en
Feedback
UFEZ.UZ - "Urgut" erkin iqtisodiy zonasi

UFEZ.UZ - "Urgut" erkin iqtisodiy zonasi

Open in Telegram

Veb-sayt: www.ufez.uz Facebook: www.fb.com/ufez.uz Instagram: www.instagram.com/fezurgut Urgut, Samarqand, O‘zbekiston

Show more
238
Subscribers
No data24 hours
+17 days
-230 days
Posts Archive
🇺🇿O‘z mahsulotlarini tashqi bozorga yetkazib bermoqchi bo‘lgan eksportyorlar uchun ajoyib imkoniyat! 🟠Eksport qiluvchi kor
🇺🇿O‘z mahsulotlarini tashqi bozorga yetkazib bermoqchi bo‘lgan eksportyorlar uchun ajoyib imkoniyat! 🟠Eksport qiluvchi korxonalarniAlibaba.com” xalqaro elektron platformasida “Gold Supplier” sifatida roʻyxatdan oʻtkazish uchun arizalar qabul qilinmoqda. 🟠Jahon banki bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyiha doirasida 100 ta eksportyorga mahsulotlarni elektron platformada roʻyxatdan oʻtkazish va joylashtirish xarajatlarini qoplash uchun moliyaviy yordam ko‘rsatiladi. 💻 Dasturda ishtirok etish uchun quyidagi havolalar orqali so‘rovnomani toʻldiring: So‘rovnoma o‘zbek tilida So‘rovnoma rus tilida ___ 🇺🇿 Отличная возможность для экспортеров, желающих поставлять свою продукцию на зарубежные рынки! 🟠Принимаются заявки на регистрацию предприятий-экспортеров на международной электронной платформе “Alibaba.comв качестве “Gold Supplier”. 🟠Всемирным банком, совместно с которым реализуется проект, будет оказана финансовая помощь 100 экспортерам для покрытия расходов на регистрацию и размещение продукции на электронной площадке. 💻 Для участия в программе небходимо заполнить анкету по ссылкам: Анкета на узбекском языке   Анкета на русском языке

Ассалому алайкум. Ҳурматли тадбиркорлар! Сизлар томонингиздан Дирекцияга тақдим этиладиган ойлик (ишлаб чикариш ва киритилган
Ассалому алайкум. Ҳурматли тадбиркорлар! Сизлар томонингиздан Дирекцияга тақдим этиладиган ойлик (ишлаб чикариш ва киритилган инвестиция) хисоботларини 2024 йил 5-ФЕВРАЛЬ кунига қадар кечиктирмасдан такдим этишингизни сўраймиз. "Ургут" ЭИЗ Дирекцияси.

Ҳурматли тадбиркорлар ! Солиқ инспекцияси томонидан тақдим этилган ушбу руйхатда келтирилган корхоналар 2-кунлик муддатда мав
Ҳурматли тадбиркорлар ! Солиқ инспекцияси томонидан тақдим этилган ушбу руйхатда келтирилган корхоналар 2-кунлик муддатда мавжуд солиқ қарздорлигини тулашлари келтирилиб ўтилган. Самарқанд вилоят Солиқ Бошқармаси ва Ургут туман солиқ инспекцияси.

Хурматли тадбиркорлар ва бухгалтерлар диккатига!!! Махсус иктисодий зона,кичик саноат зона,технопарк,кластер иштирокчиси булг
Хурматли тадбиркорлар ва бухгалтерлар диккатига!!! Махсус иктисодий зона,кичик саноат зона,технопарк,кластер иштирокчиси булган ташкилот фаолияти тугрисидаги «4-korxona (miz) 12-korxona shakliga ilova » (чораклик) хисоботини 20-январдан кечиктирмай топширишингизни сураймиз!

