Marg'ilon shahar hokimligi
Марғилон шаҳар ҳокимлиги расмий канали Раcмий веб сайт: 👉 https://gov.uz/margilan facebook: 👉 https://www.facebook.com/Марғилон-шаҳар-ҳокимлиги-Ахборот-хизмати-123306442401187/ Мурожаат гуруҳи: 👉 https://t.me/margilonmurojaat
Show more📈 Analytical overview of Telegram channel Marg'ilon shahar hokimligi
Channel Marg'ilon shahar hokimligi (@mshhmxx) in the Uzbek language segment is an active participant. Currently, the community unites 11 298 subscribers, ranking 16 967 in the News & Media category and 6 917 in the Uzbekistan region.
📊 Audience metrics and dynamics
Since its creation on невідомо, the project has demonstrated rapid growth, gathering an audience of 11 298 subscribers.
According to the latest data from 06 September, 2026, the channel demonstrates stable activity. Although there has been a change in the number of participants by 657 over the last 30 days and by -41 over the last 24 hours, overall reach remains high.
- Verification status: Not verified
- Engagement rate (ER): The average audience engagement rate is 7.55%. Within the first 24 hours after publication, content typically collects 5.77% reactions from the total number of subscribers.
- Post reach: On average, each post receives 855 views. Within the first day, a publication typically gains 653 views.
- Reactions and interaction: The audience actively supports content: the average number of reactions per post is 0.
📝 Description and content policy
The author describes the resource as a platform for expressing subjective opinions:
“Марғилон шаҳар ҳокимлиги расмий канали
Раcмий веб сайт: 👉 https://gov.uz/margilan
facebook: 👉 https://www.facebook.com/Марғилон-шаҳар-ҳокимлиги-Ахборот-хизмати-123306442401187/
Мурожаат гуруҳи: 👉 https://t.me/margilonmurojaat”
Thanks to the high frequency of updates (latest data received on 07 September, 2026), the channel maintains relevance and a high level of publication reach. Analytics show that the audience actively interacts with content, making it an important point of influence in the News & Media category.
Data loading in progress...
| Date | Subscriber Growth | Mentions | Channels | |
| 07 September | +2 | |||
| 06 September | 0 | |||
| 05 September | 0 | |||
| 04 September | 0 | |||
| 03 September | 0 | |||
| 02 September | +3 | |||
| 01 September | 0 |
| 2 | 🔴Farg'ona 24
07.09.2026
Marg‘ilon shahar musiqali maqom teatrida “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazildi.
🔔Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
💻𝐼𝑛𝑠𝑡𝑎𝑔𝑟𝑎𝑚|📝𝑇𝑒𝑙𝑒𝑔𝑟𝑎𝑚|📱 YouTube|🎙Radio FM 90.8 |Facebook | 201 |
| 3 | Qadrli hamshaharlar
Marg’ilon shahar hokimligi tomonidan fuqarolarning murojaat va takliflarini tinglash, mavjud muammolarni joyida hal etish hamda aholi bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish maqsadida haftaning har chorshanba kuni soat 10:00 dan 11:00 ga qadar
Shahardagi Xalq qabulxonasi binosida qabul o’tkazilishi belgilangan.
Mazkur qabul davomida fuqarolar tomonidan ko‘tarilayotgan masalalar atroflicha ko‘rib chiqilib, ularga qonunchilik doirasida amaliy yordam ko‘rsatiladi.
Rasmiy sahifalarimizda bizni kuzating:
https://gov.uz/margilan
| Facebook | Instagram | Youtube | X| Telegram | 327 |
| 4 | Marg‘ilonda kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha manzilli ishlar davom etmoqda.
Marg‘ilon shahrida kambag‘allikni qisqartirish, aholi daromadlarini oshirish hamda fuqarolarni doimiy bandlikka jalb etish borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida shahardagi mahallalarda “mahallabay” va “xonadonbay” o‘rganishlar tashkil etilgan.
