cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

.

Show more
Uzbekistan75 184The language is not specifiedThe category is not specified
Advertising posts
161
Subscribers
No data24 hours
No data7 days
No data30 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

DIQQAT E'LON! Hurmatli kanalimiz obunachilari bu kanalimizda ayrim nosozliklar bo'layotganligi sababli biz bu kanalni yurita olmay qoldik shu sababli bizning yangi kanalimizga o'tishingizni so'rab qolamiz barcha yangiliklarni yoritib boramiz va sizlarni zeriktirib qo'ymaymiz 👇👇👇 @QarMII_BT https://t.me/joinchat/AAAAAFigva5cN0nRQ8KAzg
Show all...
📁 Хужжатларни қабул қилиш бошланди! Қарши муҳандислик-иқтисодиёт институтига давлат гранти ҳамда тўлов-контракт асосида талабаликка тавсия этилган абитуриентлардан хужжатларни қабул қилиш бошланди (абитуриентлар фақат ДТМ электрон тизимидан онлайн тарзда рўйхатдан ўтишган, ҳеч қандай хужжат топширилмаган). Талабаликка тавсия этилган абитуриентлар тавсия этилган йўналишига тегишли факультетига хужжатларни топширади. Институтдаги 👉факультетлар, уларнинг манзиллари ва бириктирилган таълим йўналишлари👈 Абитуриентлар институтга қуйидаги хужжатларни топширишлари керак: ✅ Ректор номига ариза; ✅ Паспорт нусхаси 4 дона (асли кўрсатилган ҳолда); ✅ Диплом ёки аттестат (иловаси билан бирга) асл нусхаси; ✅ 3,5 х 4,5 ўлчамдаги 12 дона рангли фотосурат; ✅ Қонун ҳужжатларига мувофиқ ўқишга киришда имтиёз берувчи ҳужжатнинг асл нусхаси (агар имтиёз қўлланган бўлса); ✅ Абитуриент қайд варақаси (ДТМ сайтидан юклаб олинган ва чоп қилинган ҳолда); ✅ Жавоблар варақаси (ДТМ сайтидан юклаб олинган ва чоп қилинган ҳолда); ✅ СТИР (ИНН) қоғози; ✅ Ҳужжатлар йиғма жилди (папка скоросшиватель) ва конверт A5 форматида. Шу билан бир қаторда, абитуриентлардан 🧴😷 санитария-гигиена қоидаларига риоя қилган ҳолда келишлари сўралади. 👉 @QarMII_YIBT 👈
Show all...
ҚарМИИ Деканатлар манзиллари_.jpg

