cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

1Islom🍃)

🕊 صبر 🥀 كل شيء مؤقت ▪️ ▪️Всё в этом мире временно♾🚫 📖 گل نفس ذائقة الموت ▪️ ▪️Каждая душа вкусит смерть 3:185📚 Say Alhamdulillah💜 16.12.2020

Show more
Uzbekistan60 357The language is not specifiedThe category is not specified
Advertising posts
190
Subscribers
No data24 hours
No data7 days
No data30 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Bir joyda erkak va ayolning suratini ko'rib qoldim. U suratga shunday izoh berilgan edi: * Men dayus emasman. * Ayolim mening mulkim, ommaning emas, shuning uchun uni hech kim ko'rishini istamayman. * Nomahramlar ayolimni yuzini yoki boshqa avratlarini ko'rish tugur hayollariga olishlariga ham qo'rqaman. Shunday so'zlar yozilgan edi, afsuski suratda ayoli bilan birga edi.
Show all...
маъруза
Show all...
4.92 KB
#Siz_buni_bilarmidingiz??? Rosululloh Sollallohu Alayhi Va Sallam aytdilarki: “Kim bir mo'min yoki mo'minaga muhabbat qilsa (ya'ni sevsa), u muhabbatini Allohdan boshqa hech kimga arz qilmasa, va yetisholmasa u shahiddir”. Sharh: “Bu hadisdan sevish joizligi kelib chiqadi. Ya'ni kim bir qizni yoki yigitni sevsa, lekin u sevganiga yetishishga ko'zi yetmasligi aniq bo'lsa, ya'ni unga uylanish yoki unga erga teyishning imkoni bo'lmasa, va bu sevgisini Allohdan boshqa hech kimga aytmasa, hatto ota-onasiyu, dugonasigayam aytmasdan faqat Allohga aytsa, va shu sevgi bilan o'lsa u SHAHID maqomida ketadi.
Show all...
Баъзан одамлар эшитиб қоламан, "Мен Исломни севаман, аммо ҳижоб ўраш бироз...", "Ота-онам қўмайди", "Ўқишим, иш-жойимда рухсат беришмайди"...қабилидаги гапларни. * Ҳижоб сабабли Исломга тўлиғича кира олмай юрган муслималарим! Ўйлайманки, қуйидаги гапларим сизни тафаккур қилишингизга ёрдам беради. * Ҳижобингизга отангиз қаршими? Иброҳим алайҳиссаломни эсланг! У зот инсонларни тавҳидга даъват қилганларида уларга биринчи қарши бўлган киши - уларнинг отаси эди! Оталари юртда обрўли ва машҳур бўлишига қарамай, у киши даъватни тўхтатмадилар! Натижада у зот Аллоҳнинг дўсти бўлишдек мақомга эришдилар. * "Ислом гўзал, аммо ҳижоб ўраш менга тўғри келмайди" дейдиганлар! Яна Иброҳим алайҳиссаломни эсланг! У кишини гулханга улоқтиришаётганида, у зот "Я Раббим! Ислом гўзал, аммо гулханда ёнишим менга тўғри келмайди" демадилар. Аллоҳга таваккал қиладилар. Натижада Аллоҳ у зотнинг гулханини гулзорга айлантирди. * "Ҳижоб - фарзлигини биламан, аммо бунга тайёр эмасман!" дейдиганлар! Яна Иброҳим алайҳиссаломни эсланг! Аллоҳ у зотга ўз жигарбандлари Исмоил алайҳиссаломни қурбонлик келтиришни буюрганида, у зот "Я Раббим! Амрингни рад этиш гуноҳлигини биламан, аммо ўғлимни қурбонлик қилишга тайёр эмасман" демадилар. Аллоҳга таваккал қилдилар. Натижада Аллоҳ у зотга фарзандини эмас, уй ҳайвонини қурбонлик қилишни буюрди ва у зотнинг даражасини янада кўтарди. * Ҳижоб ўрасам ишга олишмайди. Оч қоламан" дейдиганлар! Такрор ва такрор Иброҳим алайҳиссаломни эсланг! Аллоҳ у зотга аёли ва чақалоқ фарзандини саҳронинг қоқ марказида қолдиришни буюрди. У зот "Я Раббим, оилам оч қолади!" демадилар. Аллоҳга таваккал қилдилар. Натижада Аллоҳ у зотнинг оиласини ризқлантирибгина қолмасдан, ҳозирга қадар умматнинг жонига оро кирувчи, шифобахш "Зам-зам" сувини ҳам берди. * "Ҳижобимга оилам қарши" дейдиганлар! Сиз такрор ва такрор Иброҳим алайҳиссаломни эсланг! У зот одамларга Исломни даъват қилаётганларида у зотга нафақат оталари, балким подшоҳ ва юз минглаб халқ ҳам қарши эди. Аммо у зот Аллоҳга таваккал қилдилар. Натижада Аллоҳ у зотни юз