Navbatdagi manzilli o‘rganish ishlari shahar hokimi Elbek Rustamov boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan “Maorif” mahallasida amalga oshirildi.
Jarayon davomida kambag‘allik reyestriga kiritilgan oilalarning ijtimoiy-iqtisodiy holati, mavjud muammolari va ehtiyojlari o‘rganilib, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda muammolariga amaliy yechim topish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, vaqtincha ishsiz fuqarolarni doimiy daromad manbai bilan ta’minlash, ularni mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga yo‘naltirish, kasb-hunarga o‘qitish va tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish bo‘yicha imkoniyatlar ko‘rib chiqildi.
Har bir xonadonning imkoniyati va fuqarolarning qiziqishlaridan kelib chiqib, daromadlarini oshirishga qaratilgan individual yondashuv asosida tegishli vazifalar belgilandi.
O‘rganishlar yakuni bo‘yicha mas’ullarga aniqlangan muammolarni imkon qadar joyida hal etish, fuqarolar bandligini ta’minlash va oilalarni kambag‘allikdan chiqarish yuzasidan aniq topshiriqlar berildi.
Shahar hokimi shu doirada shahar hokimligida kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha tashkil etilgan shtab faoliyatini ham ko’zdan kechirdi. | 514 |
| 5 | “Atlas bayrami” VII xalqaro festivaliga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi
Respublika “Hunarmand” uyushmasida ommaviy axborot vositalari vakillari uchun 17–19-sentabr kunlari Marg‘ilon shahrida bo‘lib o‘tadigan “Atlas bayrami” VII xalqaro an’anaviy to‘qimachilik festivaliga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Unda Respublika “Hunarmand” uyushmasi raisi Rasuljon Mirzaahmedov, YUNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Sara Noshadi, Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari Xurshidjon Ahmedov, “Amaliy san’at” birlashmasi raisi Alisher Rahimov hamda san’atshunos olimlar ishtirok etdi.
Matbuot anjumanida festivalning mazmun-mohiyati, xalqaro ahamiyati, dasturi va asosiy tadbirlari, shuningdek, an’anaviy to‘qimachilik sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish istiqbollari haqida ma’lumot berildi.
Festival dasturidan hunarmandchilik, dizayn va tadbirkorlik yo‘nalishlaridagi treninglar, xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya, mahorat darslari, hunarmandchilik yarmarkasi hamda moda namoyishlari o‘rin olgan.
Ipak ishlab chiqarish va to‘qimachilik sohalarida xalqaro B2B va G2B uchrashuvlari, xalqaro moda ko‘rgazmasi hamda “To‘qimachilik san’ati: an’analar muloqoti” xalqaro ko‘rgazmasi tashkil etiladi.
Festival doirasida “O‘zbekiston hunarmandchiligi: barhayot an’analar” fotoko‘rgazmasi ham ochiladi. Tadbir g‘oliblarni taqdirlash marosimi va gala-konsert bilan yakunlanadi.
Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X | 433 |
| 6 | Marg‘ilonda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi o‘rinbosari Abror Mirzo Olimov Marg‘ilon shahrida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar va ishbilarmonlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
Raqamli texnologiyalar markazida tashkil etilgan uchrashuvda Markaziy bankning Farg‘ona viloyati Bosh boshqarmasi boshlig‘i Sanjarbek To‘rgunboyev, Marg‘ilon shahri hokimi Elbek Rustamov, shuningdek, viloyatdagi barcha tijorat banklari rahbarlari ishtirok etdi.
Samimiy va ochiq muloqot ruhida o‘tgan uchrashuv davomida tadbirkorlarning mavjud muammolari, taklif va tashabbuslari atroflicha tinglandi. Jami 31 nafar tadbirkor va ishbilarmon o‘z murojaatlari bilan mutasaddi rahbarlarga yuzlanib, asosan tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish, yangi loyihalarni amalga oshirish hamda bank kreditlarini ajratish masalalarida amaliy ko‘mak so‘radi.
