cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Инфо гинеколог

Advertising posts
199
Subscribers
No data24 hours
-57 days
-1230 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Photo unavailableShow in Telegram
🔴MUDATIDAN OLDIN TUG‘ISH Agar homilador ayolda homiladorlikning 37 haftasidan oldin bachadon bo‘yni ochilishi yoki ingichkalashi kuzatilsa, muddatidan oldin tug‘ish xavfi paydo bo‘ladi. Agar bola 37 haftadan oldin tug‘ilsa, u chala tug‘ilgan hisoblanadi. Muddatidan oldin tug‘ilgan bolaning salomatligida jiddiy muammolar bo‘lishi mumkin. Bola normal muddatga qancha yaqin davrda tug‘ilsa, shunchalik uning yashay olish va sog‘lom bo‘lish ehtimoli yuqori bo‘ladi. Agar bundan oldingi homiladorlikda bola muddatidan oldin tug‘ilgan bo‘lsa, bu haqida shifokorga xabar berish va o‘ta jiddiy nazoratda bo‘lish talab etiladi. Muddatidan oldin tug‘ib qo‘yish alomatlariga qindan suv ketib qolishi, qon ajralishi, belda qo‘yib yubormaydigan og‘riq yoki hayz kutilayotgandek og‘riq bo‘lishi, to‘lg‘oqlar boshlanishi kiradi. @Ginekologurologu @Ginekologurologu @Ginekologurologu
Show all...
👍 2
​​📖 Акам ва мен болалигимиздан улғайгунимизга қадар бир - биримизга душманлардек эдик. Онам раҳматли: - Болаларим, сизлар қондошсизлар. Бошқалар сизларга меҳрибон кўрингани билан, ака - укангиздек бўлишмайди! - деб такрор - такрор айтардилар. Отам биз билан унча гаплашмас, гаплашсалар ҳам, худди иш юзасидан, расмий гаплашаётгандек чегара сақлардилар. Сабаби маълум: акам ва менинг орамиздаги адоват. Онамга отам: - Аллоҳ уларга ҳидоят берсин... кун келиб, улар бир - бирини қадрига етади! Бизнинг насиҳатларимизни эслашади, - дердилар. Орадан йиллар ўтди. Иккимиз ҳам уйланиб, уйлик - жойлик бўлдик. Адоватимиз барҳам топмади. Аксинча, аёлларимиз ҳам бир - бирига тош отадиган душманлар бўлишди, соямизда. Бизни яраштиролмай, аввал онам, сўнг отам вафот этдилар... Бизлар бола - чақалик бўлдик. Фарзандлар улғайишди! Лекин улар, қардош сифатида кўришишмаган, бир - бирини танишмас эди. Кунлар ўтди. Менга Аллоҳнинг қаттиқ синови келди. Мол - мулкимдан айрилдим. Қанд касалига чалиндим. Ўнг кўзим кўрмай қолди. Бир куни бомдод намозини ўқиётгандим. Эшик жиринглади. Қарасам, қўшним. Аҳволимдан хабар олиб кетди. Бир ҳафта ўтиб, 50 минг динор маблағ ёзилган чек олиб келди. Уни қарз эмаслигини, ўзимни тиклашим учун бераётганини айтди. Бунинг учун мен ҳар куни Роббимга чексиз шукрлар айтар, эски кунларим қайтмаслигини сўрардим. Бир куни қўшним ранглари оқарган ҳолда кириб келди. Ундан берган пул учун келган бўлса, қайтаришга қурбим етишини айтдим. У: - Йўқ, нималар деяпсиз? У пул меники эмасди. Уни акангиз бергандилар. Қийналиб қолганингизни эшитган эканлар. Мен берганимни айтманг, дедилар. Энди улар касалхонадалар. Жонлари узулай деяпти. Боринг, бориб хабар олинг! - деди. Шунча йил кибримни енга олмаганимдан, акам асли, мен қилишим керак бўлган ишни қилганликларидан, савобни, фурсатни бой берганимдан афсусланиб касалхона томон шошилдим. Акам жонлантириш хонасида, хушсиз ётардилар. Уларнинг қўлларидан ушлаб, юз - кўзлари, пешоналаридан ўпдим. Кўзёшларим тинмасди. Акам кўзларини очдилар. Кечирим сўрадим. Кўзларига ёш қалқди. Қўлларимни қаттиқ сиқдилар.. ва риҳлат қилдилар.... © Умму Абдуллоҳ таржимаси (эркин ўгирма) @Ginekologurologu @Ginekologurologu @Ginekologurologu
Show all...
