O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari! | Rasmiy xabarlar
Open in Telegram
⚡Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti talabalarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida ochilgan. Kanal universitet talabalari tomonidan yuritiladi va universitetga oid rasmiy xabarlarni eʼlon qilib boradi. 📲 Murojaat uchun: @Oybek_Jorayev
Show more5 412
Subscribers
+324 hours
+2157 days
+90630 days
Posts Archive
❗️Maqsadli qabul bo‘yicha muhim huquqiy eslatma!
Amaldagi amaliyot hamda normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq, maqsadli qabul (maqsadli kvota) asosida davlat granti bo‘yicha talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar o‘z ixtiyori bilan ushbu grantdan voz kechib, boshqa ta’lim yo‘nalishlariga tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt ("super-kontrakt") rasmiylashtirishlariga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ma’lumot uchun: Yangi 2026/2027-o‘quv yili uchun tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt tartibi va doirasi Hukumat tomonidan hali rasman e’lon qilinmadi.
@NUU_students
❗️To‘lov-kontrakt mablag‘larini qachon to'lash kerak?
Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida tahsil olayotgan hamda yangi o‘quv yilida (super-kontrakt asosida) tahsil olishni rejalashtirayotgan talabalarga to‘lov-kontrakt mablag‘larini qismlarga bo‘lib to‘lash imkoniyati mavjud.
🎓 1-bosqich talabalari uchun:
✅ 25% — 2026-yil 15-sentabrgacha
✅ 50% — 2026-yil 31-dekabrgacha
✅ 75% — 2027-yil 1-martgacha
✅ 100% — 2027-yil 1-maygacha
🎓 Yuqori bosqich talabalari uchun:
✅ 25% — 2026-yil 1-oktabrgacha
✅ 50% — 2026-yil 31-dekabrgacha
✅ 75% — 2027-yil 1-martgacha
✅ 100% — 2027-yil 1-maygacha
📌 Tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida tahsil olmoqchi bo‘lgan talabalar uchun:
✅ 50% — 2026-yil 1-oktabrgacha
✅ 75% — 2027-yil 1-martgacha
✅ 100% — 2027-yil 1-maygacha
@NUU_students
❗️Talabalar va barcha uchun
Rasmiy, Onlayn va offlayn, xususiy, va yarim kunlik va Kunlik ishlar 200 mingdan -500 mingacha Davlat ishlari 6 mlndan-10 mlnggacha, Ish izlab charchadingizmi,unda sizga eng ishonchli va Rasmiy Telegram kanal tavsiya qilaman joylari soni cheklangan kiring va ishli boʻling https://t.me/+21lNjcdg1YxiY2Zi
❗️Barcha talabalar diqqatiga (1-kurslar ham)
To‘lov shartnomasini olish uchun onlayn ariza yuborish
Buning uchun kontrakt.edu.uz tizimidan ro‘yxatdan o‘tib, ortiqcha ovoragarchiliklarsiz onlayn ariza yuboring!
Arizalar oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasi tomonidan tasdiqlanib, QR-kodli to‘lov-shartnomasi shakllantiriladi.
Tasdiqlangan shartnomani yuklab olib, belgilangan to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirishingiz so‘raladi.
Ma’lumot uchun, shartnoma uchun arizalarni “KONTRAKT EDU” mobil ilovasi orqali ham yuborish mumkin.
@NUU_students
❗️To'lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan xotin-qizlar diqqatiga!
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 585-son qarori bilan Ijtimoiy ehtiyojmand oila vakillari, yetim yoki ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan talaba xotin-qizlarning oliy ta’lim olishini moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash maqsadida to'lov kontraktlari mahalliy hokimliklar tomonidan qoplanishi mumkin.
📰 Ushbu masala yuzasidan quyidagi toifalarga tushuvchi xotin-qizlar 14-sentabr kuni, 16.00ga qadar fakultet tyutorlariga murojaat qilishlari lozim!
⏺Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalardagi xotin-qizlar;
⏺Ijtimoiy ehtiyojmand oila vakillari, yaʼni yetim yoki ota-onasining qaramogʻidan mahrum boʻlgan talaba xotin-qizlar;
⏺Ijtimoiy ehtiyojmand oila vakillari, yaʼni boquvchisini yoʻqotgan (turmush oʻrtogʻi vafot etgan), voyaga yetmagan farzandlarni yolgʻiz tarbiyalayotgan ehtiyojmand ayollar.