Murojaatlarni ko‘rib chiqish jarayonida har bir masalaga alohida yondashilib, tadbirkorlarni qiynayotgan muammolarni joyida hal etishga ustuvor ahamiyat qaratildi. Xususan, ko‘plab murojaatlar uchrashuvning o‘zida ijobiy hal etildi.
Qo‘shimcha o‘rganish va muayyan muddat talab etadigan ayrim masalalar esa tegishli mutasaddilarga yo‘naltirilib, ularning ijrosini ta’minlash hamda natijasi bo‘yicha tadbirkorlarga ma’lumot berish jarayoni nazoratga olindi.
Ochiq muloqot tadbirkorlar uchun o‘zlarini qiziqtirayotgan masalalar yuzasidan bevosita mas’ul rahbarlar bilan muloqot qilish, mavjud muammolarga yechim topish hamda yangi loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha zarur tavsiya va ko‘mak olish uchun muhim maydon bo‘lib xizmat qildi. | 437 |
| 7 | 🇩🇯 Suyultirilgan gaz ta’minoti tizimi bosqichma-bosqich isloh qilinadi
Prezident Shavkat Mirziyoyev aholiga suyultirilgan gaz yetkazib berish tizimini takomillashtirish yuzasidan takliflar taqdimoti bilan tanishdi.
🇺🇿Bugungi kunda qariyb 3,8 million aholi va 2 mingga yaqin ijtimoiy soha obyekti suyultirilgan gaz bilan ta’minlanmoqda. Biroq ayrim hududlarda gazning belgilangan muddatda yetkazib berilmasligi, narxlar va budjet subsidiyalari o‘rtasidagi tafovut kabi muammolar saqlanib qolmoqda.
🇺🇿Shu munosabat bilan “Hududgazta’minot” ta’sischiligida “LPG-Trade” MChJ tashkil etish, suyultirilgan gazni birja orqali xarid qilish va aholiga belgilangan tartibda yetkazib berish taklif qilinmoqda. Ehtiyojmand oilalar uchun xarid qilingan har bir kilogramm suyultirilgan gazga manzilli kompensatsiya to‘lash mexanizmi joriy etiladi. Bu orqali umumiy subsidiya o‘rniga budjet mablag‘larini aniq iste’molchiga yo‘naltirish ko‘zda tutilmoqda.
Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X | 470 |
| 8 | 📌 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Po‘lat Razzaqovich Bobojonov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining kadrlar bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.
❗️Prezident Administratsiyasi tuzilmasini maqbullashtirish ishlari doirasida:
🔷O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining kadrlar bo‘yicha maslahatchisi lavozimi va uning bo‘linmasi tugatildi;
🔷davlat mukofotlari va geraldika sohasida yagona davlat siyosatini yuritish hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan yaqindan hamkorlik qilish va ularning faoliyatini muvofiqlashtirish Komplayens xizmatining qo‘shimcha faoliyat yo‘nalishi;
🔷mahalla instituti faoliyatining samaradorligini yanada oshirish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining vakillik organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi bo‘linmasining qo‘shimcha faoliyat yo‘nalishi etib belgilandi.
Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X | 564 |
| 9 | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan G‘ofurjon G‘aniyevich Mirzayev O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – O‘zbekiston mahallalari uyushmasi raisi lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining kadrlar bo‘yicha maslahatchisi lavozimidan ozod etildi.
Bundan ilgariroq G‘.Mirzayev nomzodi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan ma’qullangan edi.
Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X | 550 |
| 10 | #Bilasizmi
❗️ Hozirgi kunda O‘zbekiston hududida:
🔹 mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori – 1 360 000 so‘m;
🔹 bazaviy hisoblash miqdori – 440 000 so‘m;
🔹 pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – 504 000 so‘m;
🔹 yoshga doir eng kam pensiya – 983 000 so‘m;
🔹 nogironlik pensiyalari, jumladan ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi nogironlik pensiyasining eng kam miqdori – 1 083 000 so‘m;
🔹 mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nogironlik nafaqasi va bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslarga beriladigan nafaqa – 1 083 000 so‘m;
🔹 belgilangan yoshga doir eng kam pensiya miqdoridan (983 000 so‘mdan) 1 083 000 so‘mgacha pensiya oluvchilarning yoshga doir pensiyalari – 1 083 000 so‘m;
🔹 zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi fuqarolarga beriladigan nafaqa – 878 000 so‘m;
🔹 ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi yoshga doir pensiyaning eng kam miqdori qo‘shimcha to‘lovni hisobga olgan holda – 878 000 so‘m.
Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X | 869 |
| 11 | "Bugun nafaqat O‘zbekiston, balki butun mintaqamiz madaniy hayotidagi muhim voqeaga guvoh bo‘lib turibmiz. Shunday kunda sizlarni Toshkent Zamonaviy san’at markazida qutlash men uchun katta sharaf. Bugun Markaziy Osiyoda ilk bor zamonaviy san’atga ixtisoslashgan, doimiy faoliyat yurituvchi muassasa o‘z eshiklarini ochmoqda", - Saida Mirziyoyeva
Prezident Administratsiyasi rahbari mazkur markaz O‘zbekistonning dunyoga ochiqligi, yangilikka intilishi hamda turli madaniyatlar va qarashlarga bo‘lgan yuksak hurmatining amaliy ifodasi ekanligini ma'lum qildi.
"Toshkent azaldan turli xalqlar va madaniyatlarni o‘zaro bog‘lab kelgan shahardir. Asrlar davomida turli qarashlar, urf-odatlar va madaniyatlar uning o‘ziga xos muhitini shakllantirgan",
- dedi Saida Mirziyoyeva
Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X | 663 |
| 12 | Marg‘ilon Musiqali maqom teatrida yangi ijodiy mavsum boshlandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida davlat idoralari va muassasalarida har oyning bir kunini «Teatr kuni» deb e’lon qilish tashabbusi ilgari surilgan edi.
Mazkur tashabbus hamda Marg‘ilon shahar Musiqali maqom teatrida navbatdagi 7-ijodiy mavsumning tantanali ravishda ochilishi munosabati bilan teatr sahnasida dramaturg Sh. Rizayev asari asosida, mahoratli rejissyor
O. Abdullayev tomonidan sahnalashtirilgan "Iskandar" nomli musiqali maqom spektakli namoyish etildi.
Mavsumning ochilish marosimida shahar hokimi boshchiligidagi hokimlik hamda shahardagi korxona va tashkilotlar vakillari, nuroniylar, madaniyat hamda san’at namoyandalari, keng jamoatchilik vakillari, teatr ahli va ko‘plab san’at muxlislari ishtirok etishdi.
Tarixiy va falsafiy mazmunga boy bo‘lgan ushbu yirik sahna asari tomoshabinlar tomonidan yuksak e’tirof va davomli olqishlar bilan kutib olindi hamda teatrning yangi ijodiy mavsumini rasman ochib berdi.
Yig‘ilganlar yangi mavsum munosabati bilan ijodiy jamoani qizg‘in qutlab, ularning kelgusi faoliyatiga ulkan muvaffaqiyatlar tilashdi. | 1 542 |
| 13 | Marg‘ilonda kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha Shtab faoliyati yo‘lga qo‘yildi
Kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida kambag‘allikni qisqartirish, aholi daromadlarini oshirish va bandligini ta’minlash borasidagi ishlarni yangi bosqichga olib chiqish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.
