Jizzax viloyat MMTB Axborot xizmati| Rasmiy kanal
Open in Telegram
Jizzax viloyat MMTBning ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari -Web-sayt: jizzakh.uzedu.uz -Telegram: https://t.me/Jizzakhedu -Instagram: instagram.com/xtbjizzax/ -Facebook: https://www.facebook.com/share/g/16FcTdmMoi/ -Admin: @sarvinoz_narziyeva
Show more4 576
Subscribers
No data24 hours
-177 days
-11930 days
Posts Archive
#Yangiobod_tumani
🇺🇿⚽ Olg‘a, O‘zbekiston!
Jizzax viloyati Yangiobod tumanidagi “Mohir Bolajon” DXSH NMTT tarbiyalanuvchilari va jamoasi nomidan O‘zbekiston milliy futbol terma jamoasini tarixiy yutuq — Jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritgani bilan samimiy tabriklaymiz!
Bu ulkan muvaffaqiyat butun xalqimiz uchun cheksiz quvonch va faxr manbaidir. Sizlarning matonatingiz, fidoyiligingiz va yurtimiz sharafini munosib himoya qilganingiz har bir yurtdoshimiz qalbida g‘urur tuyg‘ularini uyg‘otdi.
Bizning jajji tarbiyalanuvchilarimiz ham sizlarga havas qilib ulg‘aymoqda. Kelajakda ular ham Jahon chempionatlarida yurtimiz bayrog‘ini baland ko‘tarib, O‘zbekiston nomini dunyoga tanitadigan chempionlar bo‘lib yetishsin!
Sizlarga Jahon chempionatidagi bahslarda ham ulkan zafarlar, kuch-g‘ayrat va omad tilaymiz.
🇺🇿🏆⚽ Omad yor bo‘lsin, O‘zbekiston!
🇺🇿 Rasmiy sahifalarimiz👇👇👇
🌐 Web-sayt ✅Telegram✅Facebook 🌐Instagram 📹 Youtube
📍 "Vazir kubogi" – sayohatning birinchi kuni
Jizzax viloyati Arnasoy tumani Maktab va maktabgacha ta'lim bo‘limiga qarashli 22-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabining ayollar jamoasi "Vazir kubogi" sport musobaqasining respublika final bosqichida ishtirok etish uchun Namangan viloyatiga eson-omon yetib bordi.
Safarning birinchi kuni sportchi qizlarimiz ko‘tarinki kayfiyatda kutib olinib, musobaqa oldidan tashkil etilgan tayyorgarlik va tanishuv tadbirlarida ishtirok etdilar. Jamoamizning kayfiyati a'lo, g‘alabaga bo‘lgan ishonchi esa yanada mustahkam.
Ishonamizki, sportchi opa-singillarimiz musobaqalarda bor mahorati va matonatini namoyon etib, Arnasoy tumani hamda Jizzax viloyati sharafini munosib himoya qiladilar.
🤝 Jamoamizga musobaqalarda ulkan zafarlar, omad va yorqin g‘alabalar tilaymiz!
🏆 Olg‘a, Arnasoy! Olg‘a, Jizzax! G‘alaba sari olg‘a!
📣📣📣
🎓 "MEN KIM BO‘LAMAN?"
"Mening kelajakdagi biznes rejam" esse tanlovi
📢20-avgust – Tadbirkorlar kuni munosabati bilan Savdo-sanoat palatasi Jizzax viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan umumta'lim maktablarining 8–9-sinf o‘quvchilari uchun esse tanlovi e'lon qilinadi.
✍️ O‘zingizning kelajakdagi biznes g‘oyangizni esse shaklida yozing va tanlovda ishtirok eting!
📲 Esselarni yuborish: @ssp_tanlov_bot
🏆 Eng yaxshi ishlar diplom, sertifikat va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.
🗓 Qabul muddati: 2026-yil 20-iyulgacha.
Kelajagingizni bugundan rejalashtiring!