Hurmatli korxona rahbarlari va mutaxassislari, quyidagi havola orqali so'rovnomani to'ldirishda amaliy yordam berishingizni so'rayman. Mazkur so'rovnoma mamlakatimizda korxonalarning innovatsion faolligini o'rganish uchun o'tkazilmoqda. So'rovnomani to'ldirish uchun 15 daqiqa vaqt ajratishingiz kifoya. So'rovnomada qatnashish uchun ustiga bosing 👉 https://forms.gle/WjxsGBEzJ1NAWAYZ7

Ассалому алайкум. Ҳурматли тадбиркорлар! Яна бир бор барчангизни кириб келган янги 2024 йил билан табриклаймиз. Ушбу ойда так
Ассалому алайкум. Ҳурматли тадбиркорлар! Яна бир бор барчангизни кириб келган янги 2024 йил билан табриклаймиз. Ушбу ойда такдим этиладиган хисоботлар йил якуни булгани учун, Сизлардан эътиборли булишингизни илтимос киламиз. Сизлар томонингиздан Дирекцияга тақдим этиладиган ойлик (ишлаб чикариш ва киритилган инвестиция) хисоботларини 2024 йил 5-ЯНВАРЬ кунига кадар кечиктирмасдан такдим этишингизни сўраймиз. "Ургут" ЭИЗ Дирекцияси.

J.Xaydarovning 2023-yil 11-16-dekabr kunlari Xitoy Xalq Respublikasining Shanghai shahri va Zhejiang viloyatiga tashrifi yakunlari bo‘yicha Xalq Deputatlari viloyat kengashi deputati, viloyati hokimi o‘rinbosari J.Xaydarov boshchiligida Samarqand, Toyloq, Urgut tumanlari hokimlari va tadbirkorlardan iborat 20 nafardan iborat delegatsiya a’zolari bilan birgalikda Shanghai shahri va Zhejiang viloyatiga tashrif buyurishdi. Tashrifning Birinchi kunida Samarqand viloyati va Shanxay tadbirkorlari o‘rtasida biznes forum va ikki tomonlama biznes vakillari bilan birgalikda B2B formatda muzokaralar o‘tkazildi. Ikkinchi kunda Shanxay shahri va uning atrofidagi viloyatlardan taklif etilgan tadbirkorlar bilan B2B formatida korxonalarimiz bilan uchrashuvlari o‘tkazildi. Uchinchi kunda Shanxay shahridagi Yevropa-Amerika savdo palatasi vakillari bilan birgalikda Baoshan industrial zonasi va 3 ta ishlab chiqarish korxonasi faoliyati bilan tanishtirildi va Baoshan industrial zonasi bosh binosida B2B uchrashuvlar o‘tkazildi. To‘rtinchi kunda Zhejiang provinsiyasi Iu shahridagi Iu Katta import-eksport bozori va Iu tadbirkorlar uyushmasi rasmiylari hamda tadbirkorlari bilan uchrashuvlar o‘tkazdi. Beshinchi kunda Zhejiang Hengyuan Chemical Fiber Group Co., LTD korxonasi hududida Samarqand viloyati va Xanchjou shahri tadbirkorlari o‘rtasida biznes forum bo‘lib o‘tdi, Kunning ikkinchi yarmida jamoa a’zolari Hanghzou shahrida joylashgan elektro dvigatellar ishlab chiqaruvchi Hanghzou Jei Drive Technology CO,LTD, metal konstruksiyalar ishlab chiqaruvchi Southeast Space Frame korxonalari hamda Alibaba Group korporatsiyasi faoliyati bilan yaqindan tanishtirildi. Xitoy davlatiga tashrif davomida Umumiy qiymati 3 221,4 mln. AQSH dollarlik 178 ta loyihalar yuzasidan dastlabki kelishuvlarga erishilgan.