Yig‘ilishda hududlarda kambag‘allikni qisqartirish, aholini doimiy va barqaror daromad manbalariga ega qilish, yangi ish o‘rinlari yaratish, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda har bir xonadonning imkoniyatlaridan samarali foydalanish bo‘yicha qator ustuvor vazifalar belgilab berildi.
Mazkur topshiriq va vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Marg‘ilon shahrida aholini manzilli o‘rganish, mavjud muammolarni aniqlash va ularni tizimli ravishda hal etishga qaratilgan amaliy ishlar boshlab yuborildi.
Shu doirada shahar hokimligida kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha Shtab faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Shtab tomonidan hududlardagi ijtimoiy-iqtisodiy holatni chuqur o‘rganish, ehtiyojmand oilalarni aniqlash, mehnatga layoqatli fuqarolarni ish bilan ta’minlash, kasb-hunarga o‘qitish hamda tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagidagi fuqarolarga amaliy ko‘mak ko‘rsatish bo‘yicha ishlar muvofiqlashtiriladi.
Shahar hokimi Elbek Rustamov Shtab faoliyatini ko’zdan kechirib, ishchi guruh a’zolari bilan uchrashdi. Muloqot davomida hududlarda olib borilayotgan manzilli o‘rganishlarning natijadorligi, aniqlangan muammolarni qisqa muddatlarda bartaraf etish hamda har bir xonadon bilan individual ishlash masalalari muhokama qilindi.
Hokim tomonidan ishchi guruh a’zolariga har bir hudud, mahalla va xonadon kesimida aniq maqsadli ish olib borish, fuqarolarning mavjud imkoniyat va salohiyatini to‘g‘ri baholash, ularni daromadli mehnatga jalb etish hamda muammolarga faqat hisobot uchun emas, balki amaliy yechim topish yuzasidan tegishli vazifalar belgilab berildi.
Belgilangan vazifalar ijrosi muntazam nazoratga olinib, amalga oshirilayotgan ishlarning natijadorligi tahlil qilib boriladi. | 905 |
| 14 | Mahallalarda kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha mahallabay va xonadonbay o‘rganish ishlari olib borilmoqda
Kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha ishlarni yangi bosqichga olib chiqish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida belgilab berilgan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Marg‘ilon shahrida manzilli o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
Shu doirada shahar hokimi Elbek Rustamov rahbarligidagi ishchi guruh tomonidan “Go'riavval” mahallasida xonadonbay o‘rganish ishlari tashkil etildi.
O‘rganishlar davomida mahallada kambag‘allik reyestrida bo‘lgan oilalarning ijtimoiy-iqtisodiy holati, mavjud muammolari va ularni hal etish imkoniyatlari atroflicha o‘rganildi. Shuningdek, vaqtincha ishsiz fuqarolarni doimiy va barqaror daromad manbai bilan ta’minlash, ularning bandligini yo‘lga qo‘yish, tadbirkorlik faoliyatini boshlashi uchun zarur sharoit va imkoniyatlar yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
O‘rganish jarayonida har bir oila va fuqaroning imkoniyatlari, qiziqishlari hamda ehtiyojlaridan kelib chiqib, ularni kasb-hunarga o‘qitish, mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga yo‘naltirish, tadbirkorlik va tomorqachilik faoliyatini rivojlantirish orqali daromadini oshirish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.
Mas’ullarga aniqlangan muammolarni joyida hal etish, fuqarolarni ish bilan ta’minlash va kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlarning ijrosini ta’minlash yuzasidan aniq topshiriqlar berildi.
Bunday manzilli va tizimli o‘rganishlar orqali har bir xonadonning real imkoniyatlarini aniqlash, aholi daromadlarini oshirish hamda kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha amaliy ishlarni yanada jadallashtirish ko‘zda tutilmoqda. | 1 030 |
| 15 | Shahar hokimi Elbek Rustamov yangi o’quv yiliga mukammal ta’mirdan chiqarilgan shahardagi 15-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘lib, o‘quvchi-yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.