👍BiznesKlub 👍Telegram 👍Facebook 👍 Youtube 👍 Instagram
+9
Jizzaxda “Jasorat maktablari” ga oʻquvchilar saralashning birinchi bosqichi boʻlib oʻtdi
🖥Jizzax Olimpiya va paraolimpiya sport turlariga tayyorlash markazi
binosida umumta’lim maktablarining 4 – sinfini tamomlagan oʻquvchilarning 1252 nafari hujjat topshirgan boʻlib, ularning 800 ishtirok etdi.
✔️Ochiqlik va shaffoflik tamoyili asosida tashkil etilgan sinovda qatnashchilar matematika fanidan 30 ta, ona tili fanidan 20 ta test topshiriqlarini yechishi lozim boʻladi.
➖ Birinchi bosqichdan muvaffaqiyatli o'tgan talabgorlar 2-bosqichda jismoniy tayyorgarlik mashqlarini bajarishi talab etiladi.
✔️Ma’lumot uchun: Jizzax viloyatidagi 13 ta tuman (shahar) “Jasorat maktablari”ning har bir sinfiga 26 nafardan oʻquvchi qabul qilinishi rejalashtirilgan.
✍️Jizzax viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati
🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz
⌛web-sayt
📱Telegram
⏸Facebook
⚡️Instagram
▶️Ayni paytda Maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari o'rtasida "Gimnastikaga ilk gadam" musobaqasining Jizzax viloyat bosqichi boʻlib oʻtmoqda.
✍️Jizzax viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati
🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz
⌛web-sayt
📱Telegram
⏸Facebook
⚡️Instagram
‼️‼️‼️
#Диққат_эълон
2026–2027-o‘quv yili uchun texnikumlarga hujjatlar qabuli boshlanmoqda!
⏰ 2026-yil 1-IYULdan boshlab texnikumlarga ONLAYN qabul jarayonlari boshlanadi.
9-sinf bitiruvchilari uchun:📊 570 ta texnikumga hujjat topshirish imkoniyati mavjud bo’lib, mazkur muassasalarda 166 ta kasb-hunar turlari o’rgatiladi. Umumiy kvotalar soni — 202 657 ta. 🔴 Arizalar 1-20-iyul kunlari qabul qilinadi.
11-sinf bitiruvchilari uchun:📊 641 ta texnikumga hujjat topshirish mumkin, bu yerda 276 ta kasb va mutaxassislik yo’nalishlari mavjud. 🔹Umumiy kvota — 134 570 ta 🔹Shundan 61 298 tasi davlat granti 🔴 Arizalar 10-avgustdan 10-sentabrgacha qabul qilinadi. 🌐 Shuningdek, 14 ta Ilg‘or kasbiy mahorat texnikumlarida 27 ta kasb va mutaxassislik o‘rgatiladi. 🔹Umumiy kvota — 1 760 ta qabul o‘rni 🔹Shundan 1 640 tasi davlat granti 🌐 Arizalarni my.edu.uz platformasi orqali onlayn yuborishingiz mumkin. 📊 Ma’lumot o‘rnida: joriy yilda 34 foiz 9-sinf bitiruvchilarini texnikumlarga jalb etish rejalashtirilgan. 📢 Kelajagingiz sari ilk qadamni bugundan tashlang! O‘zingizga mos kasbni tanlang va imkoniyatni qo‘ldan boy bermang! #Texnikumlar 🌍🌍🌍🌍🌍🌍 ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
+8
#Gʻallaorol_tumani
🇺🇿30 iyun — Yoshlar kuni munosabati bilan Gʻallaorollik 53 nafar bitiruvchiga oltin va kumush medal tantanali topshirildi!