Genetik kasalliklar haqida 5 afsona Aksariyatimiz uchun genetika – yangi va noma’lum fan. Bir tomondan odam DNKsi yetarlicha o‘rganilgan, biroq boshqa tomondan – tadqiqotning aynan shu sohasi afsona va uydirmalarga chulg‘ab olingan. Ulardan eng keng tarqalganlarini ekspert, genetik shifokor, RF tibbiyot fanlari nomzodi Yuliya Kotalevskaya sharhlaydi. Birinchi afsona. Genetik kasalliklar yomon irsiyat natijasidir. Aslida esa. Nazariy jihatdan olganda, har qanday er-xotinda kasal bola tug‘ish xavfi bo‘ladi. U o‘rtacha 5 foizga teng. Aksariyat hollarda bolaning genetik anomaliya bilan dunyoga kelishi – mutlaqo oldindan aytib bo‘lmaydigan jarayon. Genga oid nuqson ko‘pincha qorin ichidagi hayotning eng birinchi soatlarida o‘z-o‘zidan paydo bo‘ladi. Bundan tashqari, har birimiz o‘rtacha 5 ta irsiy kasallikning yashirin tashuvchisi hisoblanamiz. Ammo bu xatar ro‘yobga chiqishi uchun xuddi shu genida patologik o‘zgarishlar mavjud bo‘lgan odamni uchratish kerak. Bunday uchrashuvning ehtimoli juda oz. Ikkinchi afsona. Noraso bolalar qon-qarindosh nikohlardan tug‘iladi. Aslida esa. Har doim ham emas. Bunday nikohda o‘xshash gen mutatsiyali odamni uchratish xatari ancha yuqoriligi - boshqa gap: erkak va ayolning ajdodi umumiy-da. Genetika tilida bu “asoschi ta’siri” deyiladi, bunda patologik o‘zgargan genlarni naslga uzatish ehtimoli ortadi. Mana shu bois bunday nikohlar jahonning turli mamlakatlarida taqiq ostida bo‘lgan. Uchinchi afsona. Kasal bolaning tug‘ilishi – mast holda bo‘yida bo‘lish oqibati. Aslida esa. Bu ham unday emas. Bo‘yida bo‘lgandan keyin nisbatan xavfsiz davr mavjud bo‘ladi, bunda urug‘langan tuhumhujayra ayolning ichki jinsiy organlari bo‘ylab implantatsiya (payvandlash) joyiga bachadon devoriga harakatlanadi va ona qoni bilan aloqaga kirishmaydi. Homiladorlikning keyingi davri haqida bunday deb bo‘lmaydi, u vaqtda ayol spirtli mahsulotlarni iste’mol qilishi aslo mumkin emas. Ayniqsa kichkintoyda hamma organlar va tizimlar shakllanadigan 12 haftagacha bo‘lgan muddatda. To‘rtinchi afsona. Homiladorlik vaqtida dori-darmonlar qabul qilish barchasiga sababchi Aslida esa. Homila rivojlanishida qo‘pol nuqsonlarni chaqiradigan teratogen ta’sirli dori preparatlari ro‘yxati unchalik katta emas. Unga o‘smaga qarshi, tutqanoqqa qarshi preparatlar, antibiotiklar qatori kiradi. Buning ustiga shunday vaziyatlar bo‘ladiki, biror-bir surunkali xastalik (qalqonsimon bez, yurak va h.k.) bilan og‘riyotgan homilador ayol ayrim dorilarni qabul qilmasligining iloji yo‘q. Tibbiyotda bu borada oltin qoida mavjud: agar preparatni qabul qilishdan foyda ziyondan yuqori bo‘lsa, uni homiladorlik vaqtida qabul qilsa bo‘ladi. Bu homilani UZI orqali tekshirishga ham taalluqli. Ayrim homilador ayollar UZI qilishdan juda qo‘rqadilar va ko‘pincha bo‘lg‘usi boladagi haqiqatan jiddiy patologiyani o‘tkazib yuboradilar. Butun dunyodagi ko‘p yillik akusher-ginekologik amaliyot shundan dalolat beradiki, UZI homila uchun mutlaqo ziyonsizdir. Beshinchi afsona. Bolaning genetik anomaliya bilan dunyoga kelishi – keyingi tug‘ruqlarga taqiq qo‘yadi. Aslida esa. Hatto nuqsonli bolalarni dunyoga keltirish hollari mavjud bo‘lgan oilalarda ham sog‘lom bola tug‘ilishi imkoniyati bor. Hammasi mazkur genetik kasallik turiga bog‘liq. Ammo bu xatarni faqat genetik shifokor hisoblay olishi mumkin. Mana shuning uchun o‘z naslining genealogiyasi va tibbiy tarixini bilish, shuningdek, oilada mavjud kasal bolani imkon boricha sinchiklab ko‘rikdan o‘tkazish muhim hisoblanadi. Uning tashxisini aniqroq bilish keyingi homiladorlikni rejalashtirish bosqichida xatarni baholash va oila fojiasi qaytarilishining oldini olishga yordam beradi. Prenatal (qorin ichi) diagnostika usullari ham mavjud, bunda ayrim kasalliklarda homila atrofidagi suvni tekshirish yordamida ushbu ayol yuragi ostida qanday bolani “ko‘tarib” yurganini aniq aytish mumkin. @Ginekologurologu @Ginekologurologu @Ginekologurologu
Show all...
