en
Feedback
"POYTUG'-ILM" ATM

"POYTUG'-ILM" ATM

Open in Telegram

"POYTUG'-ILM" ўқув марказининг расмий саҳифаси. Саҳифамизда ҳар бир фандан тестлар, масалалар ва ҳамда марказимиз ҳақида маълумотлар бериб борилади. Барча фанлардан СИФАТЛИ, ТЕЗКОР ва ИННОВАЦИОН таълим олинг. Админ: @saidorif_medic ☎️ +998944336727

Show more
374
Subscribers
+224 hours
+97 days
+1830 days
Posts Archive
📕 Yangicha davriy sistema deb eshitganmisiz? Ko’p qulaylikka eka bo’lgan davriy sistema! ☝️Bu sistemadan haqiqiy kimyogarlar foydalanishadi. 👌Ortiqcha gapga ne hojat keling yaxshisi o’zingiz ko’rib baho bering! Kimyo "Vodiy Ziyo" kutilmagan sovg’alarga boy kanal! Telegram | Web site

BLOK TEST natijasi oktabr 2023.pdf1.00 KB

O'QUVCHINI JAZOLASHNING DUNYO TAJRIBASI ➖🇺🇸 AQSH Eng dahshatli jazo — bu darslarga borishni taqiqlash. Amerikada maktab o'quvchisi uchun bu fojia. Chunki yomon baho olganlar keyingi yilga qoldirib yuboriladi. Baholar esa kompyuter dasturi yordamida qo'yiladi. Jiddiy maktab qoidabuzarliklari bilan polisiya va sud tizimi shug'ullanadi. ➖🇯🇵 Yaponiya Yaponlar bolani kichik yoshidan mehnatga o'rgatadi. Sinfxonalar va maktab hovlisiga qo'shib hojatxonani ham o'zlari tozalaydi. Maktablarda intizomga qat'iy rioya qilinadi. Kech qolish, bo'yanish yoki formasiz darsga kirish jismoniy mehnat yoki darra bilan jazolanadi. ➖🇩🇪 Germaniya O'quvchi darsdan qochsa, voyaga yetmaganlar xizmati aralashadi. Agar ta'lim intizomi buzilgan bo'lsa, maktab ma'muriyati polisiyaga xabar beradi. Oyiga 3 kundan ortiq sababsiz dars qoldirganlarga 1000-2500 yevro jarima solinadi. ➖🇰🇷 Janubiy Koreya O'qituvchi itoatsiz o'quvchilarni jismoniy jazolash huquqiga ega. Masalan, kaftlarga kaltak bilan urishi mumkin. Buning uchun ota-onalar hech qanday e'tiroz bildira olmaydi. ➖🇬🇧 Buyuk Britaniya Dars paytida o'quvchilarni maktab hududidan chiqarish taqiqlanadi. Faqat ota-onalar yoki kuratorning yozma iltimosi bilan ruxsat etiladi. Shu bilan birga, ota-onalar o'z farzandini maktabdan olib ketgani uchun jarimaga tortilishi mumkin. Agar jarima 28 kunda to'lanmasa, jinoiy javobgarlikka tortiladi. ➖🇫🇷 Fransiya Agar o'quvchi oyda to'rt martadan ko'p dars qoldirsa 150 dollargacha jarima solinishi mumkin. Agar o'qishni qoldirish bolaning ta'limiga ta'sir qilayotgan bo'lsa, ota-onalar 2 yillik qamoq jazosi va 33 ming dollardan ortiq miqdorda jarimaga tortiladi. ©Tarmoqdan olindi. P.S.: Bizda "bola - muqaddas" tamoyiliga amal qilinadi. Nima axloqsizlik qilsa ham, sal qo'l ko'tarib qo'yilsa yuqoridagi davlatlarning tajribalarining hammasi o'qituvchiga qarshi ishlaydi. 🇬🇧 @uzteachers 🇺🇿