✅Bilim, mehnat va matonat yana bir bor munosib e’tirof etildi.🔵Gʻallaorol tumani hokimligi majlislar zalida umumta’lim maktablarini a’lo natijalar bilan tamomlagan bitiruvchilarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Joriy yilda tumandagi 91 ta umumta’lim hamda 1 ta Gʻallaorol tumani ixtisoslashtirilgan maktabini 2367 nafar o‘quvchi bitirdi. Ulardan 42 nafar bitiruvchi oltin, 11 nafari esa kumush medal sohibi bo‘ldi. Tuman hokimi bitiruvchilarni samimiy qutlab, yuksak natijalarga erishgan yoshlarga kelgusi ta’lim va mehnat faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tiladi. Tadbir davomida medallar o‘z egalariga tantanali ravishda topshirildi. 🎉Gʻallaorol yoshlarining bugungi yutug‘i — ertangi Yangi O‘zbekiston taraqqiyoti uchun mustahkam poydevordir. 📱Ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:👇 💬Telegram |📹Instagram|🌐Facebook|📹YouTube|🌐Sayt
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Prezidentimiz yoshlar bilan muloqot qilib, ularning taklif va tashabbuslarini tingladi.
—
Президент нашей страны провел диалог с молодежью, выслушал ее предложения и инициативы.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Prezidentimiz bugun futbolchilarimizni qo‘llab-quvvatlash, ruhini ko‘tarish har qachongidan ham muhimligini ta’kidladi.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
+9
Prezident Shavkat Mirziyoyev 30-iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan yoshlar bilan uchrashuv oʻtkazdi.
—
Президент Шавкат Мирзиёев провел встречу с молодежью по случаю 30 июня – Дня молодежи.
#Mirziyoyev #uchrashuv #yoshlar #muloqot
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Prezidentimiz tashabbuskor yoshlarning loyihalari bilan tanishdi.
—
Президент нашей страны ознакомился с проектами инициативной молодежи.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Yangi O‘zbekistonda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning orzu va intilishlarini ro‘yobga chiqarish – davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biri.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
Prezident Shavkat Mirziyoyev Olimpiya shaharchasida Yoshlar kuni munosabati bilan tashkil etilgan maxsus koʻrgazmada mamlakatimizning faol va izlanuvchan yoshlari bilan uchrashdi.
—
Президент Шавкат Мирзиёев встретился с активной и инициативной молодежью страны на специальной выставке, организованной по случаю Дня молодежи в Олимпийском городке.
#Mirziyoyev #tanishuv #yoshlar #kurgazma
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
+9
ZAFAROBOD TUMANIDA 30-IYUN — YOSHLAR KUNI MUNOSABATI BILAN FAOL VA IQTIDORLI YOSHLAR TAQDIRLANDI
30-iyun — Yoshlar kuni munosabati bilan Zafarobod tumanida yoshlarning bilim, iste’dod va yuksak yutuqlarini munosib e’tirof etishga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda tuman hokimi G‘ayratjon Eshpulatov, tuman prokurori Husniddin Bektemirov, tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i Elyor Axmedov hamda tegishli tashkilot va idoralar rahbarlari ishtirok etdi.
Tadbir davomida tumandagi umumta’lim maktablarini a’lo baholarga tamomlab, oltin va kumush medal sohibi bo‘lgan bitiruvchilar tantanali ravishda taqdirlandi. Ularning erishgan yutuqlari, namunali xulqi, bilimga bo‘lgan intilishi va kelajakdagi ulkan marralar sari tashlayotgan dadil qadamlari alohida e’tirof etildi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi mezbonligida sportning Turon yakka kurashi bo‘yicha o‘tkazilgan Jahon kubogi musobaqalarida munosib ishtirok etib, faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan Zafarobod tumani sport maktabi o‘quvchi-sportchilari ham taqdirlandi. Sportchilarimizning xalqaro maydondagi muvaffaqiyatlari tuman yoshlari uchun chinakam ibrat ekani ta’kidlandi.
So‘zga chiqqan mutasaddilar yoshlarni bayram bilan samimiy tabriklab, ularning ilm-fan, sport va boshqa sohalarda erishayotgan yutuqlari Yangi O‘zbekiston taraqqiyotiga munosib hissa bo‘lib xizmat qilishini alohida qayd etdilar. Shuningdek, kelgusida ham yoshlarning iste’dodini qo‘llab-quvvatlash, ularni har tomonlama rag‘batlantirish va yangi marralarni zabt etishlari uchun barcha sharoitlar yaratib berilishi ta’kidlandi.