05:15
Video unavailableShow in Telegram
Show all...
​​Ⓜ️avzu: Homiladorlikda asabiylashish, yig'lash! Homiladorlikning alomatlaridan biri asabiylashish, yig'lash desak adashmagan bo'lamiz. Aslida xursand bo'lib yuradigan ushbu davrda ko'pchilik ayollar asabiy, yig'loqi bo'lib qoladi. Nega? Homiladorlik davomida ayol organizmida kuchli gormonal o'zgarishlar yuz beradi. Aynan shu gormonal o'zgarishlar tufayli ayolning kayfiyati o'zgaruvchan bo'lib qoladi. Hozirgina kulib turgan ayol birdaniga yig'lab yuboradi. Yoki arzimagan gap uni 1 soat tinmay yig'lashiga undaydi.  Eng qizig'i, homiladorlikni oylab, hatto yillab kutgan ayolda ham bu davr xursandchilikni o'rniga mayuslik, bexotirjamlik, havotir tuyg'ularini olib kelishi mumkin. Ko'pincha kayfiyatdagi keskin o'zgaruvchanlik 2 trimestrning oxirlariga borib yo'qqa chiqadi. Bunga sabab ayol organizmidagi gormonal o'zgarishlar keskinligi bu davrda kamayadi.  Eng alam qilgani, atrofdagilar yig'ab yurgan homilador ayolni tushunmaydilar. Aksincha, unga tanbeh berib, bunday qilish noto'g'ri ekanligini o'qtiradilar. Lekin ayol atayin bunday qilmaydi, undan tashqari atayin bunga chek qo'yish ham qo'lidan kelmaydi. Ko'chadagi daraxtga qarab turib ham yig'lab yuborishi hech gap emas bo'lib qoladi. Homilador ayolning yig'lashi keng tarqalgan holat. Bu yomonmi? Yo'q, albatta.  Bu normal holatdir. Bunga hech qanday kasallik ham, erkalik ham sababchi emas, lekin hadeb yig'layverish ham ayolga yengillik bermaydi. Undan tashqari rivojlanayotgan homilaga ham ijobiy ta'sir ko'rsatmaydi.  Shuning uchun eng muhimi homilador ayolni atrofdagilari tushuna olishidir. Jismonan charchagan va toliqqan ayolga har tomonlama dalda berish, yaqinlarning vazifasidir. Quyidagilarga amal qilishni sizga tavsiya etamiz: 1. Yig'lashni istasangiz, bekitmang. To'yib yig'lab oling; 2. Har narsaga osongina yig'lab yuborishingiz sababi haqida turmush o'rtog'ingizga tushuntiring. Bunga sabab siz emas, balki organizmingizdagi gormonal o'zgarishlar ekanligini bilsa, unga sizni yupatish osonroq bo'ladi. 3. Dardlashadigan inson yonida bo'ling. "Muncha yig'layverasan!", deb sizni battar qiynaydigan emas, balki sizni erkalab, yupata oladigan inson bilan bo'ling. 4. Ko'p uxlang. Uyqu mana shunday holatda eng yaxshi davo. 5. Avallambor o'zingizga erka bo'ling. Mazza qilib istagan narsangizni yeng, yaqinlaringizga erkalik qiling, olib berishsin. Shu payt erka bo'lmasangiz, qachon bo'lasiz? 6. Bu holatingiz homiladorlikning 2 trimestridan so'ng ham davom etayotgan bo'lsa, shifokorga murojat qiling. 7. O'zingizni qiziqarli yoqimli ish bilan band qiling. Bu ish sizga malham bo'la olsin, og'irlik keltirmasin. Chizing, narsa pishiring, do'kon aylaning va hokazolar. 8. Kitob o'qing. Qiziqarli va manoli kitob sizni mayus hayollardan holi saqlaydi.  9. Yig'lagingiz kelganida, bag'ringizdagi bolajoningiz haqida o'ylang. Uni kiyintirib, oyoqchalariga paypolar kiydirib, cho'miltirib, erkalashlaringizni tassavur qiling. 10. Yordam so'rang. Ish kamroq qiling.Kayfiyatingiz yo'qmi, demak sizga yordam kerak. Bu davr umrbod bo'lmaydi, bir necha oy oilangizga erkalik qilsangiz chidashsin. Eringizga butun vaziyatni tushuntirib, bu holat o'tkinchi va siz uchun qiyin ekanligini yaxshilab aytib undan yordam so'rang. Eng muhimi yig'layotganingizdan tushkunlikka tushmang. Bunday ayol faqat siz emassiz. Homiladorlik davomida yig'lab asabiy bo'lib yuradigan ayollar juda ko'p. Siz ham ular qatoridasiz. Bu ayb yoki kasallik emas va tez orada o'tib @Ginekologurologu @Ginekologurologu @Ginekologurologu
Show all...