View and download from Yandex.Disk

O'zbekistondagi bir nechta OTM larning telegramdagi rasmiy sahifalari. 1. Samarqand davlat chet tillar instituti @samdchtijamoasi 2. Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti @samdaqi_uz 3. Samarqand iqtisodiyot va servis instituti @SamISI_CHANNEL 4. Samarqand veterinariya meditsinasi instituti @otmsamvmi 5. Samarqand davlat tibbiyot instituti @sammi_education1 6. Samarqand davlat universiteti @samduuz 7. Ipak yo'li turizm xalqaro universiteti @univ_silkroad_uz 8. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali @TDIUSamfilial 9. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali @sbtuit2005 10. Andijon davlat universiteti @asu_uz 11. Termiz davlat universiteti Denov filiali @TerDU_DF 12. Toshkent kimyo texnologiya instituti @tktimatbuotxizmati 13. Buxoro davlat tibbiyot instituti @BSMI_UZ 14. Andijon mashinasozlik instituti @diceduandmi 15. TATU Urganch filiali @ubtuit_uz 16. Nukus davlat pedagogika instituti @nmpi1934 17. Navoiy davlat pedagogika instituti @navdpi_edu_uz 18. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteiti @tsueuzofficial 19. Toshkent moliya instituti @tfi_news 20. Qoraqalpoq davlat universiteti @www_karsu_uz 21. Qo'qon davlat pedagogika instituti @kspiuz 22. Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filiali @TDTUTFkanali 23. Toshkent davlat sharqshunoslik institutiti @tashgiv 24. Toshkent tibbiyot akademiyasi Farg‘ona filiali @ttafarfil 25. Toshkent tibbioyot akademiyasi @tma_official 26. Toshkent axborot texnologiyalari universiteti @TUIT_ONLINE 27. To'qimachilik va yengil sanoat instituti @textilelightindustry 28. Chirchiq davlat pedagogika instituti @tvchdpi2017 29. Toshkent davlat yuridik universiteti @tsulofficial 30. Toshkent davlat agrar universiteti Nukus filiali @ToshDAU_Nukus_filiali 31. Toshkent davlat Agrar universiteti @tdau_news 32. Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali @httpTTAUftalabalari 33. Toshkent temir yo'llari instituti @ttymi1931 34. Buxoro davlat universiteti @buxdu_uz 35.Farg'ona Politexnika universiteti @FerganaPI 36.О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti @dsmi_uz 37. Termiz davlat universiteti @TERDU340 38. Jizzax davlat pedagokika instituti @jspiuz 39. O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti @uzdjtsu_official 40. Guliston davlat universiteti @Gulduuz 41. O‘zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farg‘ona mintaqaviy filiali @uzdsmifmf 43. Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutining Buxoro filiali @TIQXMMIBuxoro 44. Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti @prTSUULL 45. Toshkent davlat agrar universiteti Andijon filiali @andfilial_pressa 46. Navoiy davlat konchilik instituti @ndkiofficial 47. Toshkent davlat yuridik universiteti @tsulofficial 48. Toshkent davlat pedagogika universiteti Shahrisabz filiali @shahrisabz_tdpu 49. Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali @TTAUF 50. Qarshi davlat universiteti @qarduuz 51. Toshkent davlat stomatologiya instituti @tdsi_uz_2019 52. Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti @Tsuos 53. Islom Karimov nomidagi ToshDTU Olmaliq filiali @TDTU_OF 54. Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti @QarMII_YIBT @QMI_instituti 55. Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti Qarshi filiali @tiiamekb_uz 56. Toshkent pediatriya tibbiyot instituti @tashpmi_press 57. Namangan muhandislik-qurilish instituti @nammqi_uz 58. Toshkent davlat pedagogika universiteti @TDPU_uz 59. Toshkent temir yo'llar instituti @ttymi_online 60. Toshkent kimyo- texnologiya instituti Shahrisabz filiali @Shahrisabz_TKTI 61. Namangan Davlat universiteti - @namdu309 62. O’zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti - @uzdjtsu_rasmiy 63.Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti @uwed_official © @TalabaUz Kanalga ulanish👇👇👇 @QarMII_YIBT
Show all...