миллионлаб инсонларнинг ҳидоятига сабабчи қилди. * "Ҳижоб ўрасам оқ қилишади" дейдиганлар! Унутманг, "Ҳолиқнинг маъсиятида маҳлуққа итоат йўқ!" (саҳиҳ). Яъни, Аллоҳнинг йўлида экансиз, у йўлдан чалғитувчиларга итоат қилмайсиз! Бандани рози қиламан деб, Аллоҳни норози қилмайсиз! Уларнинг оқ қилиши эса ўтмайди! * "Ҳижоб ўрама, ўзим Қиёматда жавоб бераман" дейишдими? "У кунда биров бировнинг юкини елкасига олмас!" -, Буюк Аллоҳ рост сўзлайдими ёки ўшаларми? Эртанги Кунда иккингиз Жаҳаннамга ҳукум қилинсагиз - ўша "кафиллар" сизни қутқара оладими? Сиз тирик ва қоим Аллоҳнинг амрини қўйиб, бир нуфта (сперматозоид)нинг қинга кириши натижаси ўлароқ бор бўлган банданинг амрига итоат қиласизми? Бандани яратган Зот уни ўлдиришга ҳам қодирлиги ёдингиздан кўтарилдими? * Наҳот ўзимизни ислоҳ қилиш вақти келмади? Аллоҳга таваккал қилишдан асло қўрқманг. Сиз сабабиятини қилинг, Аллоҳ сизга натижасини беради! Унутманг, вақт оз қолди! * Дарҳақиқат, тавба қилганлар улгурдилар! * Shaydoi Jannat #eslatdim
Show all...
Yo'lga otlanganlar maniyam olib ketilar🥲
Show all...
Kimdir al Aqso haqida og'iz ko'pirib post yozish bilan ovvora. Kimdir u yerdagi musulmonlar haqqiga duoda. Kimdir esa allaqachon yo'lga otlangandir... #farq
Show all...
Yaxshilab o'qing maslahatim. Darrov hukm chiqarib bizni fatvo berdi, o'zidan olim yasavopti degan negativ fikrlar bo'lmasin..
Show all...
Assalamu alaykum va Rahmatulloh. Bir birodarimizning taklifi bilan bir mavzuda post qilishni niyat qilib yurgan edim. Mana Alloh bugunga nasib qilgan ekan. Agar gapimiz cho'zilib ketsa bizni avf etasiz. Savol quyidagicha edi? “Nomahramlar bir guruhda Islomiy savol-javob qilsa bo'ladimi” deb. Avvalambor bunday savollar o'zi muhokama qilinadigan mavzu emas, modomiki barcha o'z dinining ahkomlarini to'g'ri tushunsa. Endi bu savolga kelsak bu ishni qilsam bo'ladimi desangiz shaxsan men yo'q deyman. (Keyinroq dalil keltiraman). Bir paytlar o'zim ham unday guruhlarda savol-javobni olib borganman to'g'ri. Yana u guruhimizda oddiy ilmsiz yoshlar emas balki qori, oliy mahadda o'qiydigan qizlar, Qur'on musobaqasida yuqori o'rinlarni olgan talabalar bor edi. Tabiiyki bunday ilmli yoshlar orasida noshar'iy ishlar bo'lishi mumkin emas degan hayol kelgandur sizga. Yo'q shayton degan lain va johil nafs bor. U har qancha solih inson bo'lmang baribir avrashga urinadi. Shunda men guvoh bo'lgan edimki, ular lichkalarga o'tib o'zaro do'stona munosabat ostida noshar'iy ishlarni qilishayotgandi. Albatta bu iflos va razil ish. Shuning uchun bunday guruhlarda qanday niyatda bo'lsa ham yozishish nojoiz.(meni fikrim) Nomahram bilan guruhda o'tirgandan ko'ra sharta uylaningda va ana keyin xotiningiz bilan ertalabdan-kechgacha savol-javob qiling. Alloh o'z kalomining Isro surasi, 32-oyatida aytadiki: “Zinoga yaqinlashmanglar. Albatta u, iflos va yomon yo'ldir”. Ya'ni zino qilishni emas yaqinlashishni ham taqiqladi. Bir harom bo'lsa unga boradigan yo'lni ham harom qiladi. Ya'ni lichkada ikki nomahram yozishishi harom amal. Endi unga olib boradigan yo'l ya'ni guruhlar ham harom bo'ladi. Javobimiz shu qolgan hulosani o'zingiz nafsingizga muvofiq ravishda chiqarib olaverasiz. Vallohu A'lam. Nomahramni sevish. Yuqorida bu mavzuda ozgina so'z yuritgan edim. Ya'ni begona qizni sevish mumkin. ( Albatta bu sevgi seriallardagi yoki ko'chadagi har kuni ko'rishib harom ishlarni qiladiganlar kabi emas) Bu insonning fitratidagi narsa. Sevgisiz hayot yo'q. Qanday ma'noda sevsa mumkin endi? Bir qiz yoki yigit bo'lsa siz uni