12:08
Video unavailableShow in Telegram
Homiladorlar uchun super maslahatlar😍 @Ginekologurologu @Ginekologurologu @Ginekologurologu
Show all...
🙇🏻‍♂️Ayrim usullar bilan o'g'il tug'ilishi ehtimolini oshirish mumkin.   ☝️Lekin reja asosida o'g'il tug'ishing 100 foiz kafolatlik imkoni juda ko‘p emas.  Bolani jinsini oldindan rejalashtirish, homila o'g'il bo'lishi uchun qo'llaniladigan usullaridan biri ovulatsiya usulidir.  Ovulyasiya ayolning tuxum hujayrasi urug'lanishga tayyor bo'lgan davrdir. Bu davr tuxum hujayrasining va ayol organizmiga tushgan erkak spermatozoidlarining yashash qobiliyatiga bog'liq ravishda 2-7 kun davom etishi mumkin. 💁🏻‍♀️Mana shu davomilylik asosida bolani jinsini rejalashtirishning ovulyasiya usuli topilgan. 👩🏻‍🔬Tadqiqotlar shuni ko'rsatdi: 🙇🏻‍♂️O'g'il tug'ilishi uchun javobgar Y xromosomalik spermatozoidlar harakatchan bo'ladi, tez yuradi va tez nobud bo'ladi. 🙇🏻‍♀️Qiz tug'ilishi uchun javobgar X xromosomalik spermatozoidlar Y lik sherigiga nisbatan sekinroq harakat qiladi, ko'proq yashaydi.  Demak, jinsiy aloqa sodir bo'lish kuni bolani jinsini rejalashtirishda muhim ahamiyatga ega bo'lishi mumkin. Agar jinsiy aloqa ovulyasiya kuni yoki undan 1 kun keyin yuz bersa, tez harakat qiluvchi Y xromosomalik spermatozoidlar birinchi bo'lib ayol tuxum hujayrasiga yetib oladi va uni urug'lantira oladi. Agar jinsiy aloqa ovulyasiya sodir bo'lishidan oldin yuz bersa, u holda ayol organizmida X va Y xromosomalik spermatozoidlar bir qancha muddat tuxum hujayrasi folikuladan ajralib chiqishini kutishi kerak bo'ladi. Kutish mobaynida zaifroq hisoblanmish Y spermatozoidlari nobud bo'ladi yoki kuchsizlashadi. Natijada ovulyasiya sodir bo'lgan payt, tuxum hujayrani X xromosomalik(qiz tug'ilishiga javobgar) spermatozoidlar urug'laydi. Demak, o'gil tug'ishni rejalashtirayotgan juftliklar jinsiy aloqani ovulyasiya kuni yoki undan 1 kun keyin sodir etishlari lozim. Shunda o'g'il uchun javobgar Y spermatozoidlari ayol tuxum hujayrasini urug'lay olish imkoni yuqori bo'ladi. O'g'il tug'ishning ovulyasiya usuli ayolning jinsiy a'zolaridagi PH darajasiga ham bo'gliq bo'ladi. PH past bo'lgan muhitta Y xromosmalik (o'g'il uchun javobgar) spermatozoidlar tez nobud bo'ladi. Ayolning jinsiy a'zolaridagi PH muhiti uning umumiy salomatligiga, yeb-ichishiga, turmush-tarziga bog'liq.     🙆🏻‍♀️Ovulyasiya yo'li bilan jinsni rejalashtirishning qiyin tomoni shundaki, ovulyasiya kunini aniq bilish oson emas. Buning uchun har kuni, ba'zida kunda bir necha marta Ultra Tovushli diagnostika yordamida folikula rivojlanishini va ovulyasiya kunini aniqlash talab etiladi. Ovulyasiya testlari esa ovulyasiyaning tahminiy vaqtini ayta oladi, xolos.  Homiladorlik rejalashtirilayotganda eng muhimi sog'lom farzand tug'ilishi rejalashtirish. Shunga yarasha harakat qilish. Farzandning jinsi esa Olloh tomonidan beriladigan sovg'adir.  @Ginekologurologu @Ginekologurologu @Ginekologurologu
Show all...
