cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Ummu Umayr 📌

بسم الله الحمدلله و الصلاة والسلام على رسول الله و بعد Oilaviy munosabatlar psixoterapiyasi Integrativ yondashuv 💡 📍 Madina 💭Otzivlar: https://t.me/+Rk-6XtU-umw0MzJh 📨 @ummuumayr_manager 🗃️@quvvatuz | @palmoviysad

Show more
Advertising posts
11 332
Subscribers
-2624 hours
-587 days
-16230 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Photo unavailable
39 23
#tavsiya Misr yoki Saudiya? Deyarli kuniga ilm olish yoki yashash uchun Saudiya haqida so’rab yozadiganlar bor. O’zbekistonga solishtirganda Misr ancha barakali, nisbatan arzon va ilm talab qilish uchun ancha qulay. Shu kecha kunduzda ham 200-300$ ijara, yeb-ichish va o’qishlariga uchma-uch yetkazib, yashaydiganlarni bilaman. Bu Toshkentga solishtirganda ham “vauv”. Yana yaxshi tomoni Misrda ilm suvday tekin, Nil daryosi — ilm daryosi, deymi 😃 Yana hujjat ishi, bolalarni maktab-bog’chaga qo’yish, moshinasiz ham harakatlanish — jamoat transportlari tarafidan judayam qulay. “Tuk-tuk”ka minib dunyoni kezib yuborasiz.)) Ammo yana aytaman, ilm juda qulay. Masha Alloh! Biroq tozalik va estetika jihatidan Nasr shaharchasi (talabalar shahri) unchalik ham kutuvlarni oqlamaydi. Siz qalbingizga qarang — ilmga boryapsizmi? Go’zallikkami? Ikkinchisi bo’lsa, Yevropa yaxshi variant, arablar bilan go’zallik borasidagi standartlarimiz farqli. Saudiyaga kelsak, u Misrdan ancha qimmat. Va Toshkentdan ham. Lekin urib-yengmoqchi bo’lasizlar doim, narx bir xil, deb. Men esa ichimda kulib qo’yaman 😁 Saudiyada eng qiyini hujjat masalasi, keyingi o’rinda transport masalasi. Jamoat transportlari yo’q. O’qiydigan odamga pul keladigan o’rin bo’lishi kerak, Saudiyada ishlab, o’qiyman, deyish ancha mashaqqat. Sababi oddiy ishlarni bengal va pokistonliklar egallab bo’lgan. Obro’li ishlar uchun diplomimgiz ancha “baqvat” bo’lishi kerak. Shar’iy ilm esa ter to’kib topiladigan “tanga”. Qur’on yodlash va to’g’ri talaffuz qilishni o’rgatadigan madrasalar ko’p, ammo arab tili, mutolaa chiqarish yoki arab tilida kitoblar ko’rish uchun manhajli ustozlar anqoni urug’i, ayniqsa, ayollarga. Ammo arab tilingiz pishiq bo’lsa, shayxlarning xalqalaridan ko’p baraka olasiz, biiznillah. Agar rasmiy talaba bo’lsangiz, ancha ishingiz yengillashadi. Talabaga turar joy, stipendiya, viza (doimiy yashash uchun), biletlar va hkzla qulayliklar bor. Oila bilan kelganda ham ancha yengillik, har tugul 1 kishi davlat bo’ynida.)) Shunda ham kishilarni muqaddas yerlardan to’sgim kelmaydi, cho’chitmayman. Maslahatim shartta ko’ch-ko’ronni yig’ib, 3 oy yashab ko’ring. Ijaraga mebelli uylar 800-1000$ orasida, arzon bo’lsa, omadingiz. Hisob-kitoblarni qilib, o’zingiz uchun xulosa qilasiz. Chunki hammaning sharoiti, imkoniyati va tomog’i har xil. To kelib ko’z bilan ko’rmaguncha kerakli qarorni berolmaysiz. Balki eplab ketarsiz? Balki aksincha… Lekin o’rtahol oila va arab tilini 0 dan o’rganmoqchi bo’lganlarga Misrni tavsiya qilaman. Borib 1-1,5 yilda mutolaa chiqarib, Qur’ondan nasibador bo’lib, keyingi bekatni Makka yoki Madinaga qo’ysangiz, juda tahsinga sazovor ish bo’lsa kerak 😁
Show all...
200 71
Photo unavailable
