en
Feedback
CWG Security

CWG Security

Open in Telegram

CWG-Security Yoʻnalishlarimiz: • Axborot xavfsizligi va Kiberxavfsizlik; • Mobil ilova ishlab chiqish; • Web dasturlash; • Kompyuter muammolari; 🔎Kanaldan izlash @cwg_articles_list 💬 Rasmiy guruhimiz @wearecwg

Show more
466
Subscribers
-124 hours
-77 days
-2730 days
Posts Archive
Windowsni qo’shimcha dasturlarsiz aktivatsiya qilish #windows #activate ⠀ Windows operatsion tizimini o’rnatgandan so’ng ko’p
Windowsni qo’shimcha dasturlarsiz aktivatsiya qilish #windows #activate ⠀ Windows operatsion tizimini o’rnatgandan so’ng ko’pchilik uni aktivatsiya qilish buyicha ko’pgina muammolarga duch kelishadi. ⠀ Bazi foydalanuvchilarda aktivatsiya nima uchun kerak yoki qanday qilinadi degan savollar paydo bo’ladi. ⠀ Bu maqolada hech qanday kms activator dasturlarini yuklab olmasdan windowsni aktivatsiya qilishni ko’rib chiqamiz. ⠀ 👉🏻 Batafsil

#windows #software Windows uchun eng kerakli dasturlar ⠀ Har qanday kompyuterda qanday dasturlar birinchi navbatda o'rnatilis
#windows #software Windows uchun eng kerakli dasturlar ⠀ Har qanday kompyuterda qanday dasturlar birinchi navbatda o'rnatilishi kerak? ⠀ Ushbu postda so'z yuritadigan dasturlarimiz oddiy foydalanuvchilar uchun foydali bo'ladi degan niyatdamiz!

#lifehack #link #youtube ⠀ Youtube-dan videolarni oson yuklab olish ⠀ youtube4kdownloader.com –Sayti orqali Youtube-dan MP4 v
#lifehack #link #youtube ⠀ Youtube-dan videolarni oson yuklab olish ⠀ youtube4kdownloader.com –Sayti orqali Youtube-dan MP4 va WEBM formatida 4K videolarni yuklab olish mumkin. Shunindek sayt 900 dan ortiq saytlardan: Facebook, Instagram, Twitter va boshqalardan ham video yuklab olish imkoniyatini beradi. ⠀ Foydalanish uchun ko'rsatilgan saytga o'ting va ko’chirmoqchi bo’lingan video havolasini joylashtiring. Keyin "Download" tugmasini bosing. ⠀ Ba'zi videolar WebM formatida bo'ladi. Ushbu turdagi faylni ochish uchun VLC Player, MX Player yoki shunga o'xshash boshqa dasturlardan foydalaning. ⠀ Saytda shuningdek videolarni ovozsiz holatda yoki videosiz faqat ovozning o’zini yuklab olish imkoniyati bor. ⠀ Qulaylik uchun brauzerga kengaytma(exstention)ni o’rnatish mumkin.Shunda saytga utishga hojat qolmaydi tugridan tugri youtubeni o’zidan yuklab olish mumkin bo’ladi ⠀ 📌 http://youtube4kdownloader.com

#securty #tor #darkweb #privacy ⠀ Tor brauzeri haqida ⠀ "The Onion Router", TOR yoki - ma'lum bir darajada anonim bo'lishga,
#securty #tor #darkweb #privacy ⠀ Tor brauzeri haqida ⠀ "The Onion Router", TOR yoki - ma'lum bir darajada anonim bo'lishga, Internetdagi harakatlarni yashirishga, shuningdek alohida Internet tarmog'i - DarkWeb ga tashrif buyurishga imkon beradigan protokol. ⠀ Maqolada TORda qanday qilib anonimligni yo'qotmaslik va "Инкогнито" rejimda bo'lishni yoqtiradiganlar uchun Tor brauzerning afzalligi haqida qiziqarli ma'lumotlar keltirib o'tamiz.