Tashrif davomida ta’lim muassasasida o‘quv jarayonini zamonaviy talablar asosida tashkil etish, yoshlarning sifatli ta’lim olishi va bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishi uchun yaratilgan imkoniyatlarga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, maktabning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi, xususan elektr ta’minoti uzluksizligini ta’minlash maqsadida o’rnatilgan transformatorlar holati, elektr ta’minoti masalasi ham o‘rganildi. Sovuq kunlarda ta’lim jarayonining uzluksizligini ta’minlash, maktab binosida zarur haroratni saqlash hamda mavjud elektr tarmoqlari va jihozlarining texnik holatini nazoratdan o‘tkazish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.
Shahar hokimi maktabning zamonaviy ko’rinishda ko’rkam qiyofa kasb etgan yangi oshxonasidagi sharoitlar bilan ham tanishib, o‘quvchilarga sifatli va xavfsiz ovqatlanish xizmatlarini tashkil etish, oshxonaning sanitariya talablariga javob berishi, oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash va tayyorlash jarayonlariga rioya etish masalalariga e’tibor qaratdi.
Bunday e’tibor va amaliy sa’y-harakatlar o‘quvchi-yoshlar uchun munosib ta’lim muhitini yaratish, ta’lim sifatini yanada oshirish hamda maktablarda xavfsiz va qulay sharoitlarni ta’minlashga xizmat qiladi. | 756 |
| 16 | Yaponiya kompaniyasi bilan hamkorlikning yangi yo‘nalishlari muhokama qilindi
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov bugun Yaponiyaning “Mitsui & Co., Ltd” kompaniyasining O‘zbekistondagi bosh vakolatxonasi bosh vakili Tomo Shingo boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Uchrashuvda Farg‘ona viloyatida investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish, yapon texnologiyalari asosida yangi loyihalarni amalga oshirish masalalari haqida so‘z bordi.
O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi so‘nggi yillarda strategik sheriklik munosabatlari izchil rivojlanayotgani, hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarilayotgani qayd etildi.
____
Обсуждены новые направления сотрудничества с японской компанией
____
New Areas of Cooperation with a Japanese Company Discussed
Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X | 707 |
| 17 | #doimiy_komissiya
#deputatlar_nazorati
#kotibiyat_mudiri
#madad_nnt
#yoshlar_maslahat_guruhi
ICHKI YO‘LLARNI SAQLASH VA TA’MIRLASH ISHLARI TANQIDIY MUHOKAMA QILINDI
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining tegishli doimiy komissiyalari yig‘ilishida shahar ichki yo‘llarini saqlash va joriy ta’mirlash ishlari yuzasidan mas’ullarning hisoboti tinglanib, mavjud muammolar tanqidiy-tahliliy ruhda muhokama qilindi.
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining qo‘shma yig‘ilishida shahar hududidagi ichki yo‘llarning holati, ularni saqlash va joriy ta’mirlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama markazida bo‘ldi.
Yig‘ilishda qayd etilganidek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-oktabrdagi 665-sonli qaroriga muvofiq, shahar ichki yo‘llarini saqlash va joriy ta’mirlash ishlari bo‘yicha Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining 2026-yil 8-iyundagi VII-27-43-11-168-K/26-sonli qarori asosida 2026-yil uchun dastlabki manzilli dastur tasdiqlangan.
Mazkur dasturda belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli bajarilishini ta’minlash, amalga oshirilgan ishlar yuzasidan har oyda Xalq deputatlari shahar Kengashiga hisobot taqdim etib borish mas’ul tashkilot zimmasiga yuklatilgan.
Doimiy komissiya yig‘ilishida shahar Obodonlashtirish boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i D.Qodirov tomonidan belgilangan topshiriqlar ijrosi, amalga oshirilgan ishlar hamda yo‘l infratuzilmasida mavjud muammolar yuzasidan batafsil hisobot berildi.
