cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Kun.uz |Расмий канал️

Kun0_uz rasmiy telegram kanali. Salom siz Oʻzbekistondagi eng tezkor habar va yangliklar kanalidasz .

Show more
Advertising posts
466
Subscribers
No data24 hours
No data7 days
No data30 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Photo unavailableShow in Telegram
O‘zbekiston xalqi nomidan Falastin xalqi uchun BMTning Yaqin Sharq agentligiga 1,5 million dollar o‘tkazildi. 28-oktyabrda BMTda zo‘ravonlikni to‘xtatish bo‘yicha davlatlarning ovozi yig‘ildi. 120ta davlat tinch aholini himoyasini ma'qullab ovoz berdi. Ular orasida O‘zbekiston ham bor edi. Ham siyosiy tomondan, ham moddiy tomondan BMTda pozisiyamiz ko‘rsatildi.
Show all...
👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
«Оталар боласининг жасадини кўтараётган дунёда ҳеч ким хавфсизликда эмас» – Эрдўған партия йиғилишида «ёрилди» Туркия президенти Ражаб-Тоййиб Эрдўған Ғарб мамлакатларини Исроил ва Фаластин ўртасидаги можарони кескинлаштиришда айблади. У Туркия Фаластин хавфсизлиги учун кафил бўлишини таклиф қилди. Шунингдек, ҲАМАСни террорчи ташкилот эмас, ўз юртини озод этиш учун курашаётганлар деб атади. @Kun0_uz
Show all...
👍 2
Photo unavailableShow in Telegram
Ikki hafta Falastinni muhokama qildik. Biz qanday xulosa oldik? Musulmonlar mazlum. Biz ularni tarafidamiz. Lekin duodan boshqa hech narsa qilolmaymiz. Isroilning terroriga qarshimiz. Lekin har kun yahudiylarning mahsulotidan foydalanib, yana-da kuchli qilyapmiz. Yahudiylarning da'vosi nima? Ular o‘ziga va'da qilingan muqaddas yerlarni to‘liq egallamoqchi. Asosiy masala - muqaddas yer. Aynan shunday da'vo Xitoyda ham bor. Tang sulolasi davridagi hududni o‘ziga muqaddas deb biladi. To 2049-yilgacha, Xitoy davlati tashkil topganini 100 yilligigacha o‘sha yerlarni egallash rejasi bor. Falastindan biz qanday dars oldik? @Kun0_uz
Show all...
👍 1🤬 1
Photo unavailableShow in Telegram
Arab davlati liderlari nega tomoshabin? 1973-yilda Misr va Suriya Isroil qarshi urush boshlaydi. Saudiya Arabistoni podshohi Faysal bir taklifni oldinga suradi: "Isroilni qaysi davlat qo‘llasa, unga neftimizni sotmayamiz. Ularga embargo qo‘llaymiz". Va shunday bo‘ladi... Dunyoda jiddiy neft inqirozi boshlanadi. 3 dollarlik neft 12 dollargacha ko‘tariladi. Amerika siyosatchilari Saudiya podshohiga kelib, embargodan voz kechishini iltimos qiladi. Podshoh Faysal qat'iyat bilan o‘z qarorida turadi. Va... 1975-yilda podshoh Faysalni o‘z jiyani otib o‘ldiradi. Amerikada o‘qib, endigina qaytgan jiyan. Faysaldan bo‘shagan taxtga Amerika har gapiga bo‘ysunadigan kishini o‘tqazadi. Embargo bekor qilinadi. @Kun0_uz
Show all...
👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
Britaniya poytaxti London. Kecha 100 mingdan ortiq kishi namoyish o‘tkazdi. Isroil G‘azoni bombalashiga qarshi... Amerikada ham namoyishlar bo‘lyapti. Odamlar parlament binosiga kirib, kongressmenlardan Isroil terrorni to‘xtatishini talab qilyapti... Dunyoning turli davlatida besh vaqt namozdan keyin uzun-uzun duolar qilinyapti. Yordam uchun pullar yig‘ilyapti. G‘azodagi musulmonlar uchun...