#ctf #security #yaxshiamaki ⠀ O’zbekcha CTF(capture the flag) tahlili ⠀ Kanalimiz a’zolari orasida axborot xavfsizliga xususa
#ctf #security #yaxshiamaki ⠀ O’zbekcha CTF(capture the flag) tahlili ⠀ Kanalimiz a’zolari orasida axborot xavfsizliga xususan veb saytlar xavfsizligiga qiziqadiganlar bo’lsa yaxshi amaki haqida eshitgan bo’lishlari kerak. ⠀ Yaxshi amaki yaqinda o’z telegram kanalida yangi ctf tashkil qilganligi haqida e’lon qilgandi. ⠀ Agarda kimdir bu haqida bilmagan lekin ishlashni xoxlaganlar bulsa bu yerdan boshlashlari mumkun.Biz esa usha CTF da keltirilgan topshiriqlarni birma bir ishlanishini tahlil qilamiz. 👉🏻 Batafsil

​​#google #security #phone ⠀ Google biz haqimizda nimalarni biladi ⠀ Google siz haqingizda nima bilishini hech o'ylab ko'rganmisiz? Google va ijtimoiy tarmoqlar sizning foydalanuvchi sifatida onlayn harakatlaringizni tahlil qiladi. ⠀ Biz deyarli har kuni foydalanadigan Google biz haqimizda aynan nimalarni biladi? Siz uchun 8 ta qiziqarli havolani tayyorladik va ba'zi ma'lumotlar sizni hayron qoldirishiga ishonamiz. ⠀ 1️⃣ Google bizni qanday tasavvur qiladi: https://www.google.com/ads/preferences/ ⠀ 2️⃣ Harakatlarimiz tarixi: https://maps.google.com/locationhistory ⠀ 3️⃣ Googleda qidirgan surovlarimiz tarixi: https://history.google.com ⠀ 4️⃣ Google akkauntizga kirish huquqiga ega qurilmalar ro'yxati: https://security.google.com/settings/security/activity ⠀ 5️⃣ Google-dagi ma'lumotlaringizga kirish huquqiga ega bo'lgan barcha ilovalar va kengaytmalar(extension): https://security.google.com/settings/security/permissions ⠀ 6️⃣ Smartfoningizdagi fotosuratlar: https://photos.google.com/ ⠀ 7️⃣ Telefoningizni toping: https://myaccount.google.com/find-your-phone ⠀ 8️⃣YouTube tarixi (ko'rishlar, qidirishlar, izohlar): https://www.youtube.com/feed/history ⠀ Google sizni kuzatishi siz haqizda malumot to’plashiga sizni fikringiz qanday?

#telegram #link #news Telegram ikkita yangi veb-klientni ishga tushirdi ⠀ Telegram jamoasi yangi dizayn va keng imkoniyatlarg
#telegram #link #news Telegram ikkita yangi veb-klientni ishga tushirdi ⠀ Telegram jamoasi yangi dizayn va keng imkoniyatlarga ega o’zining ikkita veb-klientini ishga tushirdi. ⠀ 1. webz.telegram.org 2. webk.telegram.org ⠀ Desktop va mobil klientlarda mavjud bo’lgan papkalar, jonlantirilgan stikerlar, qorong'u rejim(dark mode) va boshqa ko’plab imkoniyatlardan endi veb klientda ham foydalanish mumkin bo’ldi. ⠀ Veb-versiyada xozircha video xabar video qo’ng’rioqlar junatish va maxfiy suhbatlar yaratish imkoniyati yo’q.Shuningdek veb versiyada siz spam haqida xabar berolmaysiz. Mavjud barcha funktsiyalar haqida ko'proq ma'lumotni bu yerda o'qishingiz mumkin. ⠀ Keyingi yangilik – Android uchun yangilangan rasmiy ilova. Endi, agar siz Telegramni telegram.org/android sahifasidan yuklab olsangiz, ilova kamroq cheklovlarga ega bo'ladi. ⠀ Masalan, mualliflik huquqini buzgan kanallar va botlarni ko'rish va ulardan foydalanish mumkin bo'ladi.

