Grow'n'Roll
Open in Telegram
Bu yerda negativ yo’q. Pozitiv fikrlash va doim o’zini rivojlantirish xohishidagilarni bir yerda jamlagan kanal. Har kuni bitta post.
Show moreThe country is not specifiedThe category is not specified
499
Subscribers
No data24 hours
No data7 days
No data30 days
Posts Archive
499
2 yoki 3?
Tasavvur qiling Olimpiyada musobaqasidasiz. Birinchi o’rin nasib qilmadi, shunda sizni qaysi o’rin ko’proq qoniqtiradi, ikkinchimi yoki uchinchi?
Tadqiqotlarga ko’ra, uchinchi o’rin olgan inson ikkinchi o’rin olgan insondan ko’ra ko’proq xursand bo’lib depressiyaga deyarli tushmas ekan. Ikkinchi o’rin olgan inson esa, aksincha, ko’proq afsuslanish, yutqazganlik hissi bilan depressiyaga tushishi mumkin ekan. Bu g’alabaga qanchalik yaqin kelganlik bilan ifodalanadi, ya’ni g’alaba bir qadam narida tursa-yu, unga siz yetolmay qolsangiz, bu sizga yetarlikcha tushkunlik uyg’otishi mumkin. Albatta, bu har doim uchraydigan holat emasligini, har bir shaxs individ ekanligini ta’kidlashimiz kerak.
@grownroll
499
Insonga ta’sir o’tkazish?
“Juda shoshqaloqsan. O’zingni bosib ol, keyin gapir. Shu xaraktetiringni o’zgartirsang yaxshi bo’lardi.”
Bu ko’rinishda kimgadir fikr berish, odatda hech qanday natija bermaydi. Hatto kimdir oldingizga kelib mendagi yomon xislatlarni ayt, nuqsonlarimni kamaytirmoqchiman desa ham, hech qanday foyda bermaydi, sizni eshitmaydi. Chunki insonlar odatda to’g’ridan-to’g’ri fikr bildirishga odatlanishgan. Bu holatda esa suhbat ikki frontda tuziladi va inson psixologiyasi o’z frontini ongostida mustahkamlashga intiladi. Suhbatdoshga ta’sir o’tkazish, suhbat natijasi siz kutgandek tugashi uchun aynan siz narigi inson tomonida ekanligingizni bildirishingiz kerak.
Keling, boshidagi gapni shunga qo’llab ko’ramiz.
“Umuman olganda sendagi har bir jihat menga yoqadi, xaraktering zo’r. Faqat sal shoshib gapirishing bor, shuni o’zgartirsang yana ham yaxshi bo’lardi. Axir men seni yanada o’sishingni qo’llab-quvvatlayman.”
Bu jumla ko’proq yon berish, birgalikda ekanlik ruhida tuzilgan va tinglovchi miyasiga ham shu ko’rinishda yetib boradi. Bu esa sizga nisbatan eshiklar ochilishiga olib keladi.
@grownroll
499
Tanqid foydami yoki zarar?
Ayrim blogerlar va shaxslarning davlat tuzumini haddan tashqari yomonlab, FAQAT qora tomonini ko’rsatishi fuqarolarning davlat hokimiyatiga nisbatan legitimligini tushirishda va oxir-oqibat xaos yuzaga kelishiga sabab bo’ladi.
Insonlar noroziligi yuzaga chiqa boshlaydi, qaysidir sohada jiddiy kamchilik kuzatiladi va bum! Xalqaro jamoatchilik uchun davlat ichki ishiga aralashishiga yaxshi bir bahona tug’iladi va muammolar ikki karra ortadi.
Xo’sh, ayrim bloger va shaxslar faqat muammo haqida gapirayotganda bu haqida o’ylashadimi? Bu dramatizm emas. Yuqoridagilarni o’qib tanqidni qoralayapti deb o’ylayapsizmi? Yo’q, o’rinli tanqid, albatta, rivojlanish mevasi va buni tan olmaslik ahmoqlik. Muammo ularning judda hissiyotga berilishi va radikal munosabatini keng jamoatchilikka o’ylamay olib chiqishlarida.
Hop unda nima qilish kerak? Auditoriya katta mas’uliyat ekanligini tushunishsin. Tanqid qilishsin, faqat o’rinli, asoslangan tanqid qilishsin, fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar tekshirilsin. Tanqid qilinganda yechim ham taklif qilishsin.
Tanqid bilan birga erishilayotgan yutuqlar ham bir o’rinda ko’rsatib o’tilsin. Shunda “six ham, kabob ham kuymaydi.” Fuqarolarning davlatga nisbatan legitimligi ham kamaymaydi, kamchiliklar o’rinli tanqid qilinib muammolarga barham berila boshlaydi.
