cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

Advertising posts
759
Subscribers
+424 hours
+227 days
+10030 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

03:34
Video unavailableShow in Telegram
#Halima_Xudoyberdiyeva_77_yoshda #Tanlov_uchun 🇺🇿 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi 🏛 Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi 🏢 Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi 🎞 Montaj ustasi: Muhtaram Eshdavlatova 🎙Ijro etadi: Kamola Komiljonova 11-sinf o'quvchisi 🔔Bizi kuzatishda davom eting👇 ✅ Telegram I 📱Facebook I 📱Veb-sayt I 📱Instagram I 📱YouTube
Show all...
#maktablarimiz_haqida #Hamid_Olimjon_va_Zulfiya_nomidagi_ijod_maktabi Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan 2017-yilda tashkil etilgan mazkur ijod maktabida adabiyotga oshno, Hamid Olimjon va Zulfiyaga izdosh bo‘lgan yoshlar kamolga yetmoqda. Bugungi kunda ijod maktabi “Sifatli ta’lim va tarbiya – barqaror kelajak kafolati” shiori ostida o‘z faoliyatini samarali davom ettirmoqda. Xususan, hozirga qadar maktabni 65 nafar o‘quvchi tamomlagan bo‘lsa, ularning barchasi xorijiy va mamlakatimizdagi nufuzli oliy ta’lim muassasalari talabalariga aylandi. 2023-yilda Bilim va malakalarni baholash agentligi xulosasiga ko‘ra, ijod maktabi o‘quvchilari oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarida to‘plagan ballari bo‘yicha Jizzax viloyatida birinchi, Respublikada o‘n to‘rtinchi o‘rinda qayd etildi. Maktab yoshlari fan olimpiadalari, ijodiy tanlovlar va sport musobaqalarida ham faxrli o‘rinlarni egallab kelmoqda. Iqtidorli o‘quvchilarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida, maktab xodimlari stipendiyasi tashkil etilgan. Ta'lim maskanida jurnalistika, publitsistika , noshirlik ishiga qiziquvchi o‘quvchilar uchun “Ijod gulshani” nomida ma’naviy-ma’rifiy va badiiy jurnal faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Jizzax viloyati teleradiokompaniyasi bilan hamkorlikda “Subhidam” musiqiy dam olish dasturi efirga uzatilmoqda. Hozirga qadar 11 nafar o‘quvchining 13 ta kitobli nashr ettirilgan. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Show all...
👍 11🤩 1
Photo unavailableShow in Telegram
#qabul_2024 #spetsifikatsiya
⚡️IXTISOSLASHTIRILGAN TA’LIM MUASSASALARI AGENTLIGI TIZIMIDAGI PREZIDENT, IJOD HAMDA IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB VA MAKTAB-INTERNATLARIGA TEGISHLI FANLAR BOʻYICHA 2024/2025-OʻQUV YILI QABUL IMTIHONI MATERIALLARI SPETSIFIKATSIYASI E’LON QILINDI
❗️Unda har bir fandan mazmun sohasi taʼlimiy maqsadlar asosida talab qilinadigan koʻnikmalar va ularning kognitiv darajalari hamda soni aks ettirilgan. 📶 Batafsil: https://portal.piima.uz/page/qabul-imtihon-materiallari-spesifikatsiyasi Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Show all...
👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
❗️ Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Ijod maktablarining telegramdagi rasmiy sahifalarini kuzatib boring 📝 IJOD MAKTABLARI: 🕊 Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi 🕊 Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi 🕊 Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi 🕊 Ibroyim Yusupov nomidagi ijod maktabi 🕊 Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi 🕊 Ogahiy nomidagi ijod maktabi 🕊 Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi 🕊 Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi 🕊 Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi 🔬 TAYANCH IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLAR 🕊 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab 🕊 Mirzo Ulug'bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab 🕊 Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab
Ushbu telegram kanallarida mazkur maktablardagi qabul jarayonlari, oʻquvchilarning yutuqlari, sohaga oid dolzarb yangiliklardan xabardor boʻlish, oʻzingizni qiziqtirgan savollarga javob olish imkoniyati mavjud.
Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Show all...