#programming ⠀ Qaysi dasturlash tillarini o'rganish kerak? IT da-karyera (2-qism) ⠀ Dasturlashni endi o’rganmoqchi bo’lgan ki
#programming ⠀ Qaysi dasturlash tillarini o'rganish kerak? IT da-karyera (2-qism) ⠀ Dasturlashni endi o’rganmoqchi bo’lgan kishilarning ko’pchiligini o’rganishni nimadan boshlash kerak degan savol o’ylantiradi. ⠀ Maqola dasturlashdagi eng rivojlangan yunalishlar haqida qisqacha ma’lumot beradi. ⠀ O’ylaymanki bu maqola dasturlashni endi o’rganmoqchi bo’lgan va dasturlashda o'ziga yunalishni aniqlamoqchi bo'lgan kishilarga foydali bo’ladi.

#programming ⠀ Qaysi dasturlash tillarini o'rganish kerak? IT da-karyera (1-qism) ⠀ Dasturlashni endi o’rganmoqchi bo’lgan ki
#programming ⠀ Qaysi dasturlash tillarini o'rganish kerak? IT da-karyera (1-qism) ⠀ Dasturlashni endi o’rganmoqchi bo’lgan kishilarning ko’pchiligini o’rganishni nimadan boshlash kerak degan savol o’ylantiradi. ⠀ Maqola dasturlashdagi eng rivojlangan yunalishlar haqida qisqacha ma’lumot beradi. ⠀ O’ylaymanki bu maqola dasturlashni endi o’rganmoqchi bo’lgan va dasturlashda o'ziga yunalishni aniqlamoqchi bo'lgan kishilarga foydali bo’ladi.

​​#lifehack #wappalyzer #extension Sayt qanday texnologiyalardan foydalanib yaratilganligini aniqlash. ⠀ Biror bir saytga kirganizda sayt qanday qilinganligini yoki xuddi shundey sayt yaratish uchun nimalarni bilish kerakligi haqida o’ylaganmisiz? Agar javobingiz HA bo’lsa unda bu post aynan siz uchun. ⠀ Sayt qaysi CMS da yaratilganligi yoki qaysi texnologiyalardan foydalanib yaratilganligini analiz qilish har bir veb dasturchiga tanish “holat)”. ⠀ Wappalyzer - bu veb-saytlarda ishlatilgan CMS, eCommerce platformalari, veb-serverlar, Web frameworklarni, Javascript framework, kutubxonalarni, google analiytics kabi tahlil vositalari va boshqa ko’plab texnologiyalarni aniqlaydigan brauzer uchun qo’shimcha(extension). ⠀ Agar brauzerga extension o’rnatishni xoxlamasangiz unda xuddi shunga uxshash funksionalga ega online servis linkonavt dan foydalanishingiz mumkun. ⠀ Agar siz veb dasturchi bo’lsangiz va bu mavzu sizga tanish bo’lsa o’z tajribangiz bilan o’rtoqlashing xuddi shu vazifani bajaradigan yana qanday yaxshiroq serviz yoki dasturlarni tavsiya qilasiz? Izohlarda yozib qoldiring ⠀ 📌 https://www.wappalyzer.com/ 📌 https://linkonavt.ru/services/sitetechnologies

#lifehack #link ⠀ Istalgan raqamga istalgan matn bilan bepul SMS yuborish ⠀ 1.Ushbu saytga o'tamiz 2.SMS yuboriladigan raqamn
#lifehack #link ⠀ Istalgan raqamga istalgan matn bilan bepul SMS yuborish ⠀ 1.Ushbu saytga o'tamiz 2.SMS yuboriladigan raqamni kiritamiz 3. Sms xabarni kiritamiz 4. SEND tugmasini bosamiz. ⠀ P.S: Post yozilgan vaqtda O’zbekistonning barcha operatorlarida ishladi. ⠀ 📌 https://freebulksmsonline.com/

Qadrli hamyurtlar, musulmon birodarlar, barchamizga rahmat va sabr oyi boʻlmish muqaddas Ramazon oyi muborak boʻlsin! ⠀ Oʻzar
Qadrli hamyurtlar, musulmon birodarlar, barchamizga rahmat va sabr oyi boʻlmish muqaddas Ramazon oyi muborak boʻlsin! ⠀ Oʻzaro totuvlik, mehr-oqibat va kechirimlilik xislatlarini odat qilib yaxshilik qanotini keng tutaylik. ⠀ Bu oy nafaqat musulmon birodarlar uchun, balki dini, irqi va millatidan qatʼiy nazar insonlarga yaxshilik va mehr ulashiladigan oydir. ⠀ Tinchlik va farovonlik yurtimizda bardavom boʻlsin! 🤲

