en
Feedback
Ulug'nor tuman hokimligi matbuot xizmati

Ulug'nor tuman hokimligi matbuot xizmati

Open in Telegram
2 300
Subscribers
-124 hours
+217 days
+13730 days
Posts Archive
Avulmat MFYda aholi muammolari tinglandi Andijon viloyatidan tashrif buyurgan mas’ullar ishtirokida Ulug‘nor tumani «Avulmat»
+9
Avulmat MFYda aholi muammolari tinglandi Andijon viloyatidan tashrif buyurgan mas’ullar ishtirokida Ulug‘nor tumani «Avulmat» MFYda Ijtimoiy reestrga kiritilgan fuqarolar bilan ochiq muloqot va sayyor qabul o‘tkazildi. Unda Andijon viloyati FVB boshlig‘i Bunyodbek Egamnazarov hamda Ulug‘nor tumani hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Nargiza Parmonova ishtirok etdi. Muloqot davomida fuqarolarning ijtimoiy-iqtisodiy muammolari, bandlik va xavfsizlik masalalari muhokama qilindi. Aholi tomonidan bildirilgan murojaatlarning aksariyati joyida hal etildi. Qo‘shimcha o‘rganish va muddat talab qiladigan masalalar yuzasidan mas’ullarga aniq topshiriqlar berilib, ularning ijrosi nazoratga olindi. @ulugnorpressa

Belgradda Prezident Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi. — В Белграде состоялась церемония официальной встречи Президента Шавката Мирзиёева. Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Belgraddagi Serbiya saroyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o
+9
Belgraddagi Serbiya saroyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. — Во Дворце Сербии в Белграде прошла церемония торжественной встречи Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева. #Mirziyoyev #tashrif #Serbiya #marosim Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

🔹 9-sentabr kuni soat 09:30 da Ulug‘nor tumanida BO‘SH ISH O‘RINLARI MEHNAT YARMARKASI bo‘lib o‘tadi! Yarmarkada tumandagi k
🔹 9-sentabr kuni soat 09:30 da Ulug‘nor tumanida BO‘SH ISH O‘RINLARI MEHNAT YARMARKASI bo‘lib o‘tadi! Yarmarkada tumandagi korxona va tashkilotlarning mavjud bo‘sh ish o‘rinlari taqdim etiladi. 💼 O‘zingizga mos ish o‘rnini toping! 🤝 Ish beruvchilar bilan bevosita suhbatlashing! 🚀 Yangi imkoniyat sari ilk qadamni bugun tashlang! 📍 Manzil: Bo‘ston MFY, Ulug‘nor tumani texnikumi 🗓 Sana: 9-sentabr ⏰ Vaqt: 09:30 👉 Ish izlayotgan barcha fuqarolarni mehnat yarmarkasiga taklif etamiz! @ulugnorpressa

Ulug‘nor tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i A.Jabborovning 2026-yilning 8 oyi yakunlari bo‘yicha profilaktik murojaati @ul
Ulug‘nor tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i A.Jabborovning 2026-yilning 8 oyi yakunlari bo‘yicha profilaktik murojaati @ulugnorpressa

Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot Ulug‘nor tumani hokimi M.Axmadjonov, Agrobank ATB departament rahbari, Agrobank ATB Andijon viloyati boshqarmasi boshlig‘i E.Axmadaliyev hamda Andijon viloyati prokuraturasi bo‘lim boshlig‘i Sh.Xudoyqulovlar ishtirokida tadbirkorlar bilan uchrashuv o‘tkazildi. Muloqot davomida tadbirkorlarning murojaatlari tinglanib, amalga oshirilayotgan va yangi yo‘lga qo‘yilayotgan loyihalar bilan tanishildi. Bildirilgan muammolarni o‘rganish va ularni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi. @ulugnorpressa

5000 qadam — sog‘lom hayot sari! Ulug‘nor tumanida “Giyohvandlikka qarshi — birgalikda kurashaylik!” shiori ostida ommaviy yurish marafoni tashkil etildi. Sog‘lom kelajak, faol hayot va giyohvandlikdan xoli jamiyat yo‘lida birlashgan ishtirokchilar 5000 qadamni birgalikda bosib o‘tdilar. Marafon yakunida ommaviy badantarbiya mashg‘ulotlari o‘tkazildi. Sog‘lom hayot — bizning tanlovimiz! @ulugnorpressa