“Isvejiy” dermidi? “Barra-barra” otzivchalar 😁 Bu apreldagi konsultatsiyadan, baarakalloh!
Show all...
81 34
Diqqat! Muhim! 1.05.2024 dan 07.05.2024 gacha IYUN oyi uchun konsultatsiya ochdim. Va’da bergandim, shunga muvofiq. Keyin iyunda boshqa ochmayman juda katta ehtimol bilan. Terapiyaga 1 ta joy bor, konsultatsiya faqat 7 kun uchun. Oldindan to’lov bilan joyingizni band qiling. @ummuumayr_manager
Show all...
38 23
41 16
Hajga keling 😁 Alloh hajga qodir qilsin! Hajni nasib qilsin! Hajga yetkazsin, amiyn! Mangayam shu Madinada yashash yillarim mobaynida qachondir nasib qilib qolar, insha Alloh! Alloh oson qilib qo’ysin, amiyn…
Show all...
179 68
Repost from Haramayn hotel
🔥Ҳажж пакет (эконом) Меҳмонхонадан Арофатга олиб кириш. Арофатда чодири бўлади. Арофатдан Муздалифага олиб бориш. Муздалифадан мехмонхонага олиб келиш. ✅ Ишончли, хар йили синовдан ўтган тариф, иншааллоҳ. 📞 Нархини келишамиз: +966562137383 Маккадагилар билан кўришиб ҳам келишиб олаверамиз.
Show all...
51 32
#hayotimdan 🥳Yaqinda yangi bir kursni tugatdim, alhamdulillah. Martda boshlangandi to mana maygacha davom etibdi. Kurs nomi “Sharq psixologiyasi va psixoterapiyasi” 🥳Gavhar Darvesh, Xo’jakeldi Alimov va Mushtariy Abdullayeva muallifligida ajoyib dars uyushtirilgan. Kurs psixologiyadan bazasi borlar uchun judayam yaxshi tanlov, nazarimda. Ko’p qarashlaringiz yaxshilanadi, fikrlar tartiblanadi. Oldinlari psixplogiyani dinga bog’lab gapirishdan cho’chirdim, o’ziga yarasha “bloklarim” bor edi. Kursdan keyin mana shu qo’rquvim yo’qoldi, balki islom olamida ham psixologiya ilmiga katta hissalar qo’shilganini bilib oldim. O’zi kamdan kam kurslarga otziv qoldiraman, mana shu kamchiliklarning biri ayni shu kurs. Maza qildim, bir so’z bilan aytganda! 💫Yana Shodiyaning “Defitsizlarsiz hayot” klubiga qo’shilgandim, baarakalloh, kirgandan ma’lumot massasini his qilasiz. Hozircha ulgurolmaslik sindromidaman.)) Shunday zich paytda Preventiv tibbiyot o’qishim ham tepp-teng ketyapti, lekin yana qolib ketyapman darslardan 🥹 Alloh vaqtimga baraka bersin, amiyn! 😐Bir hafsala bilan intim Trener Muxlisaning kursiga qo’shilgandim, oxirigacha eplolmadim. Lekin intim mashqlar har bir ayol-qiz uchun suvday zarur!!! Kimda qunt va imkon bo’lsa, sog’ligi uchun ham o’rganishi kerak, deb bilaman. 😭”Sayqal” kursimning 📖Shu kunlardagi toshbaqa mutolaam Malik Badri “Tafakkur” asari. So’nggi qaynoq yangiliklar shu edi, azizlar. Shu yergacha o’qiganlarga rahmat.
Show all...
128 58
12 10
#ishdan_qaydlar Ajoyib tadqiqot: jinsiy hayot muammolari hamda ijtimoiy tarmoqlar, telefonni haddan ortiq ko’p ishlatish orasidagi bog’liqlik aniqlanibdi. Bunda jinsiy rag’bat sustligi, qin sohasining yetarli namlanmasligi, libido sustligi va orgazm olish bilan muammolari bor ayollarda ijtimoiy tarmoq va telefonni muammoli tarzda ko’p ishlatish foizi yuqoriligi aniqlangan. Manba: https://academic.oup.com/jsm/article/19/8/1303/6961316?searchresult=1
Show all...
Sexual Function and Problematic Use of Smartphones and Social Networking Sites

ABSTRACTBackground. The use of social networking sites (SNS) sometimes acquires an addictive-like quality, often referred to as problematic use of SNS. Thi

34 14