funksiyasi - bozorni o'rganish, iste'molchilarni o'rganish, korporativ tuzilmani o'rganish, tovarlarni o'rganish, raqobatchilarni tahlil qilish, korxonaning ichki muhitini tahlil qilishdir. 2. Marketingning ishlab chiqarish funksiyasi - yangi mahsulot ishlab chiqarishni shakllantirish, taklifni shakllantirish, ishlab chiqarish sifatini va hajmini tartibga solishdan iborat. 3. Marketingning sotish funksiyasi - talabni shakllantirish, sotishni rag'batlantirish, mijozlarga xizmat ko'rsatish tizimlarini ishlab chiqish, mijozlarni jalb qilish shuningdek, mahsulot va narx siyosatini yaratishni o'z ichiga oladi. 4. Buyruq-nazorat funksiyasi - strategik va tezkor rejalashtirish va nazoratni tashkil etish, boshqaruvni axborot bilan ta'minlash va kommunikativ funktsiyadir. ©️ Bahodir Abdumutalov | @fteam_uz
Show all...
🔹 B2G (business to government) — "biznesdan davlat(hukumat)ga". Ishlab chiqaruvchilar yoki sotuvchilar o‘z tovarlari va xizmatlarini sotish uchun davlat korxonalari va muassasalari bilan hamkorlik qiladi. Tovar aylanmasining asosiy qismi tender xaridlari orqali amalga oshiriladi. Sotuvchilar tenderda ishtirok etish uchun buyurtmada ko'rsatilgan tovarlar yoki xizmatlarning past qiymatini ko'rsatgan holda ariza berishadi. Davlat vakili narx va sifat bo'yicha eng maqbul taklifni tanlaydi. ©️ Nurbek Yo'ldoshev | @fteam_uz
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
B2B yoki B2C, B2G nimani anglatadi? 🔹 B2B (business to business) — "biznesdan biznesga" degan ma'noni anglatadi. Bunda tovarlar yoki xizmatlarni sotish ikki biznes o'rtasida amalga oshadi. Ya'ni, bir kompaniyadan sotib olish boshqa kompaniyalar yoki tadbirkorlar tomonidan amalga oshiriladi. Sotib olingan tovarlar va xizmatlar, keyinchalik qayta sotish (ulgurji) yoki yangi tovarlarni ishlab chiqarish jarayonida foydalanish (kapital tovarlarni sotib olish) uchun zarurdir. 🔹 B2C (business to customer) — "biznesdan iste'molchiga" degan ma'noni anglatadi. Bu yerda korxonalar oddiy iste'molchilarga, jismoniy shaxslarga shaxsiy foydalanish uchun tovarlar sotadilar. Bu sohaga har qanday narsa kirishi mumkin: mahsulotlarni sotish, mebel, kiyim-kechak, uylar, avtomobillar, sartaroshlik xizmatlari va boshqalar. Sotuvchining maydonini kattaligi umuman muhim emas, u ulkan gipermarket yoki paxta qandlari sotadigan aravacha bo'lishi mumkin. Bularning barchasi B2C tipidagi bo'ladi. @fteam_uz - davomi pastda
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
Ishga kirmoqchi bo'lsangiz, bu xatolarni takrorlarmang. Rezyume yozish haqida 🥶 Ishga kirish jarayonidagi eng muhim qismlaridan biri rezyume tayyorlash hisoblanadi. Tadqiqotlarga qaraganda, juda ko’p rezyumlarda umumiy takrorlanuvchi xatolar mavjud. Ushbu maqola orqali o’sha xatolarning ayrimlarini ko’rib chiqamiz. 🪧 Maqolani to'liq o'qish ©️ Mohirdev | @fteam_uz
Show all...
Photo unavailableShow in Telegram
Xodimlaringiz ketib qolaverishidan charchadingizmi? 🤔 Har qaysi biznes egasini o'ylantiradigan masala bu xodimlarning ishdan bo'shab ketishidir. Bu korxonaga va boshqa xodimlar samaradorligiga salbiy ta'sir qiladi. "Yaramni yangilamasdan, muammoning yechimini ayting" deyotgan bo'lsangiz. Unda maqolani diqqat bilan o'qing. Ko'p hollarda xodimlarning ishdan ketishiga sabab bo'ladigan omillardan biri: adolatsizlik. Ha, to'ppa-to'g'ri o'qidingiz, aynan shunday. 👾 "Men axir adolatliman-ku" deyishga shoshilmang. Chunki, adolatsiz bo'lish uchun biror xodimga boshqalariga nisbatan ko'proq e'tibor, maosh yoki maqtov bergan bo'lsangiz kifoya. To'g'ri, korxonada boshqalarga qaraganda ko'proq va samaraliroq ishlaydigan xodimlar ham bor. Ammo, ular haqida faqat siz emas boshqa xodimlar ham bilishi kerak. Har qanday rag'batlantirish sababi shaffof holatda bo'lishi kerak. Shundagina noroziliklar kelib chiqmaydi va xodimlar ham ana shunday na'munali xodim bo'lishga intilishadi. ©️ HR Mahalla | @fteam_uz
Show all...