@NUU_students
🟢 ISHGA XODIMLAR QABUL QILINMOQDA
Turli yo‘nalishlarda doimiy ish o‘rinlari mavjud
Onlayn va Oflayn ishlar
Buxgalter — 14 500 000 so‘mdan
Tarjimon — 8 000 000 so‘mdan
Kassir — 8 000 000 so‘mdan
Sehxodimi — 9 500 000 so‘mdan
Qo‘riqchi — 8 000 000 so‘mdan
Non & bulochka sexiga xodim — 7 000 000 so‘m
SMM / Dizayner / Montajchi — 6–8 mln so‘m
Ishchi xodimlar — 7 500 000 so‘mdan
Talabalar uchun ishlar: Kunlik 180 ming -250 minggacha
Barcha ish o‘rinlari shu yerda:
👉 https://t.me/+21lNjcdg1YxiY2Zi
https://t.me/+21lNjcdg1YxiY2Zi
Hurmatli birinchi kurs talabalari! Birinchi kun taasurotlari qanaqa boʻldi?
@NUU_students
🎓 Talabalar uchun kerakli kanal! 📚
Kanalda siz uchun👇
Matematika sohasida oʼquvchilar uchun:
📖 Oliy matematika fanlaridan kitoblar va qo‘llanmalar
📝 Misol va masalalar ishlanmalari
📚 Ma’ruzalar, testlar va foydali materiallar
Boshqa soha talabalari uchun:
🎓 Imtihon va sessiyaga tayyorgarlik uchun materiallar
📢 Talabalar uchun eng so‘nggi yangiliklar va muhim e’lonlar
🎓 Grant taqsimoti, stipendiya va boshqa foydali ma’lumotlar
📌 O‘qish davomida kerak bo‘ladigan barcha ma’lumotlar — shu yerda!
🔗 Kanalga qo‘shiling:
https://t.me/Milliy_Matematika_2025
https://t.me/Milliy_Matematika_2025
📤 Do‘stlaringizga ham ulashib qo‘ying!
❗️Talabalikka qabul qilingan abituriyentlar universitetga qanday hujjatlarni topshirishi kerak?
O‘zbekiston Milliy universiteti talabalari safiga qabul qilingan (o‘qishini ko‘chirib kelgan, qayta tiklaganlardan tashqari) 1-kurs (bakalavriat va magistratura) talabalari fakultet dekanatlariga quyidagi shaxsiy yig‘ma jild hujjatlarini topshirishi kerak:
Bakalavriat:
⏺️Rektor nomiga ariza
⏺️Pasport yoki ID-karta nusxasi
⏺️Diplom yoki attestat (ilovasi bilan birga) asl nusxasi
⏺️Imtiyoz asosida talabalikka tavsiya etilganlar imtiyoz beruvchi hujjatning tasdiqlangan (nogironlik to‘g‘risida ma’lumotnoma, to‘liq davlat ta’minotidagi yetim bolalar, yetim bolalar, ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar va ko‘zi ojizlar toifasiga kiruvchi shaxslar ushbu holatni tasdiqlovchi hujjatlarni, tegishli vakolatli organlar tomonidan taqdim etilgan tavsiyanomalar va boshqa imtiyozga egaligini tasdiqlovchi hujjatlar) nusxasi
⏺️3,5x4,5 foto
⏺️Konvert A5 formatida
⏺️Akademik mobillik bo‘yicha hujjatlar (agar mavjud bo‘lsa)
⏺️Javoblar varaqasi (DTM)
⏺️Talaba shaxsiy varaqasi
Magistratura:
⏺️Rektor nomiga ariza
⏺️Pasport yoki ID-karta nusxasi
⏺️Diplom yoki attestat (ilovasi bilan birga) asl nusxasi
⏺️Imtiyoz asosida talabalikka tavsiya etilganlar imtiyoz beruvchi hujjatning tasdiqlangan nusxasi
⏺️Til bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikat asli
⏺️3,5x4,5 foto
⏺️Konvert A5 formatida
⏺️Sinov ishlari nusxasi (agar mavjud bo‘lsa)
⏺️Javoblar varaqasi (DTM)
⏺️Talaba shaxsiy varaqasi
@NUU_students
❗️Talabalar to'lov-kontrakt olish maqsadida kontrakt.edu.uz sayti orqali onlayn ariza berayotganda "Shartnoma turini tanlash" degan band bor. Bunda yoki 2 tomonlama, yoki 3 tomonlama shartnomani tanlash so‘ralmoqda. Shu bo‘yicha izoh so‘rab, abituriyentlardan ko‘plab savollar kelib tushdi.
Bu juda oddiy.
2️⃣ Ikki tomonlama shartnoma — bu OTM va abituriyent o‘rtasida tuziladi. Boshqacha aytganda agar kontrakt yoki super-kontrakt pulini abituriyentning o‘zi yonidan to‘lamoqchi bo‘lsa, shu bandni tanlash kerak.