Avval xabar berganimizdek, ayni kunlarda viloyat hokimi Erkinjon Turdimov rahbarligida 100 dan ortiq samarqandlik tadbirkorla
+2
Avval xabar berganimizdek, ayni kunlarda viloyat hokimi Erkinjon Turdimov rahbarligida 100 dan ortiq samarqandlik tadbirkorlar va mutasaddilardan iborat delegatsiya a’zolari Xitoy Xalq Respublikasida bo‘lib turib, qator biznes-forum va uchrashuvlar o‘tkazmoqda. Shu bilan bir qatorda Xalq Deputatlari viloyat kengashi deputati, viloyat hokimining o‘rinbosari J.Xaydarov Shanghai shahrida sanoat, qurilish va qishloq xo‘jaligi, texnika va texnologiya, iqtisodiyot, ta’lim va boshqa sohalarda hamkorlik aloqalarini kengaytirish yuzasidan turli korxona rahbarlari bilan uchrashuv va muzokaralar olib bordi. Ayni vaqtda, J.Xaydarov boshchiligidagi delegatsiya a’zolari Shanghai shahrining eng rivojlangan Baoshan tumaniga tashrif buyurilib, “Shanghai Baoshan City Industrial Park” faoliyati va ishlab chiqarish jarayonlari va ishlab chiqaruvchilari bilan tanishmoqda.

Samarqand delegatsiyasi Shanxayda

Айни кунларда вилоят ҳокими Эркинжон Турдимов раҳбарлигида Самарқанд делегацияси Хитойда бўлиб туриб, қатор бизнес-форум ва у
+4
Айни кунларда вилоят ҳокими Эркинжон Турдимов раҳбарлигида Самарқанд делегацияси Хитойда бўлиб туриб, қатор бизнес-форум ва учрашувлар ўтказмоқда. Айни пайтда Шанхай шаҳридаги "Primus Hotel Hongiqao"да самарқандлик ва шанхайлик тадбиркорлар ўртасида бизнес-форум ўтказилмоқда. Бизнес-форумда вилоятимиз расмийлари билан бир қаторда, 100 дан ортиқ самарқандлик тадбиркорлар қатнашишмоқда... --------- В эти дни делегация Самарканда под руководством хокима области Эркинжона Турдимова находится в Китае, где проводится ряд деловых встреч. В настоящее время в «Primus Hotel Hongiqao» в Шанхае проходит бизнес-форум между самаркандскими и шанхайскими предпринимателями. В мероприятии наряду с официальными лицами нашей области принимают участие более 100 представителей самаркандской бизнес-среды…

Belarus Respublikasidan kelgan bir guruh tadbirkorlar Urgut erkin iqtisodiy zonasiga tashrif buyurdi Joriy yil 5-dekabr kuni
+6
Belarus Respublikasidan kelgan bir guruh tadbirkorlar Urgut erkin iqtisodiy zonasiga tashrif buyurdi Joriy yil 5-dekabr kuni Belarus Respublikasi Bosh vaziri Roman Golovchenko boshchiligidagi hukumat delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifi doirasida Samarqand shahrida O‘zbekiston-Belorussiya biznes forumi hamda ikki mamlakat ishbilarmon doiralari o‘rtasida "B2B" muzokaralari bo‘lib o‘tdi. Shu kuning o‘zida Belarus Respublikasidan kelgan bir guruh tadbirkorlar Urgut erkin iqtisodiy zonasiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida EIZ hududida faoliyat olib borayotgan "Sam Elektro Servis", "Yec Gilam", "Urgut Mikro Metal" va "Ur Jeans" MChJ korxonalarida bo‘lishib, ishlab chiqarish jarayonlari to‘g‘risida tushunchalar berildi. Tashrif yakunida yangi investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish, o‘zaro savdo aloqalari kengaytirish borasida kelishib olindi.