So’z erkinligi davlat rivoji uchun juda muhim vosita, ammo tanqidiy fikrlash, hozirgi axborot asrida iste’mol qilinayotgan ma’lumotlarni “factcheck” qilish undan ham muhimroqdir.
P.S. Yuqoridagi tred o’rinli tanqid qilib, yechim taklif qilib borayotgan, auditoriya mas’uliyatini his qiladigan blogerlar haqida emas.
@grownroll
499
Jamiyatdagi asosiy muammolar va siyosiy tizim xalq mentalitetidan kelib chiqadi. Xalq faqat siyosat ustidan shikoyat qilishi noto’g’ri, chunki siyosat mentalitetimiz ustiga quriladi. Demak, muammo aniq. Yechim-chi? Yechim oddiy mentalitetni o’zgartirish kerak. Mentalitet o’zgarishi globalizatsiya natijadida yuz beradi, xalq ongli ravishda taaluqlilikni his qiladi, shunda loqaydlik kamayib, davlat sohalarda rivojlanadi. Bitta zamonaviy dunyoqarashga ega inson o’z oilasidagi kamida 3 kishiga bu dunyoqarashni singdiradi. Natijada zanjir reaksiyasi vujudga keladi. O’zbekiston rivojlangan davlatlar qatoriga kiradimi? Albatta. Bu uchun 100 yil kerak emas.
@grownroll
499
Bir kuni zavodlarda ish o’rnini robotlar egallashi yaxshilikka bo’lishi mumkin deb o’ylayman. Oddiy ishlarni robotlar bajarsa, robotlar bajara olmaydigan, yuqori intellekt talab qiladigan ish o’rinlariga raqobat kuchayadi. Bu esa umumiy ta’lim sifati va aholi savodxonlik darajasi yanada yaxshilanib borishiga xizmat qiladi. Bu esa siyosiy va iqtisodiy institutlar rivojlanishi, yakunda farovon jamiyat qurilishiga olib keladi. To’g’ri, bu o’zgarish qurbonlarsiz bo’lmaydi - aholining ma’lum qatlami iqtisodiy jihatdan bir muddat qiynalishiga to’g’ri keladi.
@grownroll
499
Assalomu alaykum hammaga. Kanal reklamasi uchun yaxshi kanallarga tavsiya bersangizlar. Yaqinda qaytaman.
499
Daraxtning baland bo’y cho’zishi u joylashgan yerga, arofdagilarning unga bo’lgan munosabatiga va albatta o’sgandan so’ng quyoshdan nur olishiga to’sqinlik bo’lmasligiga bog’liq.
Unumdor yerga ekilgan, yaxshi parvarish qilingan, quyoshdan doim nur olib turgan daraxt ko’klarga bo’y cho’zadi.
Inson ham shunday. E’tibor ber, atrof-muhit seni o’stira oladimi yo’qmi? Tanishlaring, do’stlaring va yaqinlaring senga motivatsiya beryaptimi yoki umidsizlik? Va nihoyat natijaga erishganda kibrga berildingmi yoki yo’q?
Atrof-muhit seni o’stiradigan bo’lsa, yaqinlaring doim seni qo’llab-quvvatlasa, muvaffaqiyatga erishganingda ham kibrga berilmay hammasi Ollohdan ekanligini esingdan chiqarmasang va doim shukr qilsang, muvaffaqiyatlaring bardavom bo’ladi. Bu hayoting yozilmagan qoidalaridan biri.
@grownroll
499
"Sirena" va "migalka" o'rnatilgan xizmat mashinalariga yo'l berish uchun yo'l qoidalarini buzishga to'g'ri kelsa, yo'l qoidasini buzishga to'g'ri kelgan shaxsga nisbatan hech qanaqa javobgarlik yuzaga kelmaydi. Masalan, svetofor qizil chiroqda to'xtab turibsan. Shu orada orqangdan tez yordam mashinasi yuqoridagi holatda kelib qoldi. Shunda yo'l berish uchun qizil chiroqdan o'tib tez yordam mashinasiga yo'l bersang, "shtraf" to'laymanmi deb o'ylashga hojat yo'q.
@grownroll
499
Bundan keyin kanalda huquqqa oid postlar ham joylab boriladi, xabardor qilib qo’ydimda)
499
25 bet kitob + muntazamlik = “aqlli bo’p ketish xavfi”
Har kuni kami 25 bet kitob o’qigan odamda qanaqa o’zgarishlar sodir bo’ladi?
1. Fikrlash doirasi kengayadi;
2. Og’iz mushaklari rivojlanadi (ovoz chiqarib o’qiganda);
3. Fikrlash tezligi oshadi;
4. Birov tajribasi o’sha xatolarni qilmasdan o’zlashtiriladi;
5. Sendagi kamchiliklarini aniqlash va uni ustida ishlashga yordam beradi;
6. Ma’lum doirada sendan bilimliroq insonlar soni kamayishni boshlaydi;
7. Har xil bemaza davralarda o’tirishni xohlamaslik “xavfi” ortadi va hokazo.
Bu ro’yxatni uzoq davom ettirish mumkin. Lekin kitob o’qib undan xulosa chiqarmasang, kitobdan nimadir olmasang kitob o’qimaganing yaxshi. Chunki bu shunchaki vaqt yo’qotish yoki ovoz chiqarib o’qisang, bor yo’g’i, og’iz mushaklarini rivojlantirishdan boshqa narsa emas.