Tadbir yakunida taqdirlangan o‘quvchilar va sportchilarga esdalik sovg‘alari hamda tashakkurnomalar topshirildi. Ularga kelgusidagi o‘qish va sport faoliyatida ulkan zafarlar, mustahkam sog‘liq hamda Vatanimiz ravnaqi yo‘lida yanada yuksak muvaffaqiyatlar tilandi.
🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz⭕️
💬Web sayt🚀Telegram📷Instagram🔵Facebook🎬You Tube
+9
#Yoshlar_oyligi
Yangiobodda mini futbol musobaqasi g‘oliblari taqdirlandi
✅ Bugun Yangiobod tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i kubogi uchun o‘tkazilgan o‘quvchilar o‘rtasidagi mini futbol musobaqasining g‘olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. ♻️ Musobaqada o'g‘il bolalar o‘rtasida 3-o‘rin uchun kechgan bahsda 1- va 12-maktab jamoalari o‘zaro kuch sinashib, yakunda 12-maktab jamoasi g‘alaba qozonib, 3-o'rinni egalladi. 🔵 Final uchrashuvida esa 4-maktab jamoasi va 2-maktab jamoasi o‘rtasida murosasiz kurash kechdi. Qiziqarli va keskin bahslar ostida o‘tgan o‘yinda 4-maktab jamoasi g‘alaba qozonib, chempionlikni qo‘lga kiritdi. ⚡️ Qizlar o‘rtasidagi musobaqalarda esa 6-maktab jamoasi yuqori mahorat va kuchli tayyorgarlik namoyish etib, barcha raqiblarini ortda qoldirdi hamda faxrli 1-o‘rinni egalladi. Taqdirlash marosimida g‘olib va sovrindor jamoalarga bo'lim boshlig'i E.Muxtorov tomonidan diplom hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.✍️https://t.me/yangiobodtumanxtb
Repost from Saida Mirziyoyeva
Fransiyaning Yevropa va tashqi ishlar vaziri Jan-Noel Barro bilan o‘tgan mazmunli muloqotimizdan mamnunman.
Fransiya O‘zbekistonning Yevropadagi muhim strategik hamkorlaridan biri bo‘lib qolmoqda. O‘zaro aloqalarimiz energetika, transport, infratuzilma, ta’lim va sog‘liqni saqlash kabi sohalarni qamrab oladi.
Markaziy Osiyo mintaqasida ishonchli va barqaror hamkor sifatidagi mavqeimizni saqlab qolgan holda, Fransiya va umuman Yevropa bilan sheriklikni kelgusida ham izchil mustahkamlash niyatidamiz.
—
Была рада содержательной беседе с министром Европы и иностранных дел Франции Жаном-Ноэлем Барро.
Франция является одним из ключевых стратегических партнёров Узбекистана в Европе. Наше сотрудничество охватывает такие направления, как энергетика, транспорт, инфраструктура, образование и здравоохранение.
Мы намерены и впредь укреплять партнёрство с Францией и Европой, оставаясь надёжным и предсказуемым партнёром в Центральной Азии.
Fransiyaning Yevropa va tashqi ishlar vaziri Jan-Noel Barro bilan o‘tgan mazmunli muloqotimizdan mamnunman.
Fransiya O‘zbekistonning Yevropadagi muhim strategik hamkorlaridan biri bo‘lib qolmoqda. O‘zaro aloqalarimiz energetika, transport, infratuzilma, ta’lim va sog‘liqni saqlash kabi sohalarni qamrab oladi.
Markaziy Osiyo mintaqasida ishonchli va barqaror hamkor sifatidagi mavqeimizni saqlab qolgan holda, Fransiya va umuman Yevropa bilan sheriklikni kelgusida ham izchil mustahkamlash niyatidamiz.