dinidan rozi bo'lsangiz, unga muhabbat qo'yib agar er kishi bo'lsa qizni uydagilari bilan kelishib, agar qiz bo'lsa o'z uyidagi erkaklarga u yigitni so'rab borish huquqiga egalar. Shunday shaklda bo'lsa bu Islomiy mubabbat deyiladi. Agar qo'lingizdan kelsa shunday seving. Iltimos sevgi mumkin ekan deb, har kuni har xil qizlarni sevib, ular bilan nojoiz ishlarni qilish mutlaqo mumkin emas. Sevsangiz Alloh uchun seving va qurbingiz yetsa turmush quring tezlik bilan. “....Agar bilsangiz shu siz uchun yaxshidir”. Vallohu A'lam. P.s. Ayollarimiz va qizlarimizga aytadigan maslahatim. Allohga qasamki iltimos sizlardan turk seriali, hind kinosi kabi jirkanch narsalarni ko'rmanglar. U sahnalardagi ishtonsizlarni qanday qilib ko'rasiz. Tag'in oila a'zolaringiz oldida. Allohdan qo'rqmaysizmi? Bo'ldi qiling hoy ayollar. Ular faqat sizlarga zino, avratni ochib yurish, erga xiyonat qilish, ota-onaga baqirib oq bo'lishni o'rgatadi boshqa foydasi yo'q. Allohga taqvo qiling. Jannat sizlarsiz to'lmaydi shunga yarasha amal qiling. Bu Islom muslimalariga achingan qalb sohibing nolasi edi...
Show all...
Bir narsa menga tinchlik bermayapti to'g'risi. Har doim muslima qizlarga nasihat qilganimizda moziydagi Sahobiyya, Ansoriyya ayollarni ularning ilmi yuksakligi, Qur'onni va Sunnatni tushunishdagi fahmini aytib og'iz to'ldiramiz. Ammo hozirgi qizlarimiz va ayollarimiz uchun zaruriy shart-sharoitlar yo'qligi hayolimizning bir burchagiga ham kelmaydi. Yolg'onmi? Ayolingiz, singlingiz, Onangiz yoki qarindosh ayollarga Qur'on yoki Sunnatni o'rgatishda na bir o'quv kursi bor na bir madrasa. Ba'zilar ha bor ana ( uchebniy sentr) lar deyishi, ba'zilar “Hadichai Kubro” bor deyishi mumkin. To'g'ri ammo bunday joylarga o'zingizni ishingiz tushib borib ko'rganmisiz? To'g'risini aytsam, ayollarga mos (uchebniy sentr) larni ko'p qidirdim. Ammo topganim barchasi bardak, na bir tartib na bir madaniyat degan narsadan zarra qadar ham yo'q. Nima ayollarimiz Sahobiyya ayollar kabi ilmli bo'lishi mumkin emasmi? Nega ilm olaman degan qiz yoki ayol erkaklarga aralashgan holda diniy ta'lim olish kerak? Nega bir muayyan faqat ayollar uchun madrasa, maktab, kollej, uchebniy sentrlar qurilmaydi. Qachongacha g'ayur erkak ayollari yoki farzand, singillariga diniy ta'lim bermoqchi bo'lsa, ayol domlalarni qidirib uyiga kelib dars o'tishiga ko'ndirib yuradi? Qachongacha ayollar diniy ta'limni ham uyalib, hijolat bo'lib, qiynalib o'rganadi? Qachongacha ayollar Allohni farzini bajargani uchun tahqirlanadi, haydaladi, ta'limdan to'siladi? Qachongacha...? Nima qiyomatgacha endi shunaqa ahvolmi? Biz faqat og'iz to'ldirib ayollarni ilmsizlikda, johillikda, ayblashni, ularga past nazar bilan qarashni bilamiz. Ammo o'zimizdan va jamiyatdan o'tayotgan xatolarni tahlil qilishga urinibam ko'rmaymiz. Ko'p eshitganmiz bu gapni. Har qanday jamiyat rivojlanishi to'g'ridan-to'g'ri ayollarga borib taqaladi. Va qaysi jamiyat xor bo'lishi ham ayollarga borib taqaladi. Shuning uchun azizlarim o'zimizni o'nglaylik. Zero bu haqda ham qiyomatda so'ralamiz. Kim xohlamaydi aytingchi, ayoli yoki qizi, onasi, singlisi qoriya, hofiza, olima, obida bo'lishini? Hamma xohlaydi albatta bunday bo'lishini. Alloh bu kamchiliklarni o'zining jaloli va hikmati ila o'nglasin. Yurtimizda ayollarimiz uchun tezda o'quv yurtlarini joriy etilishini Robbimiz Azza va Jalladan so'rab qolamiz.
Show all...
#Biz kim edik 500 yil avval?
Show all...
4.81 KB
Choose a Different Plan

Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.