❗️Darsliklar ro’yxati e’lon qilindi 2024-2025-o‘quv yilida OTMlarning bakalavriat taʼlim yo‘nalishlariga kirish test sinovlar
+8
❗️Darsliklar ro’yxati e’lon qilindi 2024-2025-o‘quv yilida OTMlarning bakalavriat taʼlim yo‘nalishlariga kirish test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rish uchun tavsiya etilgan darsliklar va o‘quv adabiyotlari ro‘yxati Bilimlarni baholash agentligi saytidagi https://uzbmb.uz/info/textbooks sahifasida eʼlon qilindi. Bunda o‘zingizga kerakli fan va tilni tanlagan holda, darsliklar ro‘yxati bilan tanishishingiz mumkin. Yuqoridagi suratlarda ayrim fanlardan darsliklar ro’yxati ko’rsatilgan. 👉 @xushnudbek 👈

📣📣 Assalomu alaykum xurmatli Ota-onalar va Poytug'-ilm o'quv markazi kuzatuvchilari bizda siz kutgan yangilik ko'pchlikning ta'lab va takliflariga binoan Kimyo fanidan yangi (0 dan ) guruh ochildi. Darlarimiz 0⃣1⃣ .1⃣1⃣.2⃣0⃣2⃣3⃣ dan boshlanadi Shoshiling joylar soni chegaralangan Darslar Abdullajonov Kamoiddin tomonidan olib boriladi. Dars vaqti 08:30 Ma'lumot uchun administrator: +9⃣9⃣8⃣ 9⃣4⃣ 3⃣8⃣3⃣ 7⃣3⃣ 7⃣4⃣

photo content
+1

Bugun kambag‘allar shifokori Muhammad Abdulg‘affor Masholiy 76 yoshida vafot etdi. Bemorlaridan bor yo‘g‘i 5-10 junayh (1 jun
+2
Bugun kambag‘allar shifokori Muhammad Abdulg‘affor Masholiy 76 yoshida vafot etdi. Bemorlaridan bor yo‘g‘i 5-10 junayh (1 junayh 700 so‘mga ham bormaydi) xizmat haqi olgan, kambag‘allardan esa hech qanday pul olmay, o‘zi ularga dori-darmonlar olib bergan shifokor vafot etdi. Millionlab xayr-ehsonlar berilganda barchasini rad etib, “men muhtoj emasman, qodir bo‘lmaganlarga beringlar”, deb saxovatpeshalarni yo‘naltirib qo‘ygan omonatdor shaxs vafot etdi. U shunday degandi: “(O‘qishni) bitirgach otam davolanish pullarini meni shifokor qilish uchun qurbon qilganlarini bildim. Shunda faqir yoki yo’qsildan bir chaqa ham olmaslikka Allohga ahd qildim”. Bugun Allohga bergan ahdining ustidan chiqqan inson vafot etdi. U: “Shifokor bo‘lishdan oldin inson bo‘l!” derdi va o’zi bunga amal qilib yashadi. U dunyodan ko’p narsa olmadi, balki unga ko’p narsa qoldirdi: mehr, muhabbat va odamiylik. Ey rahm qilganlarga rahm qiluvchi Zot! Bandalaringga rahm qilgan bu insonni rahmatingga ol.