—
Была рада содержательной беседе с министром Европы и иностранных дел Франции Жаном-Ноэлем Барро.
Франция является одним из ключевых стратегических партнёров Узбекистана в Европе. Наше сотрудничество охватывает такие направления, как энергетика, транспорт, инфраструктура, образование и здравоохранение.
Мы намерены и впредь укреплять партнёрство с Францией и Европой, оставаясь надёжным и предсказуемым партнёром в Центральной Азии.
#FAXRIMIZ🖥Jizzax viloyati Arnasoy tuman 8-umumta’lim maktabining iqtidorli o‘quvchisi Rahmonberdiyeva Anora 11 yoshida ingliz tili bo‘yicha B2 darajadagi sertifikatni qo‘lga kiritdi. ⌛2025–2026 o‘quv yili davomida ko‘plab o‘quvchilar turli fan va tillar bo‘yicha sertifikatlarga ega bo‘ldilar. Ular orasida eng yosh sertifikat sohibasi aynan Rahmonberdiyeva Anora bo‘ldi. ⬇️Bu yutuq ortida tinimsiz mehnat, izlanish va ustozlarning fidokorona sa’y-harakatlari mujassam. Mazkur natija bilan Anoraning ustozlari, ota-onasiga rahmat deymiz! Barakalla, Anora! ✍️Jizzax viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati 🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz ⌛web-sayt 📱Telegram ⏸Facebook ⚡️Instagram
+4
Dolzarb 90 kun: Maktab kutubxonasini rivojlantirishga amaliy qadamlar
🗣️Jizzax davlat pedagogika universiteti Axborot-resurs markazi direktori Robiya Ishnazarova boshchiligidagi soha mutaxassislari tomonidan Sharof Rashidov tumanidagi 34-son umumiy o‘rta ta’lim maktabi kutubxonasini rivojlantirish hamda uning faoliyatini yanada takomillashtirishga qaratilgan amaliy ishlar boshlandi.
🖥Mazkur tashabbus doirasida kutubxona fondini boyitish, axborot-kutubxona xizmatlari sifatini oshirish, zamonaviy yondashuvlarni joriy etish hamda yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini yanada rivojlantirish maqsad qilingan.
⌛Ushbu sa’y-harakatlar ta’lim muassasalarida samarali axborot-kutubxona muhitini shakllantirish va o‘quvchilarning kitobga bo‘lgan qiziqishini oshirishga xizmat qiladi.
✍️Jizzax viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati
🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz
⌛web-sayt
📱Telegram
⏸Facebook
⚡️️Instagram
30-iyun — Yoshlar kuni muborak!🗣️Jizzax viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi yurtimizning barcha yoshlarini, ayniqsa, ta’lim tizimida faoliyat yuritayotgan, bilim olish va yuksak marralarni zabt etish yo’lida intilayotgan navqiron avlod vakillarini “Yoshlar kuni” munosabati bilan samimiy muborakbod etadi! 💭Yoshlar — Yangi O‘zbekistonning bunyodkor kuchi, ertangi kunimizning ishonchi va taraqqiyotimiz tayanchidir. Sizlarning bilimga chanqoqligingiz, g‘ayratingiz, tashabbuskorligingiz hamda yurt ravnaqi yo‘lidagi intilishlaringiz mamlakatimizning yorqin kelajagini belgilaydi. ➡️Barchangizga mustahkam sog‘lik, cheksiz g‘ayrat-shijoat, ulkan marralar, yangi yutuqlar va ezgu orzu-intilishlaringiz ro‘yobini tilaymiz. Doimo Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligi yo‘lida fidoyilik bilan xizmat qiladigan barkamol avlod bo‘lib kamol topishingizga tilakdoshmiz. 💐Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz yoshlar! ✍️Jizzax viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati 🌐 Ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalarimiz ⌛web-sayt 📱Telegram ⏸Facebook ⚡️Instagram
Available now! Telegram Research 2025 — the year's key insights 