Giyohvandlikka qarshi — birgalikda kurashaylik! Ulug‘nor tumanida giyohvandlikning oldini olish, sog‘lom turmush tarzini targ
+9
Giyohvandlikka qarshi — birgalikda kurashaylik! Ulug‘nor tumanida giyohvandlikning oldini olish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda yoshlar o‘rtasida sog‘lom hayotga bo‘lgan qiziqishni oshirish maqsadida “Giyohvandlikka qarshi — birgalikda kurashaylik!” shiori ostida “5000 qadam” yurish marafoni o‘tkazildi. Marafonda sektor rahbarlari, hokim o‘rinbosarlari, tashkilot va muassasalar rahbarlari, volontyor yoshlar hamda faol fuqarolar ishtirok etdi. Marafon yakunida ishtirokchilar uchun ommaviy badantarbiya mashg‘ulotlari tashkil etilib, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga qaratilgan tadbirlar davom ettirildi. @ulugnorpressa

Ulug‘nor tumanining Uchko‘prik MFYda ishsiz fuqarolarni bandligini ta’minlash maqsadida tuman IIB boshlig‘i A.Jabbarov tomoni
+4
Ulug‘nor tumanining Uchko‘prik MFYda ishsiz fuqarolarni bandligini ta’minlash maqsadida tuman IIB boshlig‘i A.Jabbarov tomonidan tikuvchilikka qiziqishi bo‘lgan fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazildi. Uchrashuv yangi qurilayotgan 100 o‘rinli chevarlik korxonasida bo‘lib o‘tdi. Unda fuqarolarni yangi ish o‘rinlariga jalb etish masalalari muhokama qilindi. @ulugnorpessa

IJTIMOIY REESTRGA KIRITILGAN OILALAR BILAN UCHRASHUV Prezidentimiz topshirig‘iga asosan, O‘zbekiston mahallalari uyushmasi An
+5
IJTIMOIY REESTRGA KIRITILGAN OILALAR BILAN UCHRASHUV Prezidentimiz topshirig‘iga asosan, O‘zbekiston mahallalari uyushmasi Andijon viloyati boshqarmasi Ulug‘nor tumani bo‘limi boshlig‘i X.Raximov O’zbekiston mahallasida Ijtimoiy reyestrda turuvchi 39 nafar fuqarolar bilan uchrashib, ularning muammo va ehtiyojlarini o‘rgandi. Suhbat davomida fuqarolar yangi imkoniyatlar, mavjud imtiyoz va ko‘mak choralari bilan tanishtirilib, oilalar farovonligini oshirish, bandligini ta’minlash hamda daromadlarini ko‘paytirish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi. @ulugnorpressa

FUQAROLAR MUROJAATLARI O‘RGANILMOQDA Ayni damda Ulug‘nor tumani hokimi M.Axmadjonov Ulug‘bek mahallasida xonadonbay yurib, fu
+6
FUQAROLAR MUROJAATLARI O‘RGANILMOQDA Ayni damda Ulug‘nor tumani hokimi M.Axmadjonov Ulug‘bek mahallasida xonadonbay yurib, fuqarolar bilan suhbatlashmoqda. Muloqotlar davomida fuqarolarning murojaatlari, muammo va takliflari o‘rganilib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli choralar belgilanmoqda. @ulugnorpressa

🏫 YANGI MAKTAB — YANGI IMKONIYATLAR Ulug‘nor tumanining Guliston mahallasi, Urgan­chi qishlog‘ida 264 o‘rinli yangi maktab foydalanishga topshirildi. Zamonaviy va qulay sharoitlarga ega ta’lim maskani o‘qituvchilar, o‘quvchilar hamda mahalla fuqarolarida katta mamnuniyat uyg‘otmoqda. Yangi maktab — farzandlarimizning sifatli ta’lim olishi va kelajagi uchun yaratilgan muhim imkoniyat. @ulugnorpressa

🏘️ KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK VA OBODONLASHTIRISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA Ulug‘nor tumani hokimi M.Axmadjonov boshchiligi
+6
🏘️ KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK VA OBODONLASHTIRISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA Ulug‘nor tumani hokimi M.Axmadjonov boshchiligida tumandagi ko‘p qavatli uylarda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik hamda obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. Hududlarda aholi uchun qulay sharoitlar yaratish, ko‘p qavatli uy-joylarni mavsumga puxta tayyorlash va atrofni obodonlashtirish bo‘yicha amaliy ishlar davom etmoqda. @ulugnorpressa