👍 3
Photo unavailableShow in Telegram
#hududlardan_xabarlar #kunlik_dayjest ⏺Farg‘ona shahridagi Prezident maktabida pedagog-murabbiylar oʻrtasida "Zakovat" intellektual musobaqasi oʻtkazildi. ⏺Qarshi shahridagi Prezident maktabi oʻquvchilari Qashqadaryo viloyat Gidrometeorologiya boshqarmasi faoliyati bilan tanishdi. ⏺Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabida Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sohibalari ishtirokida uchrashuv bo’lib o’tdi. ⏺Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi pedagoglari Abdulhamid Cho‘lpon jamoat fondining "Abdulhamid Cho‘lpon" esdalik nishoni bilan taqdirlandi. ⏺Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Asror Mo‘min tavalludining 70 yilligi munosabati bilan adabiy kecha o‘tkazildi. ⏺Ogahiy nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari Respublika yosh ijodkorlarining Zomin seminariga yoʻllanma oldi. ⏺Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida "Yosh hamshiralar" koʻrik-tanlovi oʻtkazildi. ⏺Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida Raqamli iqtisodiyot va agrotexnologiyalar universiteti vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. ⏺Qumqo’rg’on tuman ixtisoslashtirilgan maktabi va Termiz muhandislik-texnologiya instituti oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. ⏺Zomin tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatida ota-onalar uchun "Zakovat" intellektual musobaqasi tashkil etildi. ⏺Qo‘qon shahridagi 2-sonli ixtisoslashtirilgan maktabiga Adliya vazirligi rahbariyati tashrif buyurdi. ⏺Quva tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati oʻquvchilari "Sharda University" fan olimpiadasida gʻolib boʻldi. ⏺Boyovut tuman ixtisoslashtirilgan maktabida Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti iqtidorli talabalari bilan muloqot tashkil etildi. ⏺Baxmal tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 15-may – Xalqaro oila kuni munosabati bilan "Biz baxtli oilamiz" mavzusida rasmlar tanlovi oʻtkazildi.Parkent tuman ixtisoslashtirilgan maktabi bitiruvchisi xalqaro taʼlim grantini qoʻlga kiritdi. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Show all...
👍 3
Photo unavailableShow in Telegram
#Kun_qahramoni Jizzax viloyati Jizzax shahar Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabning "Tarix" fani o'qituvchisi Pardaboyev Farrux Farxod o’g’li ATTESTATSIYA sinovlarida qatnashib 98 ball bilan OLIY malaka toifasini qo'lga kiritidi. Ushbu o'qituvchimizning keyingi ishlariga omad tilaymiz!
Show all...
👍 31 3🎉 3
#Ijodiy_uchrashuv 📝Jizzaxlik ijodkor, “Shuxrat” medali sohibi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Asror Mo‘min tavalludining 70 yilligi munosabati bilan Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabida adabiy kecha o‘tkazildi. Tadbirni O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi Jizzax viloyati bo‘limi rahbari M.Abdurahmonova olib bordi. Tadbirda shoir ijodidan namunalar aytildi. Shuningdek, taniqli shoir Shodi Otamurod Asror Mo‘min ijodi, xususan, uning tarjimonlik mahorati haqida alohida ta’kidlab o‘tdi. 🔴Tadbir davomida ijodkor Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi hamda Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi kutubxonasiga bir nechta kitoblar taqdim etdi.
Show all...
👍 1
📣 Vazir jamgʻarmasi hisobidan har oylik ustama oladigan pedagoglar aniqlandi ✅ Avval xabar qilinganidek, maktabgacha va maktab taʼlimi tizimida mehnat qilayotgan, oʻquvchilari yuqori natijalarga erishgan, oʻz ustida doimiy ishlaydigan, oʻz oʻqitish uslubiga ega malakali pedagoglarga Vazir jamgʻarmasi hisobidan har oylik ustama belgilash maqsadida ikki bosqichli tanlov jarayonlari oʻtkazildi. 👉 Unga koʻra, maktablarda faoliyat yuritayotgan 1 005 nafar malakali pedagog kadrlarga 2024-yil may oyidan 2025-yil yanvar oyiga qadar (9 oy) mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 5,5 baravari miqdorida har oylik ustama toʻlab boriladi. Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabining 2 nafar pedagogi: Hilola Mamarasulova hamda Farrux Pardaboyev vazir ustamasiga sazovor bo'lishdi
Show all...
👍 15👏 5🔥 3 2
O‘quvchilar almashinuvi ♻️Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tomonidan ijod maktablari o‘quvchilari almashinuvi dasturi asosida Muhammad Yusuf nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari Jizzax viloyatidagi Hamid Ilimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari bilan almashinuvi asosida jizzaxlik yoshlar Andijon shahridagi Bobur nomli madaniyat va istirohat bog‘ida bo‘lishdi. O‘quvchi yoshlar Bobur milliy bogʻi majmuasidagi "Bobur va jahon madaniyati muzeyini"da ham bo‘lishib, undagi boburiylar davriga oid qadimiy eksponatlar bilan tanishdilar. 👇Bizni kuzatishda davom eting! 👉@ima_myim
Show all...
🔥 4
02:08
Video unavailableShow in Telegram
#Bitiruvchimiz_AQShda #Faxr 🔰"El-yurt umidi" jamg‘armasi Vasiylik kengashining qaroriga ko‘ra, 2023-yilgi 1-ochiq stipendiya tanlovining yakuniy bosqich natijalariga asosan, Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ijod maktabining bitiruvchisi Hamidolimova Aziza Alisher qizi (The University of Arizona ) "Tillar" ta'lim dasturi yo‘nalishi stipendiyasini qo‘lga kiritgan edi. Hozirda AQShning Arizona shtatida o‘qish faoliyatini boshladi. 🎉Bitiruvchimizning yaqinlarini va albatta Ustozlarini ushbu yutuq bilan chin qalbdan tabriklaymiz! AQShdagi nufuzli oliy ta’lim muassasasini tamomlab, yurtimiz taraqqiyotiga o‘z hissasini qo‘shishga tilakdoshmiz! Sayt I Facebook I Telegram I YouTube @ikki_qalb_izdoshlari
Show all...
👍 15🥰 2