3️⃣ Uch tomonlama shartnoma — bu OTM, abituriyent va yana biror homiy tashkilot o‘rtasida tuziladi. Agar mabodo kontrakt yoki super-kontrakt pulini abituriyentning o‘zi emas, balki biror homiy tashkilot to‘lamoqchi bo‘lsa (balki keyinchalik o‘sha tashkilotga ishlab berish sharti bo‘lishi ham mumkin), unda uch tomonlama shartnoma degan bandni tanlash kerak. Uch tomonlama tanlanganda o‘sha homiy korxonaning (o'qiyotgan universitetning emas) STIR raqamlarini ham kiritish kerak bo‘ladi.
@NUU_students
Bizda 180-250 mingacha haq toʻlanadigan kunlik abeddan keyingi va Noch ishlari bor kanalga oʻtib oʻzingizga mos kunlik ishlarni toping
https://t.me/+21lNjcdg1YxiY2Zi
https://t.me/+21lNjcdg1YxiY2Zi
❗️Ertaga O’zbekiston Milliy universiteti birinchi kursga qabul qilingan talabalarni tantanali kutib oladi
O‘zbekiston Milliy universitetida 1-kursga qabul qilingan bakalavriat va magistratura (barcha ta’lim shakli) yo’nalishi talabalarini 7-sentyabr, soat 8.00da universitet hovlisida o’tkaziladigan tantanali bayram tadbiriga taklif etamiz.
Ushbu tadbirda universitet rahbariyati talabalarga tanishtiriladi. Rektor va boshqa mehmonlarning qutlov so’zlari tinglanadi. Qisqa konsert dasturi namoyish etiladi.
@NUU_students
❗️Kontraktni qachongacha to'lash kerak?
Talabalar yillik to'lov-kontrakt summasini teng ulushlarga bo'lib to'lash huquqiga ega. Unga ko‘ra:
Kamida 25% — talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar uchun
15-sentabrgacha.
Ikkinchi va undan yuqori bosqich talabalari uchun
1-oktabrgacha (yoki rektor/direktor uzaytirgan muddatgacha);
🔹 Kamida 50% — 1-yanvargacha;
🔹 75% — 1-martgacha;
🔹 100% — 1-maygacha (yoki rektor/direktor uzaytirgan muddatgacha).
Davlat komissiyasi tomonidan ushbu to'lov muddatlari uzaytirilishi mumkin.Super-kontrakt (tabaqalashtirilgan to'lov): qo'shimcha yoki tabaqalashtirilgan to'lov-kontrakt asosida o'qish istagini bildirgan abituriyent belgilangan muddatlarda birinchi o'quv yili shartlarining kamida 50 foizini bajargandan so'ng, rektor (direktor) buyrug'i bilan talabalikka qabul qilinadi. Moliyaviy mustaqillik berilgan OTMlar to'lov jadvalini mustaqil belgilashi mumkin. @NUU_students
❗️Talabalar va barcha uchun
Rasmiy, Onlayn va offlayn, xususiy, va yarim kunlik va Kunlik ishlar 200 mingdan -500 mingacha Davlat ishlari 6 mlndan-10 mlnggacha, Ish izlab charchadingizmi,unda sizga eng ishonchli va Rasmiy Telegram kanal tavsiya qilaman joylari soni cheklangan kiring va ishli boʻling https://t.me/+21lNjcdg1YxiY2Zi
❗️50 foizlik grantda o‘qiydiganlar stipendiya oladimi?
50% li grant asosida o‘qiydigan talabalarga stipendiya to‘lanmaydi. Bunday grantda talaba kontrakt summasining faqat 50 foizini to‘laydi.
Agar shartnomangizni stipendiyali shaklga o‘tkazmoqchi bo‘lsangiz, kontraktning to‘lanadigan qismiga 1 yillik stipendiya miqdorini qo‘shib to‘lashingiz kerak bo‘ladi.
2026-yil sentabrdan bazaviy stipendiya — 609 548 so‘m.
12 oylik stipendiya:
609 548 × 12 = 7 314 576 so‘m
Masalan, 50% li grant bo‘yicha to‘lanadigan kontrakt summasi 3 700 000 so‘m bo‘lsa:
3 700 000 + 7 314 576 = 11 014 576 so‘m
Ya’ni stipendiyali shartnoma tanlansa, jami 11 014 576 so‘m to‘lanadi.
Muhim: 50% li grantning o‘zi stipendiya berilishini anglatmaydi. Stipendiya olish uchun shartnomaning stipendiyali shakli tanlanadi.