​​#programming ⠀ 2021 yildagi eng yaxshi dasturlash tillari ⠀ Bu postimizda asosan eng mashhur va bugungi kunda talab yo’qori bo’lgan dasturlash tillari haqida gaplashamiz uylashimcha ko’pchilikka qiziq bo’ladi. ⠀ 1. Python: Bu, ehtimol, bugungi kunda eng aktual dasturlash tilidir, unda oddiy dasturlardan tortib neyron tarmoqlariga qadar deyarli hamma narsani dasturlash mumkin. ⠀ 2. JavaScript: Bu ko’pchilikning sevimli dasturlash tili, chunki javascriptda hamma narsani dasturlashingiz mumkin, saytlarning frontend qismidan tortib hattoki backend qismini ham javascriptda yozish mumkun ⠀ 3. Java: Ushbu til juda uzoq vaqtdan beri eng talab yo’qori dasturlash tillaridan biri bo'lib kelmoqda, Javani web saytlar yaratish mobil ilovalar va katta yuklamali billing tizimlar yaratishda birdek ishlatish mumkun. ⠀ 4. C#: Juda mashhur dasturlash tili va Windows bilan ishlashni istaganlar uchun, va haqiqatan ham Microsoft mahsulotlari bilan mos keladigan, shuningdek, kompyuter o'yinlarini ishlab chiqishni istaganlar uchun ham mos keladi ⠀ 5. PHP: Yana bir web saytlarning back end qismini ishlab chiqishdagi eng yetakchi tillardan biri.Boshlovchilar uchun yaxshi variant.Bir necha hafta davomida PHP ni o’rganib kichik web sahifalar yaratish mumkun. ⠀ 6. Kotlin: Agar siz Java-ni yoqtirmasangiz, lekin Android uchun ilova ishlab chiqmoqchi bo'lsangiz, unda albatta Kotlin-ni o'rganishga arziydi, chunki u Java-ga qaraganda mobil ilova ishlab chiqish uchun juda mos keladi va umuman olganda, u tezroq va soddaroq. ⠀ 7. Swift: Ushbu til Apple tomonidan nisbatan yaqinda, 2014 yilda ixtiro qilingan bo’lsada yetarlicha mashhurlikka erishdi. Agar sizda MacBook va iPhone bo'lsa yoki MacOS yoki IOS operatsion tizimlari uchun ilova yaratishga ishtiyoq bulsa albatta ushbu tilni o'rganishga harakat qilishingiz kerak. ⠀ Xo’sh siz qaysi dasturlash tilini o’rganmoqchisiz yoki bilasiz? Fikrlarizni kommentda qoldiring

#smartphone #link #lifehack ⠀ Ikkita smartfonni qanday taqqoslash mumkin? ⠀ Ko’pchilik odamlar yangi smartfon sotib olayotgan
#smartphone #link #lifehack ⠀ Ikkita smartfonni qanday taqqoslash mumkin? ⠀ Ko’pchilik odamlar yangi smartfon sotib olayotganda u yoki bu smartfondan birini tanlashni yoki qaysi model yaxshi ekanligini aniqlay olishmaydi yoki tanlovda qiynalishadi. ⠀ Agarda siz ham ikkita smartfon orasidan birini tanlayotgan bo'lsangiz va qaysi birini sotib olishni aniqlay olmasangiz, unda quyidagi saytdan foydalaning. ⠀ https://nanoreview.net/ru/phone-compare - bu ikkita smartfonni displey, protsessor, xotira, kamera va boshqa bir qator texnik parametrlar buyicha solishtiradigan online servis. ⠀ Saytga o'ting va solishtirmoqchi bo’lgan kerakli qurilmalarizni ko'rsating. Keyin " Сравнить " tugmasini bosing. ⠀ "Ключевые отличия" bo'limida siz har bir qurilmaning asosiy afzalliklari haqida umumiy ma'lumotni ko'rasiz. ⠀ 📌 https://nanoreview.net/ru/phone-compare