photo content
+3

+4
Олимпиада саволларидан 👆👆👆👆👆👆👆 Kanalga obuna bo'ling! 👈

+8
11-sinf kimyo savollar uzb(1).pdf5.68 KB

Хитой марказий телевидениеси илк маротаба узоқ қишлоқлик дехқонни ўз студиясига сухбат учун таклиф қилди. Дехқоннинг ўғли Хитойнинг энг нуфузли Шингхуа университетига юқори кўрсаткич билан ўқишга киргани махсус интервьюга сабаб бўлди. Тўғри-да, ўзига тўқ хонадонлар йиллар мобайнида энг зўр ўқитувчиларни ёллаб, фарзандларини бўлажак жиддий синовга тайёрласалару, узоқ қишлоқдаги камбағалнинг ўғли улоқни илиб кетса. Қандай қилиб? Нахотки, хаминқадар қишлоқ мактабида ўқиб шундай натижага эришиш мумкин бўлса?! Журналист: "Ўғлингизнинг муваффақиятини нима билан боғлайсиз?" Ота: "Бу ундаги харакатнинг натижаси. Ўғлим болалигидан талаба бўлиш орзуси билан яшар эди". Журналист: "Бу орзу хаммада бор. Хитойдаги кучли рақобатда биринчи бўлиш мисоли мўъжиза. Ундаги кучли қизиқишда оиладаги муҳитнинг хам ўрни бор. Фарзанд вояга етказишда бирор ўзига хос усулингиз борми?" Ота: "Менинг бирор усулим йўқ. Ўзим қашшоқ оилада ўсдим. Отамда менинг саводимни чиқариш учун хам ортиқча маблағ бўлмаган. Ўғлим мактабга кузатган илк кун ундан яхши ўқишини, нимаики ўрганса менга хам ўргатишини сўрадим. У хар куни мактабдан қайтиб, ўқитувчисидан ўрганганларини менга катта хаяжон билан тушунтирар эди. Кечки маҳал биргаликда дарс қилиш, ўғлимни тинглаш кундалик машғулотимга айланди. Ўқиш-ёзишни ўргандим, шундай бўлса хам дарсларимиз тўхтаб қолмади: юқори мактабнинг сўнгги кунига қадар ўғлим менга устозлик қилди. Эҳтимол шу воқеа унинг муваффақиятига сабаб бўлгандир. Ўғлим бошида азбаройи менинг олдимдаги масъулиятни деб ўқишга жиддий қараган бўлса, бора-бора унда илмга бўлган иштиёқ бўй кўрсатди. Тўғрисини айтсам, унинг учун қўшимча дарслар ёллашга қурбим етмаган..." Бу сухбат кўплаб хитойлик қашшоқларни илхомлантирди, иродали ота миллионлаб ота-оналар учун ибратга айланди. Хулоса Унутманг, фарзандларимиз учун бекаму кўст келажакни хозир қила олмасак хам, уларни келажак учун тайёрлашга доимо имкониятимиз бор. Фарзандингиз учун хар куни бир фурсат вақт ажратишдан эринманг.

BLOK TEST Sentabr 2023.pdf1.00 KB

Assalomu alaykum! O'qituvchilik kasbini tanlaganlar eshitsin! Qanday ulug' kasb egasi ekanliklarini. "Poytug'-ilm" Ma'muriyati nomidan: Barcha Ustoz va ustozlarimizni bayram bilan tabriklaymiz! Sizlarga ikki dunyo saodatini Alloh nasib etsin! Doim sog'-salomat bo'ling!!! @poytugilm

+8
11-sinf kimyo savollar uzb(1).pdf5.68 KB

#diqqat_diqqat 🔔 «ILM NURI MAKTABI» NTM qoshidagi "POYTUG'-ILM" o’quv markazida KIMYO va BIOLOGIYA fanlaridan BLOK TEST !!!
#diqqat_diqqat 🔔 «ILM NURI MAKTABI» NTM qoshidagi "POYTUG'-ILM" o’quv markazida KIMYO va BIOLOGIYA fanlaridan BLOK TEST !!! ❓Qachon 🤔 ‼️ ERTAGA 👏 1⃣ - smena soat 0⃣8⃣ : 0⃣0⃣ da 2⃣ - smena soat 1⃣4⃣ : 3⃣0⃣ da DTM standartlari asosidagi KIMYO va BIOLOGIYA fanlaridan bo'lib o'tadigan BLOK TESTLARda qatnashish uchun barchangizni taklif qilib qolamiz! Batafsil ma’lumot va qabul uchun: 📩 @ILM_ADMIN 📞+998943837374 📍 Manzil: Izboskan tumani, Poytug' shahri, Shifokorlar ko'chasi 81

Kimyo kotta xarfda bolsin

#diqqat_diqqat 🔔 «ILM NURI MAKTABI» NTM qoshidagi "POYTUG'-ILM" o’quv markazida KIMYO va BIOLOGIYA fanlaridan BLOK TEST !!!
#diqqat_diqqat 🔔 «ILM NURI MAKTABI» NTM qoshidagi "POYTUG'-ILM" o’quv markazida KIMYO va BIOLOGIYA fanlaridan BLOK TEST !!! ❓Qachon 🤔 ‼️ ERTAGA 👏 1⃣ - smena soat 0⃣8⃣ : 0⃣0⃣ da 2⃣ - smena soat 1⃣4⃣ : 3⃣0⃣ da DTM standartlari asosidagi KIMYO va BIOLOGIYA fanlaridan bo'lib o'tadigan BLOK TESTLARda qatnashish uchun barchangizni taklif qilib qolamiz! Batafsil ma’lumot va qabul uchun: 📩 @ILM_ADMIN 📞+998943837374 📍 Manzil: Izboskan tumani, Poytug' shahri, Shifokorlar ko'chasi 81