Prezidentimiz tashrifi sharafiga Serbiya poytaxtidagi “Kula Belgrade” osmono‘par binosi O‘zbekiston bayrog‘i ranglarida yoritildi. — В честь визита Президента нашей страны небоскреб «Kula Belgrade» в столице Сербии окрасился в цвета флага Узбекистана. Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga davlatimiz rahbarining Serbiyaga tashrifi munosab
+3
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga davlatimiz rahbarining Serbiyaga tashrifi munosabati bilan tashkil etilgan rasmiy qabul marosimida ishtirok etdi. — Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев вместе с супругой принял участие в официальном приеме, организованном в честь визита главы нашего государства в Сербию. #Mirziyoyev #tashrif #Serbiya #qabul Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Prezidentimiz rafiqasi hamrohligida rasmiy tashrif bilan Serbiyaga keldi. — Президент нашей страны вместе с супругой прибыл с официальным визитом в Сербию. Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga Belgrad shahriga keldi. Nikola Tesla nomidagi xal
+9
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga Belgrad shahriga keldi. Nikola Tesla nomidagi xalqaro aeroportda oliy martabali mehmonlarni Serbiya Respublikasi Prezidenti Aleksandr Vuchich va uning rafiqasi kutib oldi. — Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев вместе с супругой прибыл в город Белград. В международном аэропорту имени Николы Теслы высоких гостей встретили Президент Республики Сербия Александр Вучич и его супруга. #Mirziyoyev #tashrif #Serbiya Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Giyohvandlikka qarshi kurashish — sog‘lom kelajak garovi Andijon viloyati Ulug‘nor tumani 1-DMTTda 1- va 2-tayyorlov guruhi t
+8
Giyohvandlikka qarshi kurashish — sog‘lom kelajak garovi Andijon viloyati Ulug‘nor tumani 1-DMTTda 1- va 2-tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilari o‘rtasida “Giyohvandlikka qarshi kurashish” mavzusida rasmlar ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi. Tanlovdan ko‘zlangan asosiy maqsad — bolajonlarda sog‘lom turmush tarziga bo‘lgan qiziqishni oshirish hamda giyohvandlikning salbiy oqibatlari haqida tushuncha berishdan iborat. @ulugnorpressa

🚫 “GIYOHVANDLIK — UMR ZAVOLI” Ulug‘nor tuman texnikumida yoshlarni giyohvandlikning salbiy oqibatlaridan ogohlantirish, sog‘
+5
🚫 “GIYOHVANDLIK — UMR ZAVOLI” Ulug‘nor tuman texnikumida yoshlarni giyohvandlikning salbiy oqibatlaridan ogohlantirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va huquqiy bilimlarini oshirish maqsadida “Giyohvandlik — umr zavoli” mavzusida ochiq muloqot tashkil etildi. 📌 Tadbirda hududiy IIB, sog‘liqni saqlash boshqarmasi vakillari, texnikum direktori hamda o‘quvchilar ishtirok etdi. 💬 Ochiq muloqot davomida giyohvandlikning inson salomatligi, ta’limi, oilasi va kelajagiga salbiy ta’siri haqida fikr almashildi. O‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislardan javob oldilar. 🛡️ Tadbir davomida yoshlarni zararli odatlardan yiroq bo‘lishga, bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishga, sport, ta’lim va foydali mashg‘ulotlarga ko‘proq e’tibor qaratishga chaqirildi. 🌿 Sog‘lom hayot — yorqin kelajak! Giyohvandlikka qarshimiz! @ulugnorpressa

🌟 “O‘z yo‘lingni o‘zing tanla!” — kelajak sari dadil qadam! Ulug‘nor tuman texnikumida o‘quvchi-yoshlar ishtirokida mazkur m
+4
🌟 “O‘z yo‘lingni o‘zing tanla!” — kelajak sari dadil qadam! Ulug‘nor tuman texnikumida o‘quvchi-yoshlar ishtirokida mazkur mavzuda davra suhbati o‘tkazildi. 🗣 Unda tez tibbiy yordam xodimlari, yoshlar ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari K. Xidirov hamda o‘quvchilar qatnashib, hayotda to‘g‘ri tanlov qilish, sog‘lom turmush tarzi va kelajak sari aniq maqsad bilan intilish haqida fikr almashdilar. ✨ To‘g‘ri tanlov — yorqin kelajak sari birinchi qadam. @ulugnorpressa