#accaunt #link #lifehack ⠀ Turli saytlardan akkauntlarni(profil) qanday tezda o'chirib tashlash mumkin? ⠀ Ko'pgina kompaniyal
#accaunt #link #lifehack ⠀ Turli saytlardan akkauntlarni(profil) qanday tezda o'chirib tashlash mumkin? ⠀ Ko'pgina kompaniyalar foydalanuvchilar o'z akkauntlarini o’chirishini qiyinlashtirish maqsadida Dark Pattern texnologiyasidan foydalanishadi. ⠀ Ko’pkina internet foydalanuvchilar biror messenger yoki ijtimoiy tarmoqlardan o’z akkauntlarini o’chirishga qiynalishadi.Bu postda shu muammoga to’xtalamiz. ⠀ justdelete.me - bu ijtimoiy tarmoqlar va ko’pkina saytlardan akkauntlarni o’chirib tashlashga ko’maklashuvchi tizim ⠀ Saytda akkauntni o'chirishda qiyinchilik darajasi ko'rsatilgan: ⠀ Easy – o’chirish oson. Medium - qo'shimcha harakatlar qilish kerak. Hard- Xizmat ko'rsatuvchi xodimlar bilan bog'lanish yo'li bilan to'liq o’chirish mumkin. Impossible - Akkauntni o'chirib bo'lmaydi. ⠀ Shunday qilib, siz o'chirish tugmachasini qidirmasdan yoki google qidiruviga vaqt sarflamasdan o'z profilingizni tezda o’chirishingiz mumkin.

#films Yakshanba uchun “podborka”: IT, xakerlar va startaplar haqida 5 ta film. ⠀ So'nggi paytlarda kanalga yangi formatdagi
#films Yakshanba uchun “podborka”: IT, xakerlar va startaplar haqida 5 ta film. ⠀ So'nggi paytlarda kanalga yangi formatdagi kontentlar qo’shish orqali juda ko'p tajribalar o'tkazmoqdamiz. Bugun biz sizlar uchun IT sohasiga oid kichik filmlar va seriallarni tayyorladik. Ko'rishdan zavqlaning! ⠀ Beshinchi hokimiyat (2013) - millionlab maxfiy hujjatlarni ommaga oshkor qilgan WikiLeaks tashkilotining yaratilish tarixi. ⠀ Startap (2016 - 2018) - yosh bankir noqonuniy pullarni kripto-valyuta startapiga sarmoya kiritish orqali FBR va boshqa jinoiy guruhlarning e'tiborini tortadi. ⠀ Snouden (2016) - davlat sirlarini oshkor qilishga qaror qilgan odamning shaxsiyati haqida badiiy film. ⠀ Stiv Jobs (2015) - Sayyoradagi eng taniqli aqllardan biri, Apple asoschisi Stiv Djobsning hayotiy hikoyasi. ⠀ Men kimman (2014) - oddiy yigitning dunyodagi eng ko'p qidirilayotgan kiberjinoyatchiga aylanishi haqidagi voqea. ⠀ Sizga ushbu kontent formati maqulmi?

​​#security #ip #scaner #vulnerability Faqatgina IP-manzil bilan nimalarni bilib olish mumkin? Sizning IP manzilingizni biror hakker yoki istalgan kimdir bilib qoldi deylik. Xo’sh IP manzil orqali siz haqingizda maksimal nimalarni bilib olishi mumkun? Ushbu post orqali shu kabi savollarga imkon qadar javob berishga xarakat qilaman. Postimizda keltirilgan xizmatlar bepul va istalgan kishi foydalanishi mumkun. ✅ HTMLweb ==> mamlakat, shahar va hududni aniqlashga yordam beradi. Bundan tashqari, whois-server haqida ma'lumot mavjud. ✅ ipqualityscore ==> ushbu xizmat orqali malum bir IP manzil egasi proksi-server, VPN yoki TOR-dan foydalanganligi haqida ma'lumot olish mumkin. ✅ iknowwhatyoudownload ==> IP-manzil bo'yicha ushbu manzildan yuklab olingan va tarqatilgan torrentlar ro'yxatini bilish mumkun. ✅ xspider-77(dasturni yuklab olish uchun havola) ==> Qurilmadagi band bo'lgan portlar, qurilmaga o’rnatilgan operatsion tizim va dasturiy ta’minotlardagi zaifliklar haqida ma'lumot olish mumkin ✅ Shadow Security Scanner (dasturni yuklab olish uchun havola) ==> operatsion tizimni, mashinaning nomini va kompyuterdagi sana va vaqtni aniqlash mumkun.