Hisobot deputatlar tomonidan shunchaki tinglab qo‘yilmadi. Unda keltirilgan ma’lumotlar, bajarilgan ishlarning sifati, manzilli dastur ijrosi hamda hududlarda saqlanib qolayotgan kamchiliklar yuzasidan qator savollar o‘rtaga tashlandi. Mas’ullardan aniqlangan muammolar bo‘yicha asoslantirilgan tushuntirishlar so‘ralib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, yo‘llarni saqlash va ta’mirlash ishlarining sifatini oshirish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.
Yig‘ilishning muhim jihatlaridan biri — muhokamalarda jamoatchilik va ekspertlar fikriga ham alohida e’tibor qaratilgani bo‘ldi. Doimiy komissiya raisi E.Yunusov kotibiyat mudiri A.Ermatov, Kengash huzuridagi Ekspert-maslahat guruhi a’zosi Z.Yakubova, Yoshlar maslahat guruhi a’zosi S.Yoqubjonov hamda “MADAD” nodavlat notijorat huquqiy maslahat byurosining Marg‘ilon shahar bosh mutaxassisi S.Ismoilovning yig‘ilishdagi ishtirokini alohida ta’kidlab, ularning fikr va takliflari muhokama qilinayotgan masalalarni yanada chuqurroq va har tomonlama ko‘rib chiqishda muhim ahamiyatga ega ekanini qayd etdi.
Xususan, “MADAD” nodavlat notijorat huquqiy maslahat byurosining Marg‘ilon shahar bosh mutaxassisi S.Ismoilov kun tartibidagi masalalar yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, muhokama etilayotgan masalalarga huquqiy jihatdan yondashish va tegishli takliflarni ilgari surdi.
Shuningdek, Yoshlar maslahat guruhi a’zosi S.Yoqubjonov ham so‘zga chiqib, doimiy komissiya yig‘ilishi va kun tartibidagi masalalar yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi hamda tegishli takliflarini ilgari surdi.
Umuman, yig‘ilishda ichki yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash masalasi faqat bajarilgan ishlar ko‘lami nuqtayi nazaridan emas, balki ularning sifati, manzilliligi, samaradorligi va fuqarolar uchun amaliy ahamiyati jihatidan ham atroflicha tahlil qilindi.
Doimiy komissiyalarning bunday ochiq va tanqidiy muhokamalari deputatlik nazoratini kuchaytirish, mas’ul tashkilotlarning belgilangan vazifalar ijrosidagi mas’uliyatini oshirish hamda shahar yo‘l infratuzilmasini yaxshilashga qaratilgan amaliy choralarni belgilashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi
kengash.gov.uz ITelegram l Facebook l YouTube l Instagram | 645 |
| 18 | #doimiy_komissiya
#deputatlar_nazorati
#kotibiyat_mudiri
#madad_nnt
#yoshlar_maslahat_guruhi
ICHKI YO‘LLARNI SAQLASH VA TA’MIRLASH ISHLARI TANQIDIY MUHOKAMA QILINDI
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining tegishli doimiy komissiyalari yig‘ilishida shahar ichki yo‘llarini saqlash va joriy ta’mirlash ishlari yuzasidan mas’ullarning hisoboti tinglanib, mavjud muammolar tanqidiy-tahliliy ruhda muhokama qilindi.
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining qo‘shma yig‘ilishida shahar hududidagi ichki yo‘llarning holati, ularni saqlash va joriy ta’mirlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama markazida bo‘ldi.
Yig‘ilishda qayd etilganidek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-oktabrdagi 665-sonli qaroriga muvofiq, shahar ichki yo‘llarini saqlash va joriy ta’mirlash ishlari bo‘yicha Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining 2026-yil 8-iyundagi VII-27-43-11-168-K/26-sonli qarori asosida 2026-yil uchun dastlabki manzilli dastur tasdiqlangan.