@NUU_students
❗️Magistraturaga oid ayrim savollarga javoblar:
➖ o’tgan yili magistraturada kechki va masofaviy ta’lim shakli ham ochilgan edi. Bunda kechki yoki masofaviyga kirgan qizlarga ham davlat byudjetidan kontraktlari qoplab beriladi;
➖ magistraturada joriy yilda ham qo‘shimcha qabul ochilishi kutilmoqda. Qo‘shimcha qabul degani, bu xuddi bakalavrdagi super-kontrakt degani, ya’ni kira olmaganlar uchun qo‘shimcha kvota ajratiladi. Lekin asosiy farqi — magistraturada qo‘shimcha qabul kontrakti ancha arzon bo‘ladi. Bunda qo‘shimcha qabulga kirganlar 1 nafar talabani o‘qitishning haqiqiy xarajat summasini to‘lasa kifoya.
❓Bu nima degani?
Masalan, mutaxassislikka qarab, 1 nafar talabani o‘qitish xarajati taxminan 15-25 mln so‘m atrofida bo‘ladi. Lekin davlat talabalarga yengillik bo‘lsin deb, kontrakt summasini haqiqiy xarajatdan arzonroq qilib belgilaydi, qolgan zararni qoplash uchun oliygohlarga byudjetdan subsidiya beradi.
Xullas, masalan, oddiy kontraktga kirganlar 10 mln so‘m to‘lasa, qo‘shimcha kvotaga kirganlar 15 mln so‘m to‘laydi. Magistraturada bakalavrdagi super-kontraktga o‘xshab, 7 baravar yoki 15 baravar to‘lash degan narsa yo‘q;
➖ Qo‘shimcha qabulga kirgan xotin-qizlarning kontrakt puli byudjetdan qoplab berilmaydi. Birinchi kursda ham, ikkinchi kursda ham. Ular ikki yil haqiqiy xarajatni to‘laydi, ikkinchi kursga o‘tganda oddiy kontrakt to‘layman, deb o‘ylashmasin. Lekin qo‘shimcha qabulga kirganlar grant taqsimotida ishtirok etishi mumkin, agar natijasi yaxshi bo‘lsa, 2-kursda grantga o‘ta oladi;
➖ joriy yilda magistratura uchun qishki qabul rejalashtirilmagan.
@NUU_students
+4
❗️O’zbekiston Milliy universiteti bakalavriat va magistratura 2026/2027-oʻquv yilida to’lov kontrakt miqdorlari
@NUU_students
Bizda 180-250 mingacha haq toʻlanadigan kunlik abeddan keyingi va Noch ishlari bor kanalga oʻtib oʻzingizga mos kunlik ishlarni toping
https://t.me/+21lNjcdg1YxiY2Zi
https://t.me/+21lNjcdg1YxiY2Zi
❗️O'zbekiston Milliy universitetida 2026/2027-o‘quv yili uchun super kontrakt miqdorlari tasdiqlandi
2026/2027-o‘quv yili qabuli bo‘yicha kirish imtihonlarida yetarli ball to‘play olmagan, biroq qo‘shimcha ravishda talaba bo‘lish istagida bo‘lgan abituriyentlar uchun Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti tomonidan tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt (super kontrakt) miqdorlari tasdiqlandi.
Super kontrakt asosida o‘qishga to‘plagan bali 56,7 balldan kam bo‘lmagan va belgilangan qabul chegarasiga 4,05 balldan ortiq yetmagan abituriyentlar qo‘shimcha ravishda qabul qilinishi mumkin.
Tanishing 👉 Super kontrakt miqdori
O'zbekiston Milliy universitetining 2026/2027-o'quv yilida bakalavr/magistratura mutaxassisliklari bo'yicha bir nafar talabani to'lov-kontrakt shaklidagi bir yillik o'qitish 👉 QIYMATI
@NUU_students
❗️Vakant o‘rinlar uchun o‘tkazilgan qo‘shimcha tanlov natijalari e'lon qilindi
Oliy ta’lim tashkilotlarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish uchun vakant o‘rinlar mavjud bo‘lgan, fanlar majmuasi va ta’lim tili mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga qo‘shimcha tanlovda ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar natijalari e'lon qilindi.
Abituriyentlar natijalarini my.uzbmb.uz saytidan shaxsiy kabinetlari orqali bilishlari mumkin.
Agentlik tomonidan belgilangan tartibda tayyorlangan yakuniy tanlov qaydnomalari tegishli oliy ta'lim tashkilotlariga taqdim etildi.
@NUU_students