Torrent fayllarini to'g'ridan-to'g'ri Telegramda qanday qidirish mumkin ⠀ Torrent fayllarni brauzerda qidirish noqulay bo'lis
Torrent fayllarini to'g'ridan-to'g'ri Telegramda qanday qidirish mumkin ⠀ Torrent fayllarni brauzerda qidirish noqulay bo'lishi mumkin: chunki birinchidan ko'pgina torrent tracker saytlarida torrent faylni yuklab olish uchun ro'yxatdan o'tishingiz kerak va ba'zi mamlakatlarda ular butunlay taqiqlangan. ⠀ Agar sizga kerakli Torrent faylini tezda topmoqchi bo'lsangiz, @torrenttracker_bot botidan foydalanishingiz mumkin. U rutor, rutracker, thepiratebay va nmclub kabi eng mashhur 4 ta manbadan torrentlarni qidiradi va to'g'ridan-to'g'ri Telegram-ga yuklab olish uchun torrent faylning o’zini yuboradi. ⠀ Buni amalga oshirish uchun botni ishga tushirish kifoya, unga film / o'yin / dastur yoki boshqa biron bir faylning nomini yuboring va qidirmoqchi bo'lgan 4 ta xizmatning 1 tasidan birini tanlang va so'ngra ro'yxatdagi o'zingizga yoqqan “razdacha”ni tanlang. ⠀ 📌 @torrenttracker_bot

#windows #optimization #lifehack Windows 10-ni optimallashtirish va keraksiz funksiyalarini o’chirish haqida ⠀ Windowsda ishl
#windows #optimization #lifehack Windows 10-ni optimallashtirish va keraksiz funksiyalarini o’chirish haqida ⠀ Windowsda ishlashni “yaxshilash” uchun oldindan o’rnatilgan ko’plab xizmatlar mavjud, lekin aslida ularning ko’pchiligini biz deyarli ishlatmaymiz. ⠀ Ular siz haqingizda ma’lumot to’plashadi va kompyuter ishlashini sekinlashtiradi. ⠀ Win 10 Tweaker dasturi bu muammoni tezda hal qilishga yordam beradi: shunchaki uni ishga tushiring va kerakli funktsiyalarni qo’shing yoki o'chirib qo'ying. ⠀ Dastur har bir funksiyani qachon va qanday vaqtda o’chirib quyish buyicha tavsiyalar beradi. ⠀ Faqatgina bitta kamchiligi dastur o’zbek tilida emasligi.Dastur rus va ingliz tillarida ishlaydi. ⠀ Ammo yana bir narsani eslatib o’tmoqchimiz dasturni faqatgina siz tajribali foydalanuvchi bo'lsangiz va biror narsa noto'g'ri bo'lishi mumkinligiga tayyor bo'lsangizgina ishlating. ⠀ 📌 https://win10tweaker.pro/

#news Oq uy o'z veb-saytida texnik xodim uchun qo'yilgan vakansiyani yashirdi ⠀ Yaqinda yangilangan AQSh Oq Uy veb-saytida te
#news Oq uy o'z veb-saytida texnik xodim uchun qo'yilgan vakansiyani yashirdi ⠀ Yaqinda yangilangan AQSh Oq Uy veb-saytida texnik xodim vakansiyasi e'lon qilindi, ammo eng qizig’i faqat texnik ko'nikmalarga ega bo'lganlargina ushbu vakansiyani ko'rishlari mumkin. ⠀ www.whitehouse.gov saytidagi yashirin HTML kod - bu Oq uy tomonidan boshqariladigan AQSH ning raqamli xizmatiga(U.S.Digital Service) ishga taklif etadi.Ushbu tashkilotning vazifasi yangi texnologiyalar orqali aholiga ko’rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirishdan iborat. ⠀ "Agar siz buni o'qiyotgan bo'lsangiz, unda bundan ham yaxshiroq qilish uchun bizga yordamingiz kerak", deyiladi e'londa. ⠀ Yashirin matnni ko'rish uchun Oq uy veb-saytiga kiring va Ctrl + U tugmachalarini bosing.