cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking ยซAccept allยป, you agree to the use of cookies.

avatar

MenSenBiz

Kitob muxlislari uchun maxsus! Maqsad: Kitob o'qishga qiziquvchi, ammo o'qish uchun vaqt topa olmaydigan shaxslar va o'z ilmini o'stirishni istaganlar uchun kitoblarning asosiy ma'nolari aks etgan nuqtalarni ulashish! Yurituvchi: @murodjon_aliyev

Show more
Uzbekistan65 858The language is not specifiedThe category is not specified
Advertising posts
179
Subscribers
No data24 hours
No data7 days
No data30 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Agar siz nimanidir qilishni xohlasangiz, lekin qila olmasangiz! Demak siz unchalik ham xohlamaysiz
Show all...
9.99 MB
U bir kuni uzoq muddat hayolchan o'tirgach, qo'limni qo'liga oldi. - Zarifa, - gap boshladi u. - Boburning o'g'li Humoyun qattiq xastalanganda, Bobur og'li atrofidan uch marta aylangan va Tangriga yalingan, "O'g'limning xastaligini menga ber! Unga salomatlik ato qil!", degan. Men ham shu tobda xastaligingni o'zim olib, sening sog' bo'lishingni ixlos ila tiladim. Ko'nglimdagi muddao yolg'iz shu! - Yo'q, yo'q, zinhor bu tilakdan voz keching! O'tinaman, ranjitmang meni! - o'pkam to'lib ketgan edi. Shuning uchun ham bir nafas o'zimni bosib, davom etdim. - Sog'man, sizga beradigan xastaligim yo'q! Oybekning mehr to'la ko'zlarida tabassum uchqunlanar edi. Menim-da muhabbatimning chegarasi yo'q. Qo'lim uning ikki hovuchiga cho'kkan... Ko'ngillarimizda totli tuyg'ular... Shuning uchun ham ortiq so'zlashga ehtiyoj yo'q. Sukunat... Bunday sukunatning ma'nosi esa teran bo'ladi.(Zarifa Saidnosirova) ๐Ÿ“š Oybegim mening ๐Ÿ‘‰ @MenSenBiz1
Show all...
๐Ÿ‘‰ @MenSenBiz1
Show all...
Nahide Babashlฤฑ - Unuttun Mu Beni (Cover).mp33.54 MB
Milliardlab pullarimizni shilayotgan kiber-jinoiy imperiya | SUBYEKTIV Ushbu vedio rolikni bugun soat 3.30 da ko'rdim. Tahmenan 16.00 lar atrofida o'z hayotimda shunaqa voqia sodir bo'lishiga va navbatdagi qurbonga aylanishimga oz qoldi. Menimcha bu sizga ham foydali va dars bo'ladi. ๐Ÿ‘‰ @MenSenBiz1
Show all...
Milliardlab_pullarimizni_shilayotgan_kiber_jinoiy_imperiya_|_SUBYEKTIV.mp454.92 MB
Mag'rur bo'lmang podshohim, sizdan buyuk Alloh bor! Sulton Abdulhamid so'ngi imperator seriali ๐Ÿ‘‰ @MenSenBiz1
Show all...
โ€‹Bir kecha, yodimda, Oybek yozib o'ttirardi. Men ham yozibmi, o'qibmi, o'tiribman. - Zarifa, qornim och, juda ochiqdim, - deb qoldi Oybek. Men nima deyishni bilmayman, indamadim, javob qilolmadim. Negaki, uy qup-quruq edi. - Biror narsa yo'qmi? - so'radi Oybek. O'rnimdan turib, shkafni axtardim. Hujradagi xurmacha, xaltalarni tekshirdim. Bir hovuch yirik kepak, bir-ikki qoshiq shakar topdim, so'ng xurmachaning tagini sidira-sidira bir qoshiq yog' oldim. Primusda kepakni qovurib, so'ng unga shakar aralashtirib, dasturxonga tortdim. Bilmadim bu qanday taom bo'ldi ekan? Oybek hazratlari nomi menga ham noma'lum bo'lgan bu taomdan bir-ikki marta qoshiq uchida olgan bo'ldi. So'ng "Sen ham yegin", deb meni qistadi. - Yo'q, ochiqmadim. O'zingiz yeyavering, - dedim unga. Mening ham qursog'imda hech narsa yo'q. Faqat qanoat bor, xolos. Oybek ozgina yedi, ozginasini qoldirib, dedi: - Ertalab bolalarga berarsan. Menga boqib jilmaydi-da, tag'in yozuvga kirishdi. Bilmadim, bemazalikdan yeya olmadimi yohud bolalarga ilinib, tomog'idan o'tmadimi?..(Zarifa Saidnosirova) ๐Ÿ“š Oybegim mening ๐Ÿ‘‰ @MenSenBiz1
Show all...

โ€‹"Qalbning davosi" kitobini o'qib tugatish barobarida Zarifa Saidnosirovaning "Oybegim mening" nomli xotira asarini ham o'qib tugatdim. Albatta kitobdan ajoyib tasurotlarga ega bo'ldim. Ushbu kitob jonli va yorqin tasvirlarga ega chiroyli muhabbat qissasidir. Ushbu asarni chiroyli turmush qurishni istagan o'zim tengilarga tavsiya qilgan bo'lardim. Oila qadri, o'z juftiga ishonch va muomila jarayonlarini o'rgansa bo'ladi. Albatta o'qib chiqing. ๐Ÿ‘‰ @MenSenBiz1
Show all...

โ€‹Qachonki, masjidni bezasangiz va Mushafni naqshlasangiz, o'sha zamon halok bo'lasiz". ๐Ÿ“š Qalbning davosi P.S: Biz yetib keldik. ๐Ÿ‘‰ @MenSenBiz1
Show all...

โ€‹Yomon olimni jahannamga shunday otadilarki, uning kifti va bo'yni maydalanib ketadi. Otash uni tegirmonda aylantirgandek aylantiradi. Butun jahannam ahli uning atrofida to'planib: "Sen kimsan? Nega bunchalik azoblanayapsan?" deb so'raydi. U esa bunday javob beradi: "Men xalqqa amr qilib turib, o'zi amal qilmagan olimman". Abu Dardo roziyallohu anhu bunday degan edi: "Hech narsani o'rganmagan kimsaga bir marta nadomat bo'lsin. Bilib turib, amal qilmagan kimsaga yetti marta afsuslar bo'lsin". ๐Ÿ“š Qalbning davosi ๐Ÿ‘‰ @MenSenBiz1
Show all...

Choose a Different Plan

Your current plan allows analytics for only 5 channels. To get more, please choose a different plan.