👍 2
05:30
Video unavailableShow in Telegram
📹 БУНИ БИЛИШИНГИЗ КЕРАК @Ginekologurologu @Ginekologurologu @Ginekologurologu
Show all...
👰🤵Келинга мактуб👰🤵 1. Эрингиз ёқтирадиган исм ва сифатлар билан мурожаат қилинг.😍 2. Эрингиз яхши кўрадиган таомларни ширин қилиб пиширингки, у уйини соғинсин.🥘 3. Эрингиз уйдан чиқаётганда уни кузатиб қўйинг, кечқурун ишдан қайтганида эса очиқ юз билан кутиб олинг.😘 4. Эрингизга гўзал кўринишга ҳаракат қилинг.☺️ 5. Иффат ва ҳаёнгизни сақланг. Энг гўзал либос тақво эканини унутманг. Ҳар бир ишимизни кузатиб турадиган Аллоҳни ўйланг.😇 6. Эрингиз ва фарзандаларингиздан меҳр-муҳаббатингизни аяманг. Уйнинг суянчиғи бўлинг.👨‍👩‍👦‍👦 7. Эрингизга доимо ташаккур айтишни унутманг. Кучи етмайдиган ишларга ундаманг, бошқаларга шикоят қилманг.💗 8. Эрингизнинг ишлардан бохабар бўлинг. Унинг қувонч ва қайғуларга шерик бўлинг.👫 9. Эрингизнинг рухсатисиз у изн бермаган жойларга борманг.🚶‍♀ 10. Камхарж бўлинг, исрофгар бўлманг. Оғир дамларда ҳам эрингизга бош кўтарманг.🙅🏻 11. Озода ва тартибли бўлинг. Эрингизнинг кийимларини тоза ва дазмолланган ҳолатда сақланг.👩‍🔬 12. Эрингизнинг қариндошлари ва яқинларига яхши муомалада бўлинг.💁🏻 13. Қайнонангизни тажрибали она сифатида кўриб ҳурмат қилингки, эрингизнинг сизга нисбатан меҳри ошсин.👵🏻 14. Онангизнинг уйига кераксиз ва кўп бормангки, уйдаги ишларингиз оқсамасин.🤦🏻‍♀ 15. Фарзандларингизни одоб-аҳлоқли қилиб вояга етказингки, бошқалар ҳам сизни яхши инсон сифатида тилга олсин. @Ginekologurologu @Ginekologurologu @Ginekologurologu
Show all...
Сут, қатиқ ва зардобнинг шифолигини дастлаб машҳур юнон шифокори Гиппократ аниқлаган. Зардоб – қатиқ (айрондан) сузма тайёрлашда ажралиб чиққан сел (сариқ сув). Зардобда сут таркибидаги маъданли тузлар, жавҳарлар ҳамда микроэлементлар мавжуд. Сузмада қатиқдаги оқсил, ёғ қолади, зардобга эса сув, сут қанди ҳамда витаминларнинг кўп қисми ўтади. Зардоб қайнатилиб, сўнг совитилиб ичилади. Халқ табобатида зардоб кўп хасталикларни даволашда қўлланилади. Хусусан жигар, буйрак, истисқо, гипертония, бўғин оғриқлари ва бошқа хасталикларда зардоб тавсия этилади, шу билан бирга унинг самараси тезда ўзини намоён этади. Бинобарин, бундай серхосият неъматни сира ҳам тўкиб ташламаслик керак. @Ginekologurologu @Ginekologurologu @Ginekologurologu
Show all...