@grownroll
499
Lifehack
Bugun pul jamg’arish haqida ajoyib bir lifehackni bo’lishaman.
Misol uchun oyiga stabil 6 mln topasan. Shundan doimiy xarajatlarni (ijara haqi, kredit va hk) ayirib tashla. Ijara haqi misol uchun 500 ming so’m. Kredit esa 1 million. Umumiy 1.5 mln so’m doimiy xarajatda. Bundan tashqari yo’l haqi - odatda ishga borib kelish uchun kuniga 10 ming so’mdan umumiy 20 ming so’m taksiga. Uyga bozorlik uchun 500 ming so’m xarajat qilasan. Shunda stabil yo’l haqi uzog’i 600 mingni 500 mingga qo’shsak 1.1 mln bo’ladi.
Demak, 6 million bor edi, shundan 2.6 mln doimiy xarajat. Senda 3.4 mln qoldi. Shuni 30 ga bo’l. Natija deyarli 114 ming so’m (3.4 / 30 = 113.3). Bu narx seni kunlik limiting. Shundan ortiq ishlatishing minusga kirishingga sabab bo’ladi. Pilusga kirish uchun esa 114 mingdan 44 mingni ayirib ko’r. O’sha 44 mingni esa qaytib 30 ga ko’paytir. Natija esa 1.3 mln so’m. Ya’ni senda oyiga 1.3 mln va undan ko’p jamg’arish imkoni yuzaga keladi. Albatta bu misollar aniqmas va daromading hamda xarajatingga qarab shakli o’zgaradi, lekin mazmuni va ishlash prinsipi o’sha holatda qolaveradi. Foydali bo’ladi degan umiddaman.
@grownroll
499
Hayotning oddiy qoidasi
Bilim bu - kuch.
Bilim bu - qadr.
Bilim bu - hurmat.
Bilim bu - o’ziga bo’lgan ishonch.
Senda yuqorida sanab o’tilganlar yo’qmi? Demak, biliming yo’q. Nima qilish kerak? Shunchaki qiziqqan sohang bo’yicha bilim olishing kerak va sen yuqorida aytilganlardan ham ko’proq narsaga ega bo’lasan. Bu hayotning oddiy qoidalaridan biri.
@grownroll
499
Atrof-muhit
Agar o’zingni o’zgartirish qiyin bo’lsa, atrofdagi muhitni o’zgartir. Shunda o’z-o’zidan o’zingni yaxshilangan versiyangni ko’rishni boshlaysan. Atrofdagi tanishlaring, eng ko’p muloqot qiladigan o’rtoqlaring seni kim ekanligingni va kim bo’lishingni belgilab beradi. Bu haqida ko’p marta aytilgan va unutilgan.
200.000 forsga qarshi jang qilgan va g’olib bo’lgan 2000 musulmonda bo’lgan umumiy xislat - ruhiyati yuqori ekanligi, Ollohga ishonganligi bo’lgan. Unutma, atrofingda ruhiyati baland, optimizm va realizmni balansda ushlaydigan, pozitiv va taqvodor insonlarni yig’. Natijani ko’rish esa uzoq kuttirmaydi.
@grownroll
499
Dolla dolla, bills, y’all!
Pulni sandiqqa yashirish pul jamg’arish uchun eng yaxshi vosita bo’lib ko’ringani bilan aslida unday emas. Pul doim harakatda bo’lishi kerak, doim bozor ichida oqib yurishi, aylanishi kerak. Shunda ko’payadi (bunda umuman pulsiz qolishingiz ham mumkin🙃).
1) Bunda aniq ajratib oling, siz nimada yaxshisiz? Nimani boshqalardan yaxshiroq qilasiz? Keyin shu sohaga investitsiya qiling - bilimni pulga sotish, shu sohaga oid biznesga kirish, bunda mediadan foydalanish va hk. Risk bor va xato sabab pulsiz qolishingiz mumkin.
2) Agar nimaga investitsiya kiritishni bilmasangiz bilimga investitsiya kiriting. Bu esa 1-punktga yo’l ochib beradi. Bu doim o’xshaydi, siz istisno emassiz.
@grownroll
499
Repost from Alimoff
"Эркак" мардикорлар томонидан дўппосланган мардикор аёл ва унинг боласи. Самарқанд. 2022 - йил.
Муносабат кутманг мендан, сўкиниб ёза олмайман бу каналда.
@nurbekalimov