Mazkur dasturda belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida, to‘liq va sifatli bajarilishini ta’minlash, amalga oshirilgan ishlar yuzasidan har oyda Xalq deputatlari shahar Kengashiga hisobot taqdim etib borish mas’ul tashkilot zimmasiga yuklatilgan.
Doimiy komissiya yig‘ilishida shahar Obodonlashtirish boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i D.Qodirov tomonidan belgilangan topshiriqlar ijrosi, amalga oshirilgan ishlar hamda yo‘l infratuzilmasida mavjud muammolar yuzasidan batafsil hisobot berildi.
Hisobot deputatlar tomonidan shunchaki tinglab qo‘yilmadi. Unda keltirilgan ma’lumotlar, bajarilgan ishlarning sifati, manzilli dastur ijrosi hamda hududlarda saqlanib qolayotgan kamchiliklar yuzasidan qator savollar o‘rtaga tashlandi. Mas’ullardan aniqlangan muammolar bo‘yicha asoslantirilgan tushuntirishlar so‘ralib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, yo‘llarni saqlash va ta’mirlash ishlarining sifatini oshirish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.
Yig‘ilishning muhim jihatlaridan biri — muhokamalarda jamoatchilik va ekspertlar fikriga ham alohida e’tibor qaratilgani bo‘ldi. Doimiy komissiya raisi E.Yunusov kotibiyat mudiri A.Ermatov, Kengash huzuridagi Ekspert-maslahat guruhi a’zosi Z.Yakubova, Yoshlar maslahat guruhi a’zosi S.Yoqubjonov hamda “MADAD” nodavlat notijorat huquqiy maslahat byurosining Marg‘ilon shahar bosh mutaxassisi S.Ismoilovning yig‘ilishdagi ishtirokini alohida ta’kidlab, ularning fikr va takliflari muhokama qilinayotgan masalalarni yanada chuqurroq va har tomonlama ko‘rib chiqishda muhim ahamiyatga ega ekanini qayd etdi.
Xususan, “MADAD” nodavlat notijorat huquqiy maslahat byurosining Marg‘ilon shahar bosh mutaxassisi S.Ismoilov kun tartibidagi masalalar yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, muhokama etilayotgan masalalarga huquqiy jihatdan yondashish va tegishli takliflarni ilgari surdi.
Shuningdek, Yoshlar maslahat guruhi a’zosi S.Yoqubjonov ham so‘zga chiqib, doimiy komissiya yig‘ilishi va kun tartibidagi masalalar yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi hamda tegishli takliflarini ilgari surdi.
Umuman, yig‘ilishda ichki yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash masalasi faqat bajarilgan ishlar ko‘lami nuqtayi nazaridan emas, balki ularning sifati, manzilliligi, samaradorligi va fuqarolar uchun amaliy ahamiyati jihatidan ham atroflicha tahlil qilindi.
Doimiy komissiyalarning bunday ochiq va tanqidiy muhokamalari deputatlik nazoratini kuchaytirish, mas’ul tashkilotlarning belgilangan vazifalar ijrosidagi mas’uliyatini oshirish hamda shahar yo‘l infratuzilmasini yaxshilashga qaratilgan amaliy choralarni belgilashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi
kengash.gov.uz ITelegram l Facebook l YouTube l Instagram | 1 |
| 19 | Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha ishlarni yangi bosqichga olib chiqish masalalari muhokamasiga bag'ishlangan videoselektor yig‘ilishida belgilangan asosiy vazifalar.
Batafsil — yuqoridagi #infografikada
Fergana.gov.uz|Facebook|Instagram|Youtube|X | 614 |
| 20 | Marg‘ilon — hunarmandlar yurti. Bu zaminda atlas va adras to‘qish, ipakchilik, gilamchilik kabi qadimiy hunarlar avloddan-avlodga o‘tib, bugungi kungacha o‘zining betakror an’analari va nafosatini saqlab kelmoqda. | 729 |