​​Kirish chizig‘iga 4 ballgacha yetmaganlar super-kontraktni quyidagi miqdorda to‘lashadi: 1 ballgacha yetmagan abituriyentlar uchun - 1,5 barobar; 1.1 balldan 2 ballgacha yetmaganlar uchun - 2,0 barobar; 2.1 balldan 3 ballgacha yetmaganlar uchun - 2,5 barobar; 3.1 balldan 4 ballgacha yetmaganlar uchun - 3,0 barobar. To‘plagan bali kirish chizig‘iga 4 balldan ortiq yetmagan, lekin 56,7 dan ko‘p ball to‘plagan abituriyentlar uchun super-kontrakt miqdorlari quyidagicha: Eng qimmat miqdor yurisprudensiya yo‘nalishida — 25 barobar, ya'ni 229 mln 184 ming so‘m. Keyingi o‘rinda tibbiyot yo‘nalishiniki — 20 barobar, ya'ni 170 mln 649 ming so‘m. Qolgan yo‘nalishlar 10 va 15 barobar miqdorda belgilangan. Batafsil ma'lumot @QarMII_YIBT
Show all...
⭕️☑️ Talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar diqqatiga ! 🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan 2020 yil test sinovlari qaydnomasiga muvofiq talabalar safiga qabul qilish uchun tavsiya etilganlar institutga taqdim etishi kerak bo‘lgan hujjatlar ro‘yxati: 1. Rektor nomiga ariza; 2. Pasport nusxasi (asli ko‘rsatilgan holda); 3. Diplom yoki attestat (ilovasi bilan birga) asl nusxasi; 4. Til bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikat asli; (agar bo‘lsa) 5. 3,5x4,5 foto 12 ta; 6. Hujjatlar yig‘ma jildi (papka skorosshivatel); 7. Konvert A5 formatida; 8. Talabalar turar joyi (sharoiti og‘ir va kam ta’minlanganligini tasdiqlovchi hujjati bor talabalar uchun) ariza (kerak bo‘lsa) 9. Imtiyoz asosida talabalikka tavsiya etilganlar uchun (imtiyoz beruvchi hujjatning asli, agar bo‘lsa). 📌 Tavsiya: Qaysi OTMga qabul qilingan bo‘lsangiz, o‘sha OTMga ushbu hujjatlarni topshirishingiz so‘raladi. Iloji bo‘lsa, talabasi bo‘lgan OTMingizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini kuzatib boring! ❗️ Eslatma: Karantin sharoitini inobatga olgan holda an'anaviy o'qish boshlanishidan oldin OTM ushbu hujjatlarni talab qilishi mumkin emas . ✅ Barcha talaba bo'lganlarni xabardor qiling. ©talabauz Talabalarga ulashing☺️👇 @QarMII_YIBT
Show all...
📜 Arizalarni qabul qilish boshlandi! Joriy yilda 🎓oliy ta'lim muassasalariga o'qishga qabul qilish uchun o'tkazilgan test sinovi natijalariga ko'ra talabalikka tavsiya etilmagan, Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutida oshirilgan (super) kontrakt asosida o'qish istagida bo'lgan abiturientlar diqqatiga! Oshirilgan (super) kontraktga arizalarni qabul qilish 📆 2020 yil 28 sentyabrdan boshlab, institut sport majmuasida tashkil etiladi. Abiturientlardan o'zlari bilan quyidagilarni olib kelish so'raladi: ✅ shaxsini tasdiqlovchi xujjat (pasport)ning asli va nusxasi; ✅ abiturient qayd varaqasi; ✅ javoblar varaqasi (DTM saytidan yuklab olingan va chop qilingan holda). Arizalarni qabul qilish vaqti: ⏳8:30 - 18:00 ga qadar, tushlik: ⏳12:00 - 14:00 ga qadar. Shu bilan bir qatorda, abiturientlardan 🧴😷 sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilgan holda kelishlari so'raladi. 👉 @QarMII_YIBT 👈
Show all...
​​"UZBEKISTAN GTL" КОМПАНИЯСИНИНГ 2020-2021 ЎҚУВ ЙИЛИ УЧУН СТИПЕНДИЯ ДАСТУРИ ЭЪЛОН ҚИЛИНАДИ Синтетик суюқ ёқилғи ишлаб чиқариш заводи учун кадрлар тайёрлаш дастурини кенгайтириш, иқтидорли талабаларни моддий ва ижтимоий қўллаб-қувватлаш мақсадида "Uzbekistan GTL" МЧЖ 2020-2021 ўқув йили учун стипендия дастурини эълон қилади. Стипендия дастури, иштирок этиш шартлари ва бошқа батафсил маълумотларни Компаниянинг расмий веб-сайти www.oltinyolgtl.com ва телеграм-каналида @uzbgtl билишингиз мумкин. Стипендия дастурида иштирок этмоқчи бўлган талабалар жорий йилнинг 15 октябрга қадар қуйидаги ҳавола орқали онлайн рўйхатдан ўтишлари мумкин. 👉Рўйҳатдан ўтиш Эслатиб ўтамиз, "Uzbekistan GTL" компаниясининг стипендия дастури 2019-2020 ўқув йилида таъсис этилган. Дастур ғолибларига Компания томонидан бир ўқув йили давомида маҳсус ойлик стипендиясидан ташқари, Компаниянинг офисларида малака ошириш, GTL заводида ишлаб чиқариш ва дипломолди амалиётларини ўташ, шунингдек ўқишни тамомлаганидан сўнг, ўз мутахассислиги бўйича ишга қабул қилиниш имкониятларига эга бўлади.
Show all...