Ассалому алайкум. Ҳурматли тадбиркорлар! Сизлар томонингиздан Дирекцияга тақдим этиладиган ойлик (ишлаб чиқариш ва киритилган
Ассалому алайкум. Ҳурматли тадбиркорлар! Сизлар томонингиздан Дирекцияга тақдим этиладиган ойлик (ишлаб чиқариш ва киритилган инвестиция) ҳисоботларини 2023 йил 5-ДЕКАБР кунига қадар кечиктирмасдан тақдим этишингизни сўраймиз. "Ургут" ЭИЗ Дирекцияси.

Hokim va tadbirkorlar uchrashuvi bo’lib o’tdi Bugun Urgut erkin iqtisodiy zonasining Sariqtepa massivi hududida joylashgan SA
+9
Hokim va tadbirkorlar uchrashuvi bo’lib o’tdi Bugun Urgut erkin iqtisodiy zonasining Sariqtepa massivi hududida joylashgan SAM ELEKTRO SERVIS (Ideal elektrolyuks) korxonasida viloyat hokimi Erkinjon Turdimov boshchiligida tadbirkorlar va tadbirkorlik sub’yektlari vakillari bilan uchrashuv bo’lib o’tdi. Uchrashuvda tadbirkorlar faoliyati davomida duch kelayotgan qiyinchiliklar hamda yechimini topmayotgan muammo va masalalar bilan yuzlanishdi.

Ayni paytda viloyat hokimi Urgut tumanida tadbirkorlar bilan uchrashuv o'tkazmoqda...
+2
Ayni paytda viloyat hokimi Urgut tumanida tadbirkorlar bilan uchrashuv o'tkazmoqda...

Hurmatli tadbirkorlar va tadbirkorlik sub’yektlari vakillari! Ishbilarmonlik faoliyatingiz davomida duch kelayotgan qiyinchil
+1
Hurmatli tadbirkorlar va tadbirkorlik sub’yektlari vakillari! Ishbilarmonlik faoliyatingiz davomida duch kelayotgan qiyinchiliklar yechimini aniqlash va mavjud muammolarni bartaraf etish maqsadida viloyat hokimi Erkinjon Turdimov 29-noyabr kuni soat 10:00dan boshlab Urgut tumani Sariqtepa massividagi SAM ELEKTRO SERVIS (Ideal elektrolyuks) korxonasida uchrashuv o'tkazishi belgilangan. Mazkur uchrashuvga qizg'in tayyorgarlik ko'rish maqsadida barcha korxonalar o'z korxona atrofini obodonlashtirishlarini so'rab qolamiz. "Urgut" erkin iqtisodiy zona Direktsiyasi.

DIQQAT SHOSHILINCH! Rossiya Federatsiyasining Yekaterinburg shahri tomonidan Samarqand viloyatida metallurgiya, transport, qu
DIQQAT SHOSHILINCH! Rossiya Federatsiyasining Yekaterinburg shahri tomonidan Samarqand viloyatida metallurgiya, transport, qurilish, tibbiyot, tekstil, elektrotexnika, mebel, quruq meva, ho‘l meva, qishloq xo‘jaligi eksport va importi bilan shug‘ullanayotgan tadbirkorlik subyektlarini savdo-iqtisodiy aloqalarini yanada rivojlantirish maqsadida Samarqand viloyat hokimligi hamda Savdo-sanoat palatasi Samarqand viloyat hududiy boshqarmasi boshchiligida joriy yilning dekabr oyning boshida Yekaterinburg-Samarqand tadbirkorlari o‘rtasida biznes-forum va "B2B" uchrashuvlari rejalashtirilgan. Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, ushbu uchrashuvda ishtirok etish hamda shartnoma tuzish istagini bildirgan tadbirkorlar joriy yilning 29 noyabr kuni soat 14:00ga qadar viloyat hokimligi +998 93 999 97 45 (Botir) va palataning +998 93 341-12-35 (Zafar) mas’ul xodimlariga telegramm messenjer orqali (korxona guvohnomasi, FISH, zagran pasporti, faoliyat turi) ma’lumotlarni yuborishingiz mumkin.