Show all...
👍 3
Photo unavailableShow in Telegram
Markaziy Osiyoda bir davlat bor. Siz uni yaxshi bilasiz. O‘sha davlat Prezidenti o‘z qizini Prezident Adminstratsiyasiga rahbar qilib tayinlagan. U Prezident juda usta. O‘zidan keyin bu mansabga o‘tirishi uchun ham qizini, ham o‘g‘lini tayyorlayapti. Agar mintaqada G‘arbning ta'siri kuchaysa, qizi Prezident bo‘ladi. Aksincha, Rossiya va Xitoy ta'sirida qolaversa, o‘g‘li bo‘ladi. Prezident o‘z oilasini siyosatga tiqqan. Lekin xalq tanqid qilsa, darrov bosim bo‘ladi. "Tanqidga chidolmasang, oilangni siyosatga tiqma. Mansab berma. Qarindoshlaringni tiyib ol" deydigan odam qolmadi. Katta bizneslarni kuyovlar, qarindoshlar, tanishlar boshqarib, shataloq otib yuradi. Qaysi davlat haqida yozganimni bilasizmi? Tojikiston! Ha, rostan Tojikiston. Ozoda Rahmon Prezident ma'muriyati rahbari. Rustam Rahmon esa poytaxt Dushanbe hokimi. @Kun0_uz
Show all...
🤣 3🔥 2👍 1🤬 1
Photo unavailableShow in Telegram
Kecha Isroil G‘azodagi to‘rt ming kishilik kasalxonani bombaladi. Oxirgi raqam bo‘yicha vafot etganlar soni 800dan oshdi. Borgan sari qurbonlar soni ortyapti. Homiladorlar, bolalar, qariyalar... 800 kishi o‘ldi! Bir necha daqiqadan keyin Turkiyada peshin namozi o‘qiladi. Hamma masjidlarda namozdan keyin g‘oyibona namoz o‘qiladi. Kasalxonada bombalanib vafot etgan falastinliklar uchun.
Show all...
4👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
O‘qituvchilarda alamim bor! 😉 Ba'zan darsdan keyin kompyuterxonaga borardik. Ikki guruhga bo‘linib "Counter Strike" o‘ynardik. O‘qituvchilar esa orqamizdan poylab kelib, tutib olardi. Ota-onalarga aytardi, sinfda uyaltirardi, jazolardi... Bugun o‘qituvchilar kompyuter o‘yinlariga bosh-qosh bo‘lyapti. Kibersport musobaqasida o‘quvchisi yutsa, g‘ururlanib gapiryapti. Nima bu endi?! @Kun0_uz
Show all...
😁 1
Photo unavailableShow in Telegram
Germaniyada yashayotgan tojikistonliklar Tojikiston Prezidentining mashinasiga tuxum otdi... Avtoritar yoki diktatorlarning atrofini maddohlar o‘ragan bo‘ladi. Doim unga paxta qo‘yib, maqtab, yalab yuradi. Bu narsaga diktator o‘rganib qoladi. Bora-bora o‘zini xudo deb his qiladi. Kunlarning birida unga tuxum otilsa, so‘rg‘ichi olib qo‘yilgan chaqaloqdek xo‘rligi keladi. Tojikiston Prezidenti Germaniyadagi uchrashuv davomida qizarib bo‘zarib yurdi.
Show all...
😁 2👍 1🤩 1
Photo unavailableShow in Telegram
Sog‘liqni Saqlash Vazirligi maktab va bog‘chalarda dori tarqatdi. Shu doridan yuzlab bolalar zaharlandi. Ushbu dorini vazirlikka ta'minlab bergan kishi xalqaro qidiruvda ekan. AQSh uni odam savdosi jinoyati bo‘yicha qidiryapti. Amerikada 59 ta o‘zbekistonlikni qullikda ushlab turgani uchun. Dalil: https://www.ice.gov/most-wanted/yunusov-nodir @Kun0_uz
Show all...
🔥 3