«Супер контракт» нархи қанча ва кимлар учун? Барчамизга маълумки, кеча 25.09.2020 йилдан тест натижалари эълон қилинди. Ўз ўрнида, абитуриентлардан қўшимча контракт (халқ тилида "супер контракт") ҳақида саволлар кўпайди. Шуларни инобатга олиб, қўшимча контракт ҳақидаги айрим саволларга жавоб беришга ҳаракат қиламиз. • Қўшимча контракда ўқиш учун неча балл олиш керак? Фарқи йўқ. Тестга кирган бўлса, кифоя. 1 балл олган бўлса ҳам, қўшимча контрактда ўқиши мумкин. Фақат нархи балига қараб фарқ қилади. • Қўшимча контракда ўқишни хоҳлаганлар қачон ариза бериш керак? Ўқишга кира олмаган абитуриентлар қўшимча контрактда ўқиш учун тест натижалари эълон қилингандан бошлаб 1 ой ичида ариза бериши керак (пандемия шароитида ҚарМИИга ариза қабул қилиш бўйича тартиб ишлаб чиқилмоқда, бу ҳақида қўшимча маълумот берамиз). • Бешта йўналишдан қайси бирида ўқиш мумкин? Ўтган йили исталган 3 та йўналишдан бирида супер-контрактда ўқишга рухсат берилганди. Жорий йилда ҳам исталган бешта йўналишдан бирида ўқишга рухсат берилса керак. • Қўшимча контрактнинг нархи қанча? Қўшимча тўлов-контракт миқдори амалда ўрнатилган тўлов-контракт миқдорига нисбатан қуйидаги миқдорларда белгиланади: •1-тоифа Кириш чизиғига 4 балл етмаганлар нисбатан анча арзон контракт тўлайди. Жумладан: 1 баллгача етмаган абитуриентлар учун - 1,5 баробар; 1.1 баллдан 2 баллгача етмаганлар учун - 2,0 баробар; 2.1 баллдан 3 баллгача етмаганлар учун - 2,5 баробар; 3.1 баллдан 4 баллгача етмаганлар учун - 3,0 баробар. Масалан, кириш бали 140 бўлган дейлик. 139 балл тўплаган абитуриент контрактнинг 1,5 баробарини тўлайди. Масалан, асли 10 млн сўм контракт бўлса, 15 млн сўм тўласа кифоя. 138,9 балл олган абитуриент эса 2 баробарини тўлайди, яъни 20 млн сўм. Ва ҳ.к. 2-тоифа 56,7 баллдан кўп тўплаган, лекин кириш чизиғига 4 баллдан кўпроқ етмай қолган абитуриентлар контракт суммасининг 10 бараваридан ошиқ миқдорда тўлайди. Масалан, яна ўша кириш 140 балл бўлган йўналишни мисол олсак, 135,9 баллдан кам 56,7 баллдан кўп тўплаганлар 2-тоифага тушади. Жорий йилда 2-тоифа учун нархлар ҳали тасдиқланмади. Ўтган йилдаги нархларни қуйидаги манзилдан (https://t.me/eduuz/1325) кўриб олишингиз мумкин. Шунингдек, жорий йилдан супер-контракт нархларини ОТМлар ўзлари белгилашади, лекин юқоридаги белгиланган миқдорлардан кам бўлмаган ҳолда). 3-тоифа 56,7 баллдан кам тўплаганлар (масалан, 1 балл бўлса ҳам) 2-тоифадаги супер-контракт миқдорининг 2 баробарини тўлаб ўқишлари мумкин. Масалан, оддий супер-контракт 15 баробар бўлса, 56,7 баллдан кам тўплаганлар 30 баробар тўлаб, супер-мупер контрактда ўқиши мумкин. • Қўшимча контракт ҳар йили тўланадими ёки бир марта? Бир марта тўланади. 1-ўқув йилини тугатгандан сўнг кейинги йилларда эл қатори оддий контрактни тўлаб ўқишади. • Магистратурада ҳам қўшимча қабул борми? Ҳа, бор. Фақат магистратурада бакалаврга ўхшаб табақалаштирилган қиммат контракт тўланмайди, оддий контракт нархи қанча бўлса, қўшимча қабул қилинган магистрлар ҳам шунча тўлашади. • Супер-контрактни бўлиб-бўлиб тўласа бўладими? Ўтган йили супер-контрактни йил давомида иккига бўлиб тўлаш имконияти берилган эди. Жорий йилда ҳам берилса керак. • Супер-контракт учун таълим кредити олса бўладими? Йўқ, супер-контракт учун таълим кредити бериш амалдаги қонунчиликда белгиланмаган. Лекин банклар бозор нархларида ўз кредитларини таклиф этиши мумкин. ‼️ЭСЛАТМА: 10 ёки 20 баробар дегани бу энг кам ойлик иш ҳақига нисбатан эмас, ўша йўналишдаги стипендиясиз контракт нархига нисбатан. Яъни стипендиясиз контракт 7 млн сўм бўлса, 10 баробар бўлганда қўшимча контракт учун 70 млн сўм тўланади. 👉 @QarMII_YIBT 👈
Show all...
Edu.uz rasmiy kanali

2019/2020 ўқув йили қабулида кириш имтиҳонлари натижаларига кўра тўплаган баллари тасдиқланган тўлов-контракт доирасидаги қабул параметрлари чегарасига 4 баллдан ортиқ етмаган, 56,7 баллдан кам бўлмаган ҳолда, қўшимча равишда ўқиш истагини билдирган абитуриентларнинг биринчи ўқув йили учун амалда ўрнатилган миқдорга нисбатан табақалаштирилган тўлов-контрактнинг минимал миқдорлари Олий ва ўрта махсус таълим вазирлигининг расмий телеграм каналига уланиш👇👇👇

https://t.me/joinchat/AAAAAEX5-AudocFp7PIMcQ

Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti o‘tish ballari. 2020-2021 o‘quv yili uchun. Do‘stlaringizga ulashing👇 @QarMII_YIBT
Show all...
O'tish ballari e'lon qilindi! Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti 2020/2021 o'quv yili bo'yicha o'tish ballari: ✅ Kunduzgi ta'lim shakli: ✔ O'zbekcha; ✔ Ruscha. ✅ Sirtqi ta'lim shakli. 👉QarMII_marketing👈
Show all...
Oliy ta’lim muassasalari bo‘